41
1845-1847-yillarda sharq tillarini yaxshi bilgan ingliz diplomati G. Leyyard
Nimrud tepaligi (Kichik Osiyo)da arxeologik qazishma ishlarini boshladi. Osuriya
poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan
osur podsholari saroyi, bu
saroydan ulkan odam-ho`kiz, odam-sher haykallari topildi. Osuriya podshosi
Sinaxxerib (er. avv. VII asr) saroyi uning nevarasi podsho Ashshurbanipalning
loy kitoblar bilan to`la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyayrd topilmalari
Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi SHarq kolleksiyasining asosi bo`ldi.
Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettirdi
va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib rel`efli boy podsho kutubxonasi bilan
Ashshurbanipalning saroyi qoldiqlarini topdi. Rassam tomonidan Nimrud
yaqinidagi Balavat degan joydan er. avv. IX asrga
oid Osuriya yodgorliklari,
jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez taxta-Balavat
darvozasi qoplamasi topildi.
Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi SHumer
shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz
arxeologlari SHumer shahri Lagash va uning hukmdorlarini ko`p sonli haykallari,
Gudeaning kumush va alebastr vazalari, «Kalxatlar stelasi», ibodatxona xo`jaligi
va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan
umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat ibodatxona-
kutubxona, saroy, maktab, bozor, do`konlar, uy-joylar va xo`jalik binolari topildi.
XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi.
Ammo arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech
qanday
ilmiy rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. Bu vaqtda arxeologik
qazishmalarning ilmiy usulining ishlab chiqilmaganligi, arxeologiya fanining
shakllanmaganligi, havaskor qiziquvchilarning tartibsiz, ilmiy asoslanmagan
qazishma ishlari butun-butun madaniy qatlamlarni yo`qotishga olib keldi. Faqat
XX asrning boshlaridan arxeologik izlanishlar qat’iy
ilmiy usullarga suyangan
holda olibborilaboshlandi. Nemis arxeologi Koldevey Bag`dodyaqinida qadimgi
Bobil shahri xarobalarini ochdi. 18991917-yillarda Bobil shahri xarobalaridan
shahar devorlari, Navoxudonosor II (er. avv. VII asr) saroyi, diniy marosimlar
ko`chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi.
Nemis arxeologi V. Andre 19031914-yillarda Osuriyaning eng qadimgi poytaxti
Ashshur shahrini qazib ochdi. 1933-1939-yillarda fransuz arxeologi Parro Mari
shahri qoldiqlarini qazib, bu yerdan podsho Zimrilim saroyi (er.avv.II ming yillik
boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo`jalik-diplomatik hujjatlar arxivini
topdi. 1922-1924 yillarda ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy
xudosi Nannar, ma’buda Ningal ibodatxonalari, podsho Ur-Nammu er. avv. III
ming yillik oxirida qurgan zikkurat, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona,
bozor, uyjoylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi.
II jahon urushidan so`ng, Yevropa va Amerika
tadqiqotchilari bilan
birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq
olimlari Eredu shahri, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini
ochdilar. XIX asrning 50-80-yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan
42
yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o`rganilaboshlandi. SHu bilan
birga, Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigachabo`lgan paleolit davri
(SHanidar manzilgohi er. avv. XI-VIII ming yillik), neolit (Jarmo manzilgohi er.
avv. VII-VI ming yillik; Xassun manzilgohi er. avv. VI ming yillikning o`rtalari
va II yarmi) yodgorliklari o`rganilaboshlandi.
XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga
oid qator tadqiqotlarni
nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A. L.
Oppenxeym e’lon qildilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo`nalishlari
bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: siyosiy tarix va davlat qurilishi;
SHarq davlatchiligining o`ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi;
madaniyat va diniy e’tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning
semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar.
Qadimmgi Mesopotamiya tarixining iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlari
muammolari yetarlicha o`rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida
E.Meerning sikl konsepsiyasi bo`yicha, har qanday sivilizasiya feodalizmdan
boshlanadi, kapitalizm davriga o`tib, ichki qarama-qarshiliklar tufayli halok
bo`ladi. SHundan so`ng, bu sikl yana takrorlanadi, ya`ni jamiyat yana feodalizmga
qaytadi. SHunga asoslanga holda tadqiqotchilarning ayrimlari bu nazariya
bo`yicha SHarqda jamiyat abadiy feodalizm holatida
turadi degan xulosaga
keldilar. SHu sababli, XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker
asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholandi.
G`arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi
va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi tadqiqotchilarning
Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotining tub muammolarini yechishlariga yordam
berdi.
Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni tahlil qilmay, borligicha qabul
qilish bo`ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo`jalikni tashkil etish,
shaharlarning shakllanishi va ularning o`rni va roli, hunarmandchilik, savdo,
ibodatxona xo`jaligi kabi qator muammolarga bag`ishlangan kapital tadqiqotlar
paydo bo`ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans
vaboshqalarning asarlari).
Mesopotamiya tarixini o`rganish markazlari dastlabAngliya
va Fransiyada
o`rnashdi. Keyin esa, XIX asrda u Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning
paydo bo`lishi ko`pgina olimlarni AQSHga ko`chishiga sabab bo`ldi. Bu yerda
hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. SHu
bilan birga, hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi
osurshunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: