Siyosiy, ruhiy va xuquqiy omillar.
Siyosiy omillarni olsak, Prezident Islom
Karimov ta’kidlaganidek, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi ta’minlanmog`i
zarur, busiz tadbirkorlik yuzaga kelmaydi. Siyosiy vaziyat tadbirkorlikka qulaylik
yaratishi, ya’ni barqarorlik, demokratiya rivoji sharoitlarini ta’minlashi talab etiladi.
Iqtisodiyotni g`oya va siyosatga bog`liqligiga barham berish va taraqqiyot uchun
xizmat qilishga qaratish zarur.
Tadbirkorlik ruhiyati ham bozor iqtisodiyotining shakllanishi, uning hayotiy
ta’siri darajasiga bog`liq. Shu vaqtgacha hukmronlik qilib kelgan tenglik asosan
iste’mol tengligini bildirib kelgan. Bozor esa bunday tenglikni inkor etib, faqat
imkoniyatlar tengligini inobatga oladi xolos. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har
bir kishi o`zining xususiy ishiga ega bo`lgan xolda biznes bilan shug`ullanish
huquqiga ega. Bozor teng taqsimotni qabul qilmaydi. Unda faoliyat natijasiga qarab
daromad taqsimlanishi asos bo`lib hisoblanadi.
Pirovard tadbirkorlik rivojidagi qism huquqiy asoslar bo`lib, shuni ta’kidlash
lozimki, tadbirkorlik qonun obro`si mavjud sharoitda taraqqiy eta oladi. Samarali
ta’sir etuvchi huquqiy mexanizmni yaratish tadbirkorlikka keng yo`l ochish va
tadbirkorlik faoliyatida yuz berishi mumkin bo`lgan salbiy tomonlarni kamaytirish va
oldini olish imkonini tug`diradi. Shuning uchun eng muhimi tadbirkorlik uchun
huquqiy muxit yaratishdir.
Tadbirkorlik uchun yagona harakat maydoni mavjudligi, yagona pul birligi
ahamiyatlidir. Mamlakatlararo iqtisodiy maydonda erkin ish tutish, iqtisodiy bitimlar
tuzib ish ko`rish mumkin. Bu bir davlat hududi bilan chegaralanmaydi. Shu iqtisodiy
maydonda tadbirkorlik uchun zarur bo`lgan sharoit, ya’ni tovarlar, pullarning erkin
77
harakati, resurslarning erkin oqimi, kapital va ish kuchi oqimi erkinligi kabilar
mavjud bo`ladi. Iqtisodiy maydon zarur infrastrukturaga ega bo`ladi, shu bilan birga
baho, tariflar shaklanishi umumiyligi bo`ladi. Lekin iqtisodiy maydonning doirasi har
xil bo`lishi mumkin. Masalan, yevropa bozori bir necha G`arbiy yevropa
mamlakatlarini o`z ichiga oladi. Shimoliy Amerika, AQSH, Kanada, Meksikani
birlashtiradi. Markaziy Osiyo hozircha O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston
hududlarini birlashtiradi va h.k.
Tadbirkorlikning muhim xususiyati o`z-o`zini boshqarish va mahalliy
hokimiyat doirasida boshqarilishi bo`lib, bu usul iqtisodiy federalizm deyiladi. Bu
ayniqsa, AQSH, Germaniya, Rossiya, Braziliya kabi mamlakatlarga xosdir.
Biznes-reja mohiyati
. Tadbirkorlikni asosiy tarkibiy qismlaridan biri biznes-
rejadir. Har qanday ish rejs asosida bo`lsa muvaffaqiyat keltiradi. Oldindan zarur
hisob-kitoblar qilinib, imkoniyatlar to`la e’tiborga olinsa, o`ylangan ish ustida to`la
tasavvur hosil qilinsa, uni amalga oshishiga ishonch hosil qilinadi va uni bajarish
uchun dalil kiritiladi. Bunday tomonlar biznes-rejada o`z ifodasini topishi kerak.
Biznes-rejaning ikki tomonlama ahamiyati
bo`lib, bu ichki va tashqi
zaruriyatlardan kelib chiqadi. Chunki u birinchidan, tadbirkorlikning o`z ichki
imkoniyatlarini baholay bilishga, faoliyatning ma’qul usullarini belgilashga yordam
beradi va bilan birga faqat tadbirkor uchungina emas, balki korxonadagi barcha
xizmatchilarda to`la ishonch tug`dirishga, ikkinchidan, tashqi aloqalar o`rnatishda
ham
ktata
yordam
beradi.
Bank,
materiallar,
energiya
va
xomashyo
yetkazibberuvchilar bilan iqtisodiy aloqada bo`lish uchun avval real haqiqatdan kelib
chiqadigan biznes-reja bo`lishi kerak.
Ishni umuman korxona ochishdan oldin maqsadni aniqlashdan boshlash talab
etiladi. Chunki biznes-reja va faoliyat shu maqsadni amalga oshuviga qaratilgan
bo`ladi. Masalan, tikuv korxonasi ochilishi ko`zda tutilgan bo`lsin, deylik. Bunga
aniqlik kiritish zarur, chunki tadbirkorlikka uyda tikilgan kiyimga talab mavjudligi va
bu ishni kengaytirishga turtki bo`lishi mumkin. Lekin yakka yoki ommaviy
buryurtma asosida ish tashkil qilinadimi? Bular oldindan aniqlangan bo`lishi kerak.
Chunki bularning mijozlari va ish texnologiyasi bir xil emas. Yakka buyurtma faqat
78
individual mijoz uchun va yakka kiyim tikish texnologiyasi asosida tashkil etiladi.
Ommaviy buyurtma ham magazinlar buyurtmasiga asoslanadi, lekin buning mijozi
aniq bir shaxs deb bo`lmaydi, balki umumiy xaridor qatoridagi shaxslar bo`ladi.
Shuning uchun oldindan donalab yoki ommaviy kiyim tikish korxonasi bo`lishini
belgilab ish boshlash talab etiladi va axborot yig`ish shu maqsadga erishish
yo`nalishida bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Biznes-rejani tuzishda axborotning ta’siri juda kattadir. Bu avvalo talab,
taklif, moliya kabilarga taalluqlidir. Mavjud talab xajmi va korxonaning ishlab
chiqarish hamda moliyaviy ehtiyojlarini aniqlash axborotsiz biznes-reja mazmunsiz
bo`ladi. Ishni umuman korxona ochishdan
oldin maqsadni aniqlashdan boshlash talab
etiladi. Chunki biznes-reja va faoliyat shu maqsadni amalga oshuviga qaratilgan
bo`ladi.
Bunda albatta quyidagilarga e’tibor berish zarur: korxonaning o`ziga yoki
subpodryadchiklarga topshiriladigan ishlar xili, material va xomashyo miqdori va
bahosi, ularni ta’minlovchi firmalarning nomi, manzili, jixozlar va ular bilan
ta’minlovchilar to`g`risidagi to`la ma’lumotlar, mehnat resurslariga oid ma’lumotlar
(ish haqi, hunarlar xili, miqdori, ularni tayyorlash imkoniyati), bino va inshootga
talluqli to`la ma’lumotlar, ustama xarajatlar – mahsulot, boshqaruv xarajatlari, elektr
va suv kabi xarajatlari. Bunday ma’lumotlar tadbirkor va investor usun albatta kerak
bo`ladi.
Talab xolatiga bog`liq axborot tadbirkorlikning ishlab chiqarmoqchi bo`lgan
talab va xizmat sohasini tanlash uchun kerak bo`ladi. Bunday axborotni tadbirkor o`zi
yig`ishi yoki maxsus tashkilot, maxsus jurnallarga murojaat qilish orqali olishi
mumkin. Shu bilan bunday axborotlar raqobatchi firmalar savdoning qo`shimcha
bahosi darajasi, bozor harakati va o`sish istiqboli kabi ma’lumotlar bilan to`ldirilishi
kerak.
Ishlab chiqarishga oid axborotni olsak, korxonaning ishlab chiqarishini
belgilash uchun kerak bo`ladi. Bunday axborotni xuddi shunday mahsulot
yetishtirayotgan korxonalarga bevosita murojaat etish yo`li bilan olsa bo`ladi.
79
Yangi korxonaning hayotiyligini belgilovchi uch guruh moliyaviy
ko`rsatkichlar mavjud: 1) birinchi uch yillik uchun daromad va xarajat istiqboli; 2)
shu muddat ichidagi naqd pul istiqboli; 3) joriy vaqtdagi korxonaning balans hisoboti
va korxonaning kelajak bir yilga mo`ljallangan aktiv (faol) va pasiv (sust) holati
balansi (balans rejasi).
Biznes-rejani tuzish tadbirkorning ma’lum vaqtini, tajribasini, bunday ishga
tayyorgarlik darajasini talab etadi. Bu zarur narsa, uning uchun vaqt va bilimni ayash
yaramaydi.
Biznes-rejaning taxminiy tuzilishi haqida shuni aytish mumkin: bu asosan 4
qismni o`z ichiga oladi: umumiy, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, tashkiliy
reja, moliyaviy reja.
Umumiy titul varag`i, kirish qismi, tarmoqdagi ahvol tahlili, taqdim
etilayotgan loyiha mohiyati, xatarlik bahosi va qo`shimchaar kiradi. Titul varag`ida
firmaning to`la nom iva mazmuni, tadbirkorning ismi va uy telefoni, taqdim
etilayotgan loyihaning qisqacha mohiyati, loyihaning yalpi qiymati kabilar
ko`rsatiladi.
Moliyaviy axborot bo`lajak korxona faoliyatining moliyaviy tomonlarini
baholash uchun zarurdir. Bo`lajak korxonani qurish, ishga solish, boshlang`ich
davrida moliyaviy qo`llash va umuman sarflangan sarmoyalarni qaytarish bilan birga
loyihaning rentabellik darajasini aniqlanadi.
Biznes-rejaning muvaffaqiyatli bajarilishi nazorat tizimini yaratish va ish
jarayonida unga o`z vaqtida tuzatishlar kiritib borish imkonini beradi. Biznes-
rejaning bajarilishi kuzatish uchun yil oxirini kutib o`tirishning xojati yo`q. Buning
uchun ish boshlanishi bilan nazoratni ham boshlash kerak. Bu nazorat nuqtalarini
belgilashdan boshlanadi. Aytaylik, daromad va xarajat muvozanati, naqd pul xolati,
ombordagi zahiralar darajasi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish rejasi kabilar kamida
har
oyda
kuzatiladi.
Nazorat
tizimi
juda
oddiy
bo`lishi,
yechimlarni
belgilovchilarning o`z vaqtida xabardorligi joyida chora ko`rishni ta’minlashga
yordam beradi.
80
Do'stlaringiz bilan baham: |