Xat bo‘Imasa bo‘lg‘ay erdi nobud...
So'ng shoir arab alifbosidagi deyarli barcha harflami husnixat
talablariga rioya qilgan holda yozish qoidalarini tushuntiradi. U
harflarning alohida yozilishlaridan zeru zabarlari, ko'p nuqtali
harflaigacha erinmay tushuntiradi:
«То» zikrida dedi ba’zi ustod,
Zebo alifiyu, avvali sod —
Demak, alifga sod harfi awalini qo'shsa, payvandlasa «to» harfi
paydo bo'ladi.
Qof avvali fo boshiga monand,
Nun halqasiga valek payvand —
ya’ni «f» harfi boshi «q» harfi boshiga o'xshab ketadi. Shu boshini
«nun» harfi shaklida uzaytirilsa «qof» harfi shaklida paydo boiadi va
ustiga nuqtalar qo'yiladi. Yoki
Gar lomni istasang murattab,
Nun bilan alifni qil murakkab —
ya’ni (alif+nun). Shunday qilib, Munis arab harflari imlosi, yozish
qoidalariga doir nazmiy qo'Uanma tayyorlaydi.
«Savodi ta’lim» nazmiy, badiiy risola boiganligi uchun o'quvchiga
ta’sir etuvchi yaxshi tashbehlar, qiyoslar, sifatlashlar,
mubolag'alar, an’anaviy san’atlar uchrab turadi:
Har hatfki, anda jilvagardur,
Avroq yuziga zebu fardur.
Har satrki, sarvdek chekib qad,
Spamshod uyotiga berib mad...
Mana bu baytlarda esa, misralararo so‘zlarni qofiyadosh,
vazndosh va ohangdosh qilib yaratish san’ati tarse’ qo'llanilganligini
ko'ramiz:
Ul bo‘Imasa bo‘lmag‘ay kitobat,
Bo‘I bo‘Imasa qolmag‘ay hikoyat.
Sifatlash:
Bo‘lsin qalaming latifu rangin,
Oqu qizilu, qarovu sangin.
«Firdavs u l-iq b o l» va uning a d abiy qim m ati.
Munis
eltuzarxonning buyrug'i bilan yozilajak bu asaming muqaddimasi
va Xorazmning 1813 yilgacha bo'lgan tarixini yorituvchi boblarini
yozishga ulgurgan. U vabo kasali bilan 1829 yili bevaqt vafot etgach,
asarni uning jiyani Ogahiy davom ettirgan. Demak, asarning
mualliflari ikkita —
Munis va Ogahiy. Munis «Firdavs ul-iqbol»da
qadim zamonlardan 1806 yilgacha boigan voqealami yoritishda
ungacha yozilgan tarixga doir asarlardan, jumladan, Abulg'oziyning
«Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlaridan foydalangan.
Xorazmning 1806 yildan 1813 yilgacha boigan tarixini esa, o'zi
materiallar yig'ib yozgan. Asaming ayniqsa shu qismlari Xorazmda
ro‘y bergan tarixiy voqea-hodisalaming badiiylashgan bayonidir.
Unda o'zbeklar, turkmanlar va qoraqalpoqlar hayotiga, tarixiga oid
juda ko'p va aniq faktlar mavjud. Biroq Munisning tarixchi sifatidagi
dunyoqarashi cheklangan bo'lib, u eski traditsiyalami buzmaslikka
harakat qiladi. Hukmron tabaqa vakillarini, xon va uning yaqinlarini
ba’zan maqtab ularning turkmanlar va qoraqalpoqlarga qarshi
yurishlarini xaspo'shlashga, oqlashga intiladi. Yovmut va
chovdurlaming Xiva hukmronlari zulmiga qarshi g'alayonlarini
qoralaydi. Bunday o'rinlaiga tanqidiy munosabatda bo'lmog'imiz
kerak. Biroq, bulardan qat’i nazar, asaming turli sahifalarida Vafoiy,
Roqim, Ravnaq, Kiromiy, Abulg'oziy kabi shoir, mudarris,
tarixchilaming adabiy portreti shtrixlari, ular haqidagi qiziqarli
naqllar, xotiralar keltiriladi. Asarda ko‘pdan ko‘p she’riy parchalar-
ruboiylar, masnaviylar, qit’alar, fardlar, ta'rix she’rlar beriladi.
Bundan tashqari, kitobda o‘sha zamonda bino qilingan imoratlar,
masjidu madrasalar ham qayd etiladi. Ularning qachon, kim tomonidan
va nima maqsadda qurilganligi bayon qilinadi. Masalan, Muhammad
Amin Inoq davrida qad ko‘taigan «Madrasai inoqiya» to‘g‘risida Munis,
jumladan, quyidagilarni yozadi: «Ul jumladin «Madrasai inoqiya»durki
ma’mani ulamo va maskani fuzalodur. Masnaviy:
Do'stlaringiz bilan baham: |