Rivojlangan darslik lotin tayyor doc



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

3.1.1.-jadval
O`zbekistonda kichik biznez va xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirishda metodologik bazani 
O`zbekistonda kichik biznez va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish metodologik
bazasini chuqurlashuvi 
 
v
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qoninchilik 
Palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi 
Prezident ma’ruzasi (12 noyabr, 2010 y.); 
v
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18 
yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi 
Prezident ma’ruzasi (7 dekabr, 2010 y.); 
v
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
2011 yildagi ustuvor yoqnalishlari (yanvar, 2011 
y.); 
v
“2011-2015 yillarda O`zbekiston iqtisodiyotida 
isloxotlar ko`lamini yanada kengaytirish va 
chuqurlashtirish, 
mamlakatda 
tadbirkorlik 
muhitini shakllantirishga oid mezonlar va baholash 
tizimini amalga oshirish dasturi to`g`risida”gi 
Prezident qarori (PQ-1464 7 yanvar, 2011 y.); 
v
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat 
dasturi 


67
resurslariga yetarli miqdorda ega bo`lmasa ham o`z maqsadiga erishish uchun har 
qanday usullar, yo`llar bilan ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlarini 
topishga urinadi. U o`z ixtiyoridagi va tashqi resurslardan foydalanishning ma’qul 
variantlarini tanlaydi. Ilmiy texnika taraqqiyoti, mahsulot sifati va chidamliligiga 
bo`lgan talabning o`sib borishi tadbirkorlik oldida tub yangi texnik-texnologik 
yechimlarni tadbiq etish zaruriyatini qo`ymoqda. Buning uchun “aqliy xujum” deb 
atalmish yo`nalishni asos qilib olish talab qilinadi. Keyingi yillarda G`arb 
mamlakatlarida kichik xajmdagi ilmiy ishlov tadbirkorligi avj olmoqda.
Tadbirkorlik uchun keyingi ahamiyatli xususiyat shuki, u xo`jalik sohasidagi 
to`xtovsiz va xatarli javobgarlikning mavjudligidir. Bu tushunchalar bir xil bo`lmasa 
ham, lekin ular bir-biriga bog`liq va bir-birini keltirib chiqaradi.
Xatar deganimizda noma’lum, kutilmagan holatlar bo`lishi mumkinligini 
tushunamiz. Qanchalik o`ylab ish qilinmasin, oldindan qanchalik hisob-kitob va 
chamalab ish tutilmasin, baribir kutilmagan hodisalar yuz berishi turgan gap va uning 
oldini olib bo`lmaydi. Xatarlikka iqtisodiy baho berib ham bo`lmaydi. Javobgarlikni 
olsk, bu ancha aniq narsa va uni ma’lum ko`rsatkichlar bo`yicha aniqlash va baholash 
mumkin. Tadbirkorlikdagi xatarlik mavjudligining sharoitlari yuqori darajali 
ishbilarmonlik, serharakatlik va raqiblik qila olish qobiliyatlarini talab etadi. T 
adbirkorlikda muvaffaqiyatga erishish yoki tushkunlikka tushish muqarrar. Chunki 
doimo omad kelavermaydi. Xatarlikda sarf-xarajatlar hamda natijalar o`rtasidagi 
muvozanat ish taqdirini bildiruvchi ko`rsatkich bo`lib hisoblanadi. Agar bu 
muvozanat buzilsa, bozordagi baho xarajatni qoplash darajasida bo`lmasa, demak 
tadbirkorlikda hisobga olinmagan tasodifiy tomonlar mavjudligi aniq. Bunda yo 
tadbirkorning faoliyati samarasiz, yo bozor kon’yunkturasi buzilgan bo`ladi. Ishlab 
chiqarish va tovarlar sotilishi sharoitlari kombinatsiyasini doimo nazorat ostida tutish, 
ishlovchilarni ham shunday sharoitida tutish talab qiladi.
Tadbirkorlik faqat mulkdorlarga xos deb bo`lmaydi, ya’ngi o`z mulkini 
ishlatish tufayligina tadbirkor bo`lishi mumkin, deyish noto`g`ridir. Chunki mulkka 
ega bo`lmay, qarz sarmoya, ijara asosida ham tadbirkorlikning tashkil etsa bo`ladi. 
Buni davlat korxonalaridagi tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. Ma’lumki, o`tgan 


68
asrdayoq kapital mulk va kapital funksiya ajralishi yuz berib, buni o`z vaqtida K. 
Marks atroflicha ta’riflab bergan edi. Xo`jalikni yuritish, bundagi tadbirkorlik 
bo`yicha zarur qarorga kelish allaqachonlar kapitalning egasidan kapitalni 
ishlatuvchi-boshqaruvchi ixtiyoriga o`tgan. Bunday harakat, ayniqsa, hissadorlik 
jamiyatlarining paydo bo`lishi bilan kuchaydi. Yakka xususiy korxonalarda, albata 
mulkdorning o`zi tadbirkor hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarishni tashkil etish, 
boshqarish bilan bog`liq barcha zaruriy ishlarni uning o`zi olib boradi. Hozirgi zamon 
iqtisodiyotida xo`jaliklar faoliyati korporativ asosda rivojlanishi tufayli tashkiliy-
texnik rahbarlik menejerlik tomonidan amalga oshirilmoqda. Demak, tadbirkor va 
mulkdor o`rtasida qattiq bog`liqlik yo`q. Shunga ko`ra tadbirkorlikni mulkdorlik 
xususiyati belgilamay, uni qaramsizlikning moddiylashuvi, xo`jalik yurituvchilarning 
mustaqilligi belgilaydi.
Tadbirkorlik 
faoliyatining 
mohiyati iqtisodiy 
fikr 
yuritishsiz to`la 
yechilmaydi. Tadbirkorlikka xos fikr yuritish oddiy ma’lum va singib ketgan 
xolatlardan butunlay boshqacha bo`ladi. Qabul qilinadigan qaror va yechimlar 
o`zgacha yangiligi, alohidaligi bilan farqlanishi kerak. Bunda eng markaziy narsa 
qo`l ostidagi kishilarni qo`yilgan maqsadga bo`ysindirish va ularni ana shu maqsad 
atrofida birlashtira olishdir. Bu albatta zarur axborotlarni o`z vaqtida yig`ish, ularni 
ishlab chiqish va foydalanishni talab qiladi. Hisob-kitob va harakat dasturlarini 
ishlash yuqori bilimga asoslanadi. Kashfiyotchidan farq qilgan xolda tadbirkor shu 
kashf etilgan ish bilan qanoatlanmaydi, balki uni tadbiq qilish va bu jarayonda yuqori 
samaraga erishishini ko`zlaydi. Bu jarayonda ko`p to`siqlar, qiyinchiliklar bo`lishi 
tufayli qat’iylik, iroda talab etiladi. 
Yuqorida aytilgan fikrlarni hisobga olgan holda tadbirkorlikni xo`jalik 
sub’ektlarining xatarliligi bilan bog`liq holdagi tashabbuskorlik, o`z g`oyalari va 
ijtimoiy iqtisodiy samaraga erishish maqsadida yangi kombinatsiyalarni amalga 
oshiruvchi iqtisodiy faoliyat deb ifodalash mumkin. 
Tadbirkorlikni 
taraqqiy 
etishi 
nuqtai 
nazariyadan 
rivojlangan 
va 
rivojlanmagan tadbirkorlikka bo`lish mumkin. O`tish davri uchun rivojlanayotgan 
tadbirkorlik xos bo`lsa, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan davr rivojlangan 


69
tadbirkorlikni yaratadi. Tadbirkorlik bozordan kelib chiqqanligi tufayli, u bozor 
munosabatlari xususiyatlari va ularning ta’sir doirasi kengligi bilan bog`liqdir. 
Agarda buni bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayoni bilan bog`lab ko`radigan bo`lsak, 
korxonalar mustaqilligi darajasi bilan uning ham o`zgarib borishini fraqlay olish 
mumkin. Lekin baribir korxonalar faoliyatida davlat ta’sirining saqlanib turishi 
tadbirkorlik uchun yo`lni tor qilib qo`ymoqda. Bundan tashqari mavjud, aniqrog`i 
sobiq ishlab chiqarish tuzilishining asosligi, batamom yangilanmaganligi ishlab 
chiqaruvchilarning monopolligiga barham berish imkonini yaratgani yo`q. Bu 
hozircha bozorda tovarlar taklifi sharoitini o`zgartirgani yo`q. Xaridorlar – 
iste’molchilarning tor hajmli, cheklangan miqdordagi ishlab chiqaruvchilarga 
bog`liqligi saqlanmoqda. Bu, albatta tadbirkorlikni ancha chegaralaydi va bunday 
sharoitda u tez rivojlana olmaydi. Tadbirkorlikdagi javobgarlikka kelsak, ularning 
muvaffaqiyatli faoliyatlari uchun ijobiy ta’sir etuvchi sharoitlar zaruriy qonuniyatlar 
bilan ta’minlanmog`i kerak. Bunda qonunlarning to`la ijrosi uchun muhit yarata 
bilish ahamiyatlidir. 
Bozor iqtisodiyotining shakllanish tezligiga qarab tadbirkorlik ham rivojlanib 
borishi kerak. 
Tadbirkorlik faoliyatini belgilovchi xususiyatlardan yana biri uning tashkil 
etilishi usulidir. Bu jarayon stixiyali yoki tashkiliy ravishda yuz berishi mumkin. 
Tarixan bu jarayon stixiyali paydo bo`lib kelgan. Lekin hozir bunday bo`lishi 
mumkin emas. Chunki stixiyali jarayon uchun juda uzoq vaqt kerak va u salbiy 
oqibatlarga olib keladi. Bor tajribalarga asoslangan holda tadbirkorlikning 
shakllanishini tashkiliy ravishda amalga oshirish imkoni bo`lib, bunda davlat asosiy 
rol o`ynaydi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish