Nashr etuvchilardan
Roppa-rosa besh yil oldin biz mumkin qadar foydali bo‘lgan, faqatgina
ishbilarmonlikka oid kitoblarni nashr etishni boshladik, boshqa hech qanday
mavzudagilarini emas.
Va darhol nimaga aralashib qolganimizni tushundik. Lekin berilgan va’dadan
qaytmadik. Shuning uchun boshida bir oyda faqat bitta kitob chiqarardik.
Hozirgi kunda bizda nashr etilayotgan kitoblar salmog‘i anchagina katta, ya’ni
bir qator psixologiyaga oid nashrlar, tarixiy mavzudagi sovg‘abop nashrlar ham chop
etayapmiz, lekin ish yuritish tizimimiz avvalgidek. Biz qo‘l yozmalarni sinchiklab
saralab chiqamiz va doimo, yaxshi, lekin yuqori darajada foydali bo‘lmaganlarini
yaroqsizga chiqaramiz. Har safar nimadir keragidek bo‘lmaydi.
Ba’zilarida maxsus auditoriya uchun mavzusi o‘ta qisqa, ba’zilarida matn o‘ta
chalkash, o‘ta ilmiy, ya’ni, og‘ir ish kunidan so‘ng ularni tushunish ancha qiyin.
Yoki muallif biror ishning uddasidan chiqmagan: biznes yuritish bo‘yicha
boshqalarga juda ko‘p maslahatlar beradi-yu, lekin o‘zining biznesini havas qilarli
darajada deb bo‘lmaydi.
Bu kitob borasida bizda hech qanday e’tiroz bo‘lmadi.
U nashr etuvchilar uchun ham, o‘quvchilar uchun ham yaxshi bir tuhfa bo‘ldi.
U nashr etilishi bilan AQShda eng ko‘p sotilgan kitobga aylandi.
U hayotiy yozilgan va bir o‘tirishda o‘qib chiqiladigan kitobdir. Har bir bobda
mualliflar o‘quvchining ongiga yetkazib berish uchun qancha so‘z kerak bo‘lsa
shunchasidan foydalanishgan.
U amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan. Hech bir maslahat osmondan olinmagan.
U bir vaqtning o‘zida, ishga kirishishga turtki beradi, dovdiratib qo‘yadi,
gangitib qo‘yadi va to‘g‘ri yo‘lga undaydi.
Va nihoyat u qiziqarli - qarang unda qanday rasmlar bor.
Sizning biznesingiz qanchadan buyon davom etayotganligi va uning qanday
hajmda ekanligi, hech qanday ahamiyatga ega emas. Kitob endigina “o‘z ishimni
boshlasammikan” deb o‘ylayotganlar (albatta, bir qator “foydali” maslahatlarni
olishingiz mumkin) va yangi tadbirkorlar uchun ham, hamda tajribaga ega
biznesmenlar uchun ham mos keladi. Hattoki agar siz yirik zavodning egasi
bo‘lsangiz ham, ehtimol bu kitobda o‘z ishingizda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan
tamoyillarni topishingiz mumkin.
Bu kitobni nashr etishimizga asos bo‘lgan yana bir jihat shuki, huddi biznikiga
o‘xshash rivojlangan kompaniyaning asoschilari bilan umumiy jihatimiz ko‘p,
masalan bizda ham ulardagi kabi 14 kishi ishlaydi. 37 signals dasturiy mahsulotidan
hozirgi kunda 3 million kishi mamnuniyat bilan foydalanishmoqda. Biz esa yiliga
taxminan 350 ming kitob sotamiz. Bu esa tor doiradagi maxsuslashtirilgan nashriyot
uchun kam hajm emas. Shubhasiz, siz o‘ylab ko‘rgan biznes biror natijaga
erishmagani, yoki kompaniya ishlarni ijobiy tomonga yaxshilab bo‘lmagani haqida
ko‘p eshitgansiz. Aynan shuningdek bizga ham o‘z vaqtida bu haqda juda ko‘p
gapirishgandi.
Injinerlarning fikricha tukli ari ucha olmaydi, ularning aerodinamik sifati bunga
imkon bermaydi degan mashhur cho‘pchakni eslaysizmi? Har bir mayda tukli arilar
bu murakkab ilmiy hisobkitobning noto‘g‘ri ekanligini osongina isbotlashayapti.
Bu kitob bo‘lajak tukli arilar - kompaniyalar va ularning baxtli egalari uchun.
Bizning butun guruhimiz bu loyiha ustida ish olib borishdan katta manuniyat
oldik.
Ishonamizki, siz ham bu kitobni mamnuniyat bilan o‘qib chiqasiz.
Igor Mann
Mixail Ivanov
Mixail Ferber
Do'stlaringiz bilan baham: |