Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


Mavzu: ETNOPSIXOLOGIYA VA DIN PSIXOLOGIYASIDA ETNIK TARBIYA(2 soat)



Download 7,46 Mb.
bet109/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

Mavzu: ETNOPSIXOLOGIYA VA DIN PSIXOLOGIYASIDA ETNIK TARBIYA(2 soat)
Reja:
1. Ta’lim tarbiya va milliy psixologiya.
2. Tarbiya insonlarning turli madaniyatlarida ijtimoiylashuvi oqibatida o`zgarishi.
3. Bolaning odobli, axloqli va mehnatsevar bo`lib usishlari uchun har bir oiladigi sharoit, oila boshliklarining namuna bo`lishlari haqida.
4. Shaxsning ma’naviy sohalarini shakllantirishning psixologik ahamiyati
Ta’lim tarbiya va milliy psixologiya. Har bir xalqning o’ziga xos milliy madaniyati, urf-odatlari, an’analari, tili va tarixi mavjud. Mana shu xususiyatlarga va tarixiy tajribalarga asoslangan holda har bir millatda milliy" ong, milliy qiyofa shakllanadi. Hatto har bir xalqning shakllanish sharoitini uning tarixiy nomidan aniqlay bilish mumknn. Shuning uchun, endilikda tariximizni, mnlliy madaniyatimizning xususiyatlarini, hislat va imkoniyatlarini, turmush tarzini to’gri yoritish lozim. Agar biz tariximizni qayta tiklasak, unga to’g’ri munosabatda bo’lib, obektiv holda o’rgansak uning o’zi kishilarni tarbiyalaydi. Ayni paytda ta’lim-tarbiyani joriy qilishda har bir xalqning etnik va milliy xususiyatlarini hisobga olish lozim. Afsuski, bizda qizil imperiya davrida tarixga, milliy madaniyatga noto’g’ri munosabat shakllandi. Bizning bugungi inqirozimizning asosida ham aynan shu narsa turadi. Agar milliylikning bu jihatlariga jiddiy e’tibor bermas ekan, odob-axloq va ta’lim-tarbiya haqida gapirilmasa ham bo’ladi.
Kishilarda hamon turg’unlik va qullik psixologiyasi saqlanib qolmokda. Ba’zi bir kishilar esa hozirga qadar tarix g’ldiragi hali orqaga qaytadi degan nuqtai nazarda "kuzatuvchilik" munosabatida bo’lishmoqda. Ayrimlar esa faqat tariximiz, milliy madaniyatimiz haqida va’zxonlik qilishdan nariga o’tishmagandi. Matbuot, radio va televideniye eshittirish va ko’rsatuvlarini ko’rib tahlil qilingannda shu narsa ma’lum bo’ladiki, bizda ko’pincha tarixni maqtash, mutafakkirlarimizning tarjimai xoli haqida umumiy fikr yuritishdan nariga o’tilmaydi. Bunday tarbiya usuli bilan biz yetuk, iqtidorli, madaniyatli shaxslarni tarbiyalay olmaymiz. Buning ustiga saboq usullari eskirgan, hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Maktablardagi dasturlarga nazar tashlasak, ular rus tilidan tarjima qilingan o’quv majmualari asosida o’qitilayapti. Hatto o’rta va oliy ta’lim haqidagi qonun ham avval rus tilida tuzilib, ksyin o’zbek tiliga tarjima qilinganligi, unda hyech qanday milliy ruh yo’qligidan dalolat berib turibdi. Bizning fikrimizcha milliy ruh bilan, o’zbsk xalqining an’analari, urf-odatlari, odob-axloq, koidalarini o’zida aks ettirgan dasturga asoslangan, o’quv majmualari, darsliklar, ko’rsatmali qurollar yaratilishi zarur. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida madaniy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlari milliylashtirilmas ekan, milliy taraqqiyot haqida gap ham bo’lishi mumkin emas.
Buning uchun o’tmishning boy tajribalariga tayanmoq lozim. Masalan, o’tmishda madrasalarda, xonaqolarda, maktablarda "Qur’on", Navoiyning "Hamsa" asari darslik sifatida uqitilgan. O’tmishda juda iqtidorli yetuk ma’naviyatga ega bo’lgan mashhur kishilar yetishib chiqqani bejiz emas. Bu bilan ta’lim-tarbiya o’tmishga va diniy bilimlargagina tayanishi kerak,— demoqchi emasmiz. Gap dunyoviy bilimlar bilan birgalikda diniy va boshqa bilimlarning ham o’rgatilishi haqida ketmoqda.
Hayotimizdagi mavjud muammolardan yana biri ijtimoiy munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlar natijasida shaxs shakl-lanadi, ya’ni u ijtimoiylashib boradi. Shuning uchun har bir davrda mavjud bo’lgan jamiyat o’z kishilarini tarbiyalaydi. Chunki, jamiyatda shaxslararo munosabat vujudga keladi. Shaxslararo munosabat mahalla, jamoa, choyxonalar, to’yxonalar va hokazalarda yuzaga keladi. Keyingi yillarda shaxslararo munosabatni qondiruvchi ko’p inshootlar buzib tashlangan, yangilari esa qurilmagan. Aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish ham xo’jako’rsinga olib borilyapti. Ijtimoiy xizmat ko’rsatishda juda ko’p kamchiliklar mavjud. Ulardan biri inson shaxsining xususiyatlarini, tilni, ai’analar, urf-odatlarni, milliy odob-axloq tamoyillarining hisobga olinmasligidir. Milliy mustaqillik vujuga kelgan sharoitda endi bu ahvolga chek qo’yilishi lozim. Ijtimoiy munosabatlarda ham milliylikning o’zyaga xos jihatlar» to’g’ri yoritilishi kerak. Lekin o`zoq yillar davomida sobiq Sovet davlatining siyosati tufayli mahalliy xalqlarnivg urf-odatlari, an’analari, madaniyati, odob-axloq qoidalari hisobga olinmadi. Natijada, jumhuriyatimiz xalqari dunyoviy bilimlarni o’zlashtirishda, o’z xalqkning tarixi va madaniyatidan bahramand bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’ldi Buning ustiga saboq usullari nomukammal darslar, birovlarning yo’llanmasi asosida o’qitilib kelindi. Shuning uchun yoshlarning umumiy odob-axloq madaniyati, dunyoqarashi, fikr doirasi juda tor va cheklangandir. Endi biz o’tmish saboqlaridan to’g’ri xulosa chiqargak holda bir tomoklamalikdan qutulish, yoshlarni yksak madaniyatli va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash uchun amaliy chora tadbirlarni ko’rishimiz lozim. Buning uchun, eng avva-lo.sharq xalqlariga mansub bo’lgan an’analarni, urf-odatlarni, madaniyatni va odob-ahlsnda asoslangan o’quv majmualarini yaratish zarur. Shu boisdan biz sharqona ta’lim-tarbiya to’grisida fikr yuritmoqchimiz. Chunki kishilarning ma’naviy tarbiyasi jamiyat bilan insonning o’zaro murakkab munosabatlariga tegishli bo’lib, ularning bir-biriga, jamiyatga, o’zlariga nisbatan mavjud talablari mohiyatini ifodalaydi.
Tarbiya har bir jamiyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda tarbiya psixologiyasi ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim jarayonida shaxs fazilatlari shakllaiishining psixologik qonu-niyatlarini o’rganadi.
Shu davrga qadar psixologiya fanida shaxs tushunchasi marks-cha-lenincha nazariyaga asoslangan holda o’rganilgan. Unga binoan, shaxs ijtimoiy munosabatlar max.sulidir. Lekin, bu fikr chuqur tahlilni talab etadi. Chunki shaxs faqat ijtimoiy munosabat-lar yigindisi bo’lmay, balki tabiiy imkoniyatlar egasi qamdir. Insoning ongli faol faoliyati, uning shaxs sifatida ruhiy xususiyatlari shakllanishining asosidir. Shaxs maxsus sifatga ega bo’lib, bu sifatni ikdividning tabiiy ijtimoiy munosa-batlari tariqasida faoliyat, muloqot va bilimdan oladi. Shakl-langan shaxs qarashlari va maslaqlarning axloqiy sifatlari maqsadning ongli belgilanishi, o’z faoliyatini boshqara olish sifati to’liq shakllanishi bilan xarakterlanadi. Bir-biri bilan o’zaro bogliq rusiy hodisalarning bo’linmas birligiii tashkil qiladi. Shaxsdagi barcha sifatlar o’zaro o`zviy bog’liq. Masalan, mulohazaning keskinligi, agar u yuqori axloqii prinsiplar to’g’rilik bilan masuliyatni his qilishga bog’liq bo’lsa, boshqacha mazmun kasb etadi. Agar u odamlar oldida o’zini ko’rsatish qollektivda joy egallash bilan bogliq bo’lsa, boshqacha mohiyatga ega bo’ladi. Shunday qilib, har qanday shaxs xususiyati o’zining shakllanish sharoitiga qarab, ya’ni u qaysi axloqiy munosabatda paydo bo’lganiga ko’ra va qanday maqsadga Sijtimoiy yoki individual) qaratilganligiga binoan har xil bo’lishi mumkin.
Atrof muhitga, odachlarga, o’ziga munosabatda, hayotda va ijtimoiy faoliyat natijasida shaxsning ma’naviy qiyofasi qaror topadi. Shuning uchun shaxsda ma’naviy jihatning shakl-lanishi tarbiya mazmunini tashkil qiladi.
Shaxs shakllanishining birinchi bosqichidan garmonik jihatdan yetilgunga qadar davr o`zoq davom etadigan murakkab va ko’l qirrali jarlyondir. Tarbiya psixologiyasi muttasil takomillashib boradi, o’zgarib turadi. Shaxsning ruhiy xususi-yatlari har xil bosqichda turlicha mamoyon bo’ladn. Faoliyat inson shaxs sifatida shakllanishining asosi hisoblanadi. Tarbiyaning ruhiy mexanizmini odam shaxsining rivojlanish manbainn va sharoitini tushunmasdan turib, o’rganib bo’lmaydi. Insonning ijtimoiy mavjudot sifatida paydo bo’lishi, ya’ni uning shaxs sifatida tarkib topishning asosiy sharoiti bevosita inson qatnashadigan ko’p qirrali faoliyat turlarining yig’indisidir. Faoliyatning rivojlanishsh uning murakkablashib borishi,shaxs ruhiyati rivojlanishini ta’minlaydi. Shuning. uchun tarbiyaviy vazifalarni shu qilishda asosiy e’tibor inson faoliyati va uning dinamikasi, ruhiy honuniyatlarini ochishga qaratilgan bo’lishi lozim. Tarbiyaviy ta’sir tizimini to`zishda inson faoliyatining rivojlanish pallasida uning murakkablashuvi, kengayishi shaxs shakllanishining negizi bo’lib xizmat qkladi-gam ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi.
Ruh psixologiyasi shaxs va faoliyat tushunchalarini ichki bogliqlikda o’rganadi. Inson faoliyati rivojlanishi uning har xil turlari va shakllarining vujudga kelishiga olib keladi. Bu turlar o’zaro birlashadilar va bir-biriga bo’ysunadilar. Shu yerda faoliyatga undovchi kuch-motivlar pillapoyasi xosil bo’ladi. Motivlarning bir qancha turlari mavjud: ular mazmun jihatd’an ixtiyoriyligi, anglanganlik darajasiga ko’ra birlam-chi va ikqilamchi, bevosita yoki bavositalarga ajratiladi. Faoliyat rivojlanishida vujudga keladigan bir butun o’zaro aloqadorlikdagi motivlar tnzimn shaxsning ruhiy tayanchi hisoblanadi.
Ma’lumki, ba’zida bir xkl motivlar xatti-harakatlarda har xil ko’rinishga ega bo’lishi, turli motivlar esa tashqi ko’rinishi bilan bnr xil bo’lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy faoliyatda shaharning o’z o’rtoklari oldida bilimli bo’lishga intilishi bilan o’z jamolariga foyda keltirish to`yg’usi bir narsa emas.
Shaxsni tarbiyalashda birinchi ruhiy talab va milliy xususiyatlar shaxslarda keraqli motivizasiyani hosil qilishdan iborat bo’lmog’i lozim. Har handay tarbiyaviy ta’sir, har qanday tashqi ta’sir o’tqazish kishilar ehtiyoji bilan mos kelgandagina samarali bo’ladi. Odamlar haqiqny faoliyatga kirishlari uchui mehnat yoki o’quv jarayonida ular oldiga qo’yilgan maqsad faqatgina tushunarli bo’libgina qolmasdan, balki qabul qilingan bo’lishi ham kerak, ya’ni u kishilar uchun muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
Bu yerda motivasiya va motivning paydo bo’lishi va shaklla-nishini tax,lil qilamiz. Motiv ehtiyojlarning bir ko’rinishidir. Ma’lumki, ehtiyojlar inson hayot faoliyatining maxsus dasturl hisoblanadi. Bu dzsto`rning asosida insonning zarurati stadi. Mazko`r zarurat qandaydir predmetga yokn- qan-daydir munosabatga qaratilgan bo’lishi mumkin. Har handay earurat qondirilmaguncha inson doimo faol harakat qiladi. Faollik faqat bitta faoliyatgagina emas, balki bir necha faoliyatga ham yo’naltirilgan bo’lyashi mumkin. Ehtiyojlar das-turi shu ehtiyojni qondirish uchun qanday faoliyat keraqligini belgilab beradi. Boshqa ehtiyojlar shaxsning yo’nalganligi va tashqi ta’siridan vujudga kepadn. Natijada ma’lum faoliyatga undovchn kuch-motiv paydo bo’ladi. Bu kuch shu faoliyatni amalg’a oshiradi va ehtisjni qondiradi, Yuqorida hayd qilingan mulohazzlardan ko’rinib turnbdiki, ehtiyejlarning paydo bo’lishi va uning qondirilishi shaxsning milliy va ruhiy xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. Uning qanday usulda qon-dirilishi shaxsda o’z faoliyatiga nisbatan turli munosabatlarni vujudga keltiradi.
Demak, har qanday faoliyatning o’ziga xos jihatlari mavjud bo’lib, ularni tashkil qiluvchi harakatlar, ularning motivla-riga nisbatan ahamiyatliroq bo’lib qoyaadi. Masalan, odam oldin faqat vujudga kelgan zarurat yuzasidan biron bir faoliyatga majburan kirishsa, keyinchalik, o’zi uchun zarur bo’lgan narsa-lariy his etadi, dunyoqarashiga mos keluvchi anglaganlik tufay-li boshsa motivlar paydo bo’ladi.
Yana bir misol. Bolalar diniy bilimlarni o’rganuvchi guruhga o’z ixtiyori bilan kirsalar ham keyinchalik ular o’zlari uchun zarur bo’lgan ma’naviy ozusani his qiladilar, ularda endi boshqalarga yaxshilik qilish zzgulikka intilish ehtiyoji paydo bo’ladi.
Har doim x,am anglanmaydigan intilishlar shaklida bo’ladigan motivlardan farqli o’laroq faolyyatning anglangan ko’rinishi vujudga keladi. Maqsadlar ularni ma’lum faollik sari yetak-laydi. Shuning uchun tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda maqsadning haraktsrini va ta’sir qnlish darajasini hisobga olish zarur. Bu qandaydir faoliyatda kishilarga munosabatdz bo’lish yo’lini ochadi. Har bir faoliyat bir nechta muayyan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Muayyan maqsadlar umumiy maqsaddan ajralib chiqqach, umumiy maqsad rolini motivlar bajaradi.
Faoliyatni boshqarishni tashkil qilish inson shaxsining shakllanishida maqsadga qaratilgan ta’sirdan iboratdir. Mustaqil hayetga qadam qo’ygan yoshlar endi ko’p qirrali faoliyatda ishtirok eta boshlaydilar. Ularning real hayoti va faoliyati ma’lum tizimlardan tashkil topadi. Bu tizimlar har bir yosh bosqichi uchun o’ziga xosdir. Har bir bosqichda yetakchi faoliyat mavjud bo’ladi. Har bir bosqichda yetakchi faoliyatning turli-tumanligi mazko`r bosqichda yoshlarning katgalarga nisbatan munosabatida, ma’lum faoliyatning ustuvorligida ko’rinadi. Yetakchi faoliyat maxsus belgilar bilan xarakterlanadi. Faoliyatning bu turidan yangidan-yangi shakllari rivojlanadi (masa-lan, o’qish, o’rganish— o’yindan boshlanadi), yetakchi faaliyatda ruhiy jarasnlarni hisman rivojlantiradk (masalan o’yindagi tasavvurlar, o’qish davomidagi mavhum tafakkurva boshqalar). Bu faoliyat yana shaxs rivojlanishining har bir bosqichlaridagi o’zgarishlarga bog’lnqdir (masalan, bogcha bolasi o’yin orqali odamlar xatti-harakatlarini, normalarinn va vazifalarini o’zlashtiradi).
Yetakchi faoliyat, shu bosqichda muhim ruhiy o’zgarishlarni ta’minlaydi. Shuning uchun boshlang’ich faoliyatni tashkil qilish odam shaxsiga tasir qilishning asosvy shart-sharoiti bo’lib xizmat qiladi. Har bir bosqichdaga yetakchi faoliyatni va ijtimoiy muhitni o’rganish ruhshunoslarga shaxslar tarbiyasi tizimining ruhiy asosini ishlab chiqish imkonini beradi. Masalan: Oila, oiladagi munosabatlar, oiladagi rusiy-psixo-logik iqlim har qanday yoshdagi kishiniig ish faoliyatiga, ijtimoiy burch va majburiyatlariga, ijodiy imkoniyatlarining o’sishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shaxs barkamol rivojlani-shida, birimchidan, oila yetakchi o’rin egallasa, ikkinchidan, tasavvurlar va ramziy funksiyalar rivojlanadi. Bundan tashqari, shaxs xatti-harakatidagi xususiyatlarning hamda odob-axloqning yetakchi faoliyatini ko’rsatish zarurdir. Odob-axloqni boshqarishda faqat yetakchi faoliyat muhim rol o’ynaydi, qol-ganlari muhim emas dsb qarash kerak omas. Mehnat qilish, ijtimoiy-tashkiliy, badiiy faoliyatlar kichiq yoshdagi o’quvchi-larda ham uchraydi. Lekin ularda hali mazko`r faoliyat turlari yetarli rivojlanmagan va tartiblashmagan bo’ladi. O’smirlik sshida bola albatta o’qish va mehnat, badiiy va ijtimoiy ishlar bklan shug’ullanishi zarur. Ko’p hirrali o’huv va o’qishdan tashqari vazifalarni tahsimlash, mehnat, sport, san’at bilan shug’ullanishning hammasi maxsus tashkil qnlinishn kerak. Ij-timony foydali faoliyat o’huvchilarning asosiy ruhiy ehtiyojlari bklan mos keladi. Yuqori sinf o’quvchilarida yetakchi faoliyat, o’suv faoliyatining maxsus shaklini tashkil qiladi. Bu davr uchun mos bo’lgan xususiyatlar — ularning o’z shaxsiy hayotlarini to`zish qobiliyati, amalga oshirish imkoniyatlarini izlash, axloq.iy idsallarni tanlash qabilardan. iborat. Bolalar psixikasi umumiy rivojlanishida o’ziga xos muayyan sonuniyat mavjud. Olimlar faoliyatning hamma turlarini ikki guruhga bo’lishadi. Birinchi guruhga afzalligiga ko’ra bolalar yaxshi o’zlashtirish motivlari va odamlar orasidagi munosabatlar kiradi. Bu guruh faoliyatlar mazmunining yaqqolligi bilan farq qiladi, ular doimo chuqurlashib boruvchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bolalar, asosan ehtiyoj motivasiya doirasida rivojlanadilar. Ikkinchi guruhga harakatning ijtimony ishlab chiqilgan usullari materiali va ma’naviy obyektlari biktan o’zlashtirish foliyatlari kmradi.
Har bir bosqichda yetakchi faoliyat mavjud. Masalan, maktab-gacha yoshdagi bolalarda boshqaruvchi faoliyat o’yin faoliyati, lekin ularda mehnat, o’qish faoliyatlari ham uchraydi. Shuning bilan birga, o’yin faoliyati maktab bolalarida ham uchraydi, lekin u ham endi yetakchi bo’la olmaydn. Shaxsni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ta’lim-tarbiyani joriy etishda yetakchi faoliyatni aniqlash, uni tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir. Tarbiyaning bosh maqsadi, turli usullardan obyektiv va ilmiy foydalanish asosida ijtimoiy munosabatlarni yangi, yuqoriroq darajaga ko’tarishdan iborat. Jamoa inson shaxsi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib, g’oyaviy, siyosiy, axloqiy. ijtimoiy, ma’naviy eststik tarbiya jihatlari takomillashuviga xizmat qiladi. Qisqasi, odob-axloqni takomillashtirishda va uni boshsarishda stakchi faoliyatni aniqlash va undan foydalanish maqsadining ahamiyati nihoyatda beqiyosdir.
Psixologik nuqtai nazardan jamoa — ijtimoiy organizm bo’lib, unda shaxsning ijtimoiy aloqalari shakllanadi, uning to’la rivojlanishi ta’minlanadi. Har qanday jamoa o’zining ijtimoiy muhit sifatidagi belgilari bilan birgalikda kishi-lar jamoalari bilan emas, balki shakllanastgan shaxslar bilan birga mavjuddir. Mana shuning o’zi uning tarbiyaviy vazifasini belgilaydi.
Jamoaning xarakterli xususiyati shundaki, ma’lum bir maqsadga yo’nalgan jamoa turli yoshdagi odamlarni, o’sib kela-yotgan avlodni birlashtirgani uchun ham u tarbiyalashning muhim
quroli bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, u tarbiyaviy funksi-yasini o’z a’zolariga qaratadi.
Jamoani tashkil qilishda, kishilarning muloqotga bo’lgan ehtiyoji, ular oldiga qo’ygan vazifalarning mos kelishi juda muhimdir. Ijtimoiy muhim topshiriqlarni bajarish davomida, mazko`r topshiriqlarga knshilarning faol qatnashishi natija-sida muloqotning har xil' turlari rig’ojlanadi. Buning nati-jasida odam shaxsi rivojlanishi uchun muhim bo’lgan shart-sha-roit vujudga keladi.
Moddiy-ma’naviy, madanni boyliklarni yaratuvchi va saqlovchi muhim amaliy masalalarni xal qiluvchi jamoalar boshqa qar qanday jamoalar bilan munosabatda bo’ladilar. Lekik jamiyat-ning muhim vazifalaridan biri — o’sib kelayotgan yosh avlodni kslajak ishlab chiqaruvchi kuchlari sifatida tarkib toptirishdan iboratdir. Ayni paytda yoshlar jamoasida g’oyaviy-siyosiy, milliy qisfani ta’minlovchi shart-sharoit yaratilishi kerak. Chunki bolalar jamoasnning sotsial-psixologik o’ziga xosliklari vu-judga keladi. Shuning uchun ham jamiyat kishisnni tarbiyalashdl bolalar jamoasi muhim rol o’ynaydi.
Jamiyatda hamda jamoada odam faqat shaxs Sifatida shykl-lanib qolmasdan, balki rivojkchanadi, odamning hamma munosa-batlari sifat jihatdan o’zgaradi. Shuning uchun uning mohiyatini to’g’ri anglash tarbiyaning muhim vazifalaridan bi-ridir. Odam o’zi yashaydigan jamoada, axloqiy jpxdtdan tarbi-yalanadi, u avlodlar yihqan tajrsbalarni o’zlashtiradi,
Har bir bosqichda jamoaning rivojlanishi faoliyatning aiik turi bilan bog’liq bo’ladi. Yaxshi rivojlangan bolalar jamoasi uchun xarakterli xususiyatlar shundan iboratki, unda maqsad, umumiy motivlar bir xadda bo’lib, faoliyat birgalikda olib boriladi. Jamiyat manfaati uchun ishlash, umumiy natija uchun g’amxo’rlik qilish, faoliyatni aniq tashkil qilish va umumiy aloqa ularda barqarordir. Bundan tashqari, uning a’zolarining yuqori darajadagi mustaqilligi, jamoatchilik munosabatining kengligi .alohida ajralib turadi. Rivojlangan jamoa uchun tipik xususiyat shuki, unda shaxs muloqoti sistemasining avj olishi, faoliyat vositasi emas, balki faoliyat maqsadi sifatida yuzaga keladi. bunday jamoaning shakllanishi o`zoq davom etadigav jarasn bo’lib, uning faoliyat xarakteri snfat o’zgarishlariga va shaxslarning o’zaro munosabatiga asoslang’an bo’ledi.
Odamlar o’rtasidagi munosabatlar pedagogik tomondan tashkil qilinib, unda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning jamoa fao-liyatidagi o’rni blinalanadi, jamoa a’zolariga ijtimoiy top shiriqlar beriladi. Ilk bolalik davrida, o’quvchilarda o’rtokkla-riga nksbatan ma’lum pozisiyada turish ehtiyoji vujudga keladi.
Shunga mos ravishda bolalar jamoasida tarb gch vositasi va sharoit paydo bo’la boradi. O’smirlar jamoasi uchun xarakterli xususiyat shuki, u o’zi bajaruvchi, o’zi faoliyat ko’rsatuvchi jamoa bo’lib, ulardagi o’zaro munosabat yaxshi rivojlanadi. Chunki bu davrga kelib bolaning ijtimoiy pozisiyasi sifat jikatidan o’zgaradi, boshqa odamlar bilan munosabati to’liq shakllanadi, unda o’z xatti-harakatlarini har xil sharoitlarda boshqara olish imkoniyati vujudga keladi.
Odamlar jamoaslning rivojlanish darajasi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatning namoyon bo’lish darajasi va. xarakteri bilan bslgklanadi. Tarbiyaviy ishlarni tug’ri tashkil qilish natijasida shaxslar uchun har xil tashkilotlar faqat ma’lumot bsruvchi guruhlar bo’lib qolishi mumkin. Zero, hamma guruklarda ham bola kattalar bilan ski tsngdoshlar bilan muayyan munoslbatlarga kirishadi, unda ma’lum pozisiyani egal-laydi. Bo`larning hammasi uning shaxs sifatida shakllanishida katta rol o’ynaydi.
Yoshlar jamoasini o’quvchilar hayot faoliyatining asosiy mar-qazi deb qarasak, jamoaning o’zi faoliyat yaratupchi xarakterini oladi. Ikkinchidan, faoliyatni tashkil qilish jamaoaniig har bir a’zosini ijodiy teng huquqliligini ta’minlaydi. Bu ta’minlanish jamoa azosida shaxsiy pozisiyaning rivojlani-shini belgnlaydi. Uchinchidan, birgalpkdagi faoliyat tufayli sshlarning har biri o’z faoliyatida umumiy natijaga ernshishga harakat qiladi. Yoshlar jamoasini tarbiyalash imkoniyatlari quyidagilarda o’z ifodasini topadi: birinchidan, bola faoliyati mazmuni; ikkinchidan, bu jamoada faoliyat subyekti bo’lgan bolalar miqdori; uchinchidan, faoliyatda tarkib topadigan munosabatlar sistsmasi. Jamoa a’zolari o’rtasida iliq munosa-batni keltirib chiquruvchi g’amxo’rlik juda muhim ahamiyatga ega.
Jamoa tarbiyaniig obyektigana emas, balki subyekti hamdir. Har bir odam shu jamoaning a’zosi sifatida jamoa faoliyati maqsadini tanlashda, uni ishlatishda, jamoa fikrini vujudga ksltirishda qatnashishi zarur. Jamoaning shaxsga tarbiyaviy ta’siri odamni ma’lum narsaga bo’ysunishga majbur qilmasligi lozim. Shaxslarning ijodiy faolligini har tomonlama oshirish, ularniig yustaqilligini ta’minlash shart. Zero, odamning axloqiy xususiyatini, irodavny sifatini shakllantirishda bu-ning aqamiyati cheksyazdir.
Jamoaning muayyan faoliyatiga bo’lgan iuham munosabatlari-dan biri — ijtimoiy ishga ijodiy sndashishdir. Jamoada mav-jud bo’lgan guruhlarning o’zaro munosabatida shaxsning indivi-dual xususiyatlari shakllanadi. Shaxs xususiyatlari tadqiqotchi tomonidan o’rganilar ekan, uning qanday oilada o’sganligi ham ma’lum ahamiyatga ega.
Oilaviy jihatdan og’ir sharoitdagi bolalar bilan tarbiyachi juda ehtiyotkorlik va sszgirlik bilan ish olib borishi ksrak. Aks holda bola yomon yo’lga kirib ketishi mumkin.
Jumhuriyatimizda o`zoq yillar davomida fuqarolarning ij-timoiy, sissiy, ma’naviy muammolari to’g’ri hal qilinmadi. Hatto maktablarda plan tariqasida "GPTU", "SPTU" va boshqa bilim yurtlari uchun yomon xulqli> bilimi past bolalarni berish talab qilindi. Natijada yomon xulqi o’quvchilar bir joyga to’planib, ulardagi bu xususiyat yanada avj olishiga asos yara-tildi. Hozir biz o’sha kunning jabrini tortmoqdamiz.
Bugungi kunda eng asosii masalalardan biri — yeshlarning sissiy ongini oshirish, ma’naviy dunssini, madaniyatini yo`q-saltirishdir. Yoshlar ma’naviy yetuk, madaniyatli, e’tiqodli, tafakko`ri yuqori shakllangan bo’lsa, ular tezroq o’zligini anglaydilar va ijtimoiy faol kishilarga aylanadilar. Buning uchun ta’lim-tarbiyada milliy o’quv dasturlari va darsliklar yaratilmog’i, ulardagi qoidalar insonning yosh xususiyatlarini va milliy jihatlarini to’liq aks ettirmogi lozim.
Shaxs tafakko`ri nutq bilan birga rivojlanishi hyech kimga sir emas. Shuning uchun ularning nutqiga katta e’tibor berish zarur. Har bir shaxsning nutqidagi individuallik uning maz-mundorligida, gapirish sur’atining tezligi va sekinligida ko’rinadi. Buni aniqlash islom dunyosida qadimda "Qur’on" suralariki qiroat bilan o’qish orqali yoki masjidlarda yig’ilib g’azalxonlik qilish orqali ado etilgan. Bu ham madaniyatning rivojlannshida muhim rol o’ynagan.
Shaxsning aqliy o’sishini ko`zatib borar ekanmiz, unda maxsus qobiliyat mavjudligini payqab olish mumkin. Shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratib berish lozim. Kishi shaxsining shayo`qlanishida uning g’oyaviy maslagini hisobga olish, qiziqish, his-to`yg’u, ideallariga hurmat badan qarash nihoyatda muhimdir.
Tarbiyachi shaxsdagi nuxsonlarning sabablarini aniqlashi va uning turmush qiziqishlarini sezishi ayni muddaodir. Ba’zi bolalarda yoshligidanoq ma’lum bir qiziqnshlar paydo. bo’ladi. Lekin bu qiziqish ykllar o’tishi bilan mustahkamlanib shaxs-ning ijtimoiy hayotidan o’rin olmog’i kerak. Shaxsning qiziqish-larini, asosan ularning ijtimoiy qnziqishlarini onlish muhimdir. Har bir imdividning ijtimoiy faoliyatda qanday qatnashayotganligi, unga bu ishlar qanday ta’sir etayotganligi, uning yaqin o’rtoslari kimlar ekanligini bilish alohida ahamiyatga ega. Moxir tadqiqotchi shaxsni yaxshi tushunadi, uning ijobiy xususiyatlarini qo’llab quvvatlaydi, illatlarini to`za-tadi.
Shaxsning individualligi uning o’qishdan tashsaridagi fao-liyatlari (kitobxonlik, tabiatga, dinga va boshqalar) da aniq ko’rinadi.
Shaxs balog’at yoshida ko’tarinki ruhdagi hissiyotga ega bo’ladi. Shuning uchun shaxsni tarkib toptirishda ularning o’z hissiy olamnnn idora qilish ko’nikmasini tarbiyalash juda muhimdir. O’quvchining axloqiy hislatlarini, avvalo, unnng mehnztse-varligi, to’g’riso’zligi, sof vijdonliligi, o’rtoqlik, ezgulik hissiga ega bo’lishini aniqlash zarur. Axloqiy illatlarga ega bo’lgan o’quvchilardagi kachchiliklar — ho’pollik, o’quv mash-g’ulotlariga e’tiborsizlik bilan qarash, yolgonchadik, xudbinlik, kaysarlik, o’jarlik qabilarni tarbiya orqali to`zatmoq joiz. Tarbiyachi odob-axloq qoidalariga asoslangan holda bunday bolalarni ota-bobolarimiz e’zozlab kslgan, pand-nasihatlar orqali bartaraf etishi mumkin.
Ma’lumki har bir shaxsning xulq-atvori,°qiziqish, hobili-yati, bilimi, xarakteri turlicha bo’ladi. Shuning uchun ularga individual munosabatda bo’lish talab etiladi. Individual munosabat shaxslarga ta’sir etish yo’lining dastlabki bosqichn-dir. Shuning uchun shaxs tarbiyasida uning etnik, milliy, ijtimoiy va genetik jihatdan belgilangan xususiyatlarini hisobga olish shart.
Kishilar faqatgina salbiy xususiyatlarga ega bo’lgandagina ular bilan ishlash kerak deb o’ylash noo’rin. Bizning jamiya-timizda shu paytga qadar shaxsga munosabat an’anaviy ravishda, ma’muriy-buyrusbozlik sistemasida olib borilgan. Bu holat o`zoq yillar davom etib shaxsni tarbiyalashda o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Natijada sovet jamiyagida shakllangan shaxslarning ko’pchiligida ma’naviy qashshohlik, ruhiy ojizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik holati vujudga keldi, 70 yillik umumiy talablarning birligi, fikrlashni chegaralash va ma’lum bir qolip asosida ish yuritishning natijasida o’rtacha xulqli aralashma temperamentga (mizojgz) ega bo’lgan kishilar shakl-landi.
Ko’pincha o’rtacha xulqa ega bo’lgan knshilar bilan individual muyaosabatda bo’lish zarurati sezilmaydi. Lekin shuni unutmas lik kerakki, o’rtacha xulqli knshilardan ham yaxshi va yomon kishilar kelib chiqishi mumkin.
Tarbiyachi har bir kishi bilan to’g’ri munosabatda bo’lishi uchun quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: har bir kishimimg o’ziga xos xususiyatini yaxshi bilish; o’huvchnlarga ta’lim-tarbiyada ta’sir etish yo’llari va metodlarini yaxshi tanlay bnlish; ularni tatbiq etishda o’quvchilarning individual xususiyatlari-ni hisobga olish.
Mazko`r tarbiyaviy ta’sir shaxsda qanday oqibatlarni kelti-rib chiqarishmni oldindan bilish.
Tarbiyachi shaxsni mukammal indnvidual o’rganish uchun indi-vidual psixologik qarta to`znshi va uni ma’lum vaqtlarda (yidda, oyda, xaftada) to’ldirib turishi talab etiladi. Mazko`r psixologik qartada quyidagilar hisobga olinadi: bolaning mnllati, oilasi, jismoniy rivojlanishi, sog’lig’i, temperamsnti va xarakterining xususiyatlari, psixnk jarayonlar — diqqat, idrok, xotira, tafakko`r. emokiyasining rivojlanishi, bilim qobiliyatining rivojlanishi, o’z-o’zini baholashi, hiziqnshi, dinga z’tiqodi, xatti-harakatlarning xususiyatlari, o’rtoslariga munosabati, o’qishga munosabati va boshqa xususiyatlari.
Bo`larni aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalamish mumkin: har xil mavzularda davra suhbatlari uyushtirish, bolalarning qiziqish motivlarini o’rganish anketalarini to`zish, o’z-o’zini baxrlash matrisalari, savollar va toppshriqlarni to`zdirish. Shu bilan birga, ushbu natijalarga asoslangan holda xalqimizning turmush darajasi, ma’naviy dunyosi, madaniyati, e’tiqod darajasi, diniy psixologiyasi, odob-axloqi ham tahlil qilib boriladi.
Shu paytga hadar respublikamizda tarbiyaniig psixoloshk maxanizmi, uning asosiy yo`nalishi, inson yoshining davrlariga harab belgilanishi haqida to’g’ri ilmiy tadqiqotga asoslangan kitoblar chop etilganicha yo’q.
Shu sababli hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda, ta’lim-tarbiyani joriy qilish, uning psixolr"ik mexanizmini ochish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, odob-axloqning mazmunini, uning vujudga kelishiiing ijtimoiy psixologik sabzblarini, shaxsning ijtimoiklashuvi natijasida yuzaga keya-gan sotsial-psixologik xossalaridan tushunmoq mumkin xolos. Bu xossalar esa ma’lum vaziyatda yuzaga keluvchi munosabatlar-dagina ifodalanadn. Shaxsning axloqiy hislatlari, avvalo, tarbiya sharoitida atrof muhitga moslashishda, ehtiyoj struktu-rasi shaklining o’zgarishida, individ tomonidan o’z o’rnini kayotda to’g’ri tushunilishida va ijro etilishida namoyon bo’ladn.
Biz maeko`r mo’jaz risolamizda tarbnya psixologiyasining mexanizmini baholi hudrat ochib berishga harakat qiddik. Bunda bevosnta tarbiya jarayoii bilak bogliq bo’lgan inson sshining davrlari va shaxsning har bir yoshga xos bo’lgan individual xususiyatlarini alohida-alohida ko’rib chiqdik. Shu bilan birga ta’lim jarayonida islom dinining axloq qoidalari, Qur’oni Karim va Muhammad payg’ambarimiz hadislarining, keksacharning o’git-nasihatlarining va sharq odob-axloqining ahamiyatini ochib berishga intiddik. Albatta, bizning ushbu tadqiqotnmiz, o’tmish qadriyatlarimizga, sharqona ta’lim va tarbiyaning kuchli ta’sir qudratiga yangacha lazar bilan qarashga intilgan dastlabki tadqiqotlar sirasiga kiradi. Shu bois undagi barcha fikr mulohazalarda tugallanganlik, mutlaqlik mavjuddir deya da’vo qilish fikridan yiroqmiz. Unga baho bermsh kktobxonlarga havola, bizning niyatimiz inson shaxsi shakllanishida xalqimiz-ning azaliy merosidan foydalanshp nechog’li maqsadga muvofiq ekaqligini yana bir qarra e’tirof etmoqdan iboratdir.
Shaxsning ma’naviy sohalarini shakllantirishning psixologik ahamiyati. «…. Bundan buyo`q ham ota-bobolarimizdan q`olgan ekan, millatimizning kon-koniga singib ketgan, bugungi kun talablariga javob beradigan ezgu an’analarga sodik bo`lsak, Ollox Taoloning o`zi bizga inom etgan milliy o`zligimizni qaytadan tiklasak, bu bilan doim gururlanib, ayni vaqtda shu e`tiqodimizga mas’ul bo`lib yashasak, Inshoollox, hech qachon kam bo`lmaymiz». I. A. Karimov.
Insoning aql-zakovati, tili-tafakko`ri va qo`l mehnati hamda boshqa faoliyatlardan uning ijtimoiy xayet tarzi kelib chiqadi. Ijtimoiy xayet tarzi - jamiyatimizning har bir a’zosining ijtimoiy sifatlari va ruhiyati holatiga bog`liq bo`ladi.
Jamiyat a’zolarini sifat va ruhiy holatining darajasi, ya’ni ularning ma’naviyati va iymoni (ta’sir qilish) - shu jamiyatda tarixiy tarkib topgan va kun sayin rivojlanib boruvchi ijtimoiy va ruhiy muhitlarning holati bilan belgilanadi.
Inson ma’naviyati o`zi yashab to`rgan jamiyatni ijtimoiy va ruhiy muhitiga bog`liq. Ma’naviyat bu – kishining egallagan bilimlari, uning xayetida sinovlardan o`tib, ruhiga singib, butun xayet tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlaridir.
Jamiyat a’zolari ma’naviyatining darajasi va ruhiy holatlarining ta’sir doirasi uning shu jamiyatda tutgan o`rni, ya’ni uning mansabi, mavkeiga qarab belgilanadi. Masalan: Oila boshlig`ining ma’naviyati yuqori yeki past bo`lsa, uning ijobiy yeki salbiy ta’siri faqat shu oila a’zolariga ta’sir etishi mumkin. Raxbarlaning insoniy sifatlari o`z faoliyati bilan tarkib opgan ijtimoiy va ruhiy muhitlar orqali shu xududlardagi butun axolining insoniy sifatlariga ta’sir ko`rsatadi.
Mustaqil O`zbekiston taraqqiyetida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish - avvalo mustaqillikni mustahkamlash, soglom avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetqazish asosida tashkil etilgan. Respublikamizdagi 80 dan ortiq milliy-madaniy markazlar faoliyati mamlakatimizda yashaydigan xalqlarning millatidan kat’iy nazar, o`zini erkin teng xukukli deb his qilish imkonini beradigan o`zaro axil munosabatlar urnatishga qaratilgan. O`zbekistonda ko`p millatli (koreys, qozoq, rus, tojik, tatar, va xk.…)madaniy-ma’naviy markazlarning tashkil etilishi ko`p millatli jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy xayetida katta rol uynamokda. Yurtimizda milliy ayirmachilikning har qanday ko`rinishiga murosasizlik bilan qarshi ko`rashib kelinmokda.
Xalqimizning o`ziga xos xususiyatlari va uning yksak axloqiy fazilatlari umuminsoniy qadriyatlar o`zagini tashkil etadi. Ozodlik, tinchlik, insonparvarlik kabi umumbashariy qadriyatlar uning ajralmas omillaridir. Davlatimiz, uzoq yil davomida qadriyat degan tushuncha na o’quv jarayenida, na ilmiy tadqiqotlarda, chuko`r o`rganilmaganligini nazarda to`tib, bugun ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy yo`nalishlardagi qadriyatlarni e’zozlash, ularni xayetga tatbik etish orqali yoshlarimizning bilim, kunikma, malakalarini rivojlantirish muhimdir.
Bo`lajak O`qituvchilar o’quv faoliyati (amaliyot, o’quv jarayoni) davomida quyidagilarni amalga oshirmogi maqsadga muvofiqdir:
1) O`qituvchi insoniyatning bugungi avlodi uchinchi ming yillikda xalqlarning mustaqillik, demokratiya, erkinlik, tinchlik, barqarorlik kabi umuminsoniy qadriyatlar ustivor bo`lgan jamiyat ko`rish uchun jaxon ahamiyatiga molik Mehmonlariga asoslanadigan turmush tarzini yuzaga keltirish extiyej kuchayishini o`z o’quvchilariga, tarbiyalanuvchilariga tushuntirishlari lozim.
2) Hozirgi davrda kechayetgan jarayenlar kishilarning qadriyatlarga bo`lgan munosabati, ishonchini o`zgartirmokda. Ular bilan bog`liq extiyejlar, talablar, qiziqishlarning ham o`zgarib borishiga sabab bo`lmokda. Bunday sharoitda fanlarni ukitishda umuminsoniy qadriyatlarga sadokatli bo`lishini amaliy jihatdan o’quvchilarga yetqazish asosiy vazifalardan biriga aylanishi zarur.
3) umuminsoniy qadriyatlarga oid mavzularni targibot qilishda yurtimiz sivilizasiyasi tarrakiyeti va madaniyati rivojining asosiy davrlari, yutuklariga «Avesto», «Ko`r’on», Xadislar kabi iloxiy qadriyatlarning muxtasar tizimlari bayen etilgan manbalarga, Al Xo`razmiy, Al Farobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Al Buxo`riy, At Termiziy, Yassaviy va Nakshbandiy, Jomiy, Ulugbek, Navoiy, Bobur va Mashrablarning buyo`q meroslariga aoslanmok lozim. Bo`lar O`zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishida eng asosiy tarixiy manbalar bo`lishi shubhasiz.
Respublikamiz mustaqillik yo`lidan borayetganligi, unda istiklolga asoslangan ajdodlarimiz an’analariga, sivilizasiyamiz yutuklariga tayangan yangi qadriyatlar tizimini shakllantirish imkonini yaratmokda. Shu urinda ta’kidlash kerakki, istiklolgacha milliy, umuminsoniy qadriyatlar cheklangan va qoloqlikda kamsitilar edi. Ularni umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko`tarishni, rivojlantirishni kun tartibiga kiritilmagan edi. Aslida esa umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlarning o`zviy bo`lagi sifatida usib, rivojlanib chiqqandir. Shunday ekan, umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishi, shu qadriyatdan boshqa xalqlarning ham birday baxramand bo`lishga imkoniyat yaratdi. Chunki o`zbek xalqining aksari milliy qadriyatlarni axloqiy, xukukiy va ruhiy sifatlari bilan ayni chogda umuminsoniy qadriyatlar ham bo`lib hisoblanadi.
Insonning ijodiy kuch va qobiliyatlari, imkoniyatlari kamol topishiga va qadr-qimmatini, shaxsiy daxlsizligini, erkin yashashini, moddiy va ma’naviy extiyejlarini qondirish, baxt-saodatga erishishi, yeshi va jinsi, irqi va millati, tili va dinidan kat’iy nazar, bir-birlarini hurmat qilish, o`zgalarning takdiriga befarq qaramaslik, insoniyatning baxt-saodati yo`lida tinmay mehnat qilish, Vatan uchun, xalq uchun o`zini ko`rbon qilishga tayer bo`lishi qabilar umuminsoniy qadriyatlarning mazmunini ifoda qiladi.
Umuminsoniy qadriyatlarga sadokatli bo`lishning muhim tamoyillaridan biri - adolatdir. Xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodikligi uning adolatliligi va adolatparvarligidir. Chunki « xalqimiz adolat, tinchlik, axil qo`shnichilikning noziq ko`rtaqlarini asrlar osha avaylab asrab kelmokda. O`zbekiston yangilanishining oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bagishlash, zamonamizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol topishiga erishish uchun zarur shart- sharoitni yaratishdir». (I.Karimov. «Istiklol va ma’naviyat». 6-bet)
Adolatparvarlik g’oyasini iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy yo`nalishlarda keng urin olishi uchun har bir fuqaro sidkidildan xizmat qilishi kerak. O`zbekistonda yashovchi har bir fuqaro jinsi, irqi, va boshqalardan kat’iy nazar, adolat tamoyiliga asoslangan xolda umuminsoniy qadriyatlarga bo`lgan sadokati mustaqil O`zbekistonning istiklolini mustahkamlashdagi faoliyati bilan namoyen bo`ladi.
Bo`larning hammasi yoshlarda shaxsning ma’naviy sohalarini shakllantirishning Hozirgi zamon talabidir.
Xalqimizning madaniy merosini o`rganish, ya’ni uymakorlik, zargarlik, nakshchilik san’ati, qo`lolchilik, qabilar, paxtachilik, kora qo`l yetishtirish qabilarni o`rganish yoshlarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Chunki zaxmatkash xalqimiz bunday mehnat va san’at asarlarini yaratishda qanchadan-qancha irodaviy zur berganlari, mashakkatlar chekkani hech kimga sir emas. Shaxsning tarkib topishida axloq, o`ziga xos ong alohida ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy hislatlarni shakllantirish jarayeni yoshlarda ishonch, aqida nuktai nazarining qarama-qarshiliklariga duch keladi. Yoshlar shaxsinii tarkib topishida uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga mantikiy hisobga olish lozim. Chunki yoshlarda, ayniqsa usmirlarda muayyan narsalarga munosabat shakllangan bo`ladi. Ijtimoiy turmushni Kuzatish, undagi inson uchun zarur kunikmalarni egallash kattalar xulq-atvorini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
O`zbekiston o`ziga xos turli milliy urf-odat, an’anaga boy ulkan mamlakat. Mustaqillik tufayli amalga oishirilgan eng buyo`q tarixiy ishlardan biri – xalqimizning ma’naviy merosining tiklanishi. «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanok ajdodlarimiz g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosiy tiklash davlat siyosati darajasiga – ko`tarilgan muhim vazifa bo`lib qoldi» - dab ta’kidladi Prezidentimiz I.A.Karimov.
Milliy qadriyatlar, urf-odatlarning tiklanishi:
1) qadimiy tariximizni haqiqiy, chuko`r va har tomonlama o`rganish, tarixiy mavzudagi asarlarning chop etilishi xalqimiz tarixini tiklashda muhim ahamiyatga ega;
2) xalq odatlari, meroslari va bayramlarining (navro`z, ramazon, mustaqillik, Xayit, Ko`rbon xayiti) tiklanishi va yangi bayramlarimizning Mustaqillik kuni, murabbiylar kunining joriy etilishi xalq ma’naviy xayetiga yangi ruh va mazmun bagishladi;
3) diniy qadriyatlarimizning tiklanishi, eski masjid va madrasalarning tiklanishi, ta’mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyetlarning nashr ettirilishi Respublikamizda vijdon erkinligini ta’minlamokda;
4) dune taraqqiyetiga katta hissa kushsak ajdodlarimizni buyo`q mutaffakirlar, davlat arboblari ma’naviy merosidan xalqimiz faxr bilan foydalana boshladi.
5) olamshumul tarixiy me’morchilik inshootlarining keng qo`lamda ta’mirlanishini (Buxo`ro, Samarkand, Xiva … ) va qadimiy shaharlarning 2500 yilligini nishonlash Vatanimizda tashrif buyo`rgan ajnabiyllarda xavas hissini uygotmokda.
6) o`zbek tilining Davlat tili darajasiga ko`tarilishi dilni kuvontiradi. O`z navbatida jaxon tillarini o`rganish extiyeji bizni olamga «yuztutushimiz»ga jaxon hamjamiyatiga qo`shilishimizga, umuminsoniy qadriyatlarni yanada kengrok o`zlashtirishimizga yerdam bermokda;
7) xalq ijodi, milliy amaliy san’atimizning jonlanishi, Vatanimizni va xo`rijliklarni lol qoldirmokda. Xalq ijodi bo`yicha Respublika va xalqaro anjumanlarning o`tqazilishi, ajdodlarimiz merosi, milliy axloqiy madaniyat durdonalari yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo`lib qolmokda.
Xullas, madaniy merosimizni o`rganish, xalq an’analarini tiklash O`zbekistonda Davlat siyesati darajasida ko`tarilgan muhim vazifaga aylandi.
Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan urf-odatdarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchidir. Ajdodlarimiz an’analari barxayet bo`lishi uchun uni yoshlarimiz ongiga barqarorlashtirish lozim, aks xolda, yoshlarimiz ongidan ajdodlar an’analarining qadrlanmay quyilishi avlodlar o`rtasida ma’naviy o`zilishni vujudga keltiradi.
Oilaviy maroosimlar ham o`zbek xalqining asosiy tarkibiy q`ismini tashkil qiladi. Ularning aksariyati bolalar xayetidagi muhim voqealarga bagishlanganli uchun ham yoshlarning ma’naviy kamol topishida muhim rol uynaydi.
Ma’lumki, o`zbek xalqi to`yparast xalq. U to`y qilaman, elning duosini olaman, boshqalarning ham kuvonchimga sherik qilaman degan maqsadda yashaydi. Xalqimizda azaldan «Ism qo`yish», «beshik to`yi», «sunnat to`yi», «muchal to`yi» an’analari mavjud, keyingi vaqtlarda «akika» marosimlari tiklandi yoki kirib keldi. 21 oktyabr - til bayramiga aylandi. 1 sentyabr -Mustaqillik kuni, 21 mart - Navro`z bayrami qabilar joriy qilindi. Ko`zgi kun va tun tengligi qayd qilinadigan «mexrjon», yezgi «chilla boshi» nishonlanadigan yezning eng uzoq kuni va kiska tuni, kishning eng kiska kuni va o`zun tuni qabilarni ham tiklashni o`ylab ko`rsa bo`ladi.
Turli mintakalardagi gul bayramlari, tut sayllari, birinchi kor bayramlarini a’zamiy ma’naviyatimizning javoxirlari sifatida saqlash kerak. Chunki bu kabi bayramlarda xalq dardi, orzu-istaqlari, tajribalari, ma’naviyati, urf-odatlari avloddan avlodga qadriyat sifatida o`tib keladi.
Shark uygonishi davri mutaffakirlari tomonidan alohida ta’rifu tavsir berilgan: ma’naviyatli kishilar «ma’ni ahli», ularning aksi bo`lgan toifa esa «surat ahli» deya ta’riflangan. Birinchi guruhga ruhiy olamni, ma’naviy dunesi barkamol bo`lgan kishilar, ikkinchi guruhga esa zoxiriy ne’matlar, mansab va boylikka uchgan kimsalar kiritiladi. Bu falsafada A.Navoiyning mana shu misrasida juda ta’sirli ifodalangan:
Ahli ma’ni guruhida zinxo`r
Hech or aylama gadoligdin
Kim, bo`larga gadolig ortigdir
Ahli suratka podisholikdin.
«Ahli ma’ni» ligi bugun biz «ma’naviyat» deb atayetgan duneviy-falsafiy, axloqiy ta’limotga aynan mos. Zero, tasavvuf oqimidagi «ahli ma’ni» komil insondir, u oliy maqsadlar sari intilib yashaydi. Ular yaratgan ne’matlar kimga va nimaga, qanday zaruriyat bois keraqligini yaxshi biladi. Bunday kishilarning maqsadi, kalbidagi orzusi birgina so`z - ma’naviyat vositasida ifoda etiladi.
Demak, ma’naviyat, inson ruhiy olamining fazilati va sifatini bildiradi. Bu esa kishi tabiatidagi vatanparvarlik, xalollik, odamiylik, ma’naviy boyliklardan baxramandlik, ularni qadrlay bilish, til va dil birligi, shaxs sifatida muttasil izlanish, mukammallikka intilish, burchga sadokat, ya’ni iymon butunligi kabi ko`plab fazilatlarni kamrab oladi. Bu esa yoshlarning xayetiy e`tiqodlari asosida shakllangan duneqarashining paydo bo`lishi va shakllanishiga asos bo`ladi, ya’ni duneqarash shakllanishining negizini tashkil qiladi.



Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish