S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Vaqf ango qilmish maloyik xayli naqdi toatin —



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Vaqf ango qilmish maloyik xayli naqdi toatin —
matla’ baytini keltirib, so'ng unga javob ayta olish shoiming balog‘ati 
mezonidir, —
deydi va shu bayt izidan borib, unga mos tushuvchi 
«Iyd» qasidasini yarata olganligidan faxrlanadi.
Munis tomonidan Navoiyning elga juda mashhur boiib ketgan 
«Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulrux shitob aylab» misrasi 
bilan boshlanuvchi g'azaliga yozgan etti bandli tazmin muxammasi 
shu g‘azalga boshqa shoirlar tomonidan yozilgan o‘nlarcha tazmin 
muxammaslaming eng nodir namunasidir. Bunda Munis Navoiy 
g‘azalining ichki strukturasiga, poetik ohangdorligiga xalal 
yetkazmaydigan holda uni voqeaband asar darajasiga yetkazadi, lirik 
qahramonga hos kechinmalami yangi go'zal lavhalar evaziga boyitadi.
Xullas, Munis ijodida ustod Navoiy ta’siri yaqqol ko‘zga tashlanib 
turadi. Bundan, albatta, Munis she’riyati boshqa daryolardan 
bahramand bo'lmagan ekan-da, degan xulosa chiqmaydi. Zero, u 
adabiy ta’limi juda keng bir ijodkor siymo sifatida ko‘zga tashlanadi. 
Bunga uning «Mango» radifli g'azalida nomlari faxr bilan zikr etilgan 
buyuk shoirlar shohiddir. Shu ma’noda, Munis ta’sirlangan, 
ma’naviy-estetik madad olgan adabiy chashmaga Navoiy ijodiyoti 
ta’siridan tashqari, yana ikki irmoqni qo'shish to‘g‘ri boiardi. 
Bulardan biri - Nizomiy, Xusrav, Ansoriy, Hofiz, Attor, 
Firdavsiy, Xoqoniy, Anvariy, Sa’diy, Jomiy, Iroqiy, Bedil nomlari 
bilan bog‘li fors-tojik klassik adabiyoti, ikkinchisi shirinzabon 
Muhammad Fuzuliy va uning lirikasidir. U Fuzuliyning 
«Kerakmasmu sanga?», «Etdigumdandur» g'azallariga 
muxammaslar ham bogiadi.


<*•Munis ul-ushshoq* devoni.
Munis adabiy merosi muallif 
tomonidan 1815 yili tartib berilgan, keyinchalik toidirilib, tahrir 
etilib «Munis ul-ushshoq» nomida bizgacha yetib kelgan devonda 
jamlangan. Bu devonda mumtoz she’riyatimizda mavjud qariyb barcha 
an’anaviy janrlardagi she’rlar keltiriladi. Tabiiyki, unda g‘azallar 
yetakchi o‘rin tutadi. Shu devonga yozilgan muallif debochasida Munis 
unga kiritilgan she’rlarning janr tarkibi haqida so'z ochib, 
quyidagilarni qayd etib qoldiigan: «...Har nav’ she’r ila orasta va 
har zarif nazm bila pirasta boidi. Andog'kim, g'arro qasidalar, 
dilkusho g'azallar, fasohatoyin tarkib-bandlar, latofat taz’yin (ziynat 
topgan) qit’alar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy va 
muammolar, shirin masnaviy va rangin tuyug'lar va g‘ayra ham 
taxminan olti ming baytdir... Aksar g'azal va ruboiylarkim majoz 
yo'sinida ishq va husni zohiriy sifatida voqe’ erdi... «Munis ul- 
ushshoq»g‘a mavsum boidi».
Munis devonida Navoiy va Boburdan so'ng juda kam yaratilgan 
muammo she’r namunalari ham bor. Agar «Munis ul-ushshoq»dagi 
she’rlar haqida XX asrning 50—yillaridan boshlab marhum 
olimlardan N.Mallayev, V.Abdullayev, M.Yunusov tadqiqotlar 
(nomzodlik dissertatsiyasi, adabiy portret va ilmiy ocherk) yaratgan 
bo'lsalar, 90-yillari yosh olim Nusratulla Jumaxo'ja «Munis 
g'azaliyoti» (1991) nomida shoir she’rlaridagi badiiy mahorat 
xususida risola yaratdi. «Munis ul-ushshoq» 1957 yili devon sifatida, 
1980 yili esa, ancha toidirilib «Saylanma» tarzida chop etildi. 
Nomidan ham ma’lum bo'layotirki, «Saylanma»ga kiritilmay qolgan 
she’rlar (hamdlar, na’tlar, qasidalar) hali ancha. «Saylanma»ning 
joriy nashridan asosan g'azallar, to'rtta qasida, 38 ruboiy, 8 tuyuq, 
2 mustazod, Navoiy g'azallariga yozilgan 6, Fuzuliy g'azallariga 
yozilgan 2, Andalib g'azaliga yozilgan 1 muxammas, 2 musaddas, 
5 qit’a, «Chilim» so'zi yashiringan g'azal-chiston hamda «Savodi 
ta’lim» manzumasi o'rin olgan. Asar oxirida tushunilishi qiyin 
arabcha-forscha so'zlaming alfavit tartibidagi lug'ati berilgan (341—
364—
betlar). «Saylanma»ga xorazmlik olim va shoir Yunus Yusupov 
kirishso'z yozgan, noshirlik qilgan.
«Munis ul-ushshoq» shoir she’riyatining mazmunini,


mohiyatini, muallifning estetik maqsadini ifodalaydi. «Munis» so‘zi 
do‘st, ulfat, hamdam; «ushshoq» so‘zi sevishganlar, oshiqlar 
ma’nolarini anglatadi. Ma’lum bo‘ladiki, «Munis ul-ushshoq»dagi 
lirik she’rlar sevishganlaming qalb kechinmalari, dard-alamlari, 
orzu-umidlari, visol shodliklari va hijron iztiroblarini aks ettiradi. 
Shoir o‘z devoni va undan joy olgan she’rlaming dunyoviy hamda 
ilohiy ishq ahli bilan hamdam boiishini uning nomlanishida ramziy 
tarzda ifodalaydi.
«Munis ul-ushshoq»dagi oshiqona, orifona, didaktik g'azallar shoir 
ijodidagi an’anaviy xususiyatlami namoyon etsa, hasbi hollilik, 
ijtimoiylik va tanqidiylik mazmuniga ega she’rlar uning davr tashvishlari 
bilan hamnafas ekanligini, asarlari davriy hodisa ham ekanligini 
namoyon etadi. Keyingilari Munis ijodiyotiga xos yangiliklar sanaladi. 
Bunday she’rlarda shoir o‘z davrining ilg‘or, ma’rifatparvar arbobi 
sifatida gavdalanadi. Fuqaroparvar, diyonatli, vatanparvar siymo, 
mazlumlarga achinuvchi, zolimlaiga naftat ifodalovchi adolatpesha 
hakam sifatida ko'rinadi.
Munis g‘azaliyoti shoir davri hayotining muhim tomonlarini 
ifodalashi bilan muhimdir. Uning ko‘plab g'azallari an’anaviy mavzu 
va uslubda yozilganligiga qaramay muayyan bir ma’noda shoir hasbi 
holi, taqdir-qismati, zamondosh fuqaro ahli ahvolotini ham aks 
etdiradi. Hatto ayrim g'azallarini shoir taijima holi, dard-alamlari 
tasviriga bag'ishlangan monolog xarakteridagi avtobiografik g'azallar 
desa ham bo'ladi. U motamsaro bir g'azalida «Andog'kim, ota va ona va 
ini mani bekas ibtilosig'a sazovor va motamkashlik balosig'a giriflor 
qildi», deydi.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish