S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

ham holi parishon,
ham boshida savdo
matla’li mustazodida shunday she’rlarda qofiya ishlatish usulini 
yangilashga, takomillishtirishga harakat qilib, har qaysi to'liq misra 
(to'rt ruknli)dan so'ng bir emas, balki ikkita (ikki, ikki ruknli —
mafulu faulun) orttirma misra keltiradi. Bunday orttirma yarim 
misralar qo'llash Ogahiygacha bo'lgan fors va ozaiboyjon adabiyotida 
uchrasa ham o'zbek adabiyotida kuzatilmagan edi. Shu bois, ayniqsa, 
XIX asrning ikkinchi yarmidan yuksak bosqichga ko'tarilgan, 
ayrimlariga Feruz va Komil Xorazmiy tomonidan kuylar bastalanib, 
notalarda aks ettirilgan Xorazm shashmaqom va suvora turkumidagi 
mumtoz qo'shiqlarning asosiy qismini Ogahiy g'azallari, 
muxammaslari tashkil etdi. Masalan, Ogahiyning «Ustuna» radifli 
mashhur ishqiy-orifona g'azali «Peshravi Feruz» deb ataladi. Uni 
Komil Xorazmiy notaga olgan. Olti jilddan iborat «Xorazm 
maqomlari» kitobidagi shunday qo'shiqlarning ko'plari Ogahiy 
she’riyatiga bastalangan qo'shiqlardir. Ulami Xorazmning mashhur 
hofizlari Madraim Sheroziy, Komiljon Otaniyozov kabilar ijro 
etganlar.


Ogahiyning muxammas va masnaviylari.
Ogahiy o'zbek shoirlari 
ichida eng ko‘p musammatlar yaratgan shoirlardan biridir. «Ta’viz 
ul-oshiqin» devonida ikkita murabba’, 89 muxammas, besh 
musaddas, to'rt musamman keltirilgan. Ko‘rinadiki, Ogahiy 
muxammaslar yaratishga alohida e’tibor bergan. U hatto 
muxammaslarini devoniga alifbo tartibida joylashtirishni lozim ko‘igan. 
Ulami bir joyga jamlagudek bo'lsa, muxammaslardan iborat bir 
she’riy majmua, muxammas she’rlar devoni» paydo boiishi 
mumkin. Ummat To'ychiev «Muxammas janrining asoschisi 
Ogahiy» deganlarida (garchand, bu fikr to‘g'ri boimasa-da) 
Ogahiyning bu janrga ayricha qiziqish va e’tibor bilan qaraganligini 
nazarda tutgandek. Sakson to'qqiz muxammas ichida Navoiy 
g'azallariga bogianganlari o'ttizta. Shulardan yigirma oltitasi «Ta’viz 
ul-oshiqin»ning 1960 yildagi nashriga kiritilgan. Ayrim tasawuf 
ruhidagi namunalar bu nashiga kiritilmay qolgan bo'lishi mumkin. 
Ogahiy Mavlono Fuzuliyning beshta, Munisning to'rtta, 
zamondoshlaridan Rojiy Xorazmiyning uchta, shoh va shoir 
Feruzning beshta, Dilovorning bitta, Amiriy (Umarxonning) 
bitta, G'oziyning bitta g'azaliga tazmin muxammaslar bogiagan. 
Ogahiyning qolgan qirqdan ortiq muxammasi o'zining mustaqil va 
bir nechasi o'z g'azallariga o'zi yozgan muxammaslardir. Aytish 
mumkinki, Ogahiy muxammas she’rlar ijod qilishda birinchi 
navbatda Navoiy tajribalariga, qo'llagan usullariga murojaat etdi. U 
Navoiydan so'ng shu janmi eng yuksak bosqichga ko'tara olgan 
shoir boidi.
Buyuk Alisher Navoiy, soni unchalik ko'p boimasa-da, bu 
janming etuk namunalarini yaratdi. Ayniqsa, boshqa shoirlar, shu 
jumladan o'z g'azallariga tazmin muxammaslar yozish an’anasiga ham 
asos qo'ydi. Ogahiy shu nuqtada Navoiy dahosidan nihoyatda kuchli 
ta’sirlandi. Shu an’anani yangi xususiyatlar bilan boyitdi. Bejiz u

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish