Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Industrlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o`tish



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

4.3. Industrlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o`tish
Uch birlikning ikkinchi tarkibiy qismi industrlashtirish bo`lib, bu sohada 
sobiq sovet davrida, ayniqsa, uning 1920-1930 yillarda olib borilgan industrlashtirish 
siyosati tufayli bir qator ishlar qilindi va sanoat tarmoqlari vujudga kelib, 
respublikada ham o`ziga xos industriya yaratildi. Lekin bu industriyani miqdor va 
sifat, umuman mohiyati nuqtai nazaridan haqiqiy industrlashtirishdan farqlash kerak. 
Chunki o`sha davrdagi industrlashtirish sobiq sovet davlati manfaatiga qaratilgan edi. 
U respublika iqtisodiyoti manfaatiga mos kelmay, xalq iste’moli sanoati juda zaif 
holda bo`lgan edi. Bundan tashqari yirik korxonalar asos bo`lib, mayda ishlab 
chiqarish industriyasi deyarli yaratilmagandi.
Xalq xo`jaligining ko`pchilik tarmoqlarida asosan qo`l mehnati hukmronlik 
qiladi. Bu, avvalo qishloq xo`jaligi, qurilish kabi tarmoqlarga taalluqlidir. Aytaylik, 
eng og`ir ishlardan bo`lgan yuklash va yuk tushirish asosan qo`lda bajariladi. 
Bog`dorchilik, sabzavot, polizchilikda deyarli texnika qo`llanilmaydi. Savdoda 
mexanizatsiyalash hatto 10 foizga ham yetmaydi. Fermer xo`jaliklari, ijara va oila 
pudrati xo`jaliklari uchun texnikaviy qurollar yaratilmagan, yordamchi xo`jaliklarni 
butunlay tilga olmasa ham bo`ladi. 
Hisoblash, axborot, asbobsozlik tarmoqlari ham boshlang`ich darajada bo`lib, 
tibbiyot, maorif, ilmiy-tadqiqot kabilarning texnik ta’minot holati juda past darajada 
bo`lgan. 


121
Milliy iqtisodiyotning shakllanishi va industrlashtirish, albatta bozorga 
moslashgan holda amalga oshishi zarur. Masalan, yangi iqtisodiy aloqalarni yuzaga 
keltirish, xalq xo`jalik tuzumini, ayniqsa ishlab chiqarish tuzumini yangilash bozor 
talabi asosida olib borilmoqda. Xomashyo yo`nalishini o`zgartirish zarur ekan, avvalo 
u bozor talabi asosida, eng zarur xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning ustunligi, 
bundagi yo`q bo`lgan tarmoqlarni tashkil etib, uni rivojlantirishdan boshlanadi. Paxta 
kompleksida tayyor kiyimlargacha bo`lgan kompleks ishlab chiqarishningg tashkil 
etilishi va buning jamoa xo`jaliklarining o`zlarida amalga oshirilib, bunda chet 
kapitali bilan qo`shma korxonalar tashkil etilayotgan maqsadga muvofiqdir. 
Oziq-ovqat, yengil sanoatda, qurilish materiallari va xo`jalik mollari ishlab 
chiqarilishida xalq talabidan kelib chiqadigan bozorgir yangi mollarning paydo 
bo`lishi amaliy misollardir. Mamlakatimiz ishlab chiqarishi uchun, yangi bo`lgan 
avtomobilsozlik tarmog`ining yaratilishi juda quvonchli hol. Chunki bunga bozor 
talabi juda yuqori. Shuningdek, televizorlar, kompyuterlar, elektron apparatlar ishlab 
chiqarish yuzaga kelmoqda. Xalqaro bozorga kirib borish, mustaqil ravishda eksport 
va importni amalga oshirish va bunda samaradorlikka erisha borish bozor 
shakllanishidagi muhim bosqichlardir. Oz vaqt o`tishiga qaramasdan bu sohadagi 
AQSH, Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Angliya, Janubiy Korea, Xitoy kabi 
mamlakatlar bilan kengayib borayotgan iqtisodiy aloqalar, chet mamlakatlar 
investitsiyasining kengayib borishi buning yaqqol misolidir. Xalqaro iqtisodiy 
hamkorlikning kuchayishi va jahon iqtisodiy integratsiyalashuvi, birinchi navbatda, 
dunyo bozoriga qo`shilish va umuman, bozor munosabatlarining keng harakatiga yo`l 
ochishni talab qiladi.
Bozor uchun zarur shart bo`lgan mulk shakllari paydo bo`lmoqda. Bunda 
davlat mulki tasarrufidan chiqarishni tezlashtirish, mulk xususiylashuvini avj oldirish 
juda muhimdir. Mamlakatimizda fermer xo`jaliklarini tashkil etish, haqiqiy dehqon 
xo`jaliklarini tiklash, ijara, oila pudrati kabi xo`jalik turlarini rivojlantirish 
tezlashmoqda. Demak, bozor munosabatlari asosi bo`lgan mulk shakllari va turlari, 
xo`jalik xillarining paydo bo`lishi, albatta, amalga oshayotgan iqtisodiy islohotning 


122
ta’sirini kuchaytirmoqda, bularning barchasi bozor iqtisodiyoti shakllanishining odim 
qadamlaridir. 
Shuningdek, hissadorlik jamiyatlari, birlashmalar, konsern, kooperativlar
shirkatlarning ko`payishiga keng yo`l ochilmoqda, bularning barcha bozor 
munosabatlari uchun zarur bo`lgan iqtisodiy harakat maydonini kengaytirmoqda. 
Shu bilan birga bozorga o`tish bilan bog`liq bo`lgan baho siyosati amalga 
oshirilib, asosan erkin baho siyosati yuzaga keltirildi. Chunki tovarlarni sotishning 
chakana narxlari talab va taklif asosida erkin shakllanmoqda. Mehnat bozori, 
qimmatbaho qog`ozlar bozorlari asta-sekin shakllanmoqda, ko`chmas mulklar oldi-
sotdisi boshlangan. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi muhim sohalardan hisoblangan moliya-kredit 
va pul tizimlarining yangilashishi, milliylashishi bozor mazmunida bo`lishi sohasida 
katta ishlar, keskin o`zgarishlar yuz bermoqda. Chunonchi, juda qisqa vaqt ichida 
haqiqiy milliy pulga ega bo`ldik.
Bozor infrastrukturasini yaratishda odim qadamlar ham sezilarlidir. Bunga 
kompyuterlarning dadil kirib kelishi, aloqa vositalari, axborot tizimi, tovarlar siljishi 
va ularning tez harakati sharoiti, yirik oldi-sotdi hisob-kitoblarini amalga oshirish 
asoslari kabi tarmoqlar yuzaga kelmoqda va bozor sharoitlarini kengaytirmoqda. 
Respublikamizda iqtisodiy faoliyat har tomonlama bozorning shakllanishiga 
qaratilmoqda. Bunga faqat biz milliy iqtisodiyot shakllanishi va industrlashtirishning 
bozorga mos holda amalga oshishi bilan chegaralanmasdan, balki maxsus bozorga 
xos jarayonlarning amalga oshuvi va bozor munosabatlariga o`tish, bozor iqtisodiyoti 
shakllanishining tezlashuvini ko`ramiz. 
Bu narsa hozirgi mamlakatimizdagi jarayon faqat bozor munosabatlariga 
o`tish bilan chegaralanadi, degan so`z emas, vaholanki bozor yo`nalishi asosiy 
yo`nalish ekanligini e’tirof etgan holda iqtisodiy holatning uch birlik jarayonidan 
iborat ekanligini inkor etib bo`lmaydi, chunki iqtisodiy islohotning mazmuni shu 
bilan belgilanib, uning mohiyatini ko`rsata olishi mumkin. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish