Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Nima uchun o‘sish kerak?  

  

Odamlar “Sizning kompaniyangizning ko‘lami qanday” deb, so‘rashni yaxshi 



ko‘rishadi. Bu shunchaki oddiy suhbat, ular sizdan jiddiy javob kutishmaydi. Raqam 

qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  siz  shunchalik  professional  va  qudratli  tuyulasiz  va  zo‘r 

taasurot  qoldirasiz.  Agar  sizning  kompaniyangizda  100  tadan  ortiq  xodim  bo‘lsa: 

“O‘,  zo‘rku!”-deyishadi.  Agar  siz  kichik  kompaniya  bo‘lsangiz  sizni:  “O‘,  bu 

zo‘rku!”-  degan  javob  kutadi.  Birinchi  jumla  xushomad  tarzida  aytilgan  bo‘lsa, 

ikkinchisi shunchaki odob yuzasidan.  

Nima  uchun  bunday?  Biznesning  muvaffaqqiyati  uning  ko‘lami  bilan 

bog‘liqmi? Nima uchun  maqsad har doim hukmronlik qilish bo‘ladi?  

Uning  bundan  tashqari  yana  qanday  jalb  etuvchi  jihati  bor?  (“Masshtabning 

samarasi borasidagi iqtisod”dan tashqari, boshqa javoblarni qidirib ko‘ring.) “O‘ziga 

munosib  ko‘lam”ni  topishning  va  doim  shunday  bo‘lib  qolishning  nima  yomon 

tomoni bor?  

Nahotki, Garvard yoki Oksford haqida: “Agar ular o‘z ko‘lamini kengaytirishni 

boshlab, bir necha ming professorlarni ishga olib, uning ustiga butun dunyo bo‘yicha 

o‘z kampuslarini ochishsa... ana unda u buyuk maktab bo‘lgan bo‘lardi”,- degan fikr 

kimningdir  aqliga  kelsa?  Albatta,  yo‘q.  Bu  o‘quv  muassasalarining  qimmatini biz 

boshqa  me’yorlar  bilan  o‘lchaymiz.  Nima  uchun  biznesga  baho  berish  boshqacha 

bo‘lishi kerak?  

Ehtimol, sizning kompaniyangiz uchun besh kishi eng yaxshi miqdor bo‘lishi 

mumkin.  Yoki  40.  Yoki  200.  Ehtimol  siz  va  sizning  kompyuteringiz. 

Kompaniyangiz  bir  qancha  muddat  o‘tganidan  so‘ng  qanday  ko‘lamda  bo‘lishini 

mo‘ljal  qilishning  keragi  yo‘q.  Asta  sekin  o‘sib  boring  va  o‘z  hissiyotlaringizga 

quloq solib ish tuting. Ba’zi hollarda, zarururati tug‘ilgan vaqtdan oldin xodimlarni 

ishga olish, ko‘pgina kompaniyalar uchun o‘limga teng bo‘lib qoladi. Shuningdek 

kompaniyaning rivojlanishi ko‘lamini birdaniga katta miqdorda oshirish ham to‘g‘ri 

bo‘lmaydi, chunki, “o‘zingizga mos o‘lcham”ni o‘tkazib yuborishingiz mumkin.  

Kichik  –  bu  shunchaki  o‘tish  bosqichi  emas.  Kichik  –  bu  o‘ziga  xos  ajoyib 

belgilash nuqtasi.  

Siz hech e’tibor berganmisiz, kichik bizneslar katta bo‘lishga intilgan vaqtda, 

katta  bizneslar  yanada  ko‘proq  rivojlanishga  va  yana  yaxshi  natijaga  erishishga 

intiladi?  Yagona  to‘g‘ri  yo‘l  mavjud  emas.  Shuni  esda  tutingki,  qachondir  katta 

biznesga  aylanganingizdan  so‘ng,  xodimlarni  ishdan  bo‘shatmay,  ish  ko‘lamini 

qisqartirmay,  biznes  yuritish  tamoyillarini  butunlay  o‘zgartirmay  turib, 

biznesingizni qisqartirishning imkoni yo‘q.  




O‘sishni  tezlashtirish  sizning  maqsadingiz  bo‘lishi  kerak  emas.  Bu  gap 

faqatgina sizning xodimlaringiz soniga emas balki, boshqa xarajatlar: ijara haqi, IT-

infratuzilmalari, mebel va h.k. larga ham tegishli. O‘sish o‘zo‘zicha sodir bo‘lmaydi, 

bunga  siz  qaror  qilasiz.  Biznesingizni  o‘stirishga  harakat  qilib,  siz  o‘zingizni 

zo‘riqtirasiz  va  bosh  og‘rig‘ingizni  oshirasiz.  Harajatlar  hajmini  ko‘paytirib,  siz 

boshqarish bir muncha qiyin bo‘lgan va kuchli stressga sabab bo‘ladigan murakkab 

biznesni tashkil etishga majbur bo‘lasiz.  

O‘zingiz xohlagandek kichikroq biznesga  egalik qilishdan uyalmaslik  kerak. 

Barqaror,  daromadli  biznesni  boshqarayotgan  har  kim  biznesi  kattami,  yoki 

kichikmi, bundan qat’iy nazar o‘zi bilan faxrlansa arziydi.  

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish