S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


To musaxxar ayladim so ‘z birla та ’ni kishvarin



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

To musaxxar ayladim so ‘z birla та ’ni kishvarin,
Shohmen, ey Munis, ahli donishu idrok aro...
Muniski, so'z iqlimi anga bo'ldi musaxxar,
Surtarlar aning xoki rahiga shuaro ko‘z...
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Munis hayotining asosiy sanalarini aniqlang?
2. «Munis ul-ushshoq» tartib berilgan sanalar va janr tarkibini 
sharhlab bering.
3. Munis g‘azallarining kompozitsion-struktual jihatlari qanday?
4. Navoiy va Munis mavzuiga doir daliUaringizni keltiring.
5. Munisning qofiya san’atidagi mahorati qanday?
Mustaqil mashgfulotlar uchun topshiriqlar
1. «Shuaro» she’rini adabiy-poetik tahlil qiling.
2. Munis ruboiylari, tuyuqlaridan yodaki aytib, daftarga tahlilini 
yozing.
3. Munis va Ogahiyning ustozu shogirdligiga doir dalillar keltiring.
4. «Savodi ta’lim»ning ta’limiy-estetik qimmatini izohlang.
Adabiyotlar
1. Shermuhammad Munis. Saylanma. —
Т., 1980.
2. Shermuhammad Munis. Savodi ta’lim. —
Т., 1997.
3. Abdullayev V. Navoiy va Munis. Saylanma Т., 1982.
4. Yunusov M. Shuaro xaylining sohib kamoli. «Barhayot meros 
sahifalari». - Т., 1986.
5. Jumayev N. Munis g‘azaliyoti —
Т., 1991.
6. Munis va Ogahiy. Firdavs ul-iqbol. 0‘zFASHI qoiyozmalar 
fondi, Inv. raqami —
53641.
7. Ahmedov T. Munis. —
Т., 1980.
8. Hayitmetov A. Meros va ixlos. —
Т., 1985.


MUHAMMADSHARIF GULXANIY
Gulxaniy XIX asming I yarmi Qo'qon adabiy muhitida masal- 
tamsil janrida go'zal va original asar yaratishga muvaffaq bo'lgan 
adibdir. Gulxaniy tabiatan hazil-mutoyibaga usta, xalq urf-odatlarini, 
til boyliklarini, maqol, matal, naql va rivoyatlarini, hajv va yumorini 
chuqur bilgan shaxs bo'lgan. Gulxaniyning shaxsiyati va adabiy 
merosi haqida ma’lumot beruvchi ilk manba’ Umarxon davrida 
yaratilgan «Majmuai shoiron» tazkirasidir. Chunki tazkira, 
birinchidan, Gulxaniy hayotlik vaqtida maydonga kelgan, 
ikkinchidan, tazkira adibni ko'igan, bilgan, u bilan muloqotda bo'lgan 
kishilar (Fazliy, Mushrif, Xotif) tomonidan yaratilgan. Tazkiraning 
Gulxaniy hayotini yoritishga bag'ishlangan sahifalarida adibning 
«mulki ko'histon» (tog'lar diyori)dan ekani, uning ajdodlari o'z 
yurtining e’tiborli kishilaridan boigani, shoiming og'ir hayot 
kechirgani va kechirayotgani, o'ziga Gulxaniy taxallusini olib, 
«tog'liklar shevasida latifu ravon» g'azallar bitgani uqtirib o'tiladi. 
Gulxaniyshunos olimlar tazkirachilarning fikrlari hamda 
Gulxaniyning forscha-tojikcha g'azallarining ba’zi til xususiyatlariga 
asoslanishib, uning otasi Qo'qonga Garm yoki Darvoz tomondan 
kelib qolgan bo'lishi mumkinligini taxmin qiladilar. Yirik 
gulxaniyshunos olim Fathiddin Ishoqovning aniqlashicha, 
Gulxaniyning avlodlari tog'liklardan bo'lsa ham, o'zi Qo'qonda 
yuzboshi mansabidagi shaxs oilasida tug'ilib, shu muhitda voyaga 
etgan. Aks holda, uning o'zbek tili boyligi, xalq urf-odatlarini chuqur 
bilishi, askiyachilikda shuhrat topishi va o'zining shu xislatlari bilan 
saroy shoirlari ichida «Zarbulmasa»ldek asami yaratishga loyiq 
ko'rilishi mumkin emas edi. Gulxaniyga yurtdosh, shoir haqidagi 
manba va xotiralardan yaxshi xabardor Poiatjon Domullo 
Qayyumov «Tazkirai Qayyumiy»da shunday muhim biografik 
ma’lumotlami keltiradi: «Bu kishi Ho'qand shaharida Sarbotur 
mahallasida tug'ilib, shunda tarbiyalanib o'smish askariy bir xodim 
boiib, nomi Muhammadsharifdur. Otasi tojiklardan boiib, onasi 
o'zbekdir. Otasi yoshligida vafot etmish. Muhammadsharif sarkarda 
Xudoyquli Bahodiming tarbiyasida o'qub, askariy mulozim sifatida 
yurub, shul bahodiming orqasida saroyga xizmat ila kirib qolgan.


Xudoyquli bahodir vafot etgach, uni saroy va askarlik xizmatidan 
.chetlashtiiganlar. Gulxaniy go'Iaxda turgan degan so‘z to'g'ri emasdir. 
Avtorlaming (Vozeh va hozirgi davrdagi ba’zi olimlarning) Gulxaniy 
degan taxallusga nisbat yetib bergan gumonlaridir».
Gulxaniyning zamondoshi Dilshod-Barnoning «Tarixi 
muhojiron» asarida Gulxaniy o'z umrining so'nggi yillarida 
qalandarona hayot kechiigani, qashshoq shoirlar bilan hammom 
go'Iaxida kun o'tkazgani aytiladi. Biroq Gulxaniy taxallusi 
qoilanishining bu holatga aloqasi yo'q. Fazliy tazkirasida bularga 
aniq ishoralar bor. U shoiming devona-fe’lligi va olovqalbligi sababli 
o'ziga Gulxaniy so'zini taxallus qilib olganligini ta’kidlaydi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish