Mamlakatimizning minoritar aksiyadorlar huquqlarini
himoya qilish bo‘yicha xalqaro reytingdagi natijalari
41
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, egallab turgan o‘rin va
qo‘yilgan ball darajasi yaxshilanib bormoqda.
40
http://www.doingbusiness.org/Methodology/Protecting-Minority-Investors
41
Жаҳон банки гуруҳининг “Бизнес юритиш” ҳисоботлари асосида тузилди.
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Aksiyadorlarning asosiy huquqlarini sanab o‘ting.
2. Imtiyozli aksiyalar egalarining alohida huquqlariga qisqacha izoh bering.
3. Qo‘shimcha aksiyalar emissiyasida aksiyalarni sotib olishning imtiyozli
huquqi amal qilishi tartibi.
4. Minoritar aksiyadorlar huquqlarining majoritar aksiyadorlarga nisbatan
cheklanganligini izohlang.
5. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasini tashkil etish tartibi
6. Minoritar aksiyadorlar faoliyat mexanizmi.
7. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi vakolatlari.
8. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi tomonidan ichki hujjatlardan foydalanish
tartibi.
9. Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish institutlari faoliyati.
10. Minoritar aksiyadorlar huquqlarini sud tartibida himoya qilish.
Testlar
1. Qaysi javobda aksiyadorlarning huquqlari noto‘g‘ri berilgan?
a) boshqa aksiyadorlar aksiyalarini o‘z nomidan sotish, aksiyadorlik
jamiyatida xodim sifatida ishlash, tijorat sirini oshkor qilish;
b) aksiyadorlar reestriga kiritilish, depo hisobvarag‘idan ko‘chirma olish;
dividendlar tarzida olish;
c) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish, depo hisobvarag‘idan
ko‘chirma olish, tegishli shartlar bajarilganda kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzod
ko‘rsatish;
d) olgan dividendini erkin tasarruf etish; aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida
ishtirok etish, aksiyalarni boshqalarga o‘tkazish.
2.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan qo‘shimcha aksiyalar
joylashtirilayotganda ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning
imtiyozli sotib olish huquqi qaysi hujjatda belgilab qo‘yiladi?
a) ustavda;
b) “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunda;
c) “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi nizomda;
d) imtiyozli aksiyalar muomalasini tashkil etish bo‘yicha tartiblarda.
3. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi
yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalariga ta’sir
o‘tkazmaydigan aksiyalar egalari qanday nom bilan ataladi?
a) minoritar aksiyadorlar;
b) majoritar aksiyadorlar;
c) oddiy aksiyadorlar;
d) imtiyozli aksiyadorlar.
4. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi
yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalariga bevosita ta’sir
o‘tkazib, hal qiluvchi ahamiyatga ega aksiyalar egalari qanday nom bilan ataladi?
a) majoritar aksiyadorlar;
b) minoritar aksiyadorlar;
c) oddiy aksiyadorlar;
d) imtiyozli aksiyadorlar.
5. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etilishi mumkinligi qaysi hujjatda
belgilab qo‘yilishi lozim?
a) ustavda;
b) umumiy yig‘ilish qarorida;
c) ijroiya organi buyrug‘ida;
d) alohida hujjat talab qilinmaydi.
6. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar qaysi
javobda to‘g‘ri berilgan?
a) minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli organlarga
murojaatlar kiritish;
b) aksiyadorlik jamiyatlari sof foydasini taqsimlash, aksiyadorlar reestrini
yuritish;
c) majoritar aksiyadorlar bilan hisob-kitoblar qilish, majoritar aksiyadorlar
ulushini o‘z hisobidan sotish;
d) minoritar aksiyadorlar majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini
ta’minlash, minoritar aksiyadorlar dividendlarini markazlashgan tartibda
taqsimlash;
7. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi a’zolarining soni qaysi hujjatda belgilab
qo‘yiladi?
a) jamiyat ustavida;
b) umumiy yig‘ilish qarorida;
c) qo‘mita faoliyatini tartibga soluvchi nizomda;
d) ichki buyruqlarda.
8. Minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida
har yili kimning oldida hisobot beradi?
a) aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida;
b) minoritar aksiyadorlar yig‘ilishida;
c) kuzatuv kengashi yig‘ilishida;
d) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi
huzurida.
9. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida kuzatuv kengashining yoki ijroiya
organining qaysi tuzilma faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi?
a) minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi faoliyatiga;
b) ichki audit xizmatiga;
c) buxgalteriya bo‘limi faoliyatiga;
d) marketing bo‘limi faoliyatiga.
10. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi o‘z faoliyatida haqli bo‘lmagan jihatni
belgilang.
a) jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas;
b) ichki hujjatlarni ijroiya organidan so‘rab olishga haqli emas;
c) kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasiga nomzodlar kiritishga haqli
emas;
d) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masala kiritishga haqli emas.
11. Minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mamlakatlar
reytingi qaysi tomonidan tuziladi va qaysi hisobotda o‘z aksini topadi:
a) Jahon banki guruhi, “Biznes yuritish” hisoboti;
b) Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo kredit hisoboti;
c) Jahon banki guruhi, “Investitsiyalar” hisoboti;
d) Xalqaro moliya korporatsiyasi, “Soliq ma’murchiligi” hisoboti.
12. Minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mamlakatlar
reytingi aniqlanishida aynan qaysi mezonlar baholanadi?
a) bitimlar haqida axborotlarni oshkor etish indeksi, direktorlarning
javobgarligi indeksi; manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish indeksi, korporativ
shaffoflik indeksi, aksiyadorlik boshqaruvi indeksi.
b) davlat aralashuvi indeksi, qonuniylik indeksi, raqobat indeksi,
aksiyadorlik jamiyati daromadliligi indeksi;
c) kreditlash indeksi, adolatlilik indeksi, aksiyadorlik jamiyati daromadliligi
indeksi, iqtisodiy sudlar amaliyoti indeksi;
d) soliq to‘lash bo‘yicha mamlakat reytingi, tadbirkorlikni ro‘yxatga olish
reytingi.
Do'stlaringiz bilan baham: |