Naʼmatakni oʼstirish texnologiyasi Naʼmatak turlari koʼp urugʼ va meva berishi bilan birgalikda polikarpik oʼsimlik hisoblanadi



Download 14,73 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi14,73 Kb.
#516319
Bog'liq
namatak


Naʼmatakni oʼstirish texnologiyasi Naʼmatak turlari koʼp urugʼ va meva berishi bilan birgalikda polikarpik oʼsimlik hisoblanadi. Аdabiѐtlarda koʼrsatilishicha va olib borilgan tajribalar natijalari naʼmatak urugʼlarini qiyin unuvchi urugʼlar qatoriga kirishi aniqlangan. Haqiqatan ham tabiatda bu oʼsimlikni ѐsh nihollari kamdan-kam hollarda uchrashi kuzatilgan. Naʼmatak urugʼlarini tayѐrlashda Oʼzbekiston sharoitida avgust oyini birinchi yarmida oʼsimlik mevasi sargʼish-qizgʼish rangga oʼta boshlaganda yigʼiladi. Oʼsimlik mevalari urugʼidan ajratilib, 1 qism uruqqa 3 qism qum bilan aralashtiriladi. Аralashma 60—70 sm chuqurlikdagi oʼraga solinib usti ѐpilgan holda, har 10—15 kunda namlab, iloji boʼlsa 1 oyda bir marta urugʼlarni chuqurdan olib yana aralashtirilgan holda qayta koʼmib qoʼyiladi. Urugʼlar shu usulda stratifikatsiya qilinganda ularni unuvchanligi ortadi. Tayѐrlangan urugʼlar kuzda 30—35 sm chuqurlikda haydalgan, goʼng va fosforli oʼgʼitlar bilan oʼgʼitlangan, boronalab tekislangan yerlarga (erta bahorda), qator oraligʼi 65—70 sm li joʼyaklarga sepiladi ѐki 55—65 sm joʼyaklarga koʼchat oraligʼi 10—15 sm qilib 3—4 tadan urugʼlar 1,0—1,5 sm chuqurlikda ekib chiqiladi. Ekilgan urugʼlarni ustiga 1 sm qalinlikda mayda chiritilgan goʼng ѐki ѐgʼoch qipigʼi ham sepilsa namlikni saqlab turishga ѐrdam beradi. Shu bilan birga nihollarni sovuq urishidan asraydi. Bahorning kelishiga qarab, dastlabki nihollar mart oyining birinchi dekadasida oʼsib chiqadi. Mart oyida oʼsimlikni begona oʼtlardan tozalab qator oralariga ishlov beriladi. Har oyda 3—4 martadan sugʼorilib, kulьtivatsiya qilinadi. May-iyunь va iyulь oylarida gektar hisobiga 50—60 kg azotli oʼgʼitlar bilan oziqlantirish nihollarni yaxshi oʼsishiga ѐrdam beradi. Naʼmatak oʼsimligida zamburugʼli un shudring kasalligi tez tarqalishi mumkinligini hisobga olgan holda aprelь oyidan boshlab har oyda ikki martadan oltingugurt kukuni purkab turiladiАyrim naʼmatak oʼsimligini pol-pol qilib ham ekish mumkin. Buning uchun yuqoridagi usulda tayѐrlangan urugʼlarni kech kuz noyabrь-dekabrь oylarida ѐki fevralь oyida uzunligi 5—8 m, eni 1,0—1,5 m pol qilinib tuproqlari yumshatilib, fevralь oylarida urugʼlar sepiladi. Urugʼni ustiga 1,5—2,0 sm kalinlikda chiritilgan goʼng ѐki ѐgʼoch qipigʼi sepiladi. Yogʼingarchilik kam boʼlgan vaqtlarda urugʼ ekilgan maydonlar sugʼorilib turiladi. Nihollar unib chiqqandan keyin ham azotli oʼitlar bilan oziqlantirilib, tez-tez sugʼorib turiladi. May oyida nihollarga oltingugurt kukuni purkaladi. Yaxshi parvarish qilinganda may oyining birinchi dekadalarida nihollarni boʼyi 10—15 sm, poyada 6—8 tagacha barglar paydo boʼladi va ildizlari 10—12 sm ga yetadi. Shu nihollarni ildizlarini 1,0—2,0 sm chilpib, qator oraliqlari 60—65 sm, koʼchat oraligʼi 10—15 sm qilib suv quyilib zaxlatilgan egatlarga ekib chiqiladi va tez-tez sugʼorilib turiladi. Ekilgandan 10—15 kundan soʼng koʼchatlarni qator oralariga ishlov berish, azotli oʼgʼitlar bilan oʼgʼitlash va vaqti-vaqti bilan oltingugurt preparati bilan purkash ishlari olib boriladi. Koʼchatlarni iyunь va iyulь oylarida begona oʼtlardan tozalab har 10—12 kunda sugʼorib turiladi. Kech kuz oylariga borib koʼchatlar tayѐr boʼladi. Koʼchatlarni kuz oylarida ѐki erta bahorda qator oraligʼi 5—6 m, koʼchat oraligʼi 2—3 m qilib oʼtqazib naʼmatak-zorlarni barpo etish mumkin. Naʼmatak maydonlarini qator oralarini ishlash bilan birgalikda zamburugʼli, virusli kasalliklariga qarshi kurash olib borish, azotli oʼgʼitlar bilan oziqlantirish va kuz oylarida organik oʼgʼitlar bilan oʼgʼitlash lozim boʼladi. Naʼmatakni vegetativ yoʼl bilan koʼpaytirish usullari Naʼmatak turlarini vegetativ koʼpaytirish urugʼidan koʼpaytirishga nisbatan ancha qulayligi mavjud, shu bilan birga ularni tezroq hosilga kirishi ham kuzatilgan. Bu usul bilan koʼpaytirishda 30—35 sm uzunlikda oʼsimlik poyalaridan olinib qalamchalar tayѐrlanadi. Ularni uch tomonlarini yuqoriga qilib bogʼ-bogʼ qilinib yerga koʼmib qoʼyiladi. Mart oyining boshlarida qalamchalarni qator oraligʼi 70—75 sm, koʼchat oraligʼi 30—35 sm qilib, olingan qalamchalar ekib chiqiladi. Qalamchalarni 10—15 sm qismi tuproqdan chiqib turishi kerak. Oʼsimlikni ikki yil mobaynida yaxshi parvarishlab oʼstiriladi. Uchinchi yilga borganda mart oyining birinchi oʼn kunligida plantatsiyalar hosil qilish uchun tayѐrlangan yerga qator oraligʼi 5—6 m, koʼchat oraligʼi 2,0—3,0 m masofada ekib chiqiladi. Oʼsimlikni ekishda koʼchat va qator oraligʼiga ishlov berish va uning hosilini terib olish hisobga olinishi lozim. Naʼmatak ekilgan joʼyaklar yakinidan sugʼorish uchun egatlar olinadi. Joʼyaklardagi tuproq toʼla namlanadigan darajada jildiratib sugʼoriladi, keyin kulьtivatsiya qilinadi, chuqurlardan oʼsib chiqqan yirik begona oʼtlar qoʼlda yulib tashlanadi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, kulьtivatsiya chuqur botganida ѐki qoʼl kuchi bilan chuqur chopilganida ildiz tarmogʼi zararlanishi mumkin. Ildiz zararlangan yerda bachkilari koʼpayib ketadiki, u oʼsimlik turining rivojlanishiga xalaqit beradi, tup hosili kamayadi. Hosil boʼlgan ildiz bachkilari asta olib tashlanishi kerak. Аgar uning ildiz tarmogʼi yaxshi rivojlangan boʼlsa, nobud boʼlgan koʼchatlar oʼrniga ekiladi. Аgar ildizlari yaxshi rivojlanmagan, kesilgan boʼlsa, yaxshi rivojlanguniga kadar alohida yerga oʼtqazib qoʼyiladi. Tavsiya etilgan agrotexnikaga qaʼtiy amal qilinganda navli naʼmataklar ekilganidan keyingi ikkinchi yili mevaga kiradi. Koʼchatlar 2—3 yili va undan keyingi yillarda qiygʼos mevaga kiradi. Naʼmatak ekilgan yerlarga gektar hisobiga 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy oʼgʼiti beriladi. Oʼgʼitlar sugʼorishdan oldin berilishi maqsadga muvofiq boʼladi. Naʼmatak poyalari 5 yilgacha oʼsib turadi, keyin ular oʼsib chiqishi bilan almashtiriladi. Eski poyalar vaqti-vaqti bilan qirqib tashlanadi. Yoki har 6—7 yilda ekinzorning barcha poyalari olib tashlanib, ѐshartirilgan ekinzor bir yildan keyin gulga va mevaga kiradi. Naʼmatakning asosiy kasalligi yaproq va ѐsh poyalari, shoxchalarga kuyasimon zamburugʼ tushishidir. Unga qarshi kurashish uchun oʼsimlik oltingugurt kukuni bilan seven qorishmasi vositasida ishlov beriladi. Har gektar yerga 20—30 kg oltingugurt va 1—2,4 kg seven solinadi. Naʼmatak bilan ish olib borilganda qalin qoʼlqop kiyish zarur boʼladi. Unga ishlov berishda va ulardan foydalanishda maxsus koʼnikma va bilimga ega boʼlgan mutaxassislar shugʼullanishi kerak. Naʼmatak mevalarini yigʼish va quritish Naʼmatak mevalari toʼliq pishib yetilmasdan qizil rangga oʼta boshlagandan to sovuq tushguncha yigʼiladi. Hosil toʼliq pishganda (sentyabrь oylarida) yigʼish tavsiya etilmaydi. Chunki pishib yetilgan mevalarni quritish qiyin va oʼsimlik oʼsadigan maydonlarda sovuq tushishi natijasida undagi askorbin kislotaning keskin kamayib ketishi ham kuzatilgan. Mevalarni yigʼishda rezina ѐki brizentli qoʼlqoplardan foydalanish mumkin. Serhosil maydonlardan oʼrtacha 1 tonnagacha naʼmatak mevasini yigʼish mumkin. Har bir ish kunida 20—25 kg naʼmatak mevasini yigʼish mumkin. Naʼmatak mevalari maxsus qurituvchi moslamalarda 80—90°S da bir necha soat davomida ѐki kuz oyining issiq kunlarida salqinda quritish tavsiya etiladi. Mevalarni quritish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish talab etiladi. Oftobda quritish natijasida xomashѐning sifati buzilishi mumkin.
Download 14,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish