2
-rasm. Dasturlanuvchi Mantiqiy Kontrollerlar (PLC, РЛК).
Industrial jamiyatning taraqqiyoti har bir ishlab chiqarish jarayonining miqyosan
kattaroq, jadalroq va murakkabroq, boshqaruvchi tizimlarning ko’plab shakllarini talab
qiluvchi bo’lishiga olib keldi. Shu kunga qadar avtomatizasiya bo’yicha boshqaruvchi
tizimlar bog’lanish sxemasiga qarab rele, kontroller, taymer, hisoblagich kabi tegishli
elektron tarkibiy qismlar bilan bog’liq edi, bu esa simlarni o’tkazish jarayonidagi
qiyinchiliklar, ketma-ketliklarni boshqarish uchun hajm miqdori, shuningdek, simlarni
o’tkazishda ishning tezligi singari muammolarni keltirib chiqarardi. Ushbu muammolarni
anglagan holda dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni (PLC) o’rganish zarur bo’ladi.
3-rasm. ПЛК
4-rasm. ПЛК larni joylashtirish.
5-rasm.
CoDeSys dasturida DMK larni ishlatish
CoDeSys dasturiy tо‘plamida о‘rnatilgan tizimlarni dasturlash afzalliklari
Ma’lumki, DMK(dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar)ni dasturlash uchun xalqaro
standartda MEK 61131-3 belgilangan maxsus tillardan foydalaniladi. Ular maxsus
mutaxassislar uchun mо‘ljallanmagani uchun foydalanish uchun oson va qulaydir. Ilgari
bunday dasturiy ta’minotlardan faqat ishlab chiqaruvchilar foydalana olgan bо‘lsa, hozirgi
davrda tijorat mahsuloti turlaridan biriga aylangan.
Mikroelektronika sohasida tо‘laqonli raqobatbardosh va bundan tashqari, zamonaviy
interfeysga ega dasturiy muhitlarni yaratish oson ish emas. Unga о‘z navbatida, iqtisodiy va
ijtimoiy mablag‘ talab etiladi. Keyingi о‘n yillikda jahon bozorida ixtiyoriy apparat
platformasiga mos keluvchi universial jihozlar paydo bо‘ldi. Yevropa bozorlarining asosini
3S-Smart Software Solutions GmbH kompaniyasiga tegishli CoDeSys dasturiy tо‘plami
egallagan. 2012-yilga kelib, uni 400 mingdan ortiq kompaniyalar qо‘llagan.
CoDeSysda maxsus tizim kutubxonasi mavjud bо‘lib operatsion tizimga kirish uchun ruxsat
olish imkonini yaratadi. Masalan, CoDeSys bajaruvchi tizimi QNXga mо‘ljallangan bо‘lsa,
u holda kо‘p masalali MEK modeli bilan chegaralanmasdan, operatsion tizimning barcha
imkoniyatlaridan foydalangan holda topshiriqni dinamik tarzda yaratish imkoni amalga
oshiriladi. MEK kombinatsiyalarida dastur masalalaridan biri sifatida qо‘llaniladi,
CoDeSys’da esa bir muhitda loyiha tо‘laligicha amalga oshiriladi. Yuqorida sanab о‘tilgan
imkoniyatlar CoDeSysda о‘rnatilgan tizimlar uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilangina
cheklanmaydi, balki ularni amalga oshirish va kuzatish imkoniyatlari ham mavjuddir. Bu
esa о‘z navbatida, maoshlari kо‘p mablag‘ talab etadigan muta-xassislarga talabni bartaraf
etadi va ish sifatini oshiradi.
Savollar.
1.
Kontroller nima?
2.
Mikrokontrollerlar nima?
3.
CoDeSys dasturi haqida tushuncha bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |