Russ nashriyotiga so‘z boshi


Tanaffuslar-unumdorlik dushmani



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Tanaffuslar-unumdorlik dushmani  

  

Siz muntazam ravishda kechgacha va dam olish kundari uyda ham ishlaysizmi? 

Bu  xech  ham  katta  hajmda  ish  qilayotganingizni  bildirmaydi.  Bu,  ko‘proq,  siz 

kamdan  kam  hollarda  biror  ishni  oxirigacha  qilishingizdan  dalolat  beradi.  Bunga 

sabab – tanaffuslardir.   

O‘ylab ko‘ring: qaysi vaqtda siz o‘z ishingizni ko‘proq bajara olasiz?  Agar siz 

ko‘pchilik  boshqa  odamlarga  o‘xshasangiz,  unda  javobingiz  –  tunda  yoki  erta 

tongda. Va tasodif emaski, aynan atrofingizda odamlar yo‘q vaqtda.   

Soat 14 da odatda odamlar yig‘ilishda bo‘lishadi, pochtaga javob berishadi yoki 

chatda  hamkasblari  bilan  muloqot  qilishadi.  Bu  yelkaga  urib  qo‘yishlar  va  o‘zaro 

to‘satdan  uyushtirilgan  yig‘inchalar  biror  yomonlik  keltirib  chiqarmaydi.  Lekin 

aslida, ular mahsuldorlikni kamaytiradi. Tanaffuslarga nima sabab bo‘layotganining 

ahamiyati yo‘q. Ahamiyatlisi, sizni chalg‘itishayotgani sabab, ish bo‘lmayapti.   

Tanaffuslar sizning ish vaqtingizni bo‘ladi.  45 daqiqa ish – keyin esa, telefon 

orqali  gaplashasiz.  Yana  15  daqiqa,  qarbsizki  tushlik  vaqti  bo‘ldi.  Bir  soat  o‘tar 

o‘tmas, tushlikdan keyingi yig‘ilishga kirasiz. Natijada soat kechki olti, va sizda o‘z 

ishingizni qilishingiz uchun bor yo‘g‘i bir – ikki soatgina vaqtingiz bo‘ldi. Siz “start-

to‘xtash, start-to‘xtash” tartibida muhim ishlarni yakuniga yetkaza olmaysiz.   

Buning  uchun  sizga  “alohidalik  hududiga”  ko‘chib  o‘tishga  to‘g‘ri  keladi. 

Shubhasiz  siz,  hammasi  o‘zingizga  havola  bo‘lgan  vaqtda  ko‘proq  unumdorlikka 

erishasiz.  Qachonki  sizning  miyangizni  har  xil  vazifalar  bilan  to‘ldirib 

tashlashmagan  vaqtda,  ko‘pgina  ishlaringizni  oxirigacha  bajara  olishga  qodir 

bo‘lasiz.  (Siz  hech  ahamiyat  berganmisiz,  offlaynda,  samolyotda  uchayotgan 

vaqtingizda,  tashqi,    asabingizga  tegadiganlarning  yo‘qligidan,  ko‘p  narsalarni 

qilishga ulgurasiz?).  

“Alohidalik hududiga” tushish uchun ma’lum vaqt va boshqalarning aralashuvi 

yo‘qligi talab qilinadi. Tez uyqu

9

 bilan parallel chiziq o‘tkazamiz: inson shunchaki 



birdaniga bu paytga o‘tib qolmaydi. Oldiniga uxlash kerak, keyin esa asta-sekin tuz 

uyqu  fazasi  keladi.  Kichkinagina  tashqi  ta’sir  –  va  hammasini  yana  qaytadan 

boshlashga to‘g‘ri keladi.   

Siz xotirjamlik va tinchlikka cho‘mgan vaqtingizdagi tez uyquga o‘xshab, ish 

vaqtidagi “alohidalik hududi” ham unumdorlikda siz uchun ajoyib mo‘jiza yaratadi.   

                                           

9

 Миянинг юқори фаоллиги билан бўладиган уйқу босқичи. Кўпинча, кўзнинг тез ҳаракатланиши билан 



характерланади.  


O‘zingizga  havola  bo‘ladigan  vaqt,  yarim  tundan  keyingi  soat  birga  to‘g‘ri 

kelishi  kerak  emas.  Ishda  tartib  o‘rnatish  kerak,  masalan  kunning  yarmi  (birinchi 

yoki ikkinchi – qaysi qulay bo‘lsa) sizning o‘z ixtiyoringizda bo‘lsin. Masalan, ishni 

shunday boshqaringki, soat 10dan 14gacha hech kim bir-biri bilan gaplasha olmasin 

(tushlik vaqti bundan istisno). Yoki hamkasblar bilan kelishuv asosida haftada bir 

kunni,  masalan,  payshanba  kunini  “yolg‘izlik  vaqti”  deb  e’lon  qiling.  Muhimi, 

“alohidalik  hududi”  davomiyy  bo‘lsin,  bu  sizni  unumdorlikning  tushib  ketish 

holatiga duch kelmasligingizga yordam beradi.   

Doimiy  ravishda  kiritilgan  qoidalarni  yuriting  va  o‘zingiz  ham  muloqotga 

bog‘lanib  qolishdan  o‘zingizni  olib  qoching.  Bu  vaqtlarda  xabarlar  yozishuvi, 

telefon  qo‘ng‘iroqlari,  e-maillar  va  yig‘ilishlardan  voz  keching.  Shunchaki  tashqi 

dunyoga  to‘siq  qo‘ying  va  ishga  kirishing.  Siz  hattoki  qanchalik  ish  bajara 

olishingizdan o‘zingiz hayron qolasiz.   

Hattoki,  odatiy  kunlarda  ham  hamkasblaringiz  bilan  birgalikda  ishdan 

chalg‘ituvchi vositalar (masalan, telefonda shaxsiy uchrashuv) o‘rniga, darhol javob 

berilishi  shart  bo‘lmagan,  muloqotning  passiv  usullaridan  foydalanishga  harakat 

qiling.   

Esda tuting: sizning kuningiz doimiy tanaffuslar qamalida qolgan, siz uni ozoq 

qilishingiz kerak.  

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish