4. O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish sertifikatlash va
metrologiya
to’g’risidagi qonuni 22 dekabr 1992 yil.
2.2. Tovar va xizmatlarni xalqaro sertifikatsiyalash
2.2.1. Tovarlarni sertifikatsiyalash sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.
2.2.2. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda normativ-texnik hujjatlarni
roli.
2.2.1. Tovarlarni sertifikatsiyalash sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari
Tovarlarning sifat ko’rsatkichini aniqlash tovarlarning sifati turli yo’llar
bilan tekshiriladi. Milliy mahsulotlarga ta’luqli
standartlar va ularni
ko’rsatmalariga ko’ra ular organaleptiq kimyoviy, fiziq biologik va mikrobiologik
tekshirishlar natijasida belgilanadi. Mahsulotlarga organaleptik jihatdan baho
berish agar shub (burgi) va ba’zi mayda asboblarni e’tiborga olmaganda maxsus
bir asbob-uskuna talab qiladi. Boshqa tekshirishlarini esa laboratoriyalarda maxsus
asbob uskunalar yordamida, tekshirilayotgan metodik usullarga xos bo’lgan ishlar,
tadbirlar va ximikatlar yordamida mutaxassislar tomonidan tekshirib boriladi.
Mahsulotlarni sifatini organaleptik jihatdan tekshirish ustudan tovarga sezgi
organlari yordamida baho berishdan iboratdir. Mahsulotni ko’rish hidlash ushlab
ko’rish mazasini tatib ko’rish va boshqalar. Organaleptik usullar ma’lum darajada
subyektiv usuldir, organaleptik usulda tekshiruvchilardagi sezgi organlari ayrim
shaxslarda bir darajada bo’lmaydi,
shunday qilib, bir mahsulot sifatiga turli kishilar
har xil baho berishlari mumkin. Biroq mahsulotlar organalep-tik jihatlar baho
beruvchi ekspertlar o’zlarining tajribalari va mahoratlari tufayli mahsulot sifatiga
baho berish yo’llariga iloji boricha to’g’ri yo’l bilan yondashadilar. Ammo
ekspertizaning
bu kamchiliklariga qaramasdan, shuni nazarda to’tish kerakki
insonni sezgi organlari mahsulotni boshqa tekshirish
usullari bilan aniqlab
bo’lmagan holda ham, o’ziga xos xushbo’y va ta’m xususiyatlarini seza oladi.
Odatda organaleptik jihatdan baho berishda ba’zi
formula fizik-kimyoviy
tekshirishlar ham o’tkaziladi. Mahsulotlar organaleptik jihatdan baho berishga bir
necha usullari bo’lib, ular taqqoslab baho bersa, ball bilan baholash usuli, izchillik
usuli va boshqa bir mayda kichik usullardan iborat. Mahsulotlarga taqqoslab baho
berish ustidan tekshirilayotgan mahsulotni shu mahsulot etalonlariga (standart
namunalariga) taqqoslashga asoslangan, bu usulning kamchiliklaridan biri shuki,
bunda mahsulotlarni biologik jihatdan standart namunalarini ko’p saqlab
bo’lmaydi va almashtirnb turishga to’g’ri keladi. Bu esa baho berishdagi aniqlikni
pasaytiradi. Mahsulotga absolyut ravishda baho berilganda etalon tanlab olish ham
ta’sir qiladi, chunki unga o’rtacha namuna sifatida turli vaqtda olingan mahsulot
bir-biridan farq qilishi mumkin. Ball ko’rsatkichi bilan baho berish
bu ball belgilari
bilan ifodalandi. Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini muntazam ravishda tekshirib
borish va baho berish uchun juda ko’p ball ko’rsatkichlari bor. Mahsulotlarga ball
bilan baho berishda ballarning umumiy soni ko’rsatkichlari bo’yicha bo’linadi.
Masalan: sariyog’’ga beriladigan baho beshta ko’rsatkich bo’yicha o’tkaziladi:
ta’mi va hidi bo’yicha, konsistensiyasi bo’yicha,
qayta ishlangani va tashqi
163
ko’rinishi bo’yicha, rangi bo’yicha, tuzilishi va urab joylanishi bo’yicha. Bu
ko’rsatkichlar ishida eng muhim ahamiyatga ega bo’lganlari- yog’’ning ta’mi va
hididir. Bu ko’rsatkichlarga odatda 50 ball ajratiladi. So’ngra yog’ konsistensiyasi,
qayta ishlanishi va urab-joylanichiga 25 ball, rangiga 5 ball, tuzlanish sifatiga 10
ball va urab-joylanichiga 10 ball beriladi. Mahsulotda yo’l qo’yilishi mumkin
bo’lgan har bir illat va kamchilik tegishli ball bilan baholanadi va shu ko’rsatkich
uchun belgilangan umumiy ball sonidan olib tashlanadi. Shunday qilib mahsulotga
baho berayotgan ekspert aslida faqat shu tovarda qandaydir nuqson va kamchilik
borligini aniqlaydi. So’ngra u standartdagi maxsus jadvaldan qancha ballni olib
tashlashi keraqligini topadi. Bu usul ekspertlar ishini osonlashtiradi va ma’lum
darajada baho berishdagi sub’ektivlikka yo’l qo’ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: