98
Bundan
tashqari
tadbirkorlik
iqtisodiyotda
va
jamiyatda
tuzumiy
o`zgarishlarning boshlovchi va ularni ishga tushuruvchi mexanizm vazifasini ham
o`sishning katalizatori bo`lib, yalpi mahsulot ko`payishiga yordamlashadi.
Bunda
asosiy narsa innovatsiyadir. Chunki bu tufayli yangi tovar va xizmat turlari paydo
bo`ladi.
Mayda tadbirkorlikning bir qancha ustunliklari mavjud. Rivojlangan
mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, mayda tadbirkorlik yirikka nisbatan har bir
mamlakat sharoitiga qarab ko`p sohalarda ustunlik qiladi. Bular quyidagilardan
iborat: kichik biznes xo`jalik yuritishda mahalliy sharoitga juda tez moslashadi,
ularning sub’ekti faoliyatida katta mustaqillik mavjud.
Chunki erkin harakat
imkoniyati katta. Xo`jalik xajmi katta emasligi manevr qilish, o`zgarishlar kiritish
erkinligini kengaytiradi. Mayda tadbirkorlikda operativlik, chaqqonlik darajasi yuqori
bo`ladi. Ular sharoit va talabga qarab tez qaror qabul qilish imkoniga ega. Korxonalar
mayda bo`lgani tufayli xarajatlar nisbatan past bo`lishi mumkin, bu ayniqsa
ma’muriy boshqarish xarajatlariga taalluqlidir. Xo`jalikni yuritish uchun katta kapital
talab etilmaydi. Bozor talabiga asosan mahsulot ishlab chiqarishni o`zgartirish
imkoni katta bo`ladi. O`z kapitalining aylanishini tezlashtirish, undan unumli
foydalanish darajasi yuqori. Shu bilan birga tadbirkor o`z g`oyalarini
biznesga tez
singdirish imkoniga ega. Masalan, Halqaro mehnat byurosining dokladida mayda va
o`rta tadbirkorlar katta raqobatlik qobiliyatiga ega, yirik korxonalarga nisbatan har bir
ishlovchi hisobida kam kapital xarajat qiladilar, mahalliy xomashyo va mehnat
resurslaridan keng foydalanadilar, deb ta’kidlaydi. Mayda korxona egalari tejamlikka
va investitsiya qo`llashga moyilligi ko`p, yangilik-innovatsiyaga motivatsiyasi yuqori
bo`lib, korxona faoliyatiga samarali ta’sir ko`rsatadi. Kichik korxona sub’ektlari
mahalliy bozorlarning kon’yukturasini, talab darajasini yaxshi biladilar va bu sohada
ham yirik korxonalarga nisbatan ustunlikka ega. Bu mutaxassis xodimlarni tayyorlash
va ularning tajribasini yoyishga ko`maklashadilar. Mayda va o`rta korxonalar soni,
tovarlar
ishlab chiqarish xajmi, ish xajmi va xizmat ko`rsatish bo`yicha
mamlakatlarda har tomonlama balandlik qiladilar.
99
Albatta mayda va o`rta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatidagi ustunlik va
kamchiliklar ichki va tashqi sabablar, xizmat sharoitlariga ko`p tomondan bog`liq
bo`ladi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, mayda firmalarning muvaffaqiyatsiz faoliyati
ko`pincha menejerlar tajribasizligi yoki korxona egalarining kasbiy noloyiqligi
tufayli yuzaga keladi.
Kichik firmalar faoliyati amaliyoti shuni ko`rsatadiki, bitta tadbirkorlik
darajasi, ishga jadallik bilan kirishishning o`zi yetishmaydi.
Hozirgi davrda kichik
biznes maxsus bilimni talab qiladi. Amalda esa ko`pincha kommersant, yo injener
tijoriy ish boshlaydi. Lekin u ishlab chiqarish yoki tijorat to`g`risida hech narsa
bilmaydi. Kichik firma egalari ichida biznes maxsus tuzilmasini boshqarish tajribasi
bilan firmaning muvaffaqiyat imkoni ortib boradi. Firmaga bir kishi uzoq rahbarlik
qilsa daromad doimiyligi yuqori bo`ladi. Agar u tez-tez o`zgarib
tursa buning aksi
bo`ladi.
Firma faoliyatida bir pasayib, bir ko`tarilib turadigan ijtimoiy ehtiyojlarni
doimiy axtarish va unga to`xtovsiz moslashib borish kichik biznesni ng strategiyasini
belgilab beradi. G`arb mutaxassislarining bir qismi kichik tadbirkorlikni yangi
shaxsiy o`zaro munosabatlarning maktabi va kelajak tadbirkorlik asoslari usullarining
sinov maydoni, deb biladilar.
Mayda va o`rta firmalarning ish bilan band bo`lishdagi hissasi katta. Aytaylik,
AQSHda mayda va o`rta tadbirkorlikda - 70,2 lmn. kishi; yeIda – 68 mln.;
Germaniyada – 15,5 mln.; Italiyada – 16,8 mln.; Fransiyada – 15,2 mln. va
Yaponiyada – 39,5 mln. kishi band. YAIMdagi hissasiga kelsak (% hisobida): Buyuk
Britaniyada – 50-54; Fransiyada – 55-62; yeI mamlakatlarida – 63-67; AQSHda – 50-
52; Yaponiyada – 52-55; Rossiyada – 20-22; O`zbekistonda – 30-32.
Kichik va o`rta tadbirkorlik quyidagi masalalarni xal qilishning sharti bo`lib
xizmat qilishi mumkin:
- raqobatli,
ц
ivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarini shaklantirish;
- tovarlar, xizmatlar va ish assortimentini yaxshilash,
ularning sifatini
ko`tarish;
100
- ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarni aniq iste’molchilarga
yaqinlashtirish;
- iqtisodiyotning tuzumiy qayta tuzilishiga ko`maklashuv;
- ishlab chiqarish rivojiga aholining shaxsiy mablag`larini jalb etish;
- qo`shimcha ish joylarini yaratish va ishsizlik darajasini pasaytirish;
- shaxslarning ijodiy imkoniyatlarini ishga solish, ularning talantini ochish,
turli hunarlarni rivojlantirish;
- aholining ayrim guruhlarini, ayniqsa yirik ishlab chiqarish ma’lum
chegaralanishni yuklagan shaxslar- uy bekasi, nafaqaxo`rlar, nogiron va o`quvchilar
kabilarni ish faoliyatiga jalb etish;
- mulkdorlar, xo`jalik egalari, tadbirkorlar
kabi ijtimoiy qatlamning
shakllanishi;
- ilmiy-texnik rivojni faollashtirish va yirik korxonalar chiqindilarini
o`zlashtirib foydalanish;
- ijara va sotib olish yo`li bilan davlatni past rentabelli va foydasi ishlaydigan
korxonalardan xoli etish.
Do'stlaringiz bilan baham: