S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Nasibim g ‘am uza g ‘am bo‘ldi charxi gardondin



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Nasibim g ‘am uza g ‘am bo‘ldi charxi gardondin,
Musibat uzra musibat etushdi davrondin —
deb nola chekadi shoir «Munis ul-ushshoq» devoniga yozilgan 
debochada. Bunday oilaviy fojia kechinmalaridan tashqari, u 
g'azallarida nochor fuqaro ahvoli, tirikchiligi mavzulariga ham 
murojaat etadi, ulami dard bilan qalamga oladi.
Ne natya berur adab, ne nazjarga kirar nasab,
Bas erur bu zjamonda bisoting aro bo‘Isa qaro siymu zaring—


deya nola qiladi shoir. Munis ma’rifatparvar ijodkor sifatida o'sha 
zamonda ilm-fazl ahllari, shu jumladan, shoirlarning 
qadrsizlanganligini, ularning qismati nihoyatda og‘ir 
kechayotganligini tasvirlar ekan, o'zining shoh asarlari sanalmish 
«Shuaro», «She’r», «So‘z» radifli g'azallarida bunday 
baxtiqarolikning sababchisi jamiyatda hukm surayotgan tengsizlik, 
jaholat ahli deb biladi.
Yutubon bu zamonda qon shuaro,
Nazm etar gavhari fig ‘on shuaro...
Yuz xushomad bila gadoligyetib,
Topa olmas emakka non shuaro...
Dardmandu jafokash elga qilur,
Nazm ila dardini bayon shuaro.
Uning adolatli, muruwatli hukmdorlar haqidagi sotsial 
qarashlarida ham navoiyona gumanistik qarashlar yotadi. U zamona 
hukmdorlariga murojaat yetib, ulardan ulusga, muhtojlarga nisbatan 
shafqat, g‘amxo‘rlik talab qiladi. Aks holda, oqibati yomon bo‘lishini 
ogohlantiradi. Munisning ixcham bir masnaviy she’rida biz shunday 
baytlami o‘qiymiz:
Sabot istasang yurt bunyodig‘a,
Adolat bila et ulus dodig'a.
Adolat o4di el osoyishi,
El osoyishi — mulk oroyishi.
Qayu mulkkim shohi odildurur,
Anga barcha el ko‘ngli moyildurur...
Ma’lumki, g‘azalshunos olimlarimiz o‘zbek g‘azaliyotining 
ko£pasrli tajribaiarini chuqur o'iganishib, uni kompozitsion jihatdan 
parokanda, yakpora, voqeaband hamda musalsal tuzilishga ega 
g'azallar sifatida tekshirishni tavsiya qiladilar. Ayniqsa, mavlono 
Lutfiy, she’riyat mulkining sultoni Navoiy va ularning nihoyatda 
iste’dodli davomchisi Bobur ijodida yakpora g'azallar yaratishga 
e’tibor kuchaydi. Chunki yakpora g'azallarda muayyan mavzuni 
izchil yoritish, matladagi fikmi g'azal oxiriga qadar poyama-poya 
davom ettirish, chuqurlashtirib boorish, shu yo'l bilan g'azalni


mazmun va poetik shakl jihatidan yaxlit qilish nazarda tutiladi.
Shermuhammad Munis g‘azallarining ko‘pchiligini yakpora g'azallar 
tashkil etadi. Uning davming ijtimoiy masalalari tasviriga bag'ishlangan 
turkum g'azallarining deyarli barchasi shunday kompozitsiyaga ega. 
Bu hoi shoiiga zamonadagi nosozliklaming ancha real manzaralarini 
chizish imkoniyatlarini ochadi. Uning «Yutubon bu zamonda qon 
shuaro», «She’r ul tig'i dudamdurkim, jahonni fath etar», «Sabot 
istasang mulk bunyodig'a», «Xos o'lub joh ahlig'acha in’omi sohib 
tojlar», «Bui zamon ichra aziz el ne ajab xor o'lub...», «Ro'za bisyor 
meni tang etmish» misralari bilan boshlanadigan yakpora g'azallarda 
chuqur sotsial mazmun bor. Munisning

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish