MAVZU: RL zanjirlarda o’tkinchi jarayonlar
Avvalgi boblarda yig‘iq parametrli chiziqli elektr zanjirlarida turg‘un,
ya'ni kuchlanishi va toki o‘zgarmas (o‘zgarmas tok zanjirlari) yoki sinusoidal
tok va kuchlanishli (sinusoidal tok zanjirlari) jarayonlar o‘rganilgan edi.
Aytaylik, o‘zgarmas kuchlanish manbayiga ketma-ket rezistor va induktiv
g‘altak ulangan bo‘lsin .
Nazariy jihatdan bunday zanjirda tok cheksiz katta vaqt davomida, amalda
esa cheklangan vaqtda turg‘un qiymatga ega bo‘ladi (1- rasm, b). Agar
zanjirdagi tok turg‘un qiymatga ega bo‘lganidan so‘ng kuchlanish
o‘zgartirilsa, u holda tok mos ravishda yana o‘zgaradi. Bir turg‘un rejimdan
boshqa turg‘un rejimga o‘tish ma'lum vaqt davomida sodir bo‘ladi.
Elektr zanjirlarida bir turg‘un holatdan ikkinchi turg‘un holatga o‘tishda
paydo bo‘ladigan elektromagnit jarayon o‘tkinchi jarayon deb ataladi.
O‘tkinchi jarayon tugashi bilan elektr zanjiri holati oldingi holatidan, masalan,
sxemaga ta'sir etuvchi EYK, sxema parametrlarining qiymati, kuchlanish yoki
tok amplitudasi, fazasi, shakli yoki chastotasi o‘zgarishi bilan farq qiladi.
Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar kommutatsiya natijasida sodir bo‘ladi.
Kommutatsiya - bu elektr zanjirida ulash (2- rasm, a) yoki uzish (2- rasm, b)
jarayonidir.
Kommutatsiya oniy
vaqt davomida sodir bo‘ladi.
Fizik jihatdan o‘tkinchi jarayon zanjirning kommutatsiyagacha bo‘lgan
energetik holatidan kommutatsiyadan keyingi energetik holatiga o‘tishdir.
Agar zanjirda energiya yig‘uvchi elementlar, ya'ni induktiv g‘altak va
kondensator bo‘lsa, o‘tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom etadi. Zanjirning har
bir ishchi holatiga uning elektr va magnit maydonlarida ma'lum energiya
zahirasi mos keladi. Zanjirning bir holat(rejim)dan ikkinchi holat(rejim)ga
o‘tishi unda to‘plangan energiyalar o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib
keladi. Zanjir induktiv g‘altagida to‘plangan magnit maydoni energiyasi
va kondensatorda to‘plangan elektr maydoni energiyasi
o‘z qiymatlarini sakrab o‘zgartira olmaydi, chunki bunday o‘zgartirish
uchun manbadan cheksiz katta quvvat iste'mol qilish
talab qilinar edi. Bu esa fizik nuqtai nazaridan mumkin emas. Shuning uchun
ham induktiv elementga ega bo‘lgan shoxobcha uzilganida uzilish joyida elektr
yoyi hosil bo‘ladi va unda induktiv elementda to‘plangan magnit maydoni
energiyasi sarf bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash zaryadlangan kondensator
qismalari o‘zaro qisqa tutashsa, shu joyda elektr yoyi hosil bo‘ladi va unda
ham kondensator elektr maydonida to‘plangan energiya sarf bo‘ladi. Amalda
o‘tkinchi jarayon vaqti elektrotexnik zanjirlarda soniyalar ulushini tashkil etsa,
nazariy jihatdan o‘tkinchi jarayon vaqti
gacha davom etadi.
Elektr zanjirining kommutatsiya (boshlang‘ich) ondagi rejimi
boshlang‘ich holati deyiladi va shu holatga nisbatan o‘tkinchi jarayon odatda
analitik yoki ossillografik tahlil etiladi. O‘tkinchi tok, kuchlanish, EYK va h.k.
lar kichik harflar bilan, ularning aniq vaqtdagi qiymatlari esa
shaklda ko‘rsatiladi. Tokning kommutatsiyadan bevosita avvalgi qiymati
kommutatsiya paytidagi qiymati
va o‘tkinchi jarayon tamom
bo‘lishidagi qiymat esa
shaklda ko‘rsatiladi. Elektr zanjirlaridagi
o‘tkinchi jarayonlar ma'lum bir foydali maqsadlarda qo‘llanishi (masalan,
radiotexnika qurilmalari, avtomatik boshqarish tizimlari va boshqa zanjirlarda)
yoki zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, katta induktivlikka ega
zanjirlar uzilishida izolyasiya uchun xavfli bo‘lgan o‘ta kuchlanishlar paydo
bo‘ladi, kondensatorli zanjirlarda, transformatorlar va elektr mashinalardagi
qisqa tutashishda toklar qiymati bir necha barobar sakrashi mumkin). Shunday
qilib, o‘tkinchi jarayonlar oqibatini tahlil etish muhandislik muammolarini
yechishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |