Ro`yxatga olindi: №


Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki
afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklar
i
Kamchiliklari
1. Strategik
 
ahamiyatga
 
ega
iqtisodiyot   soha   va   tarmoqlarida
samarali davlat nazorati o‘rnatiladi;
2.
Strategik   muhim   tarmoqlarning
rivojlanishi   uchun   shart-sharoit
yaratiladi;
3. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshiradi;
4.
Yirik   aksiyadorlik   jamiyatlari
bankrotligining   oldi   olinadi   va
tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
5. Davlat byudjeti soliqlardan boshqa
daromadlariga ega bo‘ladi;
6. Monopoliya   tartibga   solib   turiladi
va narxlar barqarorligi ta’minlanadi;
7.
Professional   boshqaruv   amalga
oshiriladi va boshqalar.
1. Davlatning   haddan   tashqari   ko‘p
aralashuvi   korporativ   tuzilmaning
mustaqilligini chegaralaydi;
2. Oltin   aksiya   asosida   veto   qo‘yish
huquqining   berilishi   qarorlar   qabul
qilishning ortga surilishiga olib keladi;
3. Veto   qo‘yish   huquqi   davlat   vakili
tomonidan   qaror   qabul     qilish
aralashtirib   yuborish   holatlari
uchraydi.
4.
Aksiyadorlik   jamiyatlariga
investorlarning   qiziqishlari   nisbatan
past bo‘ladi;
5.
Xususiy   mulkdorlar   sinfining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
6. Boshqa aksiyadorlarning huquqlari
chegaralanishiga olib keladi;
7.
Dividend   amaliyotlari   deyarli
kuzatilmaydi va boshqalar.
Davlatning   korporativ   boshqaruvdagi   ishtiroki   strategik   ahamiyatga   ega
iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat nazorati o‘rnatish orqali ijtimoiy-
iqtisoiy   taraqqiyot   uchun   muhim   tarmoqlarning   rivojlantirish   imkonini   beradi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali davlat aholi turmush
farovonligini oshirishga intiladi. Keltirilayotgan bu jihatlarga erishish uchun esa
mamlakatda yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritishi muhim hisoblanadi.


Chunki   yirik   aksiyadorlik   jamiyatlari   faoliyati   aholi   bandligi   va   daromadliligi
ta’minlanishida,   davlat   byudjeti   daromadlarining   asosiy   qismi   shakllanishida,
keskin   xalqaro   raqobat   sharoitida   mamlakat   eksport   salohiyatini   oshirishda   va
hokozolarda   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega.   Shu   boisdan   yirik   aksiyadorlik
jamiyatlari   faoliyatida,   korporativ   boshqaruvida   davlatning   ishtiroki   moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz holatlarida ular bankrotligining oldini oladi va tugatilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.   Bunga   misol   sifatida   2008   yilda   boshlangan   jahon   moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida Amerika qo‘shma shtatlarida milliy avtokontsernlarni
qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   ustav   kapitaliga   davlat   ulushini   kiritish   amaliti
qo‘llanilganligini   keltirishimiz   mumkin.   Dunyodagi   eng   rivojlangan   davlat
hisoblangan   Amerika   qo‘shma   shtatlarida   bunday   amaliyotning   qo‘llanilishini
mamlakatning eksport salohiyatini saqlab qolish, tashqi ishlab chiqaruvchilarning
amerika bozorini egallashlariga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatda ishsizlik darajasining
oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat byudjeti daromadlari qisqarishining oldi
olish kabilarga qaratilgan chora-tadbir sifatida baholashimiz mumkin. Shu o‘rinda
yirik   aksiyadorlik   jamiyatlari   tomonidan   to‘lanadigan   soliqlar   va     majburiy
to‘lovlar davlat byudjeti daromadlarining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etishini ham
qayd etish lozim. Bunda davlat ishtiroki yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonian
to‘lanadigan   dividendlarning   ham   bir   qismiga   egalik   qilish   orqali   davlat
byudjetining   soliqlardan   boshqa   daromadlarini   oshirishga   imkon   beradi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish orqali
davlat narx barqarorligini ta’minlashi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-
quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ham qayd etish zarur.
O‘z   navbatida   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   davlatning   korporativ
boshqaruvdagi   faol   ishtiroki   ma’lum   bir   muammoli   holatlarga   sabab   bo‘lishi
mumkin.   Xususan,   davlatning   korporativ   tuzilmalar   faoliyatiga   haddan   tashqari
ko‘p aralashuvi tadbirkorlik sub’ekti sifatida korporativ tuzilmaning mustaqilligini
chegaralaydi. Bunda oltin aksiya asosida veto qo‘yish huquqining berilishi qarorlar
qabul qilishning ortga surilishiga olib keladi va bu o‘z navbatida tezkor moliyaviy
qarorlar   qabul   qilish   shart   bo‘lib   turgan   bir   vaqtda   korporativ   tuzilma   faoliyat
samaradorligi pasayishiga olib keladi. Shuningdek kuzatuv kengashi majlislari va
aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishlari   ma’lum   bir   qarorlariga   veto   qo‘yish   huquqi
davlat   vakili   tomonidan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   qaror   qabul   qilish   bilan   chalkashtirib
yuborilish   holatlari   ham   uchrab   turadi.   Bu   masalalar   o‘z   navbatida   davlat
ishtirokidagi   aksiyadorlik   jamiyatlariga   investorlar   qiziqishlarini   keskin
pasaytiradi. Boshqa aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishi natijasida norozilik
holatlari   va   korporativ   nizolar   yuzaga   keladi.   Qo‘shimcha   ravishda   xususiy
mulkdorlar   sinfining   shakllanishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Aksiyadorlik
jamiyatlari   tomonidan   erishilgan   foydaning   yangi   loyihalarga   muntazam
yo‘naltirilishi tufayli dividend amaliyotlari deyarli kuzatilmaydi.
Har   bir   mamlakatda   yuqorida   keltirilgan   kamchiliklardan   kelib   chiqqan
holda hamda xususiy sektorni keng rivojlantirish maqsadida davlatning korporativ
boshqaruvdagi   ishtirokini   kamaytirishga   harakat   qiladi.   Shundan   kelib   chiqqan
holda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish


bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasida  

Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   kamaytirish,
xususiy   mulk   huquqini   himoya   qilish   va   uning   ustuvor   mavqeini   yanada
kuchaytirish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   rivojini   rag‘batlantirishga
qaratilgan   institutsional   va   tarkibiy   islohotlarni   davom   ettirish
”  
masalasi
iqtisodiyotni   rivojlantirish   va   liberallashtirishning   3.4-ustuvor   yo‘nalish   sifatida
belgilandi.   Unda   quyidagi   tizimli   yo‘nalishlarga   ham   jiddiy   e’tibor   qaratish
lozimligi qayd etildi:
- davlat   mulkini   xususiylashtirishni   yanada   kengaytirish   va   uning   tartib-
taomillarini   soddalashtirish,   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarning   ustav
jamg‘armalarida   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   mulki   xususiylashtirilgan
ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish;
- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb
qilish;
- korporativ   boshqaruvning   zamonaviy   standart   va   usullarini   joriy   etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda
davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   boshqaruvi   tizimini   markazlashtirishdan
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,
jamoat   tashkilotlari   va   joylardagi   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlarining   rolini
oshirish.
Shundan   kelib   chiqqan   holda   Prezidentimiz   Sh.Mirziyoev   tomonidan
“Iqtisodiyot   tarmoqlariga   ma’muriy   ta’sirlarni   qisqartirish   va   bozor
mexanizmlaridan   keng   foydalanish   kerak.   Ya’ni   davlat   ishtirokidagi   biznes
tuzilmalarini tashkil etishni cheklash, bu borada bozorga xos mexanizmlarni ishlab
chiqish, davlatning ayrim funktsiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish darkor”
42
, deya
qat’iy ta’kidlandi.
Harakatlar   strategiyasida   belgilangan   davlatning   korporativ   tuzilmalar
faoliyatidagi ishtirokini optimallashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi
xorijiy investorlar qiziqishi ortishiga ham olib keladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish