Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy



Download 1,74 Mb.
bet6/32
Sana01.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#298024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
kasbiy faployatda AT

O`quv mashg`uloti shakli va turi

Amaliy

O`quv mashg`uloti rejasi

1. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari.

2. Kompyuterning tashqi qurilmalarining vazifalari.




O`quv mashgulotining maqsadi: Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari

to`g`risidagi bilim ko`nikmalarni shakllantirish mustaxkamlash.

O`qitish natijasi

Mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchilar kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari vazifalari to`g`risida bilimga ega bo`ladilar.

Pedagogik vazifalar

1.Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari haqida tushuncha berish.

2. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalaridan foydalanishni tushuntirish.

3. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari to`gri foydalanishni tushuntirish.

4. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari imkoniyatlarini ochib berish



O`quv faoliyat natijalari;

1. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari haqida tushunchaga ega bo`ladilar

2. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari aytib beradilar

3. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalaridan foydalanishni izoxlab beradilar

4. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari imkoniyatlarini tartibli ravishda izoxlab beradilar

O`qitish metodlari

Tushuntirish/ko`rsatma berish.

Suxbat.

O`qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, kompyuter, ko`rgazmali qurol

O`quv faoliyatini tashkil etish shakli

Guruhli

O`qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan

guruxlarda ishlashga muljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Savol-javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

Talim oluvchi

1-O`quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)

Tashkiliy qism:

1. O`quvchilarni mashgulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi

Mashg`ulotga

tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy

(65daq.)

Tаyanch bilimlаrni fаollаshtirish:

1. Uygа berilgаn vаzifаni nаzorаt qilish xаmdа o`tilgаn mаvzu bo`yichа o`quvchilаrgа sаvollаr berish, ulаrni bаxolаsh;

qsаd vа vаzifаni belgilаnishi:

2.Mаshg`ulotning nomi, rejаsi, mаqsаd vа o`qitish nаtijаlаri bilаn tаnishtirish;

3. Mustаqil ishlаsh uchun аdаbiyotlаr bilаn tаnishtirish;

4.O`quv mаshg`ulotidа o`quv ishlаrni bаxolаsh mezoni vа ko`rsаtkichlаri bilаn tаnishtirish;

`lim oluvchilаr bilimini fаollаshtirish:

5.Tezkor–so`rov, sаvol-jаvob, texnikаlаr orqаli bilimlаrni fаollаshtirаdi;

Yangi o`quv mаteriаl bаyoni:

6. Amaliy mаshg`ulotning rejаsi v аtuzilishigа muvofiq, o`qitish jаrаyonini tаshkil etish bo`yichа xаrаkаtlаr tаrtibini bаyon etiladi. Аsosiy xolаtlаrni yozdiriladi;

7. Slаydlаrni Power Point tаrtibidа nаmoyish vа shаrxlаsh bilаn mаvzu bo`yichа аsosiy nаzаriy xolаtlаrni bаyon qilаdi;

Yangi o`quv mаteriаlini mustаxkаmlаsh:

8. Mustаxkаmlаsh uchun sаvollаr berilаdi. Jаrаyon kichik guruxlаrdа dаvom etishini mа’lum qilinаdi;

9. Kichik guruxlаrgа bo`lаdi, kichik guruxdа ishlаsh qoidаsi bilаn tаnishtirаdi xаr bir guruxgа topshiriq berаdi vа bаxolаsh mezoni bilаn tаnishtirаdi. Ishni bаjаrish yo`riqnomаsini berаdi;

10.Guruxlаrdа ishlаrni boshlаshgа ruxsаt berаdi. Xаr bir kichik gurux ishtirokchisi vаzifаni bаjаrish tаrtibini tushungаnligini аniqlаsh mаqsаdidа kаytа аlokа o`tkаzаdi.Bаjаrish jаrаyonini kuzаtаdi, mаslаxаtlаr berаdi.

11.Ishgа аjrаtilgаn vаqt tugаgаnini mа’lum qilаdi, guruxlаr taqdimotini tаshkil etаdi.Gurux а’zolаrigа diqqаt bilаn eshitishlаrini vа sаvollаr berishlаrini, shu bilаn birgа o`zаro bir-birlаrini bаxolаshlаrinieslаtаdi.

Jаvoblаrni to`ldirаdi vа qisqаchа xulosаlаr qilаdi;

12.Guruxlаr ishini o`zаro bаxolаshni o`tkаzаdi, mаvzuning xаr bir qismi bo`yichа xulosаlаr qilаdi, eng аsosiylаrigа e’tibor qаrаtаdi, berilаyotgаn mа’lumotlаrni dаftаrgа qаyd etishlаrini eslаtаdi. Mаvzuning kаsbiy fаoliyatlаridаgi аxаmiyati bilаn bog`lаb mаvzuni yakunlаydi.

Uy vаzifаsini tаkdim etаdilаr. Sаvollаrgа jаvob berаdilаr. Mаvzu nomi vа rejаsini yozib olаdilаr. Diqqаt qilаdilаr. Sаvollаrgа jаvob berаdilаr.

Topshiriqni bаjаrаdilаr.

Kichik guruhlаrgаbo`linаdilаr.

Kichik guruhdа ishlаsh qoidаsi bilаn tаnishаdilаr.

Xаr bir gurux o`z topshiriq vаrаqlаri bo`yichа fаoliyatini

boshlаydi. Xаr bir gurux sаrdorlаri chiqib o`z ishlаrini tаqdim qilishlаrini аytаdi.

Berilgаn qo`shimchа sаvollаrgа jаvob berаdilаr.

Gurux ish nаtijаlаrini o`zаro bаxolаydilаr. Mаlumotlаrni dаftаrgа qаyd qilаdilаr

3-bosqich Yakuniy

(10 daq.)

Mаshgulot yakuni:

1. Fаol ishtirok etgаn o`quvchilаrni jаvoblаrini izoxlаb bаxolаydi vа rаg`bаtlаntirаdi.

Uygа vаzifаni berilishi:

2. Kelgusi mаshg`ulotgа vаzifа vа uni bаjаrish yuzаsidаn yo`riqnomа berаdi.

Bаxolаri bilаn tаnishаdilаr.

Topshiriqni yozib olаdilаr

Mavzu : Kompyuterning asosiy qurilmalari va tashqi qurilmalarining

vazifalari.
Reja: 1. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari.

2. Kompyuterning tashqi qurilmalarining va ularning vazifalari.


Kompyuterlar odatda bir necha qismlardan iborat bo`ladi. Asosiy qismlar tarkibiga: 1) sistema bloki; 2) monitor; 3) klaviatura va sichqon kiradi. Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo`lib, unga o`rnatilgan uskunalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysirusumga tegishli uskunalar o`rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan, Pentium III yoki Pentium IV va hokazo)ga ajralatiladi. Sistemali blok ichida kompyuterning elektr ta’minoti bloki, asosiy plata, unga o`rnatiladigan markaziy protsessor, ma’lumot va dasturlarni vaqtincha va uzoq muddatga saqlash uchun tezkor xotira va «vinchester» rusumida diskli xotira, asosiy plata yoki kengaytirish uyalariga o`rnatiladigan monitorni ulash uchun xizmat qiladigan videokarta, ovoz kuchaytirgichni yoki telefonli quloqchin (naushnik)ni ulash uchun ovoz kartasi, telefon tarmog`i orqali internetga ulanish uchun modem, mahalliy kompyuter tarmog`i (LAN)ga ulanish kartasi hamda disketa va kompakt disklardan ma’lumotlarni o`qish uchun disk yuritkichlari joylashgan bo`ladi. Boshqa qurilmalarning barchasi sistema blokiga ulanadi. Kompyuter qanchalik kuchli bo`lmasin, unda qanchalik ko`p ma’lumot saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko`rinishda ko`rsatib berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi xazinaga o`xshab qoladi va undan hech qanday naf bo`lmaydi. Ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun monitor xizmat qiladi. Tashqi ko`rinishi va ishlash printsipiga ko`ra monitor oddiy televizorga o`xshab ketadi, undan farqli ravishda teleko`rsatuvlarni qabul qiluvchi TV tyuneri bo`lmaydi. Televizorga videomagnitofon ulash mumkin bo`lganidek, monitorga kompyuter ulanadi. Kompyuter monitoridagi tasvir televizor ekranidagi tasvirdan ancha sifatli bo`lib, monitor bilan bir necha soat ishlash ham foydalanuvchini toliqtirmaydi. Monitor ekranidagi tasvirlar piksel (nuqta)lar to`plamidan iborat bo`lib, bu nuqtalar tez almashtirilganda (sekundiga 50 marta va undan ko`proq) inson ko`zi tomonidan jonli harakat ko`rinishida qabul qilinadi. Monitor ekranida tasvir 640x480 (640 ta satrning har birida 480 tadan nuqta), 800x600, 1024x768, 1280x1024 kabi zichlikda bo`lishi mumkin. Klaviatura yordamida kompyuterga turli farmoyishlar beriladi va unga matn kiritiladi. Klaviaturalar uchun yagona standart yaratilgan bo`lib, barcha ishlab chiqaruvchilar unga rioya qiladilar va klaviaturalar bir-biridan faqat qo`shimcha tugmalarning mavjudligi va ularning joylashishi bilangina farq qiladi. Klaviatura va monitor asosiy kiritish va chiqarish qurilmalari hisoblanadi va birgalikda konsol deb ataladi Qo`lda ko`tarib yuriladigan kompyuterlarda yuqoridagi uchta qismning alohida-alohida bo`lishi noqulayliklar tug`diradi va ular yaxlit bir blokdan iborat bo`ladilar. Bunday kompyuterlar Notebook (noutbuk deb o`qiladi va «yozuv daftari» degan ma’noni bildiradi) deb ataladi. Zamonaviy kompyuter va dasturlardan foydalanishni «sichqon» deb ataladigan dastyorsiz amalga oshirish deyarli mumkin emas. Dastlab grafiklarni chizish uchun yaratilgan ushbu sichqon bilan ekrandagi ob’ektlarni tanlash, ularni va boshqa ob’ektlarni "sudrash" juda qulay. Sichqonni stol ustida yurgizganda uning ekrandagi ko`rsatkichi (kursor) ham harakatga keladi va ekrandagi biror ob’ekt oldiga ko`rsatkichni olib kelib, sichqon tugmasi bosilsa, ekrandagi ob’ekt ham bosiladi va kerakli amal bajariladi.

Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga tasvirlarni va boshqa hujjatlarni kiritish va qog`ozga chiqaruvchi qo`shimcha qurilmalar zarur bo`ladi. Qog`ozga chop etish qurilmalari printer deb ataladi. Ularning bir necha xillari bo`lib, matritsali, siyohli, lazerli turlarini sanab o`tish mumkin. Matritsali printerlarda chop etilgan matnning sifati juda past, faqat bitta rangda chop etadi va hozirgi kunda banklarda saqlanib qolgan. Siyohli printerlarda tasvir qog`ozga siyoh purkash yo`li bilan tushiriladi. Ularda rangli tasvir va matnlar chop etiladi, odatda ancha arzon bo`lishiga qaramay, sekin chop etadi, chop etilgan varaqning tannarxi ancha yuqori, maxsus qog`oz ishlatilmaganda tasvirning sifati pasayib ketadi. Lazerli printerlarda magnitlana oladigan maxsus kukunni qog`ozga sepish va uni kuydirish orqali matn va tasvir chop etiladi. Narxi nisbatan yuqori bo`lishiga qaramay, chop etish tezligi yuqori, har bir chop etilgan varaq tannarxi arzonligi, bitta kartridj yordamida minglab varaq ma’lumotlarni chop etish imkoni borligi sababli keng tarqalgan. Skanerlar tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Uning yordamida matnlarni ham kiritish mumkin. Buning uchun avval matn rasm ko`rinishida kompyuterga kiritiladi va timsollarni tiklovchi maxsus dasturlar yordamida matn ko`rinishiga o`tkaziladi.

Mavzu : Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlari.

Operatsion tizimlar.


O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni

1-gurux___

2-gurux___

3-gurux___

4-gurux___


Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish