Róyxatga olindi; №



Download 3,15 Mb.
bet5/60
Sana11.06.2022
Hajmi3,15 Mb.
#653543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
2 5213067867494290140

Adabiyotlar:
1. Левитин Л. Ўзбекистон туб бурилиш палласида. - Тошкент: Ўзбекистон, 2005.
2.Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. - Тошкент: Академия, 2013.
3.Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.Рахимов. - Тошкент: Адабиёт учқунлари, 2018.
4. Эркаев А. Ўзбекистон йўли. - Тошкент: Маънавият, 2011.
5. Усманов К., Шернов Ш. ва бошқалар. Ўзбекистон сиесий ва ҳуқуқий ислоҳатлар сари. Т. «Университет» 1996.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda. Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
• Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
• Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
• Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi;
• Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi;
• Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.
1994 yil 25 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995- 1999 yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsialdemokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisi 1995-2004 yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:
• O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish;
• qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
• parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
• shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;
• amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda olib borish;
• joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi.
Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. Prezident Islom Karimov 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o’tgan 10 yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003 yil aprelda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yx atga olindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Murod sharifxo’jaev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafar senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an’analarini o’zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalgam oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O’zbeksiton Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi Faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbeksiton Respublikasi nomidan ish ko’radi.
Vazirlar Mahkamasi:
• Davlat byudjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;
• Oliy Majlisga davlat byudjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;
• yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
• madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosatining yuritilishini ta’minlaydi;
• mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha choratadbirlarni amalga oshiradi;
• qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha choratadbirlarni amalga oshiradi.
Sud hokimiyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida" gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O’zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun xam xuquqiy asoslar yaratildi.
Hozir O`zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 1 ta jamoatchilik xarakati faoliyat kO`rsatmoqda:
1. O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasi (XDP) 1991 yil 1 noyabrda tashkil topgan. XDP o`z dasturida mamlakatda adolatli jamiyat qurish, uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustaxkamlash, O`zbekiston xalqlari O`rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini tahminlash, har bir mexnatkashning moddiy va mahnaviy turmushini yaxshilash, fuqarolarning konstitutsiyaviy xaq-xuquqlarini ximoya qilish maqsadini ilgari suradi. O`zbekiston XDP parlament partiyasidir. O`z a’zolaridan Oliy Majlis va Maxalliy xokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzodlar kO`rsatib davlat xokimiyati organlarining barcha bO`g`inlarida ishtirok etadi.
2. O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (SDP) 1995 yil 18 fevralda tashkil topgan. Partiyaning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida barcha millat va elatlarning umumiy manfaatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jixatdan etuk, demokratiya tamoyillariga asoslangan adolatli, fuqarolik jamiyati qurishda faol ishtirok etishdan iborat. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Oliy Majlisda O`zining fraktsiyasiga ega.
3. O`zbekiston Miliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) 1995 yil 3 iyunda tashkil topgan. Partyaning maqsadi milliy manfaatlarni, milliy yakdillikni tahminlash, xuquqiy davlatni barpo etish va O`zbekistonni jaxonning etakchi davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar qilishdan iborat. MTDP millatning o`z-o`zini anglashi, fuqarolarda Vatanga sadoqat va muxabbat tuyg`ularini to`la shakllantirish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tiklanish yo`lidan rivojlanishga erishish, milliy meros va anhanalarni rO`yobga chiqarish, millatning ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish va demokratik jamiyat qurish uchun qurashadi.
4. Fidokorlar milliy demokratik partiyasi 1998 yil yanvarda tashkil topgan. Partiyaning maqsadi xuquqiy-demokrtik davlat qurish, tadbirkorlikni qO`llab quvvatlash asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish . 2000 yil may oyida Vatan taraqqiyoti partiyasi bilan kurash yo`li va maqsadi bir-biriga yaqinligi uchun ixtiyoriy birlashdi.
5. 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan O`zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo`naltirilgan davlat siyosatini ro`yobga chiqarishni ta`minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo`lishiga erishishga ko`maklashishga qaratilgan.
Aytish joizki, dunyoda ekologiya yo`nalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Odatda “yashillar” nomi bilan yuritiluvchi bu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g`oyalarini ilgari suradi. Mazkur partiyalarning yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri global ekologik muammolarning dolzarblashuvi va sonining oshishidir. O`zbekistonda ekologik partiyani tashkil etish hayotiy zaruratdir. Shu sababli 2019 yilning 8 yanvar` kuni O`zbekiston ekologik partiyasi ta`sis s`ezdi bo`lib o`tdi. Ta`sis s`ezdida 2018 yilning 1-17 dekabr` kunlari O`zbekiston ekologik partiyasi ta`sis s`ezdiga Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar saylash bo`yicha o`tkazilgan konferentsiyalarda ekologik siyosiy partiya tuzish bo`yicha tashabbuskorlar, ekologiya va sog`liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari, talabalar, OAV va keng jamoatchilik vakillari orasidan muqobillik asosida saylab olingan 250 nafar delegatlar, ya`ni ommaviy axborot vositalari va umuman keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo`yicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi.Bugungi kunda mamlakatda 5 ta siyosiy partiya – O`zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi, , O`zbekiston Ekologik partiyasi faoliyat yuritmoqda. Ularning safi yana bittaga kengaygani quvonarli hol.
Mamlakatda “Xalq birligi” harakati 1995 yil iyundan faoliyat ko`rsatmoqda. Xarakatning asosiy maqsadi ko`p millatli mamlakatda xalqlar birligini yanada mustaxkamlash, fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustaxkamlangan xuquq va erkinliklarining kafolatlarini to`la-to`kis amalga oshirish va fuqarolik, vatanparvarlik tuyg`ularini rivojlantirishdan iborat.
Bu partiyalardan tashqari 7,5 million kishini o`z atrofida birlashtirgan kasaba uyushmalari, yoshlarning, ayollarning tashkilotlari o`nlab jamoatchilik fondlari ham bo`lib, ular xam ijtimoiy hayotga taalluqli barcha masalalarni hal etishda qatnashmoqda. Ko`p xollarda davlat ongli ravishda o`z vazifasini jamoat birlashmalariga bermoqda. Masalan, mahalla qo`mitalari muhtoj oilalarga to`g`ridan-to`g`ri moddiy yordam ko`rsatishni amalga oshirmoqda.
O`zbekiston - ko`p millatli davlat. Millatlararo munosabatlar O`zbekiston ijtimoiy hayotida hamisha hal qiluvchi omil bo`lib keldi. Respublika Xukumati millatlararo munosabatlarda O`zbekistonda yashab turgan barcha xalqlar talab va extiyojlarini qondirishga qaratilgan yo`lni amalga oshirmoqda va bularni o`zining ichki va tashqi siyosatining asosiy bandi deb xisoblamoqda. Millatlararo munosabatlarni chuqurlashtirish o`o`millatli mamlakat uchun muhim siyosiy, xuquqiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Zero, mamlakatda yashayotgan har bir fuqaro o`z milliy ravnaqi uchun intilishga xaqlidir. Insonning ana shu xaq-xuquqlari va extiyojlaridan kelib chiqqan xolda O`zbekistonda qisqa fursatda bu borada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, boshqa qo`shni Respublikalardan farqli holda millatlaro munosabatlarning xuquqiy zamini yaratildi. Birinchidan, mamlakat konstitutsiyasi qabul qilindi. Fuqarolik to`g`risida qonun ishlab chiqildi. Mamlakat miqyosidagi har bir katta-kichik yig`ilishda Prezident milliy va millatlararo munosabatlar bo`yicha o`zining qarashlarini bildirib kelmoqda. O`zbekistonda yashaydigan har bir kishi, millatidan qathiy nazar, teng xuquqli fuqaro ekanligi va u hayotning barcha nehmatlaridan bahramand bo`lib yashashga haqli ekanligi qonun bilan kafolatlab qo`yildi. Shuning uchun mamlakatda turli milliy va millatlaro nizolarga chek qo`yildi. Millati, irqi, diniy ehtiqodidan qathiy nazar, har qaysi inson insonligi uchun ehzozlanishi kabi g`oyat insonparvar siyosat davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Ayni paytda mamlakatda Ularning O`z milliy-madaniy markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Ular o`z milliy urf-odatlari va anhanalari chuqurlashtirish borasida qator ishlarni amalga oshirishmoqda. Xukumat ularga aloxida ehtibor bilan g`amxo`rlik qilmoqda.
Demokratik isloxotlarni hayotga tadbiq etish, alohida yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining O`rni va axamiyati kattadir.
Ommaviy axborot vositalari sovetlar zamonida yagona kommunistik mafkura quroli bo`lib, milliy zamindan uzilgan edi.
Mustaqillik sharofati bilan O`zbek matbuoti, ommaviy axborot vositalari qayta oyoqqa turgan O`zbek davlatchiligining asl ifodachisi, ximoyachisi sifatida tarix saxnasiga kirdi.
O`zbekistonda ommaviy axborot vositalarining xuquqiy poydevorini yaratish tadbirlari ko`rildi. Avvalo O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish ko`rishi, tsenzuraga yo`l qo`ymasligi belgilab qo`yildi. Bundan tashqari Oliy Majlisning ommaviy axborot vositalari xaqidagi Qonunlari ommaviy axborot vositalarining demokratik jamiyatga xos xuquqiy asoslarini belgilab berdi.
Ommaviy axborot vositalari jamiyatni demokratlashtirishda katta o`rin egallaydi. Birinshi Prezidentimiz o`zining “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida ...” kitobida tahkidlaganiday, jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalq qarorlar qabul qilinisha ...” kitobida tahkidlaganiday, jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalqi boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. “Ana shu uch soxada xaqiqiy siljishlar bo`lmas ekan, demokratiya haqidagi xamma gap-so`zlar xalqqa xushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi”. Bunday siljishlar bo`lishida ommaviy axborot vositalarining o`rni beqiyosdir.
Istiqlol erkin fikrlashga, har kimning o`z fikrini oshkora bayon qilishga keng eshik ochdi. Hur fikrlilikni barqaror etishning yangidan-yangi imkoniyatlarini yaratdi. Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari ko`paydi, mustaqil gazeta va jurnallar vujudga keldi.
Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Axborot markazi, Milliy matbuot klubi tashkil etildi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi tuzildi.
Ommaviy axborot vositalari milliy mustaqillikni Vatanimiz, xalqimiz taqdiridagi buyuk o`rni va ahamiyatini yaqin o`tmish fojealari va xalqimizning bugungi yaratuvchanlik ishlari misolida keng targ`ib qilib yosh avlod qalbida Vatanga muxabbat va sadoqatni tarbiyalamoqda.
Ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik isloxotlarning moxiyatini, davlat siyosatini odamlar ongiga etkazmoqda.
Ommaviy axborot vositalari ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillardan biri bo`lib, shu yo`l bilan jamoatchilikni mamlakat hayotiga daxldor bo`lgan qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga, ularning hayotga tadbiq etilishiga keng jalb qiladi.
Matbuotda Islom madaniyati, nazariyasi, tarixi va qonunlarini targ`ib qilishga, buyuk allomalar, tarixiy shaxslar haqida keng miqyosli maqolalarning berib borilishi jamoatchilikda katta qiziqish uyg`otmoqda.
Mustaqillik tufayli gazeta saxifalari, radioeshittirishlari va teleko`rsatuvlarda mamlakatning qadimiy tarixi, sho`rolar davrida taqiqlab qo`yilgan milliy qaxramonlarimiz xaqida, O`zbek xalqining o`ziga xos urf-odatlari, milliy qadriyatlari yoritilgan qiziqarli maqolalarga keng o`rin berilmoqda.
Mustaqillik yillarida qabul qilingan qator qarorlar, qonunlar ommaviy axborot vositalarining “to`rtinchi xokimiyat” darajasida faoliyat ko`rsatishga imkon yaratmoqda.
Mustaqillik va yangi demokratik, xuquqiy davlat qurishning o`tgan davri mobaynida O`zbekistonning siyosiy tizimida, davlat va jamiyat qurilishining siyosiy asoslarida tub burilishlar yasagan muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Mamlakat avtoritar, mahmuriy-buyruqbozlik tizimining kishanlaridan, yakka partiya xukmronligi va jamiyat hayotining barcha tarmoqlarini davlatlashtirish illatidan ozod bo`ldi. Yangi davlat binosining mustaxkam poydevori, ustun va to`sinlari qurildi. Endi uning butun mehmoriy qiyofasi tobora aniqroq ko`zga tashlanmoqda.
Keng xalqaro tekshirishlardan o`tgan va demokratiyaning barcha talablariga javob beradigan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning asosida hokimiyat tarmoqlari bo`linishining konstitutsiyaviy tamoyili qonun bilan mustaxkamlandi va amalda qo`llanila boshlandi. Ko`ppartiyali tizim yaratildi, jamoat tashkilotlari va barlashmalari xaqiqiy erkinlikni qo`lga kiritdilar.
Qonun jamiyatni boshqarishning universal vositasiga aylandi.
Xulosa, mustaqillikning o`tgan qisqa davrida O`zbekiston demokratik, xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo`lida shunday masofani bosib o`tdiki, boshqa mamlakatlar bunga o`n yilliklar va asrlar mobaynida erishgan bo`lardi. Bu katta o`zgarishlar xalqning o`ziga xos xususiyatlari va milliy anhanalarini hisobga olgan holda islohotlarning bosqichma-bosqich usuli bilan mojarolarsiz, larzalarsiz amalga oshirildi.


Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish