NAZORAT SAVOLLARI:
Qanday tuzlar gidrolizga uchraydi?
Nima uchun tuzlarning gidrolizida eritmaning muhiti kislotali, neytral yoki ishqoriy bo’lishi mumkin?
Qanday sharoitda gidroliz jarayoni oxrigacha boradi? Javobingizni misolida tushuntiring.
Qanday tuzlar gidrolizi bosqich bilan boradi? Misollar keltiring.
Gidroliz konstantasi qanday omillarga bog’liq bo’ladi?
Gidroliz darajasi qanday omillarga bog’liq bo’ladi?
Protolitik nazariya nuqtai nazaridan tuzlar gidrolizini qanday jarayon deb qarash mumkin?
Qanday hollarda tuzning gidroliz darajasi yuqori bo’ladi?
KCN va KNO2 tuzlarining gidroliz konstantasi qiymatini hisoblang.
Qanday eritmalar bufer eritmalar deyiladi? Misollar keltiring.
Bufer sig’imi deb nimaga aytiladi? Hisoblash formulasini keltiring.
7-MAVZU:KOMPLEKS BIRIKMALAR. KOMPLEKS BIRIKMALAR ERITMALARIDAGI MUVOZANAT. VERNERNING KOORDINATSION NAZARIYASI
REJA:
Komleks birikmalarni tavsiflang.
Vernerning koordinatsion nazariyasini mohiyati.
Kompleks birikmalarning sinflanishi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Qo’shaloq tuzlar, kompleks birikma, addend yoki ligand, koordinatsion son, monodentantlar,polidentant ligandlar, nelat yoki ichki kompleks birikmalar. Beqarorlik konstantasi, Barqarorlik konstantasi, Termodinamik barqarorlik konstanta, Kontsentratsion barqarorlik konstantasi, Shartli barqarorlik konstantasi, Hosil bo’lish funktsiyasi.
Ba’zi guruh kationlari reaktsiyalarini o’rganishda AI2(SO4)3, FeSO4, Fe2(SO4)3, Fe(CN)2 va boshqa shu singari oddiy tuzlar bilan bir qatorda tarkibi jihatidan ancha murakkab bo’ladigan birikmalarni ham, masalan alyuminiyli achchiqtosh KAI(SO4)212N2O, xromli achchiqtosh KCr(SO4)212H2O, Mor tuzi (NH4)2Fe(SO)46H2O, kaliy ferrotsianid K4[Fe(CN)6 ] va shunga o’xshash birikmalarni ham uchratamiz.
Bunday moddalar tarkibi jihatidan ancha oddiy bo’ladigan tuzlar elektroneytral molekulalarining o’zaro birikishidan hosil bo’ladi.
Masalan: K2SO4QAI2(SO4)32KAI(SO4)2
(NH4)2SO4+FeSO4(NH4)2Fe(SO4)2
Fe(CN)2+4KCNK4[Fe(CN)6]
Bunday birikmalar yuqori tarkibdagi birikmalar qatoriga kiradi.Bunday birikmalpHing ionlanishiga moyilligi analiz uchun katta ahamiyatga ega.
Bu masalani misollarda ko’rib chiqamiz.
Mor tuzidan ozgina olib suvda eritilsa va hosil bo’ladigan eritmadan G’e2Q ioni borligini aniqlash uchun reaktsiya qilib ko’riladi.Eritmaning bir qismiga (NH4)2S qo’shilsa qora cho’kma FeS hosil bo’lishidan Fe2+ ioni borligini bilish mumkin. Qizdirilganda NH3 ning ajralib4 hosil bo’lishidan eritmada SO42- ionlari borligini bilish mumkin.
Demak bu tuzlar eritmada dissotsilanib tegishli oddiy tuzlarning hamma ionlarini hosil qiladi, ya’ni ular oddiy tuzlarning aralashmasidek bo’ladi.Bunday birikmalar qo’shaloq tuzlar deyiladi.
Ammo yuqori tarkibli birikmalar hamma vaqt ham shunday dissotsilanavermaydi.Masalan K4[Fe(CN)6] ni olaylik.
Bu tuzning eritmasi NаНС4Н6О6 ta’sirida КНС4Н4О6ning oq kristall cho’kmasini hosil qiladi, bu esa eritmada KQ ionlari borligini ko’rsatadi. Ammo eritmaning boshqa qismiga (NN4)2S qo’shilsa qora cho’kma hosil bo’lmaydi, xuddi shunga o’xshash SN- ionlari uchun qilingan reaktsiya ham natija bermaydi.
K4[Fe(SN)6] tuzi Fe2+ va CN- ionlari uchun xos bo’lmagan bir qator reaktsiyalarini beradi. Masalan FeCI3 eritmasi ta’sirida «berlin lazuri» ko’k cho’kmaniFe4[Fe(CN)6]3 hosil qiladi.
4FeCI3+3K4[Fe(CN)6Fe4[Fe(CN)6]3 +12KCI
Bundan K4[Fe(CN)6] eritmasida Fe2+ ionlari ham SN-ionlari ham yo’qligini,ammo bu reaktsiyaga xos bo’lmagan reaktsiyalarni ko’rsatuvchi murakkab yoki kompleks ionlar borligini ko’rsatadi.
Demak,K4[Fe(CN)6]4K++[Fe(CN)6]4-
yoki Ag+ +2NH4OH[Ag(NH3)2]++2H2O da
[Ag(NH3)2]+CI-ioni bilan cho’kma bermaydi.
Bunday xarakterli xossaga ega bo’ladigan birikmalarni kompleks birikmalar deb ataldi.(XIX aspHing 1-chi yarmida).
Ana o’shanda,tekshirishlar shuni ko’rsatdiki ayrim birikmalarning atomlari o’zaro ta’sir qilish qobiliyati to’la foydalanilgandek ko’rinishi, ammo bunga qarama-qarshi o’laroq,yana o’zlariga xuddi shunday yoki boshqa neytral molekula yoki ionlarni biriktirishi qobiliyati mavjudligi aniqlandi.
Masalan Pt ni xlor atmosferasida 300o C da qizdirilsa PtCI4 birikmasi hosil bo’ladi va bu erda CI2 va Pt boshqa o’zaro ta’sir etmaydigandek tuyuladi ammo PtCI4 ammiak bilan bir necha birikmalar hosil qiladi. Masalan: PtCI42NH3;
PtCI43NH3; PtCI44NH3; PtCI45NH3; PtCI46NH3.
Bunday birikmalar ayrim xususiyatlarga ega va bu xususiyatlarni klassik nuqtai nazardan izohlab bo’lmaydi. Xuddi shuningdek SoSI3 ham NH3 bilan bir necha birikmalar hosil qiladi:
a-bunda suvli eritmadagi umumiy ionlar soni;
v-shu eritmadagi CI- ionlari soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |