Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

  

Qahramon bo‘lmang  

  

Ko‘pgina hollarda qiyinchilik oldida qahramon bo‘lgandan ko‘ra, undan qochib 

qolgan yaxshiroq bo‘ladi.   

Masalan, siz vazifani ikki soatda bajarsa bo‘ladi deb o‘ylaysiz. Lekin to‘rt soat 

o‘tsa ham, siz uning bor yo‘g‘i to‘rtdan bir qismini yakunladingiz. “Men bu ishni 

shu yerda tashlab keta olmayman, axir men unga butun to‘rt soatni sarfladim”, degan 

fikr miyangizdan o‘tishi tabiiy hol.  

Va  siz  mana  qahramonlik  holatiga  o‘tdingiz.  Siz  bu  ish  va  nihoyat  turgan 

nuqtasidan harakatga kelganidan xursandsiz (va buhali ham ro‘y bermaganidan biroz 

hijolatdasiz), barcha resurslringizni unga safarbar etasiz va tashqi dunyodan uzilib 

olasiz.  

Ba’zida bu bor kuchingizni haddan tashqari bir nuqtaga qaratib ish tutishingiz 

yaxshi  natija  berishi  mumkin.  Lekin  u  mehnatingizga  arziydimi?  Aslida,  yo‘q. 

Maqsad  - ikki soatlik xarajatni oqlashi mumkin edi, lekin 16 soatlikni emas. Bundan 

tashqari  siz  teskari  aloqa  olmayapsiz  va    bu  sizni  to‘g‘ri  yo‘ldan  chalkashtirishi 

mumkin. Hattoki qahramonlardan ham ba’zida masalaga boshqa tomondan qarash 

talab  etiladi  yoki  holatni  to‘g‘ri  baholashga  yordam  beruvchi  biror  kimning  fikri 

kerak bo‘ladi.   

O‘z vaqtida biz ham bu qiyinchiliklarni boshimizdan kechirganmiz va shunday 

qarorga  kelganmiz:  agar  qaysidir  vazifa  bizning  birortamizdan  ikki  haftadan  ko‘p 

vaqt, kuch va harakat talab qiladigan bo‘lsa, albatta, hamkasblarimizni taklif qilib 

ularning fikrlarini so‘rash kerak. Ehtimol, ularning hech biri bu vazifa bo‘yicha biror 




ishni  amalga  oshirmasliklari  mumkin,  lekin  ular  holatni  to‘g‘ri  baholay  olishlari 

mumkin.  Ba’zida  inson  o‘rmonda  tentirab  yurishi,  lekin  birorta  ham  daraxtni 

ko‘rmasligi mumkin. Ba’zida yechim yonginangizda bo‘ladiyu siz uni sezmaysiz.   

Yuqorida kelitirliganlardan shuni aytmoqchimizki, tez-tez boshlagan ishingizni 

to‘xtatishdan qo‘rqmang. Ko‘pchilik, bu qadamni omadsizlik deb baholaydi, lekin 

ba’zida bu eng zarur ish bo‘ladi. Agar siz sarflagan vaqtingizga arzimaydigan, biror 

ishga  vaqt  sarflagan  bo‘lsangiz  ham  uni  shu  yerda  qoldiring.  Yo‘qotilgan  vaqtni 

qaytarib bo‘lmaydi. Eng yomoni bu holatni davom ettirib, qolgan vaqtingizni ham 

behudaga sarflashingizdir.  

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish