Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti


Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi. 
Arabiston 
yarim orolining qadimgi tarixiga oid manbalar to`rt asosiy qismdan iborat: 
Epigrafik ma’lumotlar,ashyoviy yodgorliklar,yozma manbalar,antik mualliflar 
ma’lumotlari.
 
Janubiy Arabistonning tosh, jez, sopolga yozilgan va o`z mazmuniga ko`ra, 
ikki guruhga bo`linadigan davlat hujjatlari (podsho farmonlari, podsholarning 
harbiy va ichki siyosatga oid yozuvlari) va xususiy-huquqiy qabrtosh lavhalari,
sun'iy sug`orish inshootlaridagi yozuvlardan 2500 tasi saqlanib qolgan.
Arxeologik qazishmalar bizga boy ma’lumotlar beradi. Qadimgi Saba 
podsholigining bosh shahri Marib xarobalari (Yaman Arab Respublikasi poytaxti 
Sanaga yaqin joy) o`rganildi. Shahardan saroy qoldiqlari, devorlar va haykallar 
topildi. Shaharning g`arbidagi ulkan Marib to`g`oni qoldiqlari kishini hayratga 
soladi. Kataban poytaxti Timna shahri ibodatxonalari, nekropol va qal’a 
qoldiqlari qazib ochildi. Nabatey podsholigi poytaxti Petra shahridan 
me’morchilik inshootlari va haykallar topildi.
Bundan tashqari, Arabiston va arablar to`g`risidagi qisqa ma’lumotlar
Osuriya, Yangi Bobil, Eron manbalari va Bibliyada uchraydi. Antik tarixchilar
Gerodot (er. avv. V asr)ning «Tarix» asarida, Feofrastning (er. avv. IV asr) 
«O`simliklar tarixi», Diodorning (er. avv. I asr) «Tarixiy kutubxona» va 
Strabonning (er. avv. I asr) «Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Arabiston 
to`g`risida qator ma’lumotlar bor.
Arabiston tarixi XIX asrdan o`rganila boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar 
tadqiq qilindi. XX asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya va AQShda Arabiston 
xalqlarining geografiyasi, madaniyati, dini va xronologiyasiga bag`ishlangan 
qator tadqiqotlar e’lon qilindi.
3.
 
Shimoliy Arabiston.
Qadimda Shimoliy Arabiston, Suriya va
Mesopotamiya cho`llarining keng hududlarida odamlarning asosiy mashg`uloti 
chorvachilik bo`lib, it, eshak, yirik shoxli qoramollar boqilgan. Bu hududda 
yashagan urug` va qabilalar qabilalar ittifoqi va kichik davlat birlashmalarini 
shakllantirdilar. Ularning hokimlari Osuriya hujjatlarida «podsho» deb ataladi. 
Qadimgi davlat birlashmalari asta-sekin harbiy san’atni va qo`shinlarni 
shakllantirdi. Jangchilar tuyaga ikki kishidan minib, jang qilganlar. Arablar 
o`zlarining kuchli qo`shnilari Misr, Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`ining
kichik davlatlari va Osuriya bilan xalqaro ziddiyatlarga tortildilar.
Er. avv. 853-yilda Qarkara yonidagi bo`lgan jangda osuriyaliklar arablar 
ham kirgan koalitsiya qo`shinlarini tor-mor keltirdilar. Arablar Osuriyaning


73
Misrga qarshi yurishida asosiy to`siq bo`ldi. Bir necha arab qabilalari Osuriya 
tomonidan bo`ysundirildi. Arablar Osuriyaning raqiblari-Misr va Bobil bilan 
ittifoq tuzdilar. Osuriya er. avv. VII asrning 40 yillarida arab qabilalarini to`liq 
bo`ysundirishga erishdi. Yangi Bobil podsholigi ham Arabiston yarim orolida 
o`rnashib olishga urindi. Bobil podshosi Nabonid Shimoliy Arabistonning bosh 
markazlaridan biri Teymu shahrini bo`ysundirib, uni o`z qarorgohiga aylantirdi. 
U bir necha qo`shni arab qabilalarining shahar va vodiylarini o`ziga bo`ysundirdi. 
Er. avv. VI asrda Eron davlatining kuchayishi va uning bosqinchilik yurishlari 
rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy qismida forslarning arablar bilan aloqa 
o`rnatishiga olib keldi. Shartnoma bo`yicha, fors podshosi Kambiz er. avv. 525-
yil Misrga yurish vaqtida arab nabateylari yeridan o`tish huquqini va sahrodan 
o`tish davrida ulardan fors qo`shinlarini suv bilan ta’minlashga roziligini oldi. 
Arab qabilalari Ahmoniylar Eroniga bir yilda ming talant (30 tonna) miqdorida 
xiroj to`lash majburiyatini oldilar. Arablar harbiy yurishlar davrida fors 
qo`shinlari tarkibiga kiritildilar. Ular yunon-fors urushlari davrida fors 
qo`shinlari tarkibiga kirdilar. Arablar G`azo shahri uchun jangda (er. avv. IV asr) 
yunon-makedon qo`shinlariga qattiq qarshilik ko`rsatdilar. Iskandarning Misrga 
yurishi 
davrida 
arab 
qabilalarining 
ko`pchiligi 
yunon-makedonlarga 
bo`ysunmadi. Shu sababli, Iskandar Sharqqa yurishini tugatgach, unga 
bo`ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan arablarga qarshi yurish qilishni 
rejalashtirdi. Lekin bu reja amalga oshmay qoldi. Arablar Rim davlati bilan ham
aloqada bo`ldilar. Rimliklar er. avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga 
urindilar va Nabatey davlatini bosib oldilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish