85
3.3.1.-jadval
2000-2010 yillarda tadbirkorlikni rivojlanish ko`rsatkichlari
Tadbirkor haqiqiy va har tomonlama mustaqil bo`lishi
va faoliyati
chegaralangan bo`lishi mumkin. Bu tadbirkorning mulk egasimi yoki yollanganmi
ekanligiga bog`liq, chunki xususiy mulk egasi bilan bir qatorda mulksiz
boshqaruvchi-tadbirkor bo`lishi ham mumkin. Mulksiz tadbirkor albatta yollangan
bo`ladi. Ishni mustaqil olib borishiga va tijorat, faollikda mustaqil bo`lishiga
qaramay, yollangan-boshqaruvchi muhim taqdiriy masalalar bo`yicha mulkdor-
tadbirkorga bog`liqdir.
Tadbirkorning erkinligi, ish ko`rishda mustaqilligi, mulkka
bo`lgan munosabatiga bog`liqdir. Haqiqiy, to`la huquqli, to`laqonli tadbirkor xususiy
mulkchidir.
Tadbirkorlarning uch asosiy omili mavjud: huquqiy, sarmoyaviy va shaxsiy.
Avvalo tadbirkor bo`lish uchun huquqiy muhit zarur. Tadbirkorlik uchun erkin
iqtisodiy faoliyat yuritish, tijorat bilan shug`ullanish huquqiga ega bo`lish,
tadbirkorlik kafolati kerak. Agarda tadbirkorlik uchun ishonch bo`lmasa, qonunan u
O`zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik rivojlanishining
2000 – 2010 yillardagi asosiy ko`rsatkichlari
Ko`rsatkichlar
O`lchov
birliga
2000 y. 2005 y. 2006 y. 2007 y. 2008 y. 2009 y. 2010 y.
Kichik
tadbirkorlikning
YAIMdagi ulushi
%
31,0
38,2
42,1
45,7
48,2
50,1
52,5
Kichik
tadbirkorlikda
band bo`lganlar
soni
ming
kishi
4316,5 6679,0 7258,6 7762,8 8024,1 8402,3 8639,3
Iqtisodiyotda band
bo`lganlarning
umumiy sonidagi
ulushi
%
49,7
65,5
69,3
72,3
72,7
74,2
74,3
Yangi tashkil
etilgan o`rinlari
soni
ming
o`rin
296,9
434,2
425,5
…
313,5
391,8
480,0
Har 1000 fholiga
to`g`ri keladigan
faoliyat
yuritayotgan
subektlar soni
dona
6,0
10,3
13,2
14,7
14,7
15,1
15,0
86
himoya etilmasa, qanday qilib u faoliyat ko`rsatadi, tijorat bilan shug`ullanadi va
bozorni shalklantirib bera oladi? Shuning uchun ham bozor munosabatlariga o`tish
qanchalik huquqiy muxitga talabgor bo`lsa, tadbirkor
ham shuncha qonuniy va
huquqiy himoyaga muhtoj. O`zbekiston davlatining “O`zbekiston Respublikasining
tadbirkorlik to`g`risidagi” qonuni bu borada eng ahamiyatli bo`lib, u tadbirkorlikning
faoliyati uchun yo`l ochadigan huquqiy majmuadir. Ishbilarmonlikka sharoit tug`dirib
beradigan huquqiy iqlim yana “O`zbekiston Respublikasi mulkchilik to`g`risida”,
“Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish to`g`risida”, “Xususiy mulk
to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi korxonalar to`g`risida” kabi birmuncha
qonunlar tufayli yuzaga kelmoqda.
Tadbirkor faoliyati uchun zarur huquqiy muhitning ikki tomoni mavjud:
erkinlik va majburiylik. Birinchisi, uning erkin faoliti, jamiyat va jamiyat a’zolari
bilan bo`lgan erkin munosabatlarni ta’minlash bilan bog`liqdir. Ta’kidlaganimizdek,
tijoriy erkinlik va faoliyat sohasi tanlovi erkinligi qonunlar va ularning ijrosi tufayli
ta’minlanadi. Shu bilan birga daromad
oshishining chegaralanmasligi, rusurslardan
foydalanish, ish kuchini yollash erkinliklarini ta’minlash tadbirkor uchun juda
ahamiyatlidir. Eng muhimi huquqiy masala tadbirkorlikning mulk munosabatlaridagi,
mulk va sarmoyalar hajmining chegaralanmasligidagi erkinlikdan iboratdir. Chunki u
tadbirkor iqtisodiy faoliyatining asosini belgilaydi.
Qonunlarda tadbirkor harakatining asosiy tomonlari kafolatlanadi va to`la
himoyalanadi. Aytaylik, uning mulkka egaligi, daromad olishining chegaralanmay,
bundagi kafillikning to`la kuchga ega bo`lishi ahamiyatlidir
va bu ishlab chiqarishni
rivojlantirish, daromadlarning ortib borishi, natijada inson iste’molining o`sib
borishini ta’minlaydi. Davlatning tadbirkorga nisbatan bo`lgan munosabati, avvalo
bularning qonunlarda aks ettirilishida va ijrosini to`la ta’minlashda o`z ifodasini
topadiki, bu tadbirkor huquq muhitining asosini tashkil etadi.
Tadbirkor huquqiy muhitining ikkinchi tomoni uning jamiyat oldidagi va
inson huquqlari ham turmush sharoitlari bilan bog`langan majburiyatlaridan iboratdir.
Tadbirkorning majburiyatlari uning faoliyatidagi salbiy oqibatlarning
oldini olishga
qaratilganligidir. Tadbirkor ijtimoiy xarajatlarda ma’lum o`rin egallaydi, bu miqdoriy
87
majburiyat shaklida bo`lib, soliq qonunlari bilan belgilanadi, ijrosi esa soliq
boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi. U daromad va foydaning
bir qismini doimo byudjetga ajratib beradi. Bu davlat tomonidan kuchli nazorat ostida
amalga oshadi.
Ekologiyani saqlash, tabiatga zarar keltirmaslik sohasida tadbirkorning
javobgarligi katta bo`lib, bu ham qonunlarda o`z aksini topadi. Tabiiy boyliklardan
to`g`ri
va samarali foydalanish, havo, suv, hududlarni sanoat va umuman, tijoriy
faoliyatlar tufayli ifloslantirmaslik bo`yicha tadbirkorlarga katta majburiyatlar
yuklanadi. Shuningdek, aholining yashash sharoitlari,
dam olish imkoniyatlarini
saqlash va yaxshilash kabilarni ham tadbirkor o`z faoliyatida e’tiborga olishi majbur.
Ishga yollash, ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilab borish, ishlovchilar
daromadlarini kafolatlash, ish kuni muhlati va boshqa bir qator ijtimoiy himoyalash
sohasidagi qoida va tadbirlarga rioya qilish majburiyatlari ham mavjud.
Sivilizatsiya taraqqiyoti tufayli tadbirkorning majburiyatlari,
ayniqsa inson
huquqi, uning turmush darajasini ko`tarish ortib borishi kerak.
Shunday
iqlib,
tadbirkorning
huquqiy
muhiti deganimizda unga
taalluqli
huquqlar
va
majburiyatlar
yig`indisini
tushunamiz.
Chunki
tadbirkor
iqtisodiy
faoliyatidagi to`la erkinlik
uning jamiyat, davlat va
inson oldidagi majburiyatlari
muvozanatining
doimo
ta’minlanib borishi uchun
zarur shartdir.
Tadbirkor huquqiy muhitining yuzaga kelishida davlatning roli asosiy bo`lib,
ketma-ket zaruriy qonunlar chiqarilishi, ularning amaliyligini ta’minlab bori shva ijro
Do'stlaringiz bilan baham: