I-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHINING TARIXI
Bozor tarixiga oid Amir Temur davlatining iqtisodiy siyosati va soliqlar tizimi O’zbekistonning bozor tarixi
Bozor tarixiga oid
G’arbga nisbatan Sharq mamlakatlarida taraqqiyot ancha oldin boshlangan. Insonning iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, bozor, savdo kabilar Osiyo xalqlari ichida juda qadimgi davlardayoq boshlanib, so’ngra g’arbga, Ovro’pa xalqlariga tarqala boshlagan.
Sharq bozori, Markaziy Osiyo va O’zbekistondagi bozor o’zining qadimiyligi bilan bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu yerlarda qadim davrlardanoq inson iqtisodiy faoliyati ancha yuqori darajada ekanligini ko’rsatadi. Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, sharq bozorida maxsus savdo rastalari, do’konlar, omborlar, karvon saroylar kabilar bo’lgan. Shu bilan birga savdogarlar o’z vatanlaridan uzoq bo’lgan bir necha bozorlarda oldi-sotdi ishlarida qatnashishgan, hatto bir necha mamlakatlar bozorlarida ishtirok etishgan.
Bu albatta, qadim vaqtlardayoq hunarmanchilik, dehqonchilik rivojlanganligining natijasidir. Qadimgi davr, qulchilik davrlardayoq hozirgi O’zbekiston hududi bozorlarida Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy va Yunon savdogarlari o’z mollarini sotish bilan birga ko’p miqdorda bu yerlardan hunarmandlar, dehqonlar mahsulotlarini xarid qilar edilar.
Turon bozorida «Ipak yo’li»ning ta’siri katta edi. Bu yo’l Хitoydan Janubiy Ovro’pagacha cho’zilgan bo’lib, shu yo’l bo’yidagi shahar bozorlarini o’z ichiga olar, ya’ni asosan shu «Ipak yo’li o’tgan joylardagi» bozorlarga ta’sir etar edi. Bu bozor Foydalanilgan adabiyotlarqat Хitoy mollari va Janubiy Ovro’pa mollari bilan chegaralanmay, yo’l-yo’lakay barcha xalqlar mollari savdosini ham ta’minlar edi. Albatta, bunda Хitoyning ipak mollari va chinnisi katta o’rin egallar, lekin Turon hunarmand va dexqonchilik mollarining salmog’i ham oz emas edi. Bu mollar Uzoq Sharq va Ovro’pagacha olib borilib sotilar edi. Shu bilan birga «Ipak yo’li» o’tgan hududlar uchun noma’lum bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishining bora-bora o’zlashtirilishda «Ipak yo’li»ning ta’siri katta bo’lgan.
O’zbekiston hududida keyingi bozor taqdiri Movaraunnahr bilan bog’liq bo’lgan. Bunda Amir Temur davri o’z ahamiyati bilan farqlanib turadi. Chunki, u yirik markazlashgan davlat barpo etib, bozor uchun juda qulay sharoit yaratgan edi. O’zbekiston asosidagi davlat g’arbda Ovro’pagacha, Sharqda Хitoy, Hindistongacha cho’zilgan bo’lib, bozor uchun keng masofa yaratildi. Bunda ichki bozorga nisbatan tashqi bozor kengroq rivojlandi.
Shaharlar ko’payib, yirik-yirik savdo markazlari paydo bo’ldi. Savdo avji hunarmandchilik va xaridorgir mollar ishlab chiqarishni kengaytirdi. Bu vaqtga kelib Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Shahrisabz kabi jahon ahamiyatiga molik
savdo markazlari yuzaga keldi. Movaraunnahr bozorlari Sharq va g’arb mamlakatlari savdogarlarini o’ziga jalb etdi.
Katta shaharlar bozorida savdoning xususiyatlaridan biri shu ediki, hunarmand mollari alohida savdo do’konlarida emas, balki asosan korxonaning o’zida sotilar edi. Shunga ko’ra maxsus hunarmandlar mahallasi, o’rami, mavzelari bo’lgan. Bularning ayrimlarining nomlari hozirgacha ham saqlanib kelmoqda. Chunonchi, O’qchi, Egarchi, Misgarlik, Kallaxona, Chaqichmon kabilar. Bunday mahallalar asosan shaharlar markazida bozorlarga yaqin joylashgan edi.
To’quvchi va tikuvchiga o’xshaganlarning mahsulotlari asosan bozorlarda sotilib, ular sotiladigan maxsus bozorlar mavjud bo’lgan. Masalan, Samarqandning Registon maydonida XV-asrda qurilgan katta aylanma bino bo’lib, bu do’ppi bozori edi. Hozirgi vaqtda bu erda kutubxona joylashgan.
Bundan tashqari savdogarlar ayrim mollarni sotishga ixtisoslashgan bo’lib, o’z nomiga ega edi. Aytaylik, allopun va bug’doy, qassob-go’sht sotuvchilar, baqqol- mayda savdo kabilar. Bular savdo va bozorning qadimdan ancha yuqori darajada ekanligidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |