Devid Xaynemayer Xensson Djeyson Frayd
Rework: Bid’atlardan holi biznes
Russ nashriyotiga so‘z boshi
Men bu kitobni o‘qigan vaqtimda, menga shunday tuyulardiki, go‘yo men
do‘stlarim bilan shinam kafeda o‘tiribman va ular o‘z bizneslari muvaffaqqiyatining
“yashirin” sirlarini men bilan ochiq oydin bo‘lishishmoqda. Oson va erkin, aniq va
samimiy bo‘lishishmoqda.
Men o‘zim xohlagan va xohlamagan holda o‘qiganlarimni kompaniyani ochish
va rivojlantirishdagi o‘z shaxsiy tajribalarim bilan taqqoslayapman. Ko‘pgina
maslahatlar va fikrlarga qo‘shilaman, ular to‘g‘ri, lekin, ba’zilariga e’tirozim bor,
ammo ularning barchasi kishini o‘ylashga, odatiy narsalarga boshqa tomondan
qarashga, eskirib qolgan nazariyalar va qarashlarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.
Sizga yaqin besh yil uchun mo‘ljallangan aniq va batafsil biznes-reja
kerakligiga ishonchingiz komilmi? Yoki tayyorgarliksiz apil-tapil ish yuritish bir
muncha ko‘proq foyda keltiradimi?
Sizga ofis shunchalik kerakmi?
Haqiqatdan ham sizga qanday qilib bo‘lsa ham kichik kompaniyani yirik
kompaniyaga aylantirish muhimmi?
Yig‘ilishlarni muzokaralar tarzida o‘tkazish kerakmi, o‘zi umuman ularni
o‘tkazishning zarurati bormi?
Mualliflar shuni ishonarli qilib isbotlab berishganki, odatiy yo‘l har doim ham
yaxshisi emas.
Dunyo o‘zgardi. Yangi texnologiyalar shu qadar tez paydo bo‘layaptiki,
ko‘pchiligi boshqasidan tubdan farq qiladi, mustahkam tuyilgan yirik bizneslar,
huddi qog‘oz kartalardan qurilgan uycha kabi to‘satdan sochilib ketmoqda. Yirik
baliqlar maydalarini osongina yeb yuboradigan vaqtlar o‘tib ketdi. Hozir esa tez
suzadigan baliqlar asta suzadiganlarini yeb yuborayotganini tez-tez uchratish
mumkin bo‘lib qoldi.
Men odatda kitob huddi endi ish boshlaganlar kabi tajribali tadbirkorlarga ham
foyda berishi haqidagi muqaddimalarga unchalik ham ishonavermayman. Lekin bu
kitobda mutlaqo hammasi haqiqat. Bu kitob hayratlanarli darajada ilhomlantiruvchi
va o‘z ishingizni boshlashga asosli turtki beruvchi kitobdir!
Biz hozir biznes-inkubator tashkil etamiz, uning asosiy vazifasi esa – yorqin,
noodatiy, muvaffaqqiyatli kompaniyalarni paydo bo‘lishiga yordam berish bo‘ladi.
Biz muloqot uchun jonli muhit yaratishni xohlaymiz, unda esa, nazariyani emas,
balki ishbilarmon omadli biznesmenlarning amaliy “retsept”larini tinglaymiz va
muhokama qilamiz, xuddi kitob mualliflari maslahat berganlari kabi yutuqlardan
saboq olamiz. Men bu biznes inkubatorimizda biznesga mana shunday
yondashuvchi, o‘zining biznes sirlarini boshqalar bilan bo‘lishishni xohlovchi,
hamda o‘z shaxsiy g‘oyalarini amalga oshirishni orzu qiluvchi barchani ko‘rishdan
hursand bo‘laman!
Sizga haqiqatdan ham yana nimadir o‘z biznesingizni boshlashga xalaqit
berayaptimi?
Reworkni o‘qib chiqing va hayotda o‘zingizdan iz qoldirish uchun harakat
qilishni boshlang.
Aleksey Komissarov,
Biznes-inkubator rahbari
RF hukumati huzuridagi xalq xo‘jaligi akademiyasi
“Avtoremont tizimi” kompaniyasi bosh direktori