114
Jadvaldagi taqqoslashlar eski va hozirgi bozor
iqtisodiyotining farqlarini
ko`rsatishi mumkin. Agar bozor iqtisodiyoti boshlang`ich davrlariga uning sabiy
tomonlari ko`proq ta’sir etsa, hozirgi davrda uning har tomonlama yuqori darajada
ц
ivilizatsiyalashgani va jamiyat bozor taraqqiyoti jarayonida o`tgan davr ichida uning
bir qancha salbiy tomonlarining oldi olinganligi va ijobiy tomonlari boyitilganligini
farqlay olish mumkin.
O`bekistonning bozor iqtisodiyotini shakllantirish modeli uch narsaga
asoslangandir: 1) umumiylik – bozor
iqtisodiyotining umumiy qonun, jarayon,
voqeliklari; 2) xususiylik – bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi O`zbekistonda mavjud
sharoitlar, ya’ni tabiiy, milliy, iqtisodiy, geografik va madaniy xususiyatlar kabilar;
3) mavjud jahon mamlakatlari bozor tajribasi, undagi hamkorlik.
4.1.2.-jadval
O`zbekistonning milliy bozor modeli
Umumiylik
Xususiylik
Xalqaro tajriba,
hamkorlik
1)
Bozor
iqtisodiyoti
qonunlari
2) Ijtimoiy muhofaza
3) Bozorga xos umumiy
boshqa voqeliklar
4)
Bozor shakllanishining
umumiy amaliy qoidalari
1) Iqtisodiyot darajasi va
xalq xo`jalik tuzilmasi
2) Geografik holat
3) Tabiiy boyliklar
4) Madaniy, ilmiy daraja
5) Milliy xususiyatlar
1) Jahon bozor huquqiy
asoslari
2)
Bozor
taraqqiyoti
usullari
3) Umumiy hamkorlik
4) Iqtisodiy yordam
O`zbekiston milliy bozor modeli asoslari, jadvalda ko`rsatilganidek, milliy
model bozor iqtisodiyoti shakllanishi uchun zarur asos va tomonlarni o`z ichiga oladi.
Ma’lumki, ularning birgalikdagi amaliyoti o`zining katta samarasini bermoqda.
O`zbekiston bozor iqtisodiyoti yo`lini uzil-kesil tanlaganligini ta’kidlar
ekanmiz, milliy
mustaqillik avvalo mustaqil, rivojlangan iqtisodiyotga asoslangan
bo`lishi, bu esa sovet imperiyasi davridagi iqtisodiyotni tubdan o`zgartirish, uning
o`rniga har tomonlama rivojlangan va xalq faromonligini ta’minlay oladigan
iqtisodiyotni paydo qilishni,
hozirgi
ц
ivilizatsiyali jamiyatga xos bozor iqtisodiyoti
barpo etishda boshqacha yo`li yo`q ekanligini tan olmog`imiz zarur.
115
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning konsepsiyasi ishlab chiqilgan
bo`lib, uning asosini bozor iqtisodiyotini shakllantirishning milliy modeli tashkil
etadi. Bu milliy model bir qancha amaliy dasturlarni o`z ichiga oladi. Bularning eng
asosiylari: xususiy, korxonalarni kengaytirish, mulkni keng xajmda xususiylashtirish,
tadbirkorlikni
avj oldirish, mayda ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo`shma
korxonalarnii ko`paytirish, jahon iqtisodiyotiga qo`shilib borish, erkin baholarni joriy
etish, yangi moliya-kredit tizimini yaratish, bozorga xos pul muomalasini paydo
qilish va umuman, iqtisodiy raqobat ta’sirini kengaytirish
sharoitlarini yaratib
borishdan iborat.
O`zbekistonning kelajagi iqtisodiyoti rivojlangan, aholisi farovon, haqiqiy
demokratiyaga asoslangan jamiyatni barpo etish ekan, demak,
buning asosiy sharti
bozor munosabatlari asosidagi iqtisodiyotni qurishdir. Bu O`zbekistonda bozor
iqtisodiyotiga o`tish konsepsiyasining tub mazmunini anglatadi. Bu konsepsiya
iqtisodiy qoloqlikdan qutilish, uning o`rniga rivojlangan va respublika xalqi
manfaatiga bo`ysungan iqtisodiyotni qurish uchun bozor iqtisodiyotiga o`tish
zaruriyatiga asoslanadi.
O`zbekistonning o`z taraqqiyot yo`li
mavjud ekan, uning asosida bozor
iqtisodiyoti konsepsiyasi va milliy modeli yotadi. Prezident I.A. Karimov
“Respublikaning bozor munosabatlariga o`tishida o`z yo`lida izchillik bilan borishi
demokratik o`zgarishlar, respublikani rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish,
uni xalqaro obro`-e’tiborini mustahkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi”, deb
ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: