119
Milliy manfaat, yangi ijtimoiy-iqtisodiy holatni e’tiborga olgan holda yangicha
taqsimot munosababatlarini kiritish, uning amaliy shakllarini qo`llash
zaruriyati
tug`iladi. Birinchi navbatda, bunda ijtimoiy himoya e’tiborga olinib, daromad manbai
bo`lmagan yoki past bo`lgan, yordamga muhtojlarni qo`llash ahamiyatlidir.
Bulardan tashqari respublika xalq xo`jaligi tuzilishini o`zgartirish talab
qilinadiki, u mustaqil milliy iqtisodiyot talabiga mos kelishi kerak. Uni xomashyo
yo`nalishidan ozod qilib yuqori darajali ishlab chiqarishga
va tayyor mahsulotlar
yaratuvchi ishlab chiqarishga aylantirish maqsadga muvofiqdir.
4.2.1.-jadval
O`zbekiston xalq xo`jaligi tuzilishi
Tarmoqlar
1990 yil
1993 yil
1996 yil
Sanoat
22,8
28,9
25,8
Qurilish
10,6
11,7
10,8
Qishloq xo`jaligi
33,3
30,8
32,54
Xizmat ko`rsatish
34,4
31,3
31,0
Jadvalda keltirilgan raqamlardan ko`rish mumkinki, qishloq xo`jaligi
tarmoqlari juda katta o`rin egallaydi. Sanoat va qurilish rivoz topgan mamlakatlarga
taqqoslaganda nisbatan juda orqada.
Endigi dastlabki vazifa, inqiroz tarzida yuzaga kelgan shaxsiy iste’mol bozori
muammosidir. Bunda, avvalo oziq-ovqatlar
ishlab chiqarishni izga solib, bevosita
og`ir ahvolning oldini olish shu bilan birga eng zarur nooziq-ovqat mollari
yetishtirishni hal qilishdir. Bu sohada mamlaktaimizda
avj olayotgan mayda
korxonalar juda qo`l keladi. Bularning afzalliklari shuki, katta kapital xarajatlarni
talab qilmaydi. Bu sohada birinchi
navbatda mayda korxonalar, ayniqsa qishloq
xo`jalik mahsulotlariga birlamchi ishlov beruvchi tarmoqlarning yuzaga kelishi ayni
muddaodir. Bular fermer xo`jaliklari,
ijara asosidagi oilaviy pudrat, kasanachiliklar
kabilardir.
Shu bilan birga katta-katta inshootlar ham yuzaga kelmoqdaki,
bular
respublikamiz manfaatiga bo`ysundirilayotgan yangi ishlab chiqarish tuzilishini
yaratishda katta ishlar boshlanganidan dalolat beradi. Chunonchi,
avtomobil sanoati,
120
metallurgiya tarmog`i, farmokologiya, energetika va boshqalarni bunga misol qilsak
bo`ladi.
Milliy
iqtisodiyotning
shakllanishida
jahon
mehnat
taqsimotida
respublikaning o`z o`rnini topishi va xalqaro xo`jaligi integratsiyasiga tezroq qo`shila
borishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu albatta yangi ishlab
chiqarish tuzilishiga
bog`liqdir.
Milliy iqtisodiyot yangicha infrastrukturani shakllantirishni talab etib, bu ham
ishlab chiqarish infrastrukturaga, ham ijtimoiy infrastrukturaga taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: