Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


MAVZU №19: DINIY RUHIYAT VA ONGNING SHAKLLANISHI



Download 7,46 Mb.
bet118/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

MAVZU №19: DINIY RUHIYAT VA ONGNING SHAKLLANISHI (2 soat)
Diniy ruhiyat insonlar ongining alohida qismi sifatida mavjud ekan, u diniy g’oyalar, tushunchadir, mafkura bilan chambarchas bog’liq, biroq ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi.Islom diniga e’tiqod qo’ygan kishining ongi "diniy ruhiyat" degan tushunchadan ancha kengroq. Chunki u o’z ichiga din bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tasavvur va g’oyalar, tartibsiz materialistik kekinmalar va kayfiyatlarni ham oladi. Dinga ishonuvchilar ongi iqilamchi xarakterga ega bo’lib, bunday kishilar ichki ziddiyatdan iztirob chekadilar. Dinga e’tiqodning rivojlanagan murakkab, ziddiyatli va oshar jarayondir.
Diniy ruhiyat va diniy ongning shakllanishi. Ma’lumki, g’oyalar va nuqtai nazarlar tizimi Mafkurani tashkil qiladi. Dinga, jumladan islomga ham, faqat mafkura yoki aqidalar majmuasi sifatida munosabatda bo’lish kerak emas. Ilmiy ateizm asoschilari inson ongi borliqni g’oyaviy va ruhiy birlikda qabul qiladi, deb ta’lim berishadi. Tashqi borliqning insonga ta’siri uning ongida his-to`yg’ular, fikrlar, kechinmalar, istaqlar, xullas, g’oyaviy nntilishlar holida aks etadi va shu ma’noda ular "g’oyaviy kuchga" aylanadi.
Demak, din diniy Mafkuradan tashhari tartibsiz, sistemasiz diniy kechinmalar, intilishlar, his-hayajonlarni ham o’z ichiga oladiki, biz buni diniy ruhiyat deb ataymiz.
Ilmiy ateizm diniy mafkura va ruhiyat bir-biri bilai chambarchas bog’liq, deb talim beradi. Dining ibtidosida diniy ruhiyat o’zini inson ojizligining tartibsiz his-hayajonlari ko’rinishida namoyon eggan bo’lsa, keyinchalik uning asosida diniy mafkura yuzaga keladi. Din jamiyatda hoqim kuchga aylanganida esa bu mafkura insonlar dunyoqarashi, his-to`yg’ulari shakllanishiga kuchli ta’sir o’tkaza boshladi. Shu tufayli diniy mafkura va ruhiyat o’rtasidagi munosabat o’zgardi.
Diniy ruhiyat insonlar ongining alohida qismi sifatida mavjud ekan, u diniy g’oyalar, tushunchalar, mafkura bilan chambarchas bog’liq, biroq ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi.
Islom diniga e’tiqod qo’ygan kishining ongi "diniy ruhiyat" degan tushunchadan ancha kengroq. Chunki u o’z ichiga din bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tasavvur va g’oyalar, tartibsiz materialistik kekinmalar va kayfiyatlarni ham oladi. Dinga ishonuvchilar ongi iqilamchi xarakterga ega bo’lib, bunday kishilar ichki ziddiyatdan iztirob chekadilar. Dinga e’tiqodning rivojlanagan murakkab, ziddiyatli va oshar jarayondir. Aholining qanday q`ismi diniy e’tiqodli ekanligi haqda muayyan tasavvurga ega bo’lish uchun o’tqazilgan sotsialogik tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqmoq zarur.
Dindorlar bilan suhbatlarda tadqiqatchilar "din", "xudo" degan tushunchalar haqida gapirishsa dindorlar bunga hech qanday munosabat bildirishmagan, chunki gap ularga aloqasi yo’q narsalar haqida ketayotgandek. Musulmonlar islomga aloqador bo’lmagan har qanday kechinma va hodisalar bizga taallukli emas deb hisoblashadi. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, islomning ortodoksal oqimiga tegishli din namoyandalarining muayyan guruhlari mustaqil ish olib borayotgan mullalarni ro’yxatga olishni yoqlamoqdalar. Bu ularga mullalar ustidan nazorat o’rnatishga dindorlar o’rtasida rasmiy din namoyandalari obro’si va zamonaviy masalaning ta’sirini oshirish imkonini bergan bo’lurdi. Masalan, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida, qator tuman va shahar ijro ko’mitalari bunday mullalarni to’plab, ortodoksal islom namoyondalari yordami bilan ularni diniy marosimlarni o’tqazishda islom talablarini bo`zayotganlikda ayblash, ro’yxatdan o’tishga va masjidlar nazorati ostida ishlashga chaqirishdi.
Shunday qilib, islomning ortodoksal oqimi hozir mavjud diniy tashkilotlarni ham imkon qadar mustahkam ,4 dinga. demakki, din targ’ibotini oddiy odamlarning "sirin-sirimi" darajasida emas, balki mafkura darajasida ham kuchaytirishga intilayotir. Mazkur kechinmaga Isomaning konfessional o’ziga xosligi va Konstitusiyaning vijdon prinsipi nazarda tutgan holda e’tibor berish kerak.Demokratiyalashtirish, oshkoralik sharoitida asosiy din Islom hisoblangan jumxuriyatlarda ateistik ishning ahvoli ancha o’zgardi. So’rovlar musohabalar ko’rsatishicha, dindorlar ichki dunyosi insonning ruhiy kechinmalari va holatlarini o’z ichiga oladiki, unda diniy nuktai nazar bilan ateistik real voqelik
qo’shilib ketadi. Insonning dunyoqarashi bu g’oyalar, tasavvurlar, kayfiyati va his-to`yg’ular tizimida qaysi unsurlar asosiy o’rin tutishi, ustun kelishiga bog’liq.
Diniy etiqodli kishining ruhiyatidan diniy chiqarib tashlash uchun ilmiy bilimlarni targ’ib qilishning o’zi yetmaydi. Bunday kishini dunyoviy munosabatlar tizimiga jalb qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bizningcha, dindorning dunyosiga yaxshi ta’sir ko’rsatuvchi, uni ateizmga jalb etuvchi tadbirlar quyidagilardan iborat: a) dindorlar atrofida sog’lom ma’naviy ruhiy muhit yaratish; b) ijtimoiy alohalari va munosabatlarini tiklash; v) madaniy va umumiy ta’lim darajasini ko’tarish; g) maishiy sharoitlarni yaxshilash; d) ateistik tadbirlar olib borish.
Islom namoyandalari tomonidan diniy tarbiya psixologiyasini har tomonlama o’rganishga qaratilgan tadbirlar dindorlarni yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Bu esa dindorlar va ikqilanuvchilarga musulmon jamoalari o’tkazayotgan ta’sirdan kuchliroq ateistik ta’sir tizimnni yaratish uchun zarur.Ba’zi bir tadqiqotchilar ikqilanuvchi, hali bir harorga kelib ulgurmagan dindorlar ruhiyatini ta’riflay turib, ular pafaqat diniy ta’limot, balki diniy marosimlar haqida ham aniq tushunchalarga ega emas deb hisoblashadi.Dindorlar bilan yakka tartibda ish olib borishning ruhiy jihatlari halk yetarlicha ishlab chiqilmagan va amaliyotda qo’llanilmaydi. Buni, masalan, mazko`r muammo bilan shug’ullanuvchi qadrlar deyarli yo’qligi, islomning ruhiy ildizlari dindorlar, ikqilanuvchilar ongiga ta’sir o’tqazish yo’llari haqida lsksiyalar deyarli o’qilmaganidan ham ko’rish mumkin.
Ko’p yillik Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, pedagogika va psixologiya darslarida diniy ruhiyat mavzusi ko’pchilikni qiziqtirmaydi. Aksariyat talabalar bu darslarga qatnashmaydilar ham.Jumxuriyatmizda ateistik mavzuda e’lon qilinayotgan ishlar-ning saviyasi juda past, unda ilmiy sotsialogik tadqiqotlar natijalari ravnaq yoritilmayapti. Bundan tashqari O’zbekiston bo’yicha ateistik tarbiya mavzusida o’zbek tilida kitoblar juda oz nashr etilmoqda. Ammo, ateistik targ’ibotning ilmiy metodikasi xususida ishlashimiz, izlanishimiz, anchagina fikrlash pozisiyasida turib dindorlar bilan muloqot uyushtirishimiz darkor. Mafkuraviy ishda ko’pincha ateistik targ’ibot shirasiz, quruq ilmiy tadqikotlar tahliliga tayanilmagan holda olib boriladi. Zero, bu mavzudagi chiqishlar konseptual xarakterda bo’lishi, imkon qalbiga yetib borishi, unda qizikish uygotishi, uni oshkora suhbatga, munozaraga chorlashi kerakku. Din va dindorlik haqida fikr yurituvchining o’zi dinni yaxshi bilishi lozim, aks holda dindorlar orasida qarshi reaksiya paydo bo’lishi mumkin.
Diniy tasavvur diniy his-hayajon, kechinmalarni birlashtirib turuvchi asos hisoblanadi. Borliqni diniy tushunchalar, kategoriyalar sifatida anglatuvchi diniy Mafkuraga kelsak, u diniy kechinmalarning rivojiga qo’shimcha omil sifatida namoyon bo’ladi.Diniy g’oyalar yig’indisi sifatida omma qabul qilgan diniy ta’limot dindorlarda kechgan ruhiy jarayonlarga faqat ularning diniy taassurotlari doirasida Mafkuraviy ta’sir o’tkazadi.Islomning asosiy g’oyasi — hamma ish Alloh uchun, unng nomini ulug’lash uchun qilinmog’i darkor,— degan g’oyadan iborat.Islom insonni Alloh tomonidan yaralgani va uni xizmati unchagina . Qur’oni Karimda bu g’oyani har bir sura va oyatlarda uchratish mumkin.Islom missiyasi Jahon federasiyasining bir maqolasida,— "musulmon o’zi uchun emas, Xudo uchun yashaydi va uning har qanday xatti-harakati, faoliyati faqat shu maqsadga xizmat qilmog’i darkor",— deyiladi. Shu g’oyadan kelib chiqib din faylasuflari inson xudo to`g`risada anchagina unga qancha ko’p xizmat qilsa, o’shancha ko’p ma’naviy boyligi deb hisoblashadi.
Barcha dinlar, ayniqsa islom inson hayotining mazmuninn inson hayoti qadrini inson qanchalik xudojo’yligi uning Xudoga e’tiqodi qay darajada ekanligi, u qancha vaqti va kuchini Xudoga xizmat qilishga sarflashi, qay darajada Xudoni sevishiga qarab baholashadi. Islom ta’limotiga ko’ra hayot insonga anan bir maqsadda yaratganga sajda qilish, taqdirga tan berish, sabr bilan Allohning marhamatiga sazovor bo’lish va shular evaziga abadiy rohatga noil bo’lish uchun berilgan, Buni har bir dindor yaxshi biladi. Qarshi tumanida "Moskva" nomli davlat xo’jaligida istiqomat qiluvchi bir xudojo’y bizga shunday deydi: "Ro’za, hayit, xudoyi marosimlarida qatnashayotgan paytim kayfiyatim o’z-o’zidan ko’tarilib ketadi. Mullaning turli diniy ta’limotdan olingan iymon, vijdon, poklik to’g’risidagi so`zlarini eshitsam yayrab ketaman. Albatta mullalar har xil bo’ladi, bir xillari yo’q joydagi gaplarni to’qib chiqarishadi, men ularga ishonmayman".
Din peshvolari "kelajak" hayotning bugungi real hayotdan afzalligini takidlaydilar va Allohni ularlardan, umuman insoniyatdan ko’proq sevishga chahiradilar.
Islom tasavvuridatya barkamollik insonni shaxsiy kechinmalar doirasiga "qemab" so’yadya. U Allohning har narsadan xabar-dorligi va har narsani bilishidan qo’rquvga asoslangan e’tiqodni yanada kuchliroq qilishga xizmat qilali.
Sotsialogik tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, ko’plab kishilar, asosan biror baxtsizlik yuzberganda yoki xastalik tufayli, ruhlarini yengillatish istagida tabiblarga murojaat qiladilar va aksariyat hollarda sal xotirjam tortadilar. Sababi —og’ir ahvolda ular oddiy insoniy muloqot, visoniy taskinga muxtoj bo’ladilar.
Aytish kerakki, barkamol musulmon obrazi ham hozir ancha-muncha o’zgaritlarni boshdan kechirmoqda. U endi an’anaviy islomda yo’q hislatlarga ega deb ko’rsatilmoqda. Bu hislatlar esa aslida yangi jamiyat quruvchisiga tegishli baynalmiklarlik, jamoatchilik, ijtimoiy faollik, tinchlik uchun ko`rashchanlik, barcha xalqlarning ozodliga va manfaatlari uchun xizmat qilishdan iboratdir.
Islom ta’limoti oliy ma’naviy barkamollikka erishishnn istagan kishi mazko`r ta’limotda ko’rsatyalgan yaxshi va yomon tug’risidagi aqidalarga amal qilishi, savob ishlarni qilib, gunoxdan chetda yurishi lozim,— deya uqtiradi.
Ma’naviy barkamol bo’lishni istagan kishi lozim gunoxlarini yuvib yurmog’i va yangi gunohlarga qo’l urmasligi kerak. Gunoxlarni yuvishning eng yaxshi yo’li — sajda qilish, diniy marosimlar o’tqazish, ro’za tutishdan iborat. Ulamolar islomning besh shartini bajarish insonni Allohga yaqinlashtiradi. deb tavdim berishadi. Shu bilan birga bu shartlarni bajarish insonki ma’naviy barkamol, har tomonlama uyg’un qilib tarbiyalaydi, deyishadi.
Musulmon faylasuflari insonni barkamollikka chaqirishlaridan, insonlarga ma’naviy rivojlanishning to’la tizimi berilarkan, degan xulosaga kelish kerakmas. Ular har kimning gunoh-savobi yolg’iz Allohning o’ziga ayon, deb ta’kidlashadi. Hozirgi ijtimoiy turmush omillaridan biri, milliy o’zligini anglashning o’sib borayotganligidir. Bu murakkab dialektik jarayon bo’lib, ijobny ahamiyatga ega. Ammo ba’zan buning aksiriyatham bo’lishi mumkin. Bu jarayon yo’nalishini tez-tez o’egartirib tursada, real hayotning butun ko’rinishini o’zida aks ettiradi.
Din psixologiyasi o’ziga xos xususiyatlari va ularga g’oyaviy ta’sir ko’rsatish zarurati quyidagi xulosalarga olib keladi:
Birinchidan, ular sistemalashtirilmagan, tartibsiz xarakterga ega. Dinga ishonuvchi ko’pchilikning ongida din aqidalarining va afsonaviy tasavvurlar qandaydir shakllangan sistema ko’rinishida emas, balki ko’pincha alohida obrazlar, g’oyalar, manzaralar, afsonaviy hikoyalar tarzida bo’ladi.
Ikkinchidan, ommaviy-diniy ongda mavhum g’oyalar va din aqidalari emas, balki Aniq, tasavvur va obrazlar ustunlik qiladi. Diniy ruhiyatni o’rganish muammolarining muvaffaqiyatli hal etilishi uchun juda bo’lmaganda hozirgi sharoitdagi dindorlikning o’zi nimaligini tasavvur etishi lozim bo’ladi. Dindorlik — atrofdagi ko’p narsalar singari o’zgaruvchan va nisbiydir. Shuning uchun ham dunyoviy tarbiya kishining intellektual hissiyot va iroda sohalariga ta’sir etish bilan bog’langan murakkab, ko’p qirrali jarayon hisoblanadi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, turmush tarzi moddiy va ma’naviy asoslarining mustahkamlashishiga daxldor bo’lib, ijtimoiy va ruhiy ildizlarni bartaraf etish jarayoniga faol ta’sir etadi. Yuqorida diniy ongning ruhiy ildizlari ijtimoiy jarayonga bog’liqligini aytib o’tgan edik. Shunga ko’ra diniy ongni bartaraf etishda jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini oshirish muhim hisoblanadi.
Jamiyatda shaxs maqomiga oid ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar ijtimoiy tanglikni bartaraf etib, kishilar kayfiyatiga ijobiy tasir etadi.Hayot jamiyatning har bir a’zosidan ijtimoiy hayotda u yoki bu darajada qatnashishni talab etadi. Bu esa oqibatda dinga ishonuvchilarning ham, dinga ishonmaydiganlarning ham ijtimoiy faolligini oshirishga olib keladi va shu orqali kipilar o’zini jamiyatning haqiqiy ijtimoiy subyekti sifatida anglashi uchun zamin yaratadi.Bu o’rinda diniy-ruhiy aqidalarni bartaraf etish va dinga ishonuvchilarning ateiem tomoniga o’tishlariga, har qanday ijtimoiy hodisaga nisbatan bo’lganidek, dialektik yondoshish lozimligini unutmaslik kerak. Shuning uchun yangi sifatga o’tish tasodifiy ham, bir zumda bo’ladigan narsa ham emas. U sifat o’zgarishlarining jamg’arilishi uchun ma’yaum davrni talab qiladi. Mazko`r holatda bunday o’zgarishlar kishida ilgarigidek hyech bir ikqilanmay ishongan narsalarga nisbatan gumonlarning paydo bo’lishi, desak, ayrim diniy aqidalarni inkor etishi, ayrim dunyoqarash masalalarida ilmiy nuhtai nazar tomoning o’tishi va shu qabilardir.
Ammo, shuni ham qayd etish lozimki, ayrim diniy aqidalarning chindigi borasida paydo bo’lgan gumonlar dinni dunyoqarash sifatida inkor etish va bevosita ilmiy ateizm tomoniga o’tishga emas, balki boshqa yaxogaroq ishni izlash yoki umuman ishonchsizlikka olib kelishi ham mumkin. Qaror topgan dinamik tarzni bo`zishga oid jarayon ma’lum ruhiy kechinmalariv xel-tirib chiqaruvchi jiddiy asab zo’riqishlarga sabab bo’ladi. Bu dinamik tarz hanchalik barqaror bo’lsa, unn yengish jarayoni shunchalik murakkab bo’ladi. Bu borada I. P. Pavlov: "Menimcha, odatiy turmush tarzining o’zgarishi, odztiy mashg’ulotlarning to’xtatilishn, yaqin kishilarni yo’qotishdagi og’ir hissiyotlar, aqliy tanglik va e’tiqodnisg parchalanishi hahnda gapirmasa ham bo’ladi, u seznlarli darajada eski dinamik tarzdagi o’zgarishlarda, bo`zilishlarda hamda yangicha qaror toptirishdagi qnyinchnliklarla o’z fiziologik asosiga ega bo’ladi",—deb yozgan edi.
Dinga ishonuvchilar ateistik targ’ibotga hadiksirab qaraydi-lar, shuningdek, ateizmni faqat tanqidiy nuqtai nazardan, ya’ni bir tomonlama, o’z qarashlarini ruhiy nuqtai nazardan inkor etishga urinish sifatida qabul qiladilar va baholaydilar. Fikrimizcha, hozirgi kunda dinga nshonuvchilar-ning ateizmga munosabatlari ma’lum darajada o’zgargan, shunday bo’lsa-da, ular orasida ateistik targ’ibotga xolis qaramaydigan-lar serob, bu esa tabiiyki, kishilarda ilmiy-materialistik dunyoqarashni shakllantirish ishiga to’sqinlik qiladi.
Dinga ishonuvchining ongi, odatda tag-tomiri bilan diniy bo’lmaydi. Unda ilmiy bilim va diniy tasavvur . va qarash unsurlari bir-biriga zid tarzda chirmashnb ketadi. Shuni aktish lozimki, dinga ishonuvchi ayrim masalalarda kaqiqiy, ayrimlarida esa haqiqiy bo’lmagan ko’nikmalarga rioya qila-di. Dinga ishonuvchi shaxs ongidagi ilmiy bilimlarni to’l-dirish, kengaytirish va mustahkamlash, uni umuminsoniy axloh ruhida tarbiyalash, ishlab chiqarish va ijtimoiy fao-liyatiga olib kirish yo’li bilan xolis bo’lmagan ko’nik-malarning paydo bo’lish doirasini butqo`l bartaraf etishgacha toraytirish mumkin.
Demak, dinga ishonuvchiga ta’sir etishda salbiy hissiyotni kuchaytirilgan usullarni qo’llamaslik kerak.
Ijtimoiy ong rivoji xususiyatlariga shaxs ruhiy rivojidagi ayrim xususiyatlar muvofiq keladi. Hayotning jadallashib bo-rayotgan sur’atlari shaxsga alohida talablar qo’yadi. U dunyoni yangicha talhin etadi, voqyelikni idrok etish keskinligiga, omil va hodisalar tahlili sur’atnga, boshqacha aytganda, tashqi qo’zg’ovchiga hozirjavoblik tezligiga ta’sir etadi.
Yangi hayot sharoitlari ta’sirida kishilar o’rtasidagi muloqot ham o’zgaradi. Ilgarilari muloqotning asosiy vositasi bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnini endilikda yangi texnik vosita-lar bilan qurollangan aloqalar egallaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sishi bilan vositali aloqalar ortib boradi. Tabiiyki, bu muloqot imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.Albatta, hozirgi sharoitlarda kishilar o’rtasidagi aloqalar tezlashdi va zarur bo’lganda ekstensivlikni kasb etmokda. Muloqotdagi asosiy zhtiyoj hayot faoliyati tomonlarini chuqur, to’liq qondirish bo’lsa-da, alohalar tashqi jihatdan to’l-dirilishig’a muxtojdir.
Fikrimizcha, jamiyat va shaxs ruhiyatida qayd etilgan to-monlarning rivojlanish darajasi, ularning namoyon bo’lishi umuman va odamlar ishlaydigan hamda tegashli ruhiy muhit qaror toptirnladyagan sanoat korxonalaridagi texnik riyaojla-nish darajasiga bogli!, bo’ladi.
Dinga ishonuvchi ongidagi diniy ruhiyat uning ma’naviy faoliyatining’ mo’tadil ishlashi hamda rivojlanishiga to’sqin-lik qiluvchi omil hisoblanadi. U dunyoning nlmiy tasviri shakllanishnga, tabiat, jamiyat va inson faoliyatining obyektiv rivojlanish qadriyatlarini anglashga to’sqishshk qiladi. Din-dorlikni materialistik tushumish faqat fan tomonidangina ochib bsrilishi chumkin.
Albatta, kishilardagi diniy ruhiyatni yengish dunyoqarash va tegishli ruhiy hrlatlardagi - rivojlanishning qator o’tuvchi bosqichlarini qamrab oluvchi jarayondir. Kishi diniy e’tiqodni inkor etar ekan, darhol nlmiy do’nyoqarash tarafdori bo’lib qodmandi.. Unda avval ayrim diniy ta’limotlarga nisbatan gumon paydo bo’ladi. So’ngra bu gumon ortib boradi va asta-sekin diniy ta’limotning asosini, din hamda o’z faoliyatining asosiy tamoyillarini qamrab oladi. Kishi fanning ayrim shaxsiy amaliy faoliyati natijasida ochiladigan qoidalarning to’g’riligiga ishonch hosil qilib boradi. Ilmiy dunyoqarash shakllanishining bu jarayoni kishi ongida diniy e’tiqodga hech bir o’rin qoldirmay golib chiqadigan dunyoning ilmiy tasvirini yaratish bilan yakunlanadi. Shuning uchun diniy ruhiyatni bar-taraf etish dunyovky tarbiyaning ajralmas qismidir. U dinga ishonuvchi kishilarga qarshi emas, balki diniy g’oyalarga qarshi olib boriladi. Albatta, bu jarayonda yuzaga keladigan dinga qarshi kissiyot dindorlarga qarshi qaratilishi mumkin emas. U dunyo tasvirini qalbaqilashtiruvchi soxta tushunchalargagina qar-shi yo’llanadi.
Bunday yondashuvda tarbiyachining vazifasi dinga ishonuvchini uning ichki dunssining yashirin imkoniyatlariga to’liqroq javob beradigan hissist, kechinma, qarash va tasavvurlarni mustaqil tailashga yo’llashdan iborat bo’ladi. Dinga ishonuvchining ruhiy holatlari va xulq-atvor xususi-yatlarini har tomonlama o’rganish uchun xilma-xil usul hamda vositalardan foydalanish lozim bo’ladi. Ruhiyat xrlat — kishi ruhiy faakiyatinnng murakkab hodisasi bo’lib, ularni o’rganishning xilma-xil usullpri mavjud. Aksariyat holatlarda bir necha usullar birikmasigina ruhiy holat tahlilini berishi mumkin. Ijtimoiy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, dinga ishonuvchilar ruhiyatini o’rgaiish yetarli darajada yo’lga qo’yilgan, ruhiy tahlillardan mohirona foydalaiiladigan joylarda diniy aqidalardan qutilish borasidagi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi va yaxshi natijalar bsradi. Afsuski, ayrim dahriylar ilmiy dunyoqarash ishida dinga ishonuvchilar ruhiyatini o’rganishning ahamiyatiga yetarlicha baho bermaydilar. Yetakchi psixologlarimizning umuman ruhiyat, shu jumladan dindor ruhiyatiga oid maqola va suhbatlar bilan ommaviy axborot vositalari orqali juda kam chiqishlari ham nuqsonlardan biri hisoblanadi. Bunday qadrlarni tayyorlash dasturiga umumiy ruhiyat va din ruhiyati darsiii kiritish maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, dinga ishonuvchining nchki dunyosi diniy bo’lmagan unsurlarni qamrab olsa-da, undagi ruhiyatning asosiy farqlovchi xususiyati dinga moyillik bo’lib, asosiy ruhiy jarasnlar dinga tobeligicha qoladi. Dinga ishonuvchi ijtimoiy faoliyatning har xil turlarida qatnashar ekan, u astada diniy emas, balki rasionastiq g’oyalarga asoslanadi. Unda dinga isho-nuvchyo`larning bir q`ismi, ayniqsa sektantlar, onglarida yuzaga ksladigan diniy bo’lmagan hissiyet, kayfiyatlarni diniy qoida-lar ta’sirida xudoga xush kelmaydigan, gunoh narsalar dsb biladilar.
Kishiga ta’sir qiluvchi hissiy va ruhiy ko’rinishlarni bartaraf etishning o’z xususiyatlari mavjud. Bu o’rinda ilmiy bilimlarni tarrib qilishning o’zi kifoya qilmaydi. Balki dinga ishonuvchini faol ijtimoiy hayotga jalb etish, unga nisbatan diniy muhit ta’sirini susaytirish katta ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy dunyoqarashni tarbiyalash ishidagi asosiy nuqsonlardan biri nazariyaning amaliyot bnlan bog’lanmasligi, fan va texnika yutuqlari, targ’ibotda madaniyatning rivojlanishidan yetarlicha foy-dalanmaslikdir. Ko’pgiia tashkilotlar bu ishni izchil olib bor-maydilar yoki tarbiyaning bu sohasiga umuman e’tibor bermabdilar.
Mehnatkashlarda ilmiy-materialistik dunyoqarashvi shakllan-tirish,. ularni ilmiy dunyoqarash ruhida tarbiyalashdagi asosiy yo’nalishlardan biri umum manfaatlari yo’lidagi ijtimoiy foydali mehnat, kishilar ongiga jamoatchilik malaka va qarash-larini singdirigadan iboratdir. Ijtimoiy foydali mex.nat hayotida qanchalik katta o’rinni egallab borsa, jamiyat kishilar ongidagi diniy aqidalarni bartaraf etish imkoniyatlari shun-chalik kengayadi. Qayd etish lozimki, tarbiya ishida har bir mehnat jamoasida tegishli axlohiy-ruhiy muhitni yaratish muhim omil hisoblanadi. Ilmiy dunyoqarash uchun qulay sharoit yaratilgan joylarda tarbiya va qayta tarbiyalash nshlari eng yaxshi natijalar beradi. Bu o’rinda ilmiy dunyoqarashdagi jamoatchilik fikrini shakllantirish lozim. Agarda u shakllantirilmagan bo’lsa, jamoa qudratli ijtimoiy-ruhiy boshqaruv vositasidan mahrum bo’ladi. Va aksincha, xodimlari diniy tamoyillarning qarama-qarshiligi, ularni turmush tarzi bilan obyektiv muvo-fiq kela olmasligini tushungan joylarda muvaffaqiyat ta’-minlangan bo’ladi.
Jumhuriyatimizda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy va ma-daniy siljishlar hamda insonparvar jamiyat qurilishidagi muvaffaqiyatlar ta’sirida ainga ishonuvchilar ongi, shuningdek dinning o’zvda ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. O’tkazklgan tadqiqotlarimiz dalolat berishicha, bir jumhuriyat, bir viloyat, bir tuman, hatto bir xo’jalikdagi kishilar diniy ruhiyatida jiddiy farqlar bor. Misollarga murojaat egaylik. Tadkiqrtlar tahliliga ko’ra, Jizzax vilo-yatining Zomin tumanida dinga ishonish darajasi turlicha. Masalan, yosh belgisiga ko’ra Islom dini haqidagi tasavvur quyidagicha ekanligi ma’lum bo’ldi. So’ralgan 80 kishidan 14,7 foizi to’liq tasavvurga ega, 57,7 foizi ayrim, 31,4 foizi umuman hech qanday tasavvurga ega emas.
Bu natija, birinchidan, dinga ishonuvchilar ateizm va ateistlar to’g’risida noto’g’ri fkkrga egadirlar; ikkinchidan, dinga ishonuvchilar orasida barcha dunyoviy narsalardan, shu jumladan, fandan chetlashish, o’zlari uchun qimmatli bo’lgan diniy xayollar olamiga sadokatni saqlashga intilish mavjud; uchinchidan, dinga ishonuvchi tafakko`ridagi ko’r-ko’rona sadoqat xulq-atvorini bartaraf etish va unga tanqidiy tafakko`rni singdirish mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ilmiy dunyoqarashni tarbiyalash to’laqonli bo’lishi kerak. Tarbiyadagi emokionallik dinga ishonuvchining umumiy ruhiyatiga emas, balki uning ayrim tarkibiy qismlariga, birinchi navbatda, alohida ichki qarshiliksiz va himoya javoblarisiz qabul qilinadiganlariga yo’llanadi.
Shu bilan birga ateistik ta’sir shaxs ruhiyatining ko’proq tomonlarini qamrab olsa va ruhiy hayotning amaliy qismiga ta’sir qilsa, natijaliroq bo’ladi.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish