Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


Musulmonlarning odob-axloq tamoyillari



Download 7,46 Mb.
bet112/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

Musulmonlarning odob-axloq tamoyillari. Musulmonlarning odob-axloq tamoyillari.Shaxsni tarbiyalashda birinchi ruhiy talab va milliy xususiyatlar shaxslarda keraqli motivizasiyani hosil qilishdan iborat bo’lmog’i lozim. Har handay tarbiyaviy ta’sir, har qanday tashqi ta’sir o’tqazish kishilar ehtiyoji bilan mos kelgandagina samarali bo’ladi. Odamlar haqiqiy faoliyatga kirishishlari uchun mehnat yoki o’quv jarayonida ular oldiga qo’yilgan maqsad faqatgina tushunarli bo’libgina qolmasdan, balki qabul qilingan bo’lishi ham kerak, ya’ni u kishilar uchun muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
Din tarixi sohasining asosiy masalalaridan biri zamonaviy taqvo ahliniig dunyoqarashlari va ongida yuzberayotgan teran jarayonlarni tadqis qilish hisoblanadi. Ayki paytda an’anaviy muammolar bilan birga yillar davomida yig’ilgan tajribalarni tahlil etish, ilmiy dahriylnknnng yangi kategoriyalarini ishlab chiqish talab qilinadi. Shunday azifalardan biri diniy ong bilan birga kishilarning xatti-harakatlarini o’rganishdir. Diniy oigni ijtimoiy-psixolagik tahlil. etish dindor shaxsni uni o’rab to`rgan muhit bilan bir butun uygunlikda ko`rishni shart qilib qo’yadi. Shaxsning ruhny dunyosiga oid unsurlar bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, biri fazilat, boshqa biri esa fazilat evaziga paydo bo’lgan his-to`yg’ulardan shakllanadi.
Insonga diniy tasavvurlar tomonidan ko’rsatiladigan ta’sir masalasini hal qilnshda "shaxs uchun himmatli niyatlar" va ularning "ijtimoiy tayanchlari" kabi tushunchalardan foydala-nish maqsadga muvofnkdir. Ijtimoiy tadqiqotlarning natija-lari dindorlik darajasi Diniy tayanchlar, himmatli niyatlar toifasiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Qimmatli niyat bo’lib moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish mahsulotlari (shu hisobda g’oyalar, meyorlar, ideallar ham), shuningdek kishilik jamiyatining u yoki bu munosabatlari ham xizmat qiladi. Albatta, bu yerda ularning jamiyatga yoki shu jamiyatning ma’lum ijti-moiy guruhn qiziqishlariga hamda ehtiyojkga mos kelnshi yoki kelmasligi shartini yodla tutmok lozim.
Shaxsning iiyati — unnng ijtimoiy fazilatlari, uning jamiyatdagi o’rni, ijtimoiy faoliyatining xarakteri va yo’nalishining zohir bo’lishidir.
Yuqorida ta’kidlab o’tnlganidek, Diniy ztiqod o’z asosiga ega bo’lganidan tashqari u diniy ongning maxsus bosh belgisi hamdir. Diniy e`tiqodgina, ya’ni ilohiyogga etnhodgana kishilarning diniy ongansng bosh xususiy belgisidir. E`tiqod esa nnsonning sigingan xilqati unda hissiy, kiymatga ega ta’sir uyg’otgandagina paydo bo’ladi. Bunday ta’sirning hosil bo’lipsh uchun din o’z xizmatiga fanni. san’atni, axloqiy tarbiyani ham mohirlik bilan uygunlashtiradi. Bunday uygunlik har bir narsada aks etadi. Shu tufayli kam barcha dinlar qatori eng navqiron din bo’lmish islom dini ham o’z hukmronligini go’zallik tuyg`ulari, nafis muomala. ms’hr-oqibat asosiga qo`rganligi tabiiydir. Zero, kishilar uchun bunday asoslar azal-azaldan ohanrabodek qudratga ega bo’lgan. Bunday ohanrabo qarshisida o’zining qalbini xolis saqlab qola olmagan kishini ayblab bo’lmaydi. Zero, buninig uchun boshqa bir talimot ham zarurki, uni yaratishda yana o’sha asoslar, ya’ni san’at, fan va mehr-oqibatdan foydalanishning iloji bormikin? Mana shu masalada diniy ta’limot va ilmiy ateizm orasida raqobat yuzaga keladi. Kishining qalbini nimalar evaziga boyitish mumkin va bu boyitilgan qalb qay yo’lnn tanlaydi? E`tiqodga ruju qo’ygan kishi o’zining botiniy kayfiyati va ehtiyojiga hamohang xayoliy va ilohiy taqdirni shiddatlik bilan.qabul qiladi. Ammo bu soddadillik hyech vaqt yovo`zlikni qabul qila almaydn. Yovo`zlikning har qanday ko’rinishi ham unda jirqanish hissini qo’zg’aydi. Diniy ta’limotda esa yovo`zlik eng katta illat sifatida qoralanadi. Bu esa har qanday qalbning diniy ta’limotga bo’lgan rag’batini kuchaytirmasdan qolmaydi.
Shaxsning yo’nalishini uning o’zinn tutishi, xatti-harakatlari va maqsadidan belgilab olish mumknn. Hozirg’i zamon psixologiyasi ushbu maqsadlarni inson faoliyatini rag’batlan-tiruvchi omillar deb tushunadi. Ushbu maqsad-motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, mayl va hissiyotlar hamda ideallar timsolida namoyon bo’ladi.
Hozirgi paytda diniy maqsadlar sezilarli ravishda o’zgarishlarga uchradi. Insonning diniy xatti-harakatlari doirasi kengaydi. Bu o’rinda bilimlar va ma’naviy mehnatga tayyorgarlik darajasi katta ahamiyatga ega. Ikkinchi navbatda, bilim kishilarning ma’naviy qiziqishlar doirasnni kengaytiradi, jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi qonunlarini o’rganish, o’z imkoniyatlarini ishga solishga bo’lgan intilishlarini kuchaytiradi. Inson faol shaxsga aylanadi. Bu faollikdan biz faqatgina keskin harakatlar tizmasini ko’rishni istasak xato qilgan bo’lamiz. Faollik deyilganda nimani tushunish kerak? Bunda faqat harakatni tushunish o’tmishga yuztutdi. Agar biz sahro-cho’llarni muttasil o’zlashtirishni faollik deb baholaydigan bo’lsak, buning oqibatida zavolga yuztutgan Orol fojiasi bizga saboq bo’lishi lozim.
Yetti o’lchab bir kes, degan maqol bor, Ilmiy ateizmning islom diniga qarshi ochgan g’azavotini yetti o’lchanmay qilingan ishga o’xshatgimiz keladi. Biz, yuqorida aytib o’tilganidek, bir narsaning g;ar ikki tomon uchun xizmat qilishiga ko’niqolmadik, ya’ni san’at, fan, ta’lim-tarbiya kabi insoniyatning muhim tayanchlari ikki o’rtada talash bo’lishiga sabab bo’ldik. Menga buyurmagan narsa, hyech kimga buyurmasin, degan * aqida bizg’a ko’proq ish berdi. Natijada ikki o’rtadagn talashlar oqnbatida kishilarimiz chala dahriy — chala taqvodor kishilarga aylandi. Diniy ta’limotda inson faolligi xaqnda ham bir qancha tszislar mavjud. Yomonlnkka qarshi ko`rashish dinda faollik belgisi sifatida ta’kidlanadi. Yomonlik qilmaslikning o’zi x,am shunday baholanadi. Yomonlikdan qaytarishga urinish ham aynan shunday baholanadi. Bir qarashda, bu — noto’g’ridsk. Biroq, har bir odam o’zini yomonlik, yovo`zlik qilishdan tiya olsa, qalban faollikka yuztutsa, yomonlik, yovo`zliklarning ildizi qurishi tayin-ku! Odamzod uchun esa bunday illatdan uni din qutqaradimi, ilmiy ateizmmi — buning farqi yo’q. Hamma gap so’nggi natijada. Bu esa bugungv kunda xudojo’ylarning boshqa davr-lardagi dindoshlaridan o’z qiziqishlari, real harakat shaklla-riga ko’ra farqlanishiga sabab bo’ladi.
Jumhuriyatimizning turli hududlarida o’tqazilgan ijtimoiy tadqiqotlar qishloq ahli o’rtasida xudojo’ylar xo’pchilikni tashkil etishini ko’rsatdi. Bu tabiiy, albatta. Quruq qoshiq og’iz yirtar,— deyishadi. Ateistik ko`rashning eng’ ho’pol holatlari aynan qishloqlarda olib borilganining mevasidir bu. Azaldan O’rta Osiyo shaharlari diniy ta’limotning kuchli tayanchi edi. Qishloqlardagi aholi ko’proq yarim xudojo’y holda yashaganligidan aholining bu qatlami orasidan murid ovlash shaharlik ulamo-xudojo’ylar uchun birmuncha yengil ko’chgan. Ilmiy ateizm ko`rashchilari uchun ham aynan kishloq kishilari ilk qurbon bo’lgani ayon. Umuman, jumhuriyatimizda mavjud to`zumdan eng ko’p o’zgarishga uchragan qatlam qishloq ahli hisoblanadi. Qishloq ahli asosan tabiat quchogida yashaganligi, tabiat bilan doimiy sirlashishi, uni o’zining boquvchisi sifatida e’zozlashi ularning islom hamda boshqa ta’limotlarga beparvoroq munosabatda bo’lishiga sabab bo’ladi. Tabiatni inson izmiga bo’ysundirish harakati qishloklarda juda sekinlik bilan yoyildi. Hamon bu harakat katta jamoa xo’jaliklarigagina xos bo’lib, yakka oilalar uchun xarakterli emas. Ko’pchilik qishloq ahli hamon qadimiy dehqonchilik an’analariga sodiq ravishda yashab kelmoqda. Biroq, keyingi yilllarda kuchaygan ateistik tashviqotlarning o’zi qishloq yoshlari orasida diniy ta’limotga bo’lgan qiziqishni kuchaytirdi. Bu esa tadqiqotlar natijasida to’plangan ma’lumotlardan dindor shaxsining xususiyatlari va uning dindorligi motivini Aniqlashga imkon beradi. To’g’ri, barcha diniy kayfiyatdagi kishilar tomonidan din va axloq orasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik borligi ta’kidlab o’tilgan. Din o’z muxlislarini yovo`zlik qilishdan qaytarish uchun yalangoch tashviqot yurgizmaydi. Uning asl maqsadi mayin so’zlar pardasida beriladi va tinglovchi kishi yuragida o’chmas iz qoldiradi. Buning evaziga xudojo’y o’z xulq-atvorida mo’minlik xosil qilish bilan javob buradi. Din o’z xizmatiga beqiyos iste’dodli shoirlarni chorlagan. Shunday shoirlarning o’tli misralari diniy ta’limotni xalq ongiga singdirib borgan. Mana, faylasuf shoir Xoja Ahmad Yassaviydan bir misol;
Zolim agar jafo qilsa, ollo degil, Ilking ochib, zore qilib, bo’yin so`ng’il. Haq dodingga yetmas bo’lsa gila qilgin, Haqdin eshitib bu so’zlarni aytdim mano.
Agar, bu so’zlarni bayon qilib berishni hamkasblardan, hamfikrlardan so’rasak, ular e’tiroz bildirib: "Nega odamlarni zulmga chidashga chorlamoqda? Nohaqlikka qarshi ko`rashmaslik nahotki sharaf bo’lsa?"—deb ulug’ shoirni ayblagan bo’lardilar. Bu shoirga mutlaqo noo’rin dakkidir. Nega?Yassaviy davri bilan bizning davrimiz o’rtasida sakqiz yuzyildan ortiq vaqt bor, orani butun bir tarixiy masofa ajratib turadi. Yassaviy o’z jamiyatining farzandi. Uning dunyoqarashini shakllantirgan muhit talablari va axloqiy, falsafiy, diniy tushunchalarni hisobga olmasdach uni tanqid qilishga bizning aslo haqqimiz yo’q. Yassaviy xudoga sig’inishga chaqirgan. Yassavny she’rida zolimga qarshi bosh ko’tarma, deyilgan emas. Balki zolimni yengishga da’vat qilingan. Afsuski, shu payttacha ateistlarimiz Yassaviy hikmatlarini noto’g’ri talqin etib, ushbu fikrlarni "zolimlarga bo’yin eg" qabilida tushunib kelganlar. Aksincha, shoir, biriichi ikki satrda "Zolim agar jafo qilsa, ollo degil. Munojotlar aytib undan madad va quvvat tila. Yolg’iz haqqa bo’yningni ham qil",— demoqchi. Bunday g’oyalar bilan ommannng diliga yo’l topgan diniy ta’limot o’ziga boqiylikni garov qilib olgan edi.
Tadkiqotchilar tomonidan so’rovlarda xudojo’ylarning aksariyati hayot ma’nosi haqida diniy motivlardan xoli, turmush tarziga aloqador moddiy, axloqiy yoki oilaviy doiralarga oid muloxazalarni bildirganlar. Bu, bir hisobda, tabiiy. Zero, tirikchilik, turmush tarzi eng avvalo moddiy mo’l-ko’lchilik va shunga aloqador muammalarni birinchi o’ringa chiqaradi. Biroq eng og’ir damlarda ham dilida ezgu niyatlar, g’oyalarni saqlagan kishi ruhan tushjunlikka tushmaydi. U o’zining go’zal va musaffo tilaqlarining bahridan kecha olmaydi. Bir burda non qaxat bo’lgan davrlarda ham xalqimiz dilidan mexr-muruvvat arimagan. Bu bevosita diniy ta’limot ta’siri, qolaversa, bizni o’rab to`rgan saxiy tabiatning kishilar ongida in’ikos topishi oqibatidir. Albatta, har bir alohida olingan inson xatti-harakatidan yetakchilik qiluvchi ma’lum bir motivni ajratib ko’rsatish mumkin.
Tabiiyki, din haqidagi shaxsiy tasavvurlar qanday manbalardan shakllanadi, degan savol tug’iladi. Sotsialogik tadqiqotlarda islom dini haqidagi shaxsiy tasavvurlar borasida so’ralgan 358 kishidan 22,3 foizi shaxslararo munosabat natijasida, 4,4 foizi ayrim diniy tadbirlar tufayli, 2,2 foizi muqaddas joylarni ziyorat qilish natijasida, 8,7 foizi din va ateizm munosabatalari haqidagi xabarlardan, 4,2 foizi badiiy adabiyot ta’sirida, 1,1 foizi kinofilm, teleko’rsatuv va radioeshittirishlardan 0,86 foizi chet el radioeshittirishlari ta’sirida shakllangan, deb ko’rsatdi.
Shunday qilib, bizning voqyeligimizda diniy aks etish obyektlari bo’la oladigan hodisalar bor. Gap shundaki, o’z vaqtida yechimini topa olmagan muammolar ham aks etish obyekti bo’la oladi.
Ayollar dindorligi alohida mufassal ijtimoiy-ruhiy tahlilni talab qiladi. Dastlabki qarashda islomning asllarga nisbatan kuchli ta’sirining birinchi sababi ularni ishlab chiqarish jarayoniga yetarlicha jalb etilmaganligi, deyish mumkin. Ammo buning ortida bir qator sabablar yotadi. Masalan, ishlab chiqarishga jalb etilmaganlarning ko’pchiligini ko’p bolali onalar tashkil etadi. Bolalar bog’chasi va yaslilari tarmog’ining kengaytirilishi bu muam-moni hal etitadi, chunki boshqa keskin muammo mavjud. Bu o’rinda jumhuriyat viloyatlari, ayniqsa, tibbiyot xizmati ham sifat, ham miqdor munosabatlarida anchagina qoloq bo’lgan qishloh joylarda hozir ham yuqori bo’lgan bolalar o’limini nazarda tutmoqdamiz.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish