Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 O`zbekistonda kichik va o`rta biznes sharoitlari



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

3.6. O`zbekistonda kichik va o`rta biznes sharoitlari 
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish bilan mayda biznesga katta e’tibor 
berilmoqda. Qisqa vaqt ichida bu sohada ko`zga ko`rinarlik ishlar amalga oshirilib
kichik va o`rta korxonalar oilaviy ravishda paydo bo`la boshladi. Kichik va o`rta 
biznes shaklanishida katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Shu kunlarga kelib, 
mayda va o`rta tadbirkorlikning mahsuloti mamlakat YAIM (yalpi ichki mahsulot)da 
1/3 qismiga tenglashdi. Bular barcha iqtisodiy tarmoqlarda shakllana boshladi. 
Ayniqsa qishloq xo`jaligida katta o`rin egallab, bunda asosan fermer xo`jaliklari avj 
olmoqda va mamlakat agrobiznesida asosiy o`rin egallamoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 aprel 

1987 raqamli 
Farmonida xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rag`batlantirish chora-
tadbirlariga qaratilgan bo`lib, mayda va o`rta biznes bandlik miqdoriga qarab 
belgilangan. Bunda mulk shaklidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish sohasida yiliga o`rta 


107
hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat ko`rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan 
tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo`lgan mikrofirmalar 
mayda biznesga kiritiladi. Shu bilan birga yiliga o`rtacha ishlab chiqarishda bandlik 
40 nafargacha, qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 
nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizat ko`rsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab 
chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo`lgan 
kichik korxonalar ham kiritiladi. 
Shu bilan birga yiliga o`rtacha ishlab chiqarishda bandlik 40 nafargacha, 
qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha ilm-
fan, ilmiy xizmat ko`rstaish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan 
tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo`lgan kichik 
korxonalar ham kiritiladi. 
O`rtacha korxonalarga mulk shaklidan qat’iy nazar, kichik korxonalar uchun 
yiliga belgilangandan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 
50 nafardan, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 
30 nafardan, chakana savdo, xizmat ko`rstaish hamda boshqa ishlab chiqarishdan 
tashqari sohalarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega bo`lgan 
korxonalar kiritilgan.
O`rta va kichik korxonalarning asosiy faoliyat yo`nalishlari ham tavsiya etilib, 
odatda xomashyo va materiallarni dastlabki qayta ishlash, kichik xajmli, lekin ko`p 
mehnat talab qiladigan butlovchi mahsulotlar, jixoz va asbob-uskunalar, xalq badiiy 
hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqarish sohalarida, 
shuningdek servis xizmati va aholiga xizmat ko`rsatish sohalarida barpo etishga 
e’tibor beriladi.
Mayda biznesga imtiyozlar berilib, bularning ichida eng muhimlari birinchi 
yillar ichidagi faoliyatda soliqlardan ozod qilish va to`la soliqqa asta-sekin o`tish 
kabilar, tarmoq va soha ahamiyati, ish sharoitlarini e’tiborga olgan holda tadbiq 
etiladi. Agar o`zlari tashkil etayotgan ishlab chiqarish uchun xorijiy texnologiyani 
olib kirsa, bojxona to`lovidan to`la ozod qilinadi.


108
Kredit bo`yicha bir qancha yengillliklar tug`dirish ko`zda tutilgan. Ishlab 
chiqarish binolari, inshootlarga ega bo`lish, ijaraga olish sharoitlarini tug`dirish 
imkoniyatlarini yaratishga e’tibor qaratilgan. 
Kichik va o`rta biznesning respublika infratuzilmasi tashkil etilgan. Bu asosan 
nodavlat tashkilotlardan iborat bo`lib, bularning ichida asosiylari kichik va o`rta 
tadbirkorlikning rivojlanishini rag`batlantiruvchi, Respublika Koordinatsiyalash 
Kengashi, O`zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon 
va fermer xo`jaliklari assosatsiyasidan iborat. 
Respublika koordinatsiyalash Kengashining asosiy vazifalari belgilanib
bunga avvalo mayda va o`rta tadbirkorlikni rag`batlantirish davlat siyosatini amalga 
oshirishni ta’minlash, mayda biznesni kafolatlash, imtiyozlarini amalga oshirish, 
kredit resurslaridan foydalanishning ta’minlanishini amalga oshirish; investitsiya 
loyihalari va takliflarini konkurs asosida tanlash va monitoringini tashkil etish; 
investitsiya loyiha va takliflarini moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish
kreditlashtirish masalalari muammolarini xal qilish; investitsiyalarning moliyalashga 
qabul qilinishini hisobga olish tizimini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilish va 
kredit resurslarining maqsadli foydalanishini, samaradorligini tahlil qilib borish. 
Tadbirkor 
va 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchilar 
Palatasi 
respublika 
Koordinatsiyalashtirish Kengashining qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish, 
davlat hokimiyati va organlari oldida kichik va tadbirkorlar manfaatini himoya qilish, 
davlat registri asosida kichik va o`rta biznes sub’ektlari registrini olib borish kabilarni 
o`z vazifasi deb belgilaydi. 
Dehqon va fermer xo`jaliklari Assosatsiyasi dehqon va fermer xo`jaliklarini 
birlashtirgan xolda ularning manfaatlarini davlat va boshqa tashkilotlar oldida 
ta’minlaydi. Boshqaruv organlari qurultoy tomonidan saylanadi va xisobot beriladi. 
Shu bilan dehqon, fermer xo`jaliklari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishga yordam 
qiladi. Kreditlar olish, yangi jixozlar bilan ta’minlash kabilarda maslahat va uslubiy 
yordam ko`rsatishni amalga oshiradi. 
Mayda va o`rta biznesni har tomonlama qo`llab-quvvatlash sohasida davlat va 
nodavlat tashkilotlarning vazifalari, majburiyatlari aniqlangan bo`lib, bu sohaning 


109
rivojlanishi sharoitlari ta’minlangan. Ayniqsa mayda tadbirkorlikning muvaffaqiyatli 
faoliyati uchun ularda tekshirishlar o`tkazish chegaralangan bo`lib, norasmiy va 
nozarur taftish o`tkazishlar ta’qiqlangan. Bu sohada o`rnatilgan nazorat ham tizimli 
va samaralidir.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish