Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

  

Evolyusiya  

Boshida har doim yo‘q deng  

O‘z mijozlarimni eshitganimda, ularga yanayam tezroq yuguradigan ot berishimga 

to‘g‘ri kelar edi.   

Genri Ford  

  

Ha  deyish  oson!  Ha  –yana  bitta  funksiya  qo‘shishga,  ha-muddatni  haddan 



tashqari  optimistik  nazorat  qilishga,  ha-o‘rtacha  dizaynga.  Siz  aytadigan  “ha”lar 

tog‘i  shu  darajada  yuqorilashib  ketadiki,  uning  ortidagi,  siz  haqiqatdan  ham 

intilishingiz kerak bo‘lgan asl maqsadingiz ko‘rinmay qoladi.   

Hattoki,  o‘zingizning  yaxshi  g‘oyalaringizning  ko‘plariga  yo‘q  deyishga 

odatlaning. O‘zingizning eng muhim ishingizni aniqlab olish uchun yo‘q so‘zining 



kuchidan  foydalaning.  Ijobiy  javoblar  tez-tez  afsuslanish  bilan  tugashini  inobatga 

olsak, siz yo‘q degan javobingizdan kamdan-kam afsuslanasiz.   

Odamlar yo‘q deyishni yoqtirishmaydi, chunki qarshi turish ularni noqulay his 

qilishlariga majbur qiladi. lekin uning alternativi yanayam yomonroq ko‘rinadi. Siz 

o‘z  ritmingizni  susaytirasiz,  hammasini  qiyinlashtirishni  boshlaysiz  va  o‘zingiz 

ishonmaydigan fikrlar ustida ishlaysiz. Bu huddi shaxsiy munosabatlarga o‘xshaydi, 

kim  bilandir  ajralish qiyin, lekin  yanayam  yomoni  u bilan bog‘lab  turgan  ipni bir 

siltashda uzishga jasoratingiz yetmayotganligi sababligina muomala qilishni davom 

ettirishdir.  Qisqa  muddatli  noqulayliklarda,  zarurat  yuzasidan  ochiq-oydin  qarshi 

chiqishingizga  to‘g‘ri  kelgan  holatlarda  o‘zingizni  qo‘lga  ola  oling.  Siz  uzoq 

muddatli afsuslanishlardan qochayapsiz xolos.   

Har qanday holatda ham “mijoz doim haq”ligiga ishonish kerak emas. Albatta, 

agar,  ulardan  ko‘pchiligi  ovqatning  haddan  tashqari  sho‘r,  yoki  o‘ta  issiqligidan 

e’tiroz  bildirsa,  siz  buni  qabul  qilasiz.  Lekin  agar  bir  ikkita  doimiy,  noziktab 

mijozlaringiz  sizdan  lazaniyaga  banan  qo‘shishingizni  so‘rashsa,  siz  ularni  rad 

etasiz.  Bu  oddiy  hol.  Bir  qancha  manman  mijozlaringizga  mamnuniyat  ulashish 

ikoniyati,  sizning  mahsulotingizning  qolgan  barcha  uchun  buzilishiga  arzimaydi. 

Yo‘q deyish bilan ING Direct Amerikadagi eng tez rivojlanayotgan bankni yaratdi. 

Mijozlar ulardan kredit kartalar berishlarini so‘rashganda, yo‘q javobini eshitishdi. 

Ular bankdan onlay-xizmat haqida so‘rashganda yo‘q javobini eshitishdi. Ular hisob 

raqami  ochish  va  unga  million  dollar  qo‘yish  mumkinmi  deb  so‘rashganda  yo‘q 

javobini eshitishdi (bankda depozitni maksimal oshirishda qat’iy chegara mavjud). 

ING  oddiylikni  saqlab  qolishni  xohlaydi.  Shuning  uchun  bor  yo‘g‘i  bir  necha  xil 

omonat  hisoblar,  depozit  guvohlar  va  PIF  (payli  investitsiya  fondi)larni  taklif 

etishadi.   

Shu  bilan  birgalikda  doimiy  yo‘q  deydigan  ahmoq  bo‘lish  kerak  emas. 

Shunchaki,  rostgo‘y  bo‘ling.  Agar  sizm  mijozning  iltimosiga  rozi  bo‘lishni 

xohlamasangiz, xushmuomala bo‘ling va nima uchunligini tushuntiring. Odamlar siz 

o‘z nuqtai nazaringizni asoslagan vaqtingizda, sizni g‘oyatda tushunishayotganini 

bildirishadi.  Siz  hattoki  ularni  o‘z  nuqtai  nazaringizni  qabul  qilishga  ko‘ndira 

olishingiz mumkin. Agar mijoz o‘z fikrida qat’iy turib olsa, unda unga ko‘proq mos 

keladiganini  taklif  qila  oladigan  raqobatchilaringizga  murojaat  qilishini  maslahat 

bering.  Odamlarning  sizning  mahsulotingizdan  foydalanib,  afsuslanganlaridan 

ko‘ra, boshqalarning mahsulotidan foydalanib mamnun bo‘lgani yaxshiroq.   

Muhimi sizning mahsulotingiz sizning o‘zingizga yoqishi kerak.   

Siz unga boshqalardan ko‘ra ko‘proq ishonishingiz kerak. “O‘ylashimcha, bu 

sizga  yoqadi,  chunki  u  mening  o‘zimga  ham  yoqadi”-  mana  mijoz  kompaniya 

xodimidan eshitishi kerak bo‘lgan eng yaxshi tavsiya.   

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish