Asosiy mahsulotingizni yaratish ustida ishlab turib, siz qo‘shimcha nimadir
faoliyatda ikkinchi darajali mahsulot mavjud bo‘ladi. Diqqatli va biznesni yaxshi
biladigan ixtirochilar mana shunday, qo‘shimcha mahsulotlarni anglay olishadi va
unda yangi imkoniyatni ko‘ra olishadi.
Daraxtni qayta ishlovchi sanoat, odatda axlat deb hisoblangan – opilka,
payraxa, kesilgan taxtalarni yaxshi pul evaziga sotishadi. Bu ikkinchi darajali
mahsulotlar uy o‘chog‘i uchun yoqilg‘i, beton, jipslashtirilgan fanerlar va DSPlar,
gruntli to‘shamalar, gololyodlarga qarshi kurashish vositalari va yana boshqa
ko‘pgina sohalarda foydalaniladi.
Shuning uchun, sizga o‘z mehnatingizdagi ikkinchi darajali mahsulotni anglashingiz
qiyinroq bo‘ladi. Daraxtni qayta ishlash kompaniyasi o‘zlarining chiqindilarini
ko‘rishadi. Ular o‘zlaridagi opilkalarni faxmlamasliklari mumkin emas. Lekin siz
o‘zingizdagi imkoniyatni sezmaysiz. Ehtimol, siz biror bir qo‘shimcha mahsulot
yaratayapman deb o‘ylab ham ko‘rmayapsiz. Bu ishga uzoqni ko‘ra olmay
Bizning oxirgi kitobimiz, Getting Real – qo‘shimcha mahsulotdir. Aslida, biz
bu kitobni o‘zimiz anglamagan holda yozdik. Kompaniyani rivojlantirish va dasturiy
ta’minotni qayta ishlash jarayonida
olingan tajriba bizning ishimizni bajarishimiz
davomidagi qo‘shimcha mahsulot bo‘ldi. Avvaliga biz o‘z bilimlarimizni blogdagi
yozuvlar ko‘rinishida yozib bordik, keyin esa PDF ko‘rinishida yozdik va kitoblar
ko‘rinishida chop etdik. Bu qo‘shimcha mahsulot 37signalsga million dollardan
ortiq mablag‘ keltirdi.
Wilco rok jamoasi o‘zlarining ozov yozish jarayonida qimmatli bo‘lgan
qo‘shimcha mahsulotini topishdi. Guruh o‘zining ovoz yozish jarayonini suratga
olishdi va “Men sening yuragingni chilparchin qilishga urinayapman” nomli xujjatli
filmni chiqarishdi. Unda ijodiy jarayonning qiziq sahnalari kesib olib tashlanmagan
va guruhning ichki mayda chuydalari ham namoyish etilgan. Ular nafaqat filmning
o‘zidan pul ishlashdi, balki undan, yanada kattaroq auditoriyaga chiqish vositasi
sifatida foydalanishdi.
Genri Ford “T”
8
modelini ishlab chiqarishdan qolgan paraxalardan pista ko‘mir
briketlari yaratdi. U Ford Charcoal nomli ko‘mir fabrikasi qurdi (keyinchalik
Kingsford Charcoal nomiga o‘zgartirilgan). Bugungi kunda Kingsford avvalgidek,
amerikadagi pista ko‘mir ishlab chiqaruvchi ilg‘or korxonalardan biri hisoblanadi.
Dasturiy ta’minot yaratuvchi kompaniyalar odatda kitob yozish haqida
o‘ylashmaydi. Musiqiy guruhlar odatda albom yozish jarayoni haqida film olishni
o‘ylashmaydi. Avtoishlab chiqaruvchilar odatda ko‘mir sotaman deb o‘ylashmaydi.
Umuman olganda, siz o‘zingiz o‘ylamagan holda biror qo‘shimcha mahsulot ishlab
chiqarasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: