Rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 3,19 Mb.
bet5/192
Sana27.04.2023
Hajmi3,19 Mb.
#932699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
portal.guldu.uz-Аналитика 2-курс УУМ

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Asosiy analitik muammolar nimalardan iborat?

  2. Zamonaviy kimyogar-analitik uchun qanday talablar qo’yiladi?

  3. Reaktsiyani amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlari nimalardan

iborat?

  1. Reaktsiyaning seziluvchanligi nima va u qanday miqdoriy omillarga

bog’liq bo’ladi?


2-MAVZU: ANALITIK REAKTSIYALARNI AMALGA OSHIRISHNING SHART- SHAROITLARI. KATIONLAR VA ANIONLARNING ANALITIK GURUHLANISHI.
REJA:

  1. Reaktsiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari.

  2. Eritmalarni bo’lib-bo’lib sisematik analiz qilish nimalardan iborat.

  3. Reaktsiyaning sezgirligi, topilish minimumi, suyultirish chegarasi nima va unga qo’yiladigan talablar.

  4. Kationlar va anionlarning analitik guruhlanishi.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Guruh reagenti, kislota asosli usul, kationlar, anionlar, reaktsiyalarning seziluvchanligi, topilish minimumi, suyultirish chegarasi, spetsifik reaktsiyalar.
1-savolning bayoni:
Odatda analitik reaktsiyalarni o’tkazishda shu reaktsiya uchun kerakli muhit yaratilishi zarur, aks holda reaktsiyadan kutilgan natijani olib bo’lmaydi. Masalan kislotada eriydigan cho’kmalarni eritma kislotali bo’lganda hosil qilib bo’lmaydi. Xuddi shuningdek, ishqorda eriydigan cho’kmalar ishqoriy muhitda ajralib chiqmaydi. Agar cho’kma ishqorda ham, kislotada ham yaxshi eruvchan bo’lsa, uni faqat neytral muhitda hosil qilish mumkin va hokazo. Demak, reaktsiyani amalga oshirish uchun eng muhim sharoitlardan biri shu reaktsiyalar uchun zarur bo’lgani muhitdir, uni kerak bo’lgan taqdirda kislota yoki ishqor qo’shib vujudga keltirish mumkin.

  1. Ikkinchi muhim sharoit eritmaning haroratidir. Ba’zi reaktsiyalar sovuqda, ba’zilari qizdirish yo’li bilan boradi.

  2. Uchinchi muhim sharoit eritmada topiladigan ionning kontsentratsiyasi etarli darajada yuqori bo’lishidir. Uning kontsentratsiyasi juda kam bo’lsa, reaktsiya chiqmaydi. Buning sababini bilish qiyin emas har qanday moddaning eritmadagi kontsentratsiyasi uning ayni sharoitdagi eruvchanligidan ortiq bo’lgandagina shu modda cho’kmaga tushadi. bordiyu, modda juda qiyin eriydigan bo’lsa aniqlanadigan ionning kontsentratsiyasi nihoyatda oz bo’lsada u cho’kmaga tushadi, bunday reaktsiyalar seziluvchan deyiladi. Reaktsiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog’langan ikkita ko’rsatkich-topilish minimumi (m) va suyultirish chegarasi (1:Q) bilan xarakterlanadi.

Topilish minimumi modda yoki ionlarning reaktsiya muayyan shart-sharoitlarda o’tkazilganda topilishi mumkin bo’lgan eng kam miqdoridir. Bu miqdor juda kichik bo’lganidan, u odatda mikrogrammlarda ifodalanadi(1mkg10-6 g). Topilish minimumi reaktsiyaning seziluvchanligini to’liq ifoda eta olmaydi, chunki eritmada tegishli modda yoki ionning miqdori emas, balki kontsentratsiyasi ham ahamiyatga ega. Shuning uchun, odatda moddaning ham shu reaktsiya yordamida topilishi mumkinbo’lgan eng kam kontsentratsiyasini ifodalovchi suyultirish chegarasi ham ko’rsatiladi. U ba’zan minimal kontsentratsiya ham deyiladi. Suyultirish chegarasi 1:Q bilan ifodalanadi: bunda Q-erituvchining topiladigan modda yoki ionning 1 massa qismiga to’g’ri keladigan massa miqdori.
Reaktsiyaning seziluvchanligini tajribada aniqlash uchun topiladigan moddaning yoki ionning borgan sayin kamayib boruvchi miqdori bilan bir necha marta reaktsiya o’tkaziladi. Bunday tajriba reaktsiya chiqmay qolguncha davom ettirilaveradi va nihoyat shu yo’l bilan moddaning eritmadagi eng kichik, ya’ni reaktsiyaning borishi hamon ishonarli ekanligini ko’rsatib turadigan kontsentratsiyasi belgilab olinadi. Agar ionning kontsentratsiyasi suyultirish cherasidan katta bo’lsa cho’kma tez tushadi, kichik bo’lsa reaktsiya chiqmasligi ham mumkin. Topiladigan ionning barcha qilingan reaktsiyalaridan yarmi ijobiy natija bersa, bunday kontsentratsiyasi suyultirish chegarasi hisoblanadi. Bu kontsentratsiya bilib olingach, suyultirish chegarasi va topilish minimumi osongina hisoblab topiladi. Masalan Ag ionini topish uchun

2Ag CrO4-2 Ag2CrO4


reaktsiyaning seziluvchanligini aniqlash uchun AgNO3 ning 1 litrida 1 g Ag (ya’ni1,57 g AgNO3) bo’ladigan eritmasi tayyorlangan. Shu eritma 25 marta suyultirilganda reaktsiya seziluvchan bo’lgan, lekin undan ortiqroq suyultirilganda shubhali natija bergan. Shu eritmaning 0,02 ml hajmli bir tomchisida reaktsiya chiqadi. Bu reaktsiya uchun topilish minimumi va suyultirish chegarasini aniqlasak,suyultirish chegarasi:
Topilish minimumini quyidagi proportsiyadan aniqlaymiz:
25000 ml eritmada 1 g Ag bor
0,02 ml eritmada m g Ag bor
Bundan
Shunday qilib topilish minimumi (m) bilan suyultirish chegarasi (Q) orasida munosabat quyidagicha bo’ladi:
V-reaktsiya uchun olingan eritma hajmi (ml)
Reaktsiyaning sezgirligini oshirishning bir necha usullari mavjud, jumladan:

  1. Reagentning kontsentratsiyasini oshirish;

  2. anorganik moddalar eruvchanligini kamaytiruvchi etil spirt kabi organik moddalar qo’shish;

  3. Suv bilan aralashmaydigan biror suyuqlik qo’shish;

  4. Cho’kma hosil bo’lmaydigan reaktsiyalarda ham sezgirlikni oshirish mumkin. Masalan kobalt(II) tuzi eritmalarida rodanid ionlari bo’lsa, suv bilan aralashadigan atseton qo’shib, reaktsiyaning sezgirligini oshirish mumkin

[Co(CNS)4]-2 Co2 4CNS-
bu reaktsiyaning muvozanati atseton qo’shilsa chapga siljiydi.

  1. Ekstraktsiya ham sezgirlikni oshiradi.

6)Reaktsiyaga boshqa ion kiritib ham reaktsiya sezgirligini oshirish mumkin. Masalan, ko’k kristall cho’kma Co[Hg(CNS)4] Co2 kontsentratsiyasi kam bo’lsa cho’kma tushmaydi. Agar shu eritmaga ozgina Zn2 ionlari kiritilsa, darhol havo rangli Co[Hg(CNS)4] va Zn[Hg(CNS)4] dan tarkib topgan cho’kma tushadi. Bu hodisa birgalashib cho’kish deyiladi.
7)Spetsifik reaktsiya-ayni ion uchun xos bo’lgan reaktsiyalardir.
Masalan NH4OH- NH3 H2O reaktsiya NH4 ioni uchun spetsifik reaktsiyadir.

Download 3,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish