Adabiyotlar
1.Левитин Л. Ўзбекистон туб бурилиш палласида. Тошкент: Ўзбекистон, 2005.
2.Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. - Тошкент: Академия, 2013.
3.Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.Рахимов. - Тошкент: Адабиёт учқунлари, 2018.
4.Эркаев А. Ўзбекистон йўли. - Тошкент: Маънавият, 2011.
O’zbekiston mustaqil davlat SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi : «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: 1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 2) 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi. Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
• O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
• O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
• O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartirilishi mumkin emas;
• Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30 sentyabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo’lgan voqea sodir bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahri – davlatimiz poytaxti
Viloyatlar: Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm, Qashqadaryo,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, 159 qishloq tumanlari, 120 ta shaharlar bor Tumanlar tasarrufida 116 ta shaharcha, 147 ta qishloq va ovullar bor. Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004 yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil noyabrida bo’lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish xaqidagi masalani ko’rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritildi: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?». Shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Mustaqillik to’g’risida referendum 1991 yil 29 dekabr kuni umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. O’zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir. Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, uzoqni ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi natijasida tinch, demokratik, parlament yo’li bilan ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi. 1991 yil 29 dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’anievich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko’rib chiqib, I.A.Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb xisoblas ga qaror qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi : «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.
Davlat ramzlari O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo’lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini ham aks ettiradi.
O’zbekistonning Davlat gerbi, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992 yil 2 iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu Islom Karimov O’zbekistonning birinchi Prezidenti baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o’zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga etaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 10 dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
Mustaqillik qo’lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo etardi. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan O’zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo’lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992 yil 26 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992 yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo’ldi. Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o’zining katta hissasini qo’shdi. Oliy Kengashning 1992 yil dekabrda bo’lgan XI cessiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8 dekabr umumxalq bayrami -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining Davlat mutaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to’plangan eng ilg’or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz hususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq konstitutsiyasi nusxalaridan ko’chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur.
O’zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverinitetidir. Davlatimizning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir. Yana bir konstitutsiyaviy tamoyil - davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi.
Asosiy Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O’zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi , or-nomusi, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan. Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil– Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi», deb belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilgan. O’zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O’zbekiston xalqini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog’iston
Respublikasining huquqiy maqomi, O’zbekiston bilan o’zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo’lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o’tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda. Asosiy qonunga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar 2003 yil 24-25 aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n birinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur Qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89,90,93,95,97-moddalarga ham o’zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi. Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o’rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Milliy valyuta O’zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O’zbekiston mustaqillikning dastlabki payti - 1991-1993 yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993 yil may oyi boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSh dollori darajasiga tushib ketgan edi. O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1993 yil 1 noyabrda O’zbekistonda so’m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo’lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati so’m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko’rdi. O’zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunda e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muo-malaga kiritish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq 1994 yil 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – So’m muomalaga kiritildi.
Mustaqillikning dastalbki kunlaridayoq O’zbekiston qanday taraqqiyot yo’lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo’ladi, degan savollar ko’ldalang turardi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi. O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy holati va imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub o’zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993 yilda nashr etilgan «O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2. Davlat - bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» deb qabul qilindi.
№ 5-Tema. O`zbekistonda davlat hokimiyatining shakllanishi. Siyosiy islohotlar.
Reja:
1. Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O`zbekistonda hokimiyatlar bo`linishi tamoyili.
2. O`zbekistonda ko`p partiyalik tizimining shakillanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar xizmatidagi o`zgashaliklar.
3. O`zbekistonda parlament tizimi va o`ndagi isloxotlar. Huquq organlari va sud tizimidagi o`zgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |