Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Tayanch tushunchalar:
Suriya, Falastin, Yamxad, Zimrilim, Xaleb,
Falastin, Yaxmos , Suriyaning Kadet, Amur, Ugarit, filistim, peleset, Finikiya, 
Sidon, Xiram, Adad-nerari III, Merneptax , shofetlar”(sudyalar), Saul, Dovud, 
Solomon , Isroil, Quddus, Yangi Bobil.
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Finikiya tabiati va aholisining asoasiy mashg’uloti haqida nimalarni bilasiz?
2.
Finikiy yozuvi va uning boshqa xalqlar yozuvlarining genezisiga ta'siri qanday 
bo‘lgan?
3.
Finikiy -Xett munosabatlarini qo‘shimchalar manbalar yordamida tahlil eting?
4.
Isroil – Yaxudiy davlatining rivojlanish va inqirozga uchrash sabablarini tahlil 
eting.
5.
Suriya, Finikiya, Falastin davlatlarining jahon tarixi va madaniyatiga qo‘shgan 
xissasini qo‘shimcha ma'lumotlar yordamida qiyosiy tahlil eting.
 
 
Ma`ruza №12 
 
Мавзу:Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari 
 
Режа:
1.
Geografik o`rni, iqlimi va aholisi.
2.
Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi.
3.
Shimoliy Arabiston
4.
Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari.
5.
Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti.
6.
Qadimgi Arabiston madaniyati.
21
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.145.
22
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.147..


71
 
1. Geografik o`rni, iqlimi va aholisi. 
ArabistonOsiyodagieng katta yarim 
orol bo`lib, 3 mln. kv. km. hududni egalladi. Uni g`arbda Qizil dengiz, sharqda 
Fors va Ommon qo`ltiqlari suvi, janubda Adan qo`ltig`i va Arabiston dengizi 
yuvadi. Arabistonning bepoyon yerlari asosan sahrolardan iborat. Daryolar juda 
kam. Arabiston yarim oroli tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi Sharqda o`zining 
ziravorlari va xushbo`y moylari bilan mashhur edi. Ziravor va xushbo`y 
moylardan qadimda kosmetika va parfyumeriya, tibbiyot, diniy marosimlarni 
bajarishda foydalanilar edi. Arabistonni o`rab turgan dengizlardan qadimdan 
marvarid, qizil va qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir, qalay, mis
va surma kabi xomashyolar va tuz konlari mavjud bo`lgan. Janubiy-g`arb va 
janubiy-sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebastr; qimmatbaho toshlar: 
zumrad, berulliy, feruza bor edi.
Arabiston yarim orolining er. avv. IV-III ming yilliklardagi aholisi to`g`risida
aniq ma’lumotlar yo`q. Shumer hujjatlarida Magan va Meluxxa (ba’zi 
tadqiqotchilar, Magan Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) 
mamlakatlari to`g`risida eslatib o`tiladi. Arabiston yarim orolining janubiy 
qismidan ilk paleolit olduvay qurollariga o`xshash qurollar topildi. Bu topilmalar 
Janubiy Arabiston Sharqiy Afrikadan boshlangan odamlarning tarqalish 
yo`llaridan biri bo`lganidan guvohlik beradi
.
Qadimda Arabiston yarim oroli sersuv daryo vodiylari, boy flora va faunaga 
ega bo`lgan. Er. avv. VIII-VII ming yilliklardan boshlab yarim orolning qariyb 
butun hududida qurg`oqchil iqlimning mutloqo hukmronligi boshlanadi. Odamlar 
Arabistonni tashlab ketdilar. Faqat uning chekka janubida va sharqida bir-biri 
bilan zaif aloqada bo`lgan alohida suvli voqiylar saqlanib qoldi. Er. avv. VIII 
ming yillikdan odamlar yashashi uchun qulay iqlim yarim orolning sharqiy
qirg`oq qismi (Qatar), keyin er. avv. VII-VI ming yilliklarda Markaziy va Janubiy 
Arabiston 
(Rub-el-Xalilning 
janubiy-sharqiy 
qismi, 
Shimoliy 
Yaman, 
Xadramaut)da vujudga kelib, bu hududlarga odamlar kelib o`rnasha boshladilar. 
Arabistonning sharqiy qirg`og`i bo`ylab er. avv. V ming yillikdan El-Ubayd 
madaniyati, keyin Jamdat-Nasr madaniyati odamlari joylashdilar. Sharqiy 
Arabiston er. avv. III ming yillikda, ayniqsa, Magan (Omon) Janubiy 
Mesopotamiya, Baxrayn va Shimoliy-G`arbiy Hindiston bilan dengiz savdosiga 
kirishdi.
Arab dengizchilari Hind okeaniga yo‘l olib, Sharqiy Afrika, Sharqiy 
O‘rtayer dengizi, Hindiston va Arabiston yarimoroli, Janubiy Osiyo va Sharqiy 
Osiyo kabi davlatlar bilan aloqa o‘rnatdi
23
.
Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo`llari o`tgan. Bosh 
savdo yo`li «Xushbo`y moy yo`li» deb atalgan. Arabistonning janubiy-sharqi
ikki yo`nalish bilan Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga borgan: biri G`azo va
Ashdod, boshqasi Tir va Damashqqa yo`nalgan. Yana bir savdo yo`li Janubiy 
23
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.236.


72
Arabistondan Janubiy Mesopotamiyaga boradi. Bundan tashqari, Arabiston 
qadimda Qizil dengiz va Fors qo`ltig`i dengiz yo`li orqali Sharqiy Afrika va 
Hindiston bilan savdo aloqalarini o`rnatdi.
Er. avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy-g`arbida somiy 
tillarining janubiy arab shevasida so`zlashadigan Saba, Mina va Kataban qabila
ittifoqlari vujudga keldi. Arabistonning shimoliy-g`arbiy qismida er. avv. II ming 
yillikda midianit qabilalari yashagan.
1.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish