Agar siz uddaburon bo‘lsangiz, odamlar sizning qilgan ishingizni ko‘chirib
olishga harakat qilishadi. Bu hayot qonuni. Lekin taqlidchilardan himoyalanishning
zo‘r usuli bor – o‘zingiz mahsulot yoki xizmatingizning bir qismi bo‘ling.
O‘zingizning noyob fikrlash tarzingizni sotayotgan mahsulotingizga kiriting.
Mahsulotingizga shunday narsa qo‘shingki, uni boshqalar qo‘sha olmasin.
Zappos.comga qarang, u milliardlab oborotlarga ega onlayn oyoq kiyimlar
sotuvchisi. Zapposdagi bir juft kedalar, Food Lockerniki va boshqa sotuvchilarniki
bilan bir xil. Zappos o‘z direktori Toni Sheya
10
ni xizmat ko‘rsatishi sifatining
ustunligi bilan boshqalardan ajralib turadi, bu ustunlik kompaniyaning har qanday
harakati, har bir xizmatida aks etadi.
Zapposning mijozlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari xizmat yo‘riqnomasi
doirasida cheklab qo‘yilmagan, ular mijozlar bilan qancha talab qilinsa, shuncha
muloqot qilishlari mumkin. Kompaniyaning kollmarkazi (qo‘ng‘iroqlar bilan ishlash
markazi) va shtab –kvartirasi bir joyda joylashgan, bir-biridan bir necha masofa
uzoqlikda emas. Ishga kirishishdan oldin har bir yangi xodim to‘rt hafta mijozlar
bilan ishlash bo‘limida va bir hafta omborda ishlashadi. Ombor haftasiga yetti kun
tinimsiz ishlaydi, chunki, kech tunda ham buyurtma qilgan mijozlar, ertasi kuni
buyurtmasini olishlarini ta’minlashadi. Natijada Zappos shunchaki tovarlarni
sotishmaydi. Boshqa kompaniyalar bilan taqqoslaganda u boshqalar takrorlay
olmaydigan ish qiladi va uning biznesi gullab yashnaydi.
Yana bir namuna bo‘lib, Polyface kompaniyasi xizmat qilmoqda. U atrof
muhitni himoya qilish g‘oyasini ilgari suradi. Virdjiniya shtatida joylashgan xo‘jalik
sohibi Djoel Salatin kompaniyani o‘zining qat’iy ishonchiga asosan boshqaradi.
Aslida Polyface hech bir yirik agrosanoat kompaniyasi qila olmayotgan ishni
qilayapmiz degan fikrni sotadi. Narx navoning qimmatligiga qaramasdan bunday
yondashib, Polyface o‘z qoramollarini kombikorn o‘rniga o‘tlar bilan, yem-xashak
bilan boqishni davom yettirayapti, ularni antibiotiklar bilan semirtirishni
qo‘llamayapti. Tashrif buyuruvchilarga fermani har qanday vaqtda va har qanday
binosini kirib ko‘rishga ruxsat berilgan (boshqa bir odatiy go‘sht yetishtiruvchi
zavodda shu ishni qilishni sinab ko‘ringchi!). Xaridorlar shuning uchun ham ularni
yaxshi ko‘rishadi. Ba’zi mijozlar xattoki, o‘zining oilasiga ekologik toza go‘shtni
sotib olish uchun 150 mil masofani bosib o‘tishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: