S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Muniso, to ‘kmay yigirma yetti yosh



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Muniso, to ‘kmay yigirma yetti yosh,
Vah, yigirma yetti uzra yetti yosh.
Yosh kibi mashg‘ulliq qilmoq nedur,
Har qachonkim suhbatingga etti yosh.
Mani vasling y o ‘lig‘a bir yondur,
Dushmanim g ‘am о ‘tig‘a bir yondur,
Rahm ushshoq aro bu xastag‘akim,
Bir tarafdur alar, bu bir yondur.
Uning ruboiylari ichida ham inson qalbini junbushga keltiruvchi 
nozik ruhiy-psixologik lavhalar beriladi. Quyidagi ruboiyni Munisga 
nihoyatda aziz bo'lgan inson bilan vidolashuv haqidagi marsiya deyish 
mumkin:
Ey do‘st, tani zorim aro jonim eding,
Iqlimi muhabbat uza sultonim eding,
Xush keldingu jonimda nishiman qilding,
Xush borki, base aziz mehmonim eding.
U o'sha davr Xorazm shoirlari ijodida kam uchrovchi chiston 
janrida ham asarlar yozgan. Shunday chistonlaridan biri «Chilim» 
so'zi yashiringan chiston-g'azaldir. Unda nashavandlikning, chilim 
chekishning o'ta zarari, shariatda «harom» deb e’lon qilinganligi 
aytilib, odamlar ayniqsa yoshlar bu falokatdan uzoqda bo'lishlari 
ogohlantiriladi.
Xiva xonlari saroyiga yaqin bo'lgan, rasmiy xizmatlami ado etgan 
Munis va Ogahiy qasidada ham shuhrat taratdi. Munis qo'lyozma 
devonining boshlang'ich qismlarini qasidalar tashkil etadi. Ular


ichida XVIII asr so‘ngi —
XIX asr awallarida hukmronlik qilgan 
eltuzarxon, Muhammad Rahimxon, Olloqulixon hamda 
Muhammadrizo Qushbegi, Qutlug‘murod, Rahmonquli To‘ra kabi 
nufuzli shaxslar maqtoviga bagishlanganlari bor. Munis Xiva xonligi 
bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi urush, qoraqalpoq va turkman 
elatlariga qarshi xurujlar, arkoni davlat va zodagonlaming ov-shikor, 
to‘y-bazm, iyd dabdaba va hashamatlari haqida ham qasidalar bitgan. 
«Bahor», «Iyd», «Erur charxi berahm», «Charog‘i nola» nomlari 
bilan Munis «Saylanma»siga kiritilgan qasidalari shunday. Ularda 
shoir saroy qasidachiligi an’analaridan uzoqlashib ketolmaydi, 
qalamga olgan mavzu va shaxslami iloji boricha maqtashga harakat 
qiladi. Shunga qaramay, Munis qasidalaridan ham o'sha murakkab 
davr hodisalariga doir ayrim tomonlami ajratib olish mumkin.
Shoir «Saylanma»sida keltirilgan «Bahor» qasidasi oxiriga uch 
nuqta qo‘yilgan. Demak, u bahor vasfiga bag'ishlangan qasidaning 
to‘liq matni emas. Shoir bu qasidani hut oyi o‘tib hamal (mart) 
fasli kelganligiga belgi sifatida, aniqrog‘i, bahor-navro‘z madhiga 
bagishlab yozadi. Shoir o‘ziga xos til va uslub ila bahor tarovatining 
turli go‘zalliklarini mohirlik, katta ilhom bilan madh etadi. Bahor 
tufayli tabiat, jonli mavjudot, butun atrof-muhit jonlanganligini, 
yangi qiyofaga kirganligini, suvlarning nozik shildirashiyu, qumri- 
bulbullarning mast bo‘lib sayrashlarini ifodalab beradi. Bu asarni 
bahor, tabiat jozibasi haqidagi eng yaxshi qasida desa boiadi.
«Saylanma»dagi ikkinchi qasida «Iyd» deb nomlanadi. Tabiiyki, 
u musulmonlaming eng muqaddas bayrami «Iydi ramazon» yoxud 
«Iydi quibon»ga bagishlangan. Munis bu muqaddas bayram fayzi 
bilan juda chuqur o'y-mulohazaga beriladi. Chiroyli ramzlar, 
tashbehlar, obrazlar, qiyoslar topib, bu qutlug‘ kunni sharaflaydi. 
She’rdan anglashilishicha, bu asar Alisher Navoiyning «Hiloliya» 
qasidasi ta’sirida yozilgan. Munis hatto «Hiloliya» qasidasidan tazmin 
uchun baytlar ham keltiradi.
Shoir o‘z qasidasi Navoiy qasidasiga tatabbu’ (bir she’rga 
o‘xshatma qilib, uning vazni, uslubi, mazmuni izidan borib she’r 
yaratish san’ati) ekanligini ham eslatib o‘tadi:



Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish