Takrorlash uchun savollar
1.Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mohiyati deganda nimani tushunasiz?
2.Bozor iqtisodiyoti tizimining samaradorligi nimada?
3.Bozor iqtisodiyotini belgilovchi asosiy mmexanizmlarni aytib Bering.
4.Talab deganda nimani tushunasiz?
5.Taklifning mohiyati nimada?
6.Raqobatning bozor munosabatlaridagi o`rni nimada?
7.Bozor bahosining mazmuni nimadan iborat?
8.Davlatning umumiqtisodiy funksiyalarini aytib Bering.
9.Mulk munosabatlari va mulkchilikning bozor iqtisodiyotidagi o`rni deganda
nimani tushunasiz?
10.Mulk turlari va shakllarini qanday tushunasiz? Har bir mulk shaklini bozor
uchun ahamiyatini ochib bera olasizmi?
11.Xususiy mulk va uning ko`rinishlarini bozor rivoji uchun alohida ahamiyat
kasb etishining sababi nimada?
12.Xususiylashtirishning mazmunini to`laroq tushuntirib bering. Uning
boshqa usullar, ayniqsa bozorni liberallashtirish bilan bog`liq bo`lgan ta’siri nimada?
64
3-BOB. BOZOR IQTISODIDA TADBIRKORLIKNING O`RNI
3.1. Tadbirkorlik mohiyati
Hayotimizga tadbirkorlik, biznes kabi tushunchalar to`la kira boshladi.
Bizning turmush tarzimiz uchun bular yangi tushunchalardir.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida tadbirkorlik keng ijtimoiy munosabatlarni
o`z ichiga oladi va bunda huquqiy, ruhiy va tarixiy tomonlar mavjud. Lekin o`zining
tub mohiyati bo`yicha tadbirkorlik iqtisodiy hayotga kirib ketadi. O`z iqtisodiy tabiati
bo`yicha tadbirkorlik ikki tomonning diametrik birligini: umumiqtisodiy mazmun va
maxsus ijtimoiy shakllari birligini tashkil etadi.
Tadbirkorlik doimo ma’lum mazmunda tashkil topib, aniq shakllarda
ifodalanadi. U xo`jalik yuritish usuli sifatida bir qancha umumiy belgilarga ega.
Bularga asosan xo`jalik sub’ektlarining mustaqilligi va suverenligi, iqtisodiy
manfaatdorlik, doimiy xo`jalik xatarliligi va javobgarliklarni kiritish mumkin.
Tadbirkorlik doimo ma’lum mazmunda tashkil topib, aniq shakllarda
ifodalanadi. U xo`jalik yuritish usuli sifatida bir qancha umumiy belgilarga ega.
Bularga asosan xo`jalik sub’ektlarining mustaqilligi va suverenligi, iqtisodiy
manfaatdorlik, doimiy xo`jalik xatarliligi va javobgarliklarni kiritish mumkin.
Tadbirkorlikdagi mustaqillik, avvalo, erkin holda mustaqil ravishda bir
qarorga kelish imkoniyatini beradi, bu qaror bozor mexanizmi harakatini ta’minlaydi.
Aytaylik, ma’lum sarmoyaga ega va istagi bor shaxs biznesga kirishishi, o`zining
tijoriy ishini yoki ishlab chiqarishini tashkil etishi mumkin. Chunki ishlab chiqarish
resurslari, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ish kuchini bozordan sotib olishi
mumkin. Nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, kimga ishlab chiqarish,
kimdan nima sotib olish, kimga sotish, qaysi bahoni belgilash kabilar erkin tarzda,
baho holatini e’tiborga olgan holda tadbirkor tomonidan hal etiladi. Lekin
tadbirkorlikni soddalashtirib bo`lmaydi, ya’ni hamma narsa mumkin deb, ish tutib
bo`lmaydi, har bir tadbirkor butunlay yakka emas. Zero, bozor iqtisodiyoti ko`pchilik
faoliyati yakunidir. To`g`ri, tadbirkorlik yuqoridan xo`jayinlik qilishdan, nima qilish,
qanday ishlashni belgilab berishdan ozod bo`ladi, ammo bozordan va uning qattiq
talablaridan, mexanizmlari ta’siridan xoli bo`la olmaydi. Tadbirkorlikda mustaqillik
65
bilan iqtisodiy manfaatdorlik ajralmas holda bog`langandir. Daromadni, foydani
yuqori darajaga yetkazish tadbirkorlik faoliyatini belgilovchi asosiy omil bo`lib
hisoblanadi. Umuman, boshlangan ish, uning kengayishi, o`zgarib borishi dastavval
shunga bog`liqdir. Lekin shaxsiy manfaatdorlikni xudbinlik bilan adashtirish
noto`g`ridir. Chunki bozor iqtisodiyotining taraqqiyotida boshqaruvchi shaxs
xo`jalikni o`zining maxsus ta’siri ostida ijtimoiy maqsadga erishish tomon
yo`naltiradi va jamiyat uchun xizmat qiladi. Masalan, Genri Fordni olsak, u albatta
o`z faoliyatini xayriya maqsadida boshlagani yo`q. U shaxsiy manfaatini ko`zlab ish
uyushtirdiyu, lekin natijada avtomobil imperiyasini tuzdi, mahsuloti bilan jahonga
nom taratdi, xo`jaligini tub o`zgarishlarga olib keldi.
Tadbirkorlikni boyish maqsadidagi tijoriylik, yakkayu-yagona maqsad
faoliyati deb bo`ladimi, degan savol tug`iladi. Bunga ijobiy javob berish mumkin.
Bunda umuman haqqoniylik mavjud. Tadbirkorlik daromadsiz boshlanmaydi va shu
boshlang`ich faoliyat davrida foydani ko`paytirish asosiy maqsad bo`lib, barcha
imkoniyat va qobiliyat shunga qaratiladi. Masalan, kapitalizmning boshlang`ich va
taraqqiyot davrida tezda boyish, iloji boricha ko`p kapital yig`ishdan boshqa narsa
ko`zlanmaydi. Asosiy maqsad qanday yo`l va usullarni qo`llab bo`lsada, faoliyatni
kengaytirish, ta’sirni oshirishdan iborat bo`ladi.
Lekin hozir unday deb bo`lmaydi. Zamonaviy biznesmenning harakati faqat
iqtisodiy
maqsadlar
bilan
chegaralanmaydi.
Agarda
shunday
bo`lmasa,
tadbirkorlikning ijtimoiy masalalarga aralashishi, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni
xal qilishdagi faoliyatlarini tushunib bo`lmas edi. Chunki rivoj topgan mamlakatlarda
maorif, sog`liqni saqlash, ekologik maqsadlarni ko`zlab sarmoyalar ajratish va sarf
etish, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurashish kabi xayrli harakatlar tadbirkor
e’tiboridan chetda emas.
Tadbirkorlikning asosiy xususiyati
. Tadbirkor avvalo novatorlik bilan
belgilanadi. U doimo iqtisodiy faoliyatda yangiliklarni axtarish, ularni amalga
oshirish, faoliyat samaradorligini ko`tarish uchun harakatda bo`ladi. Kuchli raqobat
kurashi sharoitida boshqacha bo`lishi ham mumkin emas. Chunki hech narsani
o`zgartirmay, eski tartibda baho hisobiga foyda olish uzoqqa bormaydi.
66
Xaridorlar doimiyligi, ularning oqimi, tovar va tovarlashgan xizmatlar sifati,
bu sohadagi doimiy o`zgarish va yangiliklar xaridorlarni o`ziga tortadi. Shu bilan
birga boshqalarga nisbatan bahoning ham pastroq bo`lishi tovarlarning o`tishiga katta
ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun tadbirkorlikda tovar xillarini o`zgartirib turish, uning
sifatini ko`tarish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun kurash ketadi. Bu
esa ishlab chiqarishning yangi texnologiya asosida tashkil etilishida, yangi usullarini
qo`llab-quvvatlash, tovarlar sotilishining yangi-yangi yo`llarini topib qo`llab borishda
o`z ifodasini topadi.
Yuqorida
aytilganlarga
bog`liq xolda tadbirkorlikni ikkiga
bo`lish
mumkin:
klassik
va
innovatsion,
bular bir-biridan farq
qiladi.
Klassik tadbirkorlikni
olsak,
bunda biznes kompaniya yoki
firma ixtiyoridagi resurslardan eng
yuqori
natijaga
erishish
faoliyatning asosi deb olinadi.
Resurslarga
mo`ljallangan
tadbirkorlik
o`z
yechimlarini
mavjud resurslarga moslashtirgan
xolda belgilaydi va resurslardan
samarali
foydalanish
chora-
tadbirlarini qo`llab boradi.
Ikkinchi xil tadbirkorlik, ya’ni
innovatsion tadbirkorlik
faqat mavjud
resurslarga emas, balki iloji boricha imkoniyatlarga, resurslar kombinatsiyasini
amalga oshirishga mo`ljallangan. Tadbirkor faoliyatini ta’minlay oladigan o`z
Do'stlaringiz bilan baham: |