S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Sifat masalasi
- xo’jalik faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi. Yuqori 
sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini oshirish 
pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq qondirish 
demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma-xil iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni 
muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal ustirishdan, butun 
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini keskin oshirishdan boshqa yo’l yo’q.
Sifat va samaradorlikni oshirish faqat texnikaviy va iqtisodiy vazifa bo’lib 
qolmay, balki ijtimoiy idealogik vazifa hamdir. Bu jamiyatni yanada rivojlantirish 
jarayonida hal qilinib boradi. Har bir ishchi ishlab chiqarishga qanchalik ko’p kuch 
sarf qilsa, mehnat shuncha samarador, vatanimiz shuncha qudratli bo’ladi. Har bir 
xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq 
farovon-ligini oshirish uchun shunchalik ko’p imkoniyatlar yuzaga keladi. Vazifa 
ishlab chiqarishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish barcha sifat 
ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat. O’zbekiston bozorlariga xalq 
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet 
el investorining kirib kelishi ta’min etilmoqda. Sifat ko’rsatkichlariga mos ravishda 
ishlab chiqarish va O’zbekiston tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish 
O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish va shu bilan O’zbekiston rivojini ta’min 
etish.
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona foydalanish 
va ularni tejamini ta’minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or texnologiya 
jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish. Rahbar xodimlarga, injenerlarga, 
konstruktorlarga, loyihachilarga, texnologiya va mutaxassislarga bog’liq. 
Mamlakatimizda mehnat, xom ashyo, yoqilg’i, energetik resurslar etarli. Asosiy 
168


fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli hamma 
joyda va har ishda tejamkor bo’lish jamoat mulkiga omilkorlik bilan yondashish 
ixtiyorimizda bo’lgan, insonning qo’li va aql zakovati bilan bunyod etilgan 
narsalarning hammasidan mohirona to’la to’kis va oqilona foydalanish iqtisodiy 
siyosatning o’zagi bo’lmoqda. Butun ishimizning sifati va samradorligini 
oshirishni ta’minlash uchun ham xo’jalikning hamma tarmoqlarida fan-texnikaning 
ilg’or darajasidan foydalanish zarur.
Ish sifati va ishlab chiqarish samaradorligidan va ish sifatini oshirish mehnat 
intizomini mustahkamlash ularni mehnatga insonparvarlik munosabatda bo’lish 
ruhida tarbiyalash texnik jihatdan asoslab berilgan. Mehnat normalarini, jamoa 
xo’jalik hisobini, tejamkorlik va sifat rejalarini joriy etish belgilangan ish hajmini 
kam sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi tartiblarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir. Sifatsiz mahsulot tayyorlanganlik va realizastiya uchun, shuningdek 
mahsulotni lozim darajada saqlanganliq standartlari haqidagi talablar va texnika 
shart-sharoitiga rioya qilganmaganligi uchun iqtisodiy jazo choralarini qo’llashni 
joriy etishni kengaytirish zarur. Ma’lumki qar qanday sanoat mahsuloti ma’lum 
muddat foydalangandan keyin sifat ko’rsatkichlarini turlicha yuqotadi.
O’zbekiston mahsulotlarni ishlab chiqarishda va bu mahsulotlarni dunyo bozoriga 
olib chiqishda yordam beruvchi juda ko’p xalqaro tashkilotlar mavjud:

ISO - xalqaro standartlash tashkiloti;

MEK- xalqaro texnik korxonasi;

MIK - xalqaro markaziy banki;

ASMO - standartlashtirish va metrologiya bo’yicha arab 
mamlakatlarining tashkilotlari;

KOPANT - Janubiy Amerika standartlashtirish qo’mitasi.
Xalqaro standartlarni bunyod etishda ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishni 
ko’zda tutib, davlatlar kelishib, shu mahsulot va tovarni ishlab chiqarish uchun, 
shu tovarni bunyod etadigan mutaxassislar xalqaro standartlarni yaratadi.
Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqichlarida 
ilmiy-tadqiqot, loyiqa-konstruktorliq texnologik ish olib borish jarayonida, undan 
foydalanishni ommaviy joriy qilishda shakllanadi. Respublikamizda mahsulot 
sifatini oshirish uchun ko’pgina ishlar olib borilmoqda. Chet el investisiyalari joriy 
qilinmoqda. Jumladan, AQSh Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Chexiya, 
Fransiya, Gollandiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan qo’shma korxonalar 
qurilgan. Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va arzonga tushirish shartidir. 
Shu sababli universal, ya’ni hamma ish bilan mashg’ul firmalar bo’lmaydi, ular bir 
yoki bir necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuvning ikki afzal tamoni bor:
Birinchidan, mehnat unumdorligini oshiradi, xarajatlarni pasaytirib,foydani 
oshirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, sifatli tovar chiqarishni, binobarin, tovarning bozorda sotilishini 
ta’minlaydi.
Xom ashyolarni va yarim xom ashyolarni sifat ko’rsatkichlari normativ 
texnik hujjatlarni jahon talablariga javob berishligi texnologiyalarini zamonaviyligi 
ishlab chiqarish korxonalarini texnologiya qurilmalar bilan ta’minlanishligi shu 
169


ishlab chiqarish korxonani menerologik asbob uskunalar bilan ta’minlanish ishlab 
chiqarish korxonalariga bo’lgan laboratoriya va sifat ko’rsatkichini sinaydigan 
asbob uskuna bilan ta’min etishi va eng kerakligi shu korxonada ishlaydigan 
injener texnik xodimlari yuqori ishlab chiqarish saviyasiga va zamon talablariga 
javob beradigan targ’ibotlarni bilishlari shu korxonala ishlab chiqarish 
tamoyoillarini tashkil etilishi va uni nazorati har - biri ishlab chiqarish bo’limlari 
texnologik jarayonlarni yuqori saviyalarda bajarilishi ishlab chiqaradigan 
mahsulotlarni sifat ko’rsatgichini ta’minlashning asosiy vositalari hisoblanadi.
Mahsulotlarni sertifikatlarini sifat ko’rsatgichini aniqlashda tayyorlangan 
mahsulotlarni normativ texnik talabiga javob berishini yuqorida ta’kidlangan juda 
ko’p talablarga bog’liq ekan/ Shuning uchun mahsulotlarnya xalq xo’jaligi ishlab 
chiqarishda bo’ladigan har-bir talablarga shuning uchun kar-bir bo’ladiga» 
jaraunlar yuqori saviyala bo’lishilozim, Normativ hehnnk hujjatlarga bo’lgan 
talablar xalq hujapigida har-byr ishlab chiqiladigan tovar asortimsigiga shu tovar 
uchun muljallaigan normativ tehnnk hujjatlar mavjud. Agarda ishlab chiqarishda 
tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilgan tovar shu korxonadagi tehnik 
talablarga javob bersa shu mahsulot yuqori tehnik talabga uni raqobatbardosh 
bo’lishini ta’min etadi va iste’molchilar tomonidan yangi talablarni qo’yilishnga 
olib keladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyot, sharoitida normativ tehnik talablarga 
juda katta talablar qo’yiladi. 

Xom ashyoga va yarim xom ashyolarga bo’lgan talab;

Xom ashyoga eki yarim xom ashyoga kursatgichiga qo’yiladigal talablari.
Ma’lumki, har bir mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari va boshqa mahsulotlar ham iste’mol qiymatini oshirishda ishlatiladi.
Qishloq xojaligi mahsulotlari ham ma’lum bir normativ texnik talablarga ega 
bo’lishi kerah aks holda ular tayyor mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlariga salbiy 
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ularni bir xillash ularni naviga, turiga qo’yiladigan 
talablar aks ettirish davrida agrotexnik usullarni to’g’ri, o’z vaqtida olib 
borilichiga qo’yiladigan talablar mahsulotlarni, yog’lash joylash saqlash bir joydan 
ikkinchi joyga olib borish kabi talablar qo’yiladi. Qishloq xojaligi mahsulotlari, 
oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi va 
ularga xos talabdar qo’yiladi.
Asosiy xom ashyolar qishloq xo’jaligida tayyorlanadi. Shuning uchun oziq- 
ovqat mahsulotlari tayyorlash yuqori darajada bo’lishi kerak. Aks holda yuqori 
darajadagi mahsulot chiqmaydi. Mahsulotning sifatini va uning darajasini 
ko’tarishni iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, Xalqaro standartlarda ISO 9000 
da yozilishicha, “Mahsulot sifati mahsulotlarni barcha xususiyat va xarakterlarini 
majmui sifatida tushunib, ular iste’molchilarni ehtiyojlarini qondirish 
xususiyatlarini ko’rsatadi. Sifat deganda, uni ya’ni mahsulotni ko’rsatadigan 
xizmatidan kelib chiqib foydali xususiyatlarning majmuiga aytiladi”.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlarini o’rganish mahsulotning 
sifati deganda uning sifat ko’rsatkichlarini qiymatidan kelib chiqib aytamiz. 
Mahsulot sifatini sifat hislatlarini maza, hid, konsistensiya, rangi va tashqi 
170


ko’rinishi beradi. Miqdor deganda esa, bu xususiyatlarining har birining miqdoriy 
qiymati tushuniladi.
Mahsulotlariing sifat ko’rsatkichlarini birlamchi, kompleks va umumiy 
ko’rsatkichlar guruhiga ajratiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini kompleks 
ko’rsatgichiga organalitik qiymat, energetik qiymat, biologik qiymat iste’molga 
tayyorgarlik kiradi. Energetik qiymatini belgilab beruvchi moddalarga uglevod, 
yog’lar va okeildar kiradi. Biologik qiymatga esa mahsulot tarkibidagi oksid 
topilmaydigan aminokislotalarni sifati va miqdori, ularning hazm bo’lish 
xususiyatlari hisoblanadi.
Umumiy ko’rsatish deb, mahsulotlarning ovqatlik qiymatiga aytiladi. 
Masalan, konserva mahsulotlarini komplsks ko’rsatkichlari bo’lib, kimyoviy 
tarkibining ko’rsatkichi, estetik ko’rsatkichi, bezararlik ko’rsatkichilari 
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti ish boshlay borishi bilan kun tartibidagi muhim faktor 
bo’lib, Oziq-ovqat mahsulotlarini raqobatbardoshligi hisoblanadi. Bu hol ichki va 
tashqi bozorlarda hukm suradiki, inson faoliyatida texnologik 
o’simshunoslikning asosiy maqsadi, nazoratga yo’naltirilgan. Ularning ob’ektlari 
bo’lib, xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar tayyor mahsulotlar va 
tehnologik faktorlar hisoblanadi. Bu faktorlarni ta’sir vaqtlari hisoblanadiki, ular 
oziq-ovqat mahsulotlarini passiv sifat ko’rsatkichlarini shakllantirishga yordam 
beradi. Nazorat qilish jarayonida olingan axborotlarni me’yoriy hujjatlar bilan 
taqqoslanadi. Ularni har biri aniq texnologik operastiyalar uchun mahsulot 
xususiyatlari uchun belgilab qo’yilgan bo’ladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish