O`quv mashg`uloti shakli va turi
|
Amaliy
|
O`quv mashg`uloti rejasi
|
1. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlari.
2. Operatsion tizimlar.
|
O`quv mashgulotining maqsadi: Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim
to`g`risidagi bilim ko`nikmalarni shakllantirish mustaxkamlash.
|
O`qitish natijasi
|
Mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchilar kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari vazifalari to`g`risida bilimga ega bo`ladilar.
|
Pedagogik vazifalar
1.Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim haqida tushuncha berish.
2. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim foydalanishni tushuntirish.
3. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim to`grisida foydalanishni tushuntirish.
4. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim imkoniyatlarini ochib berish
|
O`quv faoliyat natijalari;
1. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim haqida tushunchaga ega bo`ladilar
2. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim aytib beradilar
3. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim foydalanishni izoxlab beradilar
4. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va operatsion tizim imkoniyatlarini tartibli ravishda izoxlab beradilar
|
O`qitish metodlari
|
Tushuntirish/ko`rsatish.
Suxbat.
|
O`qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, kompyuter, ko`rgazmali qurol
|
O`quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Guruhli
|
O`qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan
guruxlarda ishlashga muljallangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Savol-javob
|
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O`qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O`quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O`quvchilarni mashgulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg`ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65daq.)
|
Tаyanch bilimlаrni fаollаshtirish:
1. Uygа berilgаn vаzifаni nаzorаt qilish xаmdа o`tilgаn mаvzu bo`yichа o`quvchilаrgа sаvollаr berish, ulаrni bаxolаsh;
Mаqsаd vа vаzifаni belgilаnishi:
2.Mаshg`ulotning nomi, rejаsi, mаqsаd vа o`qitish nаtijаlаri bilаn tаnishtirish;
3. Mustаqil ishlаsh uchun аdаbiyotlаr bilаn tаnishtirish;
4.O`quv mаshg`ulotidа o`quv ishlаrni bаxolаsh mezoni vа ko`rsаtkichlаri bilаn tаnishtirish;
Tа`lim oluvchilаr bilimini fаollаshtirish:
5.Tezkor–so`rov, sаvol-jаvob, texnikаlаr orqаli bilimlаrni fаollаshtirаdi;
Yangi o`quv mаteriаl bаyoni:
6. Amaliy mаshg`ulotning rejаsi v аtuzilishigа muvofiq, o`qitish jаrаyonini tаshkil etish bo`yichа xаrаkаtlаr tаrtibini bаyon etiladi. Аsosiy xolаtlаrni yozdiriladi;
7. Slаydlаrni Power Point tаrtibidа nаmoyish vа shаrxlаsh bilаn mаvzu bo`yichа аsosiy nаzаriy xolаtlаrni bаyon qilаdi;
Yangi o`quv mаteriаlini mustаxkаmlаsh:
8. Mustаxkаmlаsh uchun sаvollаr berilаdi. Jаrаyon kichik guruxlаrdа dаvom etishini mа’lum qilinаdi;
9. Kichik guruxlаrgа bo`lаdi, kichik guruxdа ishlаsh qoidаsi bilаn tаnishtirаdi xаr bir guruxgа topshiriq berаdi vа bаxolаsh mezoni bilаn tаnishtirаdi. Ishni bаjаrish yo`riqnomаsini berаdi;
10.Guruxlаrdа ishlаrni boshlаshgа ruxsаt berаdi. Xаr bir kichik gurux ishtirokchisi vаzifаni bаjаrish tаrtibini tushungаnligini аniqlаsh mаqsаdidа kаytа аlokа o`tkаzаdi.Bаjаrish jаrаyonini kuzаtаdi, mаslаxаtlаr berаdi.
11.Ishgа аjrаtilgаn vаqt tugаgаnini mа’lum qilаdi, guruxlаr taqdimotini tаshkil etаdi.Gurux а’zolаrigа diqqаt bilаn eshitishlаrini vа sаvollаr berishlаrini, shu bilаn birgа o`zаro bir-birlаrini bаxolаshlаrinieslаtаdi.
Jаvoblаrni to`ldirаdi vа qisqаchа xulosаlаr qilаdi;
12.Guruxlаr ishini o`zаro bаxolаshni o`tkаzаdi, mаvzuning xаr bir qismi bo`yichа xulosаlаr qilаdi, eng аsosiylаrigа e’tibor qаrаtаdi, berilаyotgаn mа’lumotlаrni dаftаrgа qаyd etishlаrini eslаtаdi. Mаvzuning kаsbiy fаoliyatlаridаgi аxаmiyati bilаn bog`lаb mаvzuni yakunlаydi.
|
Uy vаzifаsini tаkdim etаdilаr. Sаvollаrgа jаvob berаdilаr. Mаvzu nomi vа rejаsini yozib olаdilаr. Diqqаt qilаdilаr. Sаvollаrgа jаvob berаdilаr.
Topshiriqni bаjаrаdilаr.
Kichik guruhlаrgаbo`linаdilаr.
Kichik guruhdа ishlаsh qoidаsi bilаn tаnishаdilаr.
Xаr bir gurux o`z topshiriq vаrаqlаri bo`yichа fаoliyatini
boshlаydi. Xаr bir gurux sаrdorlаri chiqib o`z ishlаrini tаqdim qilishlаrini аytаdi.
Berilgаn qo`shimchа sаvollаrgа jаvob berаdilаr.
Gurux ish nаtijаlаrini o`zаro bаxolаydilаr. Mа’lumotlаrni dаftаrgа qаyd qilаdilаr
|
3-bosqich Yakuniy
(10 daq.)
|
Mаshgulot yakuni:
1. Fаol ishtirok etgаn o`quvchilаrni jаvoblаrini izoxlаb bаxolаydi vа rаg`bаtlаntirаdi.
Uygа vаzifаni berilishi:
2. Kelgusi mаshg`ulotgа vаzifа vа uni bаjаrish yuzаsidаn yo`riqnomа berаdi.
|
Bаxolаri bilаn tаnishаdilаr.
Topshiriqni yozib olаdilаr
|
Mavzu: Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlari.
Operatsion tizimlar.
Reja: 1. Dasturiy ta’minot tushunchasi va uning turlari.
Tizimli va amaliy dasturlar tasnifi.
Operatsion tizimlar.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software)lardir. Apparat ta'minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo`shimcha (atrof) qurilmalaridir. Axborot tizimlarining DTi dеganda,xisoblash tеxnikasi vositalari bilan ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va xujjatli vositalarni jamlash tushiniladi. Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo`lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo`lgan hujjatlarni o`z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyutеrlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta'minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya dеb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyutеrning fizik qismlari orasidagi kabi o`zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko`pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog`lanish dasturlararo intеrfеys dеyiladi. Bunday intеrfеys (muloqot) ning mavjudligi tеxnik shartlar va o`zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo`lsa ham, amalda u dasturiy ta'minotni o`zaro aloqada bo`lgan bir nеchta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta'minlanadi. Dastur ta'minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. har bir kеyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta'minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o`rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va tеxnik xizmat ko`rsatishgacha bo`lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor bеrish kеrakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funktsionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta'minoti sathiga ega bo`lgan hisoblash tizimi ko`p funktsiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta'minotni o`rnatishga imkon bеradi, ya'ni sharoit yaratadi.
EHMni dasturiy ta’minotining tasniflanishi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi va uni qo`llash sohasining kengayishi dasturiy ta’minotning rivojlanishiga olib keldi. Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti deganda, xisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va undan foydalanish uchun dasturiy va xujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta’minotni ikki guruhga bo`lish mumkin: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minot. Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jaraenini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’erdagi ish muxitini ta’minlaydi. Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo`ljallangan. Tizimli dasturiy ta’minoti tarkibiga quyidagilar kiradi: - operatsion tizimlar; - servis dasturlar; - dasturlashtirish tillari translyatorlari; - texnik hizmat dasturlari. Bajariladigan vazifalardan kelib chiqib, operatsion tizimlarni uch guruxga bo`lish mumkin: - bir vazifali OT; - ko`p vazifali OT; - tarmoqli OTlar. Servis dasturiy ta’minoti - foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo`shimcha hizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar turkumidan iboratdir. Servis dasturiy ta’minotini quyidagi guruxlarga bo`lish mumkin: 19 - qobiqlar; - utilitalar; - antivirus dasturlari. Texnik hizmat dasturlarini test dasturlari va maxsus nazorat dasturlariga bo`lish mumkin. Amaliy dasturiy ta’minoti anik vazifalarni yechishga mo`ljallangan bo`lib, quyidagicha tasniflanishi mumkin: - operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar; - umumiy belgilanishdagi paketlar; - ABTda ishlashga mo`ljallangan paketlar. Umumiy belgilanishdagi paketlar guruxiga quyidagilarni kiritish mumkin: MBBT paketlari: ACCES, FoxPro, Paradox. MB serverlari: Oracle, SQL. Matnli protsessorlar: Word. Jadvalli protsessorlar: Lotus, Excel. Grafik vositalari: Power Point. 2.2. Operatsion tizimining umumiy tushunchasi. Operatsion tizim (OT) - bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o`zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig`g`indisidir. EHMning istalgan komponentlari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy protsessor, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar zaxqira bo`lib hizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo`lishi mumkin. Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o`zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig`g`indisidir. Foydalaniluvchi interfeys - foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o`zaro ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridir. O`z navbatida foydalaniluvchi interfeys buyruqli yoki ob’ektliyo`naltirilgan bo`lishi mumkin. Buyruqli interfeys kompyuter zaxiralarini boshqarish bo`yicha harakatlarni bajarishda foydalaniluvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni ko`zda tutadi. Ob’ektli-yo`naltirilgan interfeys - fayllar, kataloglar (papkalar), diskovodlar, dasturlar, hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi ob’ektlar ustidan operatsiyalarni amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari zaxqiralarini boshqarishdir. Har bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumiga ega bo`ladi, ularning har biri uchun amaliy dasturlarning (ilovalarning) o`z turkumi yaratiladi. Ko`pgina operatsion tizimlar xatolarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni kiritish yo`nalishida modifikatsiyalashadi va takomillashadi.
Mavzu: Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari.
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni
|
1-gurux__
|
2-gurux__
|
3-gurux__
|
4-gurux__
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |