S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


II bob. Tovar va xizmatlarni sertifikatlash



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

II bob. Tovar va xizmatlarni sertifikatlash
2.1. O’zbekiston Respublikasining tovarlarni standartlashtirish 
to’g’risidagi qonuni va uning ahamiyati
2.1.1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari.
2.1.2. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar.
2.1.3. Tovar va xizmatlar standartlari ustidan davlat nazorati.
2.1.4. Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va 
uni rag’batlantirish.
2.1.1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
Mahsulotlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga, 
atrof muhit uchun xavfsizligi, resurs tejash maqsadlarida iste’molchilar va davlat 
manfaatlarini himoya qilishdan;
Mahsulotlarning almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini 
ta’minlashdan;
Fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq 
xojaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish 
imkonini oshirishdan;
Barcha turdagi resurslar tejalishiga ko’maklashishdan, ishlab chiqarishning 
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashdan;
Tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga 
kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda ob’ektlarining xavfsizligini 
ta’minlashdan;
Iste’molchilarning ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati 
to’g’risida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
Mudofaa qobilyatini va safarbarlik tayyorligi ta’minlashdan; 
O’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini umumiy tashkiliy-texnik 
qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi 
hamda:
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish muvofiqlashtirish va 
ta’minlashni;
Xalq xo’jaligi tarmoqlarida O’zbekiston standartlashtirish metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi;
Qurilish qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va 
konstruksiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish 
qo’mitasi;
Tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni 
ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - 
O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi.
Ushbu qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida 
standartlar va texnik shartlarni, shuningdek ushbu Qonunni qo’llashga 
157


yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, nashr etadilar. 
O’zstandart agentligi ushbu qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini 
o’tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv 
organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl 
va usullarini belgilaydi.
O’zstandart agentligi, Davlat arxitektura va Qurilish Qo’mitasi, Davlat tabiatni 
muhofaza qilish qo’mitasi va respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi o’z vakolatlari 
doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga 
haqlidir. Standartlashtirish tasdiqlagan organlar standartlashtirishga oid tarmoq 
axborot jamg’armalarini xosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor 
iste’molchilarni xalqaro standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy 
mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek 
standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy 
axborot davlat klassik qatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va 
tavsiyalariga oid axborotlar, bilan ta’minlaydilar. Standartlarni nashr qilish va 
qayta nashr etishni ular tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar. Standartlashtirish 
to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan 
iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar 
Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida ta’riflanganidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, u holda xalqaro 
shartnoma yoki bitim qoidalari qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida 
standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo’llaniladi:
a)
Xalqaro standartlar;
b)
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
c)
Tarmoq standartlari;
d)
Texnik shartlar;
e)
Korxona standartlari;
f)
Xorijiy mamlakatlaring milliy standartlari;
g)
Ma’muriy-hududiy standartlar.
Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga shuningdek standartlashtirish 
qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassik qatorlari ham kiradi. Mazkur 
hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi O’zstandart tomonidan belgilanadi.
Xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, 
shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan 
xalqaro shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi. Ushbu standartlar, 
qoidalar va normalarni respublika hududida qo’llash tartibini O’zstandart va davlat 
boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular 
xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan 
texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O’zbekiston Respublikasining 
158


qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab 
chiqarish va realizastiya qilishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasining 
manfaatlari himoya qilinishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobat qila 
olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga 
mo’ljallangan,an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan 
dastlabki talablar belgilab qo’yiladi.
2.1.2. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar
Iste’molchilarga sotiladigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan 
o’zgartishlar O’zstandart organlarida haq olinmasdan davlat ro’yhatidan 
o’tkazilishi lozim. O’zstandarti organlarida ro’yhatdan o’tgan standartlashtirishga 
doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg’armasini tashkil etadi. Mahsulotning 
atrof-muhit, aholining hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga xavfsizligini ta’minlash 
uchun, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va 
almashinuvchanligi, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg’alash 
birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar shuningdek 
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar 
davlat boshqaruv organlari, xo’jalik faoliyati sub’ektlari rioya etishi uchun 
majburiydir.
Standartlarda mahsulotni yaratish ishlab chiqarish va etkazib berish 
shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’zga talablar ham 
belgilab qo’yilishi mumkin.
Import mahsulotining basharti u O’zbekiston Respublikasida amal 
qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan 
bo’lsa etkazib berilishi belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Standartilashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda 
qo’llanilishi amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilish 
lozim bo’lgan mahsulotni, Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar 
sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek 
ushbu talablarga muvofiqligini nazorat qilish va sinash usullarini o’z ichiga olishi 
lozim. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish 
tizimida belgilangan normada va tartiblarga muvofiq qo’llanilishi lozim.
2.1.3. Tovar va xizmatlar standartlari ustidan davlat nazorati
Xo’jalik faoliyat sub’ektlari standartlarning majburiy talablariga, 
standartlashtirishga taaluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat 
nazoratini O’zStandart agentligi, Davlat Arxitektura va Qurilish Qo’mitasi, Davlat 
tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy 
organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari o’z 
vakolatlari doirasida amalga oshiradilar. Idoraviy bo’ysinuvchi va mulk shaklidan 
qat’iy nazar xo’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan, 
sertifikatlashtirilgan mahsulot davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.
159


Xo’jalik faoliyat sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha 
zarur sharoitni yaratishlari shart. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilish 
ustidan davlat nazoratining:

Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda 
bo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat 
inspektori;

Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona 
birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektori;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda 
bo’lishini ta’minlash bo’yicha ishlarni davlat inspektorlari amalga oshiradi. 
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari 
hisoblanadilar.
Davlat inspektori:

Xo’jalik faoliyat sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga 
belgilangan tartibda kirish;

Xo’jalik faoliyat sub’ektidan davlat nazorati o’tkazish uchun keraqli 
hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

Davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyat sub’ektining texnik 
vositalardan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;

Standartlashtirish bo’yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq 
standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun 
mahsulotlarning namunalarini hamda nushalarini tanlab olishni o’tkazish 
bunda ishlatib yuborilgan nushalarning qiymati va sinamalarni o’tkazish 
hujjatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish 
chiqimlaridan kiritiladi;

Mahsulotni yaratish ishlab chiqarishga tayyorlash realizastiya qilish undan 
foydalanish mahsulotni saqlash tashish va chiqindini foydali sur’atda 
ishlatish bosqichlarida, Standartlar majburiy talablarining aniqlangan 
buzilishlarini bartaraf etish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarini yagona birlikda 
bo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, 
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarini yagona birlikda 
bo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari:

Standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo’jalik faoliyat 
sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risida qarorlar qabul qilish;

Standartlar buzilishi aybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining 
mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;

Tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq 
bo’lgan hollarda realizastiya qilishni, undan foydalanishni taqiqlash yoki 
to’xtatib qo’yish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
160



Tekshirilgan mahsulot standartlarining majburiy talablariga nomuvofiq 
bo’lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizastiya qilishni, 
undan foydalanishni to’xtatib qo’yish to’g’risida ko’rsatmalar berish;

Davlat inspektorlarining mahsulot realizastiya qilishni man etish yoki 
to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik 
faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda jarima to’laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo’jalik faoliyati sub’ekti sodir etilgan 
huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to’lagan 
taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar va qarorlarni 
bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materialarni prokratura 
organlarida yoki sudga oshiradilar. Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan 
majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat 
sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka 
tortiladiladi.
Ushbu qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, 
shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
2.1.4. Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va 
uni rag’batlantirish
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan: 

Xalqaro standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini 
ishlab chiqish yoki ishlab chqarishda ishtirok etishda;

Aniq standartlashtirish ob’ektlari bo’yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish 
shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umum texnik 
majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta’minlash; 

Texnik-iqtisodiy klassifik qatorlarini ishlab chiqish ular to’g’risida rasmiy 
axborot tayyorlash va nashr etish shuningdek ularni barcha manfaatdor 
foydalanuvchilarga yuborish;

Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
olib borish;

Standartlar fondini, texnik iqtisodiy axborotlar klassifik qatorlarini, xalqaro 
standartlarni, standartlashtirish qoidalarini, normalari va tavsiyalarini, 
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga 
muvofiqlik belgisi bilan tamg’alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reestrini 
shakllantirish hamda yuritish;

Standartlashtirish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
aniqlaydigan o’zga ishlar davlat yo’li bilan moliyaviy ta’minlanishi shart.
Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik iqtisodiy axborot 
klassifik qatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reestriga kiritilgan, standartlarga 
muvofiqlik belgisi bilan tamg’alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan 
161


katologini sotishdan belgilangan tartibda olingan mablag’lar, shuningdek ushbu 
qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablag’larining 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat 
nazorati organlariga yo’llanadigan qismi ham standartlashtirish standartlarning 
majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy 
ta’minlash manbalari bo’lishi mumkin. Respublika byudjeti mablag’laridan to’liq 
yoki qisman ta’minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini 
normativ jihatdan ta’minlash bo’limlari nazarda tutilishi lozim. Davlat 
standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo’ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning 
imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o’z ichiga olgan standartlarga 
muvofiqlik belgisi bilan tamg’alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xo’jalik 
faoliyati sub’ektlari iqtisodiy qo’llab-quvvatlanishi va rag’batlantirishni 
kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni 
standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini olgan xo’jalik faoliyati 
sub’ektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish