Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti


 Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

5. Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. 
Er. avv. II ming yillik 
o`rtalarida Mina, Saba va Kataban qabilalari ittifoqi shakllana boshladi. Er. avv. I 
ming yillik boshida ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy 
tengsizlik kuchaydi. Siyosiy hokimiyatni o`z qo`liga to`plagan kohin va 
savdogarlardan iborat hukmron siyosiy qatlam paydo bo`ldi. Asosiy ishlab 
chiqarish vositasi bo`lgan yer qishloq va shahar jamoalari qo`lida edi. Asosiy
xo`jalik bo`g`ini patriarxal oila (yoki katta oilali jamoa) edi.
 
Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi. Qullar urushlarda asir olish va 
sotib olish orqali paydo bo`ldi. Qarzi uchun qul qilish zaif edi.
Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi qabila ittifoqlarining davlatga aylanishiga 
olib keldi. Janubiy Arabiston davlatlari siyosiy tuzulishini Saba podsholigi 
misolida ko`rish mumkin. Saba podsholigini 6 qabila tashkil etdi. Uning 3 tasi
qaram ahvolda edi. Har bir qabila katta shoxobchaga, u yana kichik va alohida 
urug`larga bo`linar edi. Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil 
qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. Qabilalarda oqsoqollar kengashi 
bo`lgan bo`lishi mumkin.
Imtiyozli qabilalar o`zlarining zodagon urug`laridan ma’lum muddatga
(Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) davlatning oliy mansabdor shaxslarieponimlarni


75
saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan bog`liq kohinlik vazifalarini ham 
bajarganlar. Astronomik va astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan 
foydalanishni tashkil etishdek, ba’zi xo`jalik ishlarini boshqarish ham ularning 
zimmasida edi.
Eponimlar bo`yicha davlat va xususiy–huquqiy hujjatlar raqamlangan yil 
hisobi bilan olib boriladi. Ular 30 yoshdan mansabga chiqib, vakolat muddati 
tugagach, oqsoqollar kengashiga a’zo bo`ladi.
Er. avv. III-II asrlargacha Saba podsholigining boshqaruv ishlari va ijroiya 
hokimiyatiga ega bo`lgan mansabdor shaxslar-mugarriblar bo`lgan. Ularning 
vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar (qurbonlik keltirish, diniy 
ovqatlanish marosimlarini tashkil etish) va davlatni tashkil qilgan qabila 
ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini e’lon qilish, huquqiy qoidalar, 
shahar hududlari, xususiy mulk chegaralarini aniqlash va boshqalar kirgan. 
Mugarrib mansabi merosiy edi. Urush davrida mugarriblar ko`ngillilarga 
boshchilik qilganlar va vaqtinchalik unvon-malik, ya’ni podsho unvoniga ega 
bo`lganlar. Mugarriblar asta-sekin o`z qo`llarida butun hokimiyat vakolatlarini 
to`plab, er. avv. I ming yillik oxirida amalda mutloq podsholarga aylandilar.
Saba podsholigining oliy organi oqsoqollar kengashi edi. Unga 6 qabilaning 
vakillari kirgan. Oqsoqollar kengashi sakral, qonun chiqaruvchi vazifalar, 
ma’muriy xo`jalik vazifalarini bajargan. Boshqa janubiy arab qabilalari ham 
shunday davlat tuzilmalariga ega edi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish