Ro`yxatga olindi: №


 Oltin   aksiya   amaliyoti   va   uning   O‘zbekistonda   qo‘llanilish



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

11.2. Oltin   aksiya   amaliyoti   va   uning   O‘zbekistonda   qo‘llanilish
xususiyatlari
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   korporativ   tuzilmalar   va   davlat   o‘rtasidagi
munosabatlarni   tashkil   etishning   biro   bir   ideal   modeli   mavjud   emas.   Shuning
uchun   ham   rivojlangan   bozor   iqtisodiyotiga   ega   davlatlarda   ham     davlat
tomonidan tartibga solish amal qilib kelmoqda. Bunda davlat ulushi bilan birga
mahalliy   hokimiyatlar   ulushini   ham   strategik   ahamiyatga   ega   yirik   korporativ
tuzilmalar ustav kapitaliga kiritish orqali davlat ishtirokini ta’minlash amaliyoti
xorijiy mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va bu jihat korporativ  boshqaruvda
42 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. 
http://prezident.uz/uz/lists/view/1371


muhim   ahamiyatga   ega   hisoblanadi.   Korporativda   davlat   ishtiroki   oltin   aksiya
amaliyotini qo‘llash orqali ham amalga oshiriladi.
Oltin   aksiya   ochiq   aksiyadorlik   jamiyatlarida   davlat   boshqaruvini   saqlab
qolish   vositasi   bo‘lib,   davlat   vakilining   alohida   huquqlarga   ega   bo‘lishini
ta’minlaydi.   Oltin   aksiya   davlat   tomonidan   kompaniyalarni   moliyalashtirish   va
daromad   olish   vositasi   hisoblanmaydi.   Bu   jihat   o‘z-o‘zidan   oltin   aksiyaning
sotilmasligini ifodalaydi. Bunda kompaniya aksiyalarining ma’lum paketiga ega
sifatida  davlat   vakili  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishida,  kuzatuv  kengashida  hal
qiluvchi ovozga ega bo‘ladi. Mazkur jihat o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyoti va
jamiyat   manfaatlarini   himoya   qilishga   xizmat   qiladi.   Oltin   aksiya     amaliyoti
xorijiy   mamlakatlar   amaliyotida   keng   qo‘llanilmoqda   va   bu   amaliyot   o‘zining
ijobiy samarasini berib kelmoqda.
Oltin   aksiya   amaliyotini   qo‘llash   nazariy   jihatdan   davlat   vakilining
korporativ   tuzilmada   strategik   muhim   qarorlarni   ishlab   chiqishda   va     qabul
qilishda ishtirok etish, tashkilot faoliyatini, uning rentabellik ko‘rsatkichlarini  va
o‘sish sur’atlarini nazorat qilib borish kabilarni nazarda  tutadi.
Oltin   aksiyaning   xorijiy   davlatlarda   qo‘llanilishi   korxonalarni
rivojlantirishni   boshqarib   borishda   ishonchli   vosita   sifatida   yuzaga   chiqdi.   Bu
amaliyot   o‘tish   iqtisodiyoti   mamlakatlarida   keng   qo‘llanilib   kelinayotganligiga
qaramasdan, Evropa mamlakatlarida ham kuzatilishini alohida ta’kidlash lozim.
Umuman oltin aksiya amaliyotining asoschisi Margaret Tetcher hisoblanadi va u
XX   asrning   80-yillarida   Buyuk   Britaniyada   xususiylashtirilgan   korporativ
tuzilmalarni   boshqarishda   mazkur   amaliyotni   birinchi   faol   tarzda   qo‘llagan.
Margaret Tetcherning bu islohoti nihoyatda muvaffaqiyatli   amalga   oshirilgach,
bir   necha   yil   o‘tib   butun   Evropani   qamrab   oladi.   Shuni   qayd   etish   kerakki,
Britaniyada   oltin   aksiya   amaliyoti   tashkiliy   masalalarda   aralashuvdan   tashqari
kapitalni boshqarishda, foydani taqsimlashda ham davlatning bevosita ishtirokini
nazarda tutgan.
Oltin   aksiyaning   qo‘llanilishi   yangi   tashkil   etilgan   kompaniyalar
rivojlanishiga   davlat   aralashuvining   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishi,     korporativ
huquqning buzilishiga olib kelishi tufayli 2008 yilda Evropa arbitraj sudi mazkur
amaliyotni   bekor   qilish   bo‘yicha   qaror   qabul   qildi.     Chunki     Evropaning
rivojlangan davlatlaridagi kompaniyalar aksiyadorlari tomonidan ilgari   surilgan
har   tomonlama   asosli   ko‘plab   qarorlar   qabul   qilinishi   davlat   vakili   tomonidan
to‘xtatib qo‘yilishi aksiyadorlarning keskin noroziligiga olib kelgan edi. Aynan
keltirilgan   jihat   sabab   Evropa   ittifoqiga   a’zo   davlatlarda   bu   amaliyot     bekor
qilindi.   Ayni   paytda   mazkur   amaliyot   Evropa   ittifoqi   mamlakatlari,   Rossiya,
Qozog‘iston   va   boshqa   davlatlarda   eng   muhim   strategik   kompaniyalardagina
qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi PF-3897-sonli
«Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini
chuqurlashtirishga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»  Farmoni   ijrosini
ta’minlash   maqsadida  Vazirlar   Mahkamasining   2007   yil   24   iyuldagi   151-sonli
“Davlat  tomonidan  aksiyadorlik  jamiyatlarini  boshqarishda  ishtirok  etish  maxsus


huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Aynan   keltirilgan   qaror   bilan   “Davlat   tomonidan   aksiyadorlik   jamiyatlarini
boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi
to‘g‘risida”gi   Nizom   tasdiqlangan.   O‘zbekiston   Respublikasi   “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va
“Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus
huquqi   («oltin   aksiya»)dan   foydalanish   tartibi   to‘g‘risida”gi   Nizom
mamlakatimizda   aksiyadorlik   jamiyatlarida   oltin   aksiya   qo‘llanilish   tartibini
belgilaydi.
«Oltin aksiya» davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda ishtirok etishiga
doir maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat korxonalari
xususiylashtirilayotganda yoki jamiyatlarning davlat aksiya paketlari xususiy mulk
etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga   asosan   joriy   etiladi   va   mamlakatning   iqtisodiy   manfaatlari   himoya
qilinishini ta’minlaydi.
«Oltin   aksiya»   qiymatga   ega   bo‘lmaydi,   boshqa   shaxsga   o‘tkazilmaydi
hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav kapitalining miqdorini belgilashda va
dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
«Oltin aksiya» jamiyatning ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan
yoki   bu   ulush   jamiyat   ustav   kapitalining   yigirma   besh   foizdan   oshmaydigan
jamiyatlarda   joriy   etilishi   mumkin.   Davlatning   «oltin   aksiya»dan   foydalanish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan maxsus
huquq   («oltin   aksiya»)   joriy   etilayotgan   jamiyat   ustavida   davlatning   mazkur
maxsus   huquqdan   foydalanishi   to‘g‘risidagi   qoidalar   ko‘rsatiladi.   Bunda   «oltin
aksiya»   joriy   etish   to‘g‘risida   qaror   qabul   qilingan   aksiyadorlik   jamiyati
jamiyatning ustaviga tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda uni qayta ro‘yxatdan
o‘tkazadi,   «oltin   aksiya»dan   foydalanishni   to‘xtatish   to‘g‘risida   qaror   qabul
qilinganda   esa   jamiyat   ustavidan   ushbu   ma’lumotlarni   chiqarib   tashlaydi.
Shuningdek ilgari jamiyat ustavida belgilangan kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari
soniga o‘zgartirishlar kiritadi.
«Oltin   aksiya»   jamiyatning   kuzatuv   kengashi   tarkibiga   davlat   vakilini
tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi.
Agar jamiyatga nisbatan «oltin aksiya»ni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan   bo‘lsa,   jamiyat   aksiyadorlarining   reestriga   davlat   vakili   ham   kiritiladi.
Umuman, davlat ayni bir paytda «oltin aksiya»ga hamda aksiyadorlik jamiyatining
25 foizdan ortiq bo‘lmagan oddiy aksiyalariga egalik qilgan taqdirda davlat vakili
«oltin aksiya» egasi bo‘lgan davlat vakolatlarini amalga oshirish bilan bir qatorda
davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini ham bajaradi.
Bunda davlat vakili aksiyadorlar reestriga ikki marta — «oltin aksiya»dan
foydalanish bo‘yicha davlat vakili hamda tegishli davlat aktivlarining ishonchli
boshqaruvchisi sifatida kiritiladi.


Davlat   vakili   davlat   aktivlarining   ishonchli   boshqaruvchisi   vakolatlarini
davlat   aktivlarini   ishonchli   boshqarish   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlariga   muvofiq
bajaradi.
Davlat   vakili   Aksiyadorlik   birlashmalari   va   kompaniyalaridagi   aksiyalar
davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi
tomonidan tayinlanadi.
Davlat   vakilini   tayinlash   uchun   nomzodlar   bo‘yicha   taklif   Vazirlar
Mahkamasining   tegishli   kompleksi   bilan   kelishgan   holda   O‘zbekiston
Respublikasining   Xususiylashtirilgan   korxonalarga   ko‘maklashish   va   raqobatni
rivojlantirishsh, davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi
tomonidan kiritiladi.
Davlat vakili uch yil muddatga tayinlanadi.
Davlat   vakili   jamiyat   aksiyadorlarining   umumiy   yig‘ilishida   va   kuzatuv
kengashi majlislarida ma’lum doiradagi masalalar bo‘yicha veto qo‘yish huquqi
bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Bunda davlat vakiliga aksiyadorlik jamiyati
ustavida belgilangan tartib-qoidaga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari va
kuzatuv   kengashi   majlislari   o‘tkazilishi   to‘g‘risida   yozma   xabarnoma,   ularda
ko‘rib   chiqish   uchun   kiritilayotgan   materiallar   nusxalari,   aksiyadorlik   jamiyati
faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatining
tijorat siri bo‘lgan axborotlar majburiy tartibda taqdim etiladi.
Davlat   vakili   quyidagi   masalalar   bo‘yicha   «veto»   qo‘yish   huquqi   bilan,
aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishida   va   kuzatuv   kengashi   majlislarida   majburiy
tartibda ishtirok etadi:
- aksiyadorlik jamiyati ustaviga  o‘zgartish  va qo‘shimchalar kiritish  yoki
aksiyadorlik jamiyatining yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
- aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish;
- aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirish;
- aksiyadorlik jamiyatini tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda
oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali miqdorini oshirish yoki kamaytirish;
- aksiyadorlik   jamiyati   tomonidan   yirik   bitimlar   tuzish   yoki   affillangan
shaxslar bilan bitimlar tuzish;
- aksiyadorlik jamiyatining tijorat va notijorat tashkilotlarida ishtirok etishi;
- aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash;
- korporativ obligatsiyalarchiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror  qabul
qilish;
- ijroiya organni tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlarini 
belgilash;
- jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.


Yuqorida   keltirilgan   masalalar   bo‘yicha   qabul   qilingan   qarorlarga   veto
qo‘yish   ushbu   qarorlar   qabul   qilingan   kuni   yozma   shaklda   amalga   oshiriladi.
Aksiyadorlik   jamiyati   aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishi   va   kuzatuv   kengashining
davlat   vakili   ishtirokisiz   qabul   qilingan   qarorlari,   shuningdek   davlat   vakili
tomonidan veto qo‘yilgan qarorlari ijro etilmaydi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
va   kuzatuv   kengashi   tomonidan   mazkur   yuqorida   ko‘rsatilganlardan   tashqari
boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida davlat vakili ovoz berishda
qatnashmaydi. Lekin davlat vakili ayni bir vaqtda aksiyadorlik jamiyatining oddiy
aksiyalari davlat paketini boshqargan hollarda esa ovoz berishda ishtirok etishini
ham qayd etish shart.
Davlat   vakili   o‘z   vakolatlarini   Xususiylashtirilgan   korxonalarga
ko‘maklashish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   huzuridagi   Davlat
aktivlarini   boshqarish   markazining   Iqtisodiyot   vazirligi   va   Moliya   vazirligi
takliflari hisobga olingan holda tayyorlangan yozma ko‘rsatmalari asosida amalga
oshiradi.
Davlat vakili kuzatuv kengashi majlisi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
o‘tkazilishi   sanasigacha   kamida   15   kundan   kechikmay   Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
Davlat aktivlarini boshqarish markaziga kuzatuv kengashi majlisi va aksiyadorlar
umumiy   yig‘ilishi   kun   tartibi   to‘g‘risidagi   axborotni,   shu   jumladan   zarurat
bo‘lganda «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishga doir taklifni yuboradi. Bunda
axborotga ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha davlat vakilining nuqtai nazari
asosli bayon qilingan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi davlat vakilidan
tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab ikki kun muddatda Iqtisodiyot vazirligi
va   Moliya   vazirligining   «veto»   qo‘yish   huquqidan   foydalanishning   maqsadga
muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini so‘raydi.
Iqtisodiyot   vazirligi   va   Moliya   vazirligi   Xususiylashtirilgan   korxonalarga
ko‘maklashish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   huzuridagi   Davlat
aktivlarini boshqarish markazidan tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 3 kun
mobaynida   Xususiylashtirilgan   korxonalarga   ko‘maklashish   va   raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga
«veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha
o‘zining aniq nuqtai nazarini yozma shaklda taqdim etadi.
«Veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, Iqtisodiyot vazirligi
yoki   Moliya   vazirligi   o‘rtasida   kelishmovchiliklar   mavjud   bo‘lgan   taqdirda
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi kelishilgan qaror qabul
qilinishi   uchun   ko‘rsatib   o‘tilgan   vazirliklarning   vakillari   va   davlat   vakili
ishtirokida kelishuv kengashi o‘tkazadi.


Agar   kelishuv   qarori   ishlab   chiqilmagan   bo‘lsa   Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
Davlat   aktivlarini   boshqarish   markazi   zarur   materiallarni,   shu   jumladan
kelishmovchiliklar   ro‘yxati   va   tomonlarning   nuqtai   nazarlari   asosnomasi   bilan
birgalikda   kelishuv   kengashi   protokolini   Aksiyadorlik   jamiyatlari   faoliyati
samaradorligini   oshirish   va   korporativ   boshqaruv   tizimini   takomillashtirish
bo‘yicha komissiyaga taqdim etadi. Komissiya belgilangan tartibda uzil-kesil qaror
qabul qiladi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi davlat vakilidan
tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 15 kundan kechikmay qabul qilingan
qaror to‘g‘risida davlat vakiliga «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishga nisbatan
aniq yozma ko‘rsatmalarni yuboradi.
Davlat vakili o‘z faoliyati davomida quyidagilarga majbur:
- o‘z vakolatlarini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazidan
olingan ko‘rsatmalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirish;
- o‘ziga   yuklangan   vakolatlarni   amalga   oshirish   paytida   o‘ziga   ma’lum
bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlatning,
aksiyadorlik   jamiyatining   va   uning   aksiyadorlarining   manfaatlariga   zid   bo‘lgan
maqsadlarda foydalanmaslik;
- O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish
va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   huzuridagi   Davlat   aktivlarini
boshqarish markaziga o‘z vakolatlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zi olgan har bir
ko‘rsatmaning bajarilishi natijalari to‘g‘risida yozma axborot taqdim etish.
Davlat aktivlarini ishonchli boshqarish vakolatlari ayni bir vaqtda bajarilgan
taqdirda   davlat   vakili   O‘zbekiston   Respublikasining   Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
Davlat   aktivlarini   boshqarish   markaziga   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda
ushbu vakolatlarning bajarilishi to‘g‘risida alohida hisobotlar taqdim etadi.
Davlat   vakili   O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   va
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq davlat mablag‘lari hisobiga
har yillik taqdirlash puli oladi. Davlat vakili aksiyadorlik jamiyatidan qo‘shimcha
taqdirlash   puli   olishga   haqli   emas,   davlat   aktivlarini   ishonchli   boshqarish
vakolatlari ayni bir vaqtda bajarilgan holat bundan mustasno.
Davlat   vakili   faoliyatini   nazorat   qilish   Xususiylashtirilgan   korxonalarga
ko‘maklashish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   huzuridagi   Davlat
aktivlarini   boshqarish   markazi,   shuningdek   iqtisodiyot   tarmoqlari   korxonalari
bo‘yicha   Xususiylashtirilgan   korxonalarga   ko‘maklashish   va   raqobatni
rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   huzuridagi   Davlat   aktivlarini   boshqarish   markazi
tomonidan   tayyorlangan   umumlashtiruvchi   materiallar   asosida   Vazirlar
Mahkamasining tegishli Kompleksi tomonidan amalga oshiriladi.


Davlat vakili o‘ziga yuklangan vakolatlardan O‘zbekiston Respublikasining
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi   huzuridagi   Davlat   aktivlarini   boshqarish   markazining   Vazirlar
Mahkamasining tegishli Kompleksi bilan kelishilgan taklifi bo‘yicha Aksiyadorlik
birlashmalari   va   kompaniyalaridagi   aksiyalar   davlat   ulushidan   samarali
foydalanilishi   ustidan   monitoring   olib   borish   komissiyasi   tomonidan   o‘z
vazifalarini   bajarmaganda   yoki   zarur   tarzda   bajarmaganda;  
-  
uzoq   vaqt   kasal
bo‘lish,   yashash   joyining   o‘zgarishi   yoki   boshqa   sabablar   natijasida   u   o‘z
vazifalarini bundan keyin bajarishi mumkin bo‘lmaganda ozod qilinadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish