Siz uni qachon sotishni boshlaysiz? Ehtimol,siz o‘ylaganingizdan ham oldinroqdir.
Sizning mahsulotingiz o‘z vazifasini bajarishga tayyor bo‘lishi bilan siz uni bozorga
olib chiqing. Sizda avvalgidek, yakuniga yetkazishingiz kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxati
qolgan bo‘lsa, bu mahsulotingiz tayyor emas degani emas. Hali detallarga sayqal
berilmaganligi uchun sotishni ortga surib turishining keragi yo‘q. Siz buni
keyinchalik ham amalga oshirishingiz mumkin. Balki, bu hozir qilganingizdan ko‘ra
yaxshiroq bo‘lar.
ishga tushirishingiz zarur bo‘lsa, nimani olib tashlagan bo‘lar edingiz? Shunga
o‘xshash savol sizni diqqatingizni ko‘proq nimaga qaratishingiz kerakligiga
undayotgani qiziq albatta. Shunda, siz ko‘pgina narsalarsiz ham o‘z ishingizni
amalga oshira olishingiz mumkinligini tushunib yetasiz. Sizga aynan nima kerakligi
ravshan bo‘lib qoladi. Siz muddat qo‘yganingizda aniqlikka erishasiz. Va bu
o‘zingizning ichki ovozingizni: “Bu menga kerak emas” deyishga majbur qilasiz.
O‘z biznesingizni ishga tushirish uchun sizga kerak bo‘lmagan barcha
narsalarni ajratib qo‘ying. Aynan hozir zarur bo‘lganlarini yarating, dabdabalilikni
keyinga qoldiring. Sizga birinchi kundayoq kerak bo‘ladigan bir dunyo narsalar bor.
Biz Basecampni ishga tushirganimizda, bizda mijozlardan to‘lovlarni olish
mexanizmi yo‘q edi. Mahsulot oylik to‘lovni talab qilgani uchun, bizda bu
muammoni hal etishga 30 kun borligini bilardik. Shuning uchun biz ishga tushishdan
oldingi vaqtimizni undan muhimroq bo‘lgan, birinchi kundagi masalalarni hal
etishga sarfladik. 30 kun keyingi masala kutib tura olardi.
Camper oyoq kiyimlar markasi San-Fransiskoda o‘z do‘konini tuzatish ishlari
tugamasidan oldin ochdi va uni Walk in Progress
8
deb nomladi. Tashrif
buyuruvchilar bo‘m-bo‘sh do‘konning devorlariga rasm chizishlari mumkin edi.
Camper botinkalarni shunchaki arzon fanerlarga, oyoq kiyim qutisining ustiga
qo‘yib qo‘ydi. Tashrif buyurganlarning devorda yozib qoldirgan yozuvlari orasidagi
eng mashhuri: “Do‘konni hozir qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldiring” deyilgani
bo‘ldi.
Xuddi shunday, asoschilar Crate and Barrel, o‘zlarining birinchi do‘konlarini
ochishganda, zamonaviy stendlar qilishni kutib o‘tirishmadi. Ular yukni olib
kelishgan quti va bochkalarni qo‘yib, ustiga tovarlarni taxlab chiqishdi.
Shuningdek sizga taklif qilinayotgan yondashuvni mahsulot sifatidan tejash
bilan adashtirmang. Axir siz biror ajoyib narsa yaratishni xoxlayapsiz. Biz bu bilan
sizni keyin ham to‘g‘irlasa bo‘ladigan, mahsulotga ta’siri bo‘lmaydigan narsalar
haqida ko‘p o‘ylamasligingiz kerakligini aytmoqchimiz. Qaysi ishni qilishingiz
haqida o‘ylashni bas qilingda, uni amali yotda aniqlab oling.
Do'stlaringiz bilan baham: