Tuzlar gidrolizi.Klassik nazariya bo’yicha gidroliz-bu eritilgan tuz ionlarining suvning Nva ON- ionlarii bilan o’zaro ta’siridir, yoki suv yordamida tuzning parchalanishidir.
Aynan gidroliz natijasida o’z tarkibida Nva ON‑ ionlari tutmagan ko’pgina tuzlar suvli eritmalarda kislotali yoki ishqoriy muhit hosil qiladilar.
Gidroliz uch xil bo’ladi.
Kuchsiz asos va kuchli kislotadan tashkil topgan tuzlar gidrolizi (tuzning kation bo’yicha gidrolizi)
NH4ClH2ONH4OHHCl
NH4H2ONH4OHH (1)
Gidroliz natijasida H ionlarining to’planishi ro’y beradi va muhit kislotali bo’ladi. Haqiqatan ham 0,1 n NH4Cl eritmasida pH5,12 bo’ladi.
Kuchli asos kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuz gidrolizi (tuzning anion bo’yicha gidrolizi)
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuzlar gidrolizga uchraganda eritmaning muhiti ishqoriy bo’ladi.
KCN H2O KOH HCN
CN- H2O HCN OH- (2)
Kuchsiz asos kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuzlar gidrolizi (tuzning kation va anion bo’yicha gidrolizi)
NH4CH3COO H2O NH4OH CH3COOH
NH4CH3COO- H2O NH4OH CH3COOH (3)
Bunday tuzlar gidrolizida eritmaning muhiti kislotali, neytral yoki ishqoriy bo’lishi mumkin.
Kuchli kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlar gidrolizga uchramaydi, chunki suvning Nva ON‑ ionlari kam dissotsilanadigan mahsulotga bog’lana olmaydi.
Ko’p zaryadli ionlarning tuzlari bosqichli gidrolizga uchraydi:
Na2CO3 H2O NaHCO3 NaOH
CO3-2 H2O HCO3- OH- NaHCO3 H2O NaOH H2CO3 HCO3- H2O OH- H2CO3 Birinchi bosqichda gidroliz eng ko’p boradi, chunki gidrolizning shubirinchi bosqichida eng kam dissotsilanadigan mahsulot hosil bo’ladi. Gidrolizning birinchi bosqichi mahsulotlari kislotali yoki asos tuzlari,aniqrog’i ionlari gidrolizning asosiy muhsulotlaridir, chunki gidrolizning 2-chi va keyingi bosqichlari juda kam boradi. Shuning uchun ham bunday tuzlarning gidroliz reaktsiyalarini birinchi bosqich orqali ifodalash kerak bo’ladi (kislotali yoki asos tuzlari hosil bo’lguncha).3 Oxirgi vaqtlarda ko’p zaryadli kationlar tuzlarining gidrolizida oddiy asos tuzlari emas, balki murakkab tarkibli polimerlar hosil bo’lishi aniqlangan. Masalan, AlCl3 tuzi eritmasida Al2(OH)2Cl4, Al3(OH)3Cl6 va boshqa zarralar aniqlangan. Agarda gidrolizning oxirgi mahsuloti eritmadan gaz yoki cho’kma tariqasida ajralsa, gidroliz oxirigacha boradi va u holda gidrolizningg oraliq mahsulotlarini yozmasdan to’g’ridan-to’g’ri oxirgi mahsulotlari yoziladi. Masalan, Al2S3 6H2O 2Al(OH)3 3H2S
Gidroliz qaytar jarayon bo’lganligi uchun muvozanat konstantasi qiymatiga ega va u gidroliz konstantasi deyiladi (KG). Boshqa muvozanat konstantalari kabi gidroliz konstantasi ham faqat tuzning tabiatiga va temperaturaga bog’liq bo’lib, tuzning boshlang’ich kontsentratsiyasiga bog’liq emas. Gidroliz jarayonini gidroliz darajasi orqali ham ifodalash (G) mumkin. Gidroliz darajasi (G)- bu gidrolizlangan ion kontsentratsiyasining shu ion umumiy kontsentratsiyasiga nisbatidir. Agar tuzda faqat bir ion gidrolizlansa, u holda ion gidroliz darajasini tuzning gidrolizlanishi deyish mumkin.
Agar tuzda ham kation ham anion gidrolizlansa. u holda har bir ionning gidrolizini alohida aytiladi. Gidroliz darajasi o’lchovsiz kattalik bo’lib, bipHing ulushlarida yoki foizlarda ifodalanadi. Gidroliz darajasi tuzning tabiatiga. temperaturaga va tuzning dastlabki kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi.
Massalar ta’siri qonuniga muvofiq muvozanatni istalgan tomonga yo’naltirish mumkin. Gidrolizni kuchaytirish uchun odatda temperatura ko’tariladi, eritma suyultiriladi yoki gidroliz mahsulotlaridan biri bog’lanadi. Gidrolizni susaytirish uchun esa aksincha sistemaga gidroliz mahsulotlaridan biri kiritiladi.
Masalan NH4Cl gidroliz reaktsiyasini tezlatish uchun eritmaga NaOH qo’shish mumkin, bunda N ionlarini suv molekulalariga bog’lash bilan, susaytirish uchun esa eritmaga ammiak yoki HCl qo’shish mumkin.
Tuzlarning gidrolizini protolitik nazariya bo’yicha kislota va asoslarning dissotsilanish reaktsiyalari deb qarash mumkin.
NH4 H2O NH3 H3O kislota 1 asos 2 asos 1 kislota 2
CN- H2O HCN OH- asos 1 kislota 2 kislota 1 asos 2
Printsip bo’yicha bu reaktsiyalar molekulyar kislota yoki asoslarning dissotsilanish reaktsiyalaridan farq qilmaydi.