to‘rtta imkoniyatni taklif qilishsa, sizda bu taklif beshta bo‘lishi kerak (yoki 15ta,
yoki 25ta). Agar ularning xarajati 20 ming dollarni tashkil etsa, siz 30 ming dollar
sarflashingiz kerak. Agar ularning 50ta xodimi bo‘lsa sizda 100ta bo‘lishi kerak.
olib boradi. Qurollanish poygasi sizdan katta miqdordagi pul, vaqt va engergiya talab
qiladigan oxiri yo‘q urushga olib keladi. Undan tashqari sizni doimiy
qilish haqida o‘ylay olishmaydi. Ular faqat “orqadagi sana” haqida o‘ylashlari
mumkin. Ular yo‘l ko‘rsatishmaydi, ular quvib yetishadi.
kamroq ish qiling. Oddiy vazifalarni bajaring va ularga qiyin va yoqimszlarini
qoldiring. “Bir qadam ko‘proq” qilishdan ko‘ra “bir qadam kamroq” qiling. Ortig‘i
bilan bajargandan ko‘ra oxirigacha bajarmaslikni sinab ko‘ring.
Bunga Velosport dunyosidan ajoyib bir namunani keltirish mumkin. Ilg‘or
velosiped brendlari yillar davomida yuqori texnologiyali asbobuskunalar: ulovchi
mexanizmi va ultrasepli diskli tormozi bor mauntinbayklar yoki ugleplastikdan
tayyorlangan “hammasi ketma-ket” va o‘nta uzatkichli yengil yo‘l velosipedlarini
ishlab chiqarishga bor diqqatini qaratishdi. Bunda velosipedda ko‘pgina tezliklar: 3,
10, 21 va h.klar bo‘lishi kerak deb hisoblangan.
Lekin, yaqindagina, o‘zining texnologiyasi kamligiga qaramasdan belgilangan
uzatishga ega velosipedlar mashhurlik cho‘qqisiga chiqishdi. Bu velosipedlarda
faqat bitta tezlik bor. Bir nechta modellarida qo‘l tormozi ham yo‘q. Ularning
afzalligi shundaki, ular soddaroq, osonroq, arzonroq va qiyin parvarish talab
etmaydi.
Raqobatchilarining tarkibiy to‘plamidan ustun kelgan omadli mahsulotga yana
bir ajoyib namuna – The Flip, “olib bor va suratga ol” formatidagi ultraoddiy
kompakt videokamera bo‘lib, qisqa muddatning ichida bozorning ahamiyatli qismini
zabt etdi. The Flip xaridorlarga taqdim etmaydigan ro‘yxatga qarab chiqing:
• Katta ekran yo‘q (kichik ekran hattoki avtoportret qilishga ham imkon
bermaydi);
• Fotografiya qilishning imkoni yo‘q;
• Kaseta yoki disklarning yo‘qligi (videoni kompyuterga yuklab
olishingizga to‘g‘ri keladi);
• Menyu yo‘q;
• Sozlash yo‘q;
• Videoizlovchi yo‘q;
• Maxsus effektlar yo‘q;
• Quloqchinlar uchun bo‘linma yo‘q;
• Linza uchun qopqoq yo‘q; Xotira kartasi yo‘q;
• Optik kattalashtirish yo‘q.
The Flip faqatgina bir necha oddiy narsalarni qila oladi va juda yaxshi qiladi.
shuning uchun ko‘pchilik uni afzal ko‘radi. Undan foydalanish oson va qiziq. U katta
kamerani joylashning iloji bo‘lmagan joyga sig‘adi va uni oldin biror bir kamera
ishlatmagan odamlar ham ishlata oladi. Sizning biror mahsulotingiz va xizmatingiz
kamroq vazifa bajara olishidan uyalmang. Uni barchaga taqdim eting. U bilan
g‘ururlaning. O‘z “minimum”ingizni sotishda, raqobatchilaringiz o‘zining uzun
ro‘yxatdagi imkoniyatlarini sotgani kabi, agressiv bo‘ling.
Do'stlaringiz bilan baham: