Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Takrorlash uchun savollar



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

Takrorlash uchun savollar 
1.Yaponiya iqtisodiyotining jahondagi yetakchiligi nimalarda o`z ifodasini 
topadi? 
2.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”ning mazmuni nimada? 
3.Yaponiyaning yangi texnologiya, avtomatikada jahondagi yetakchiligini 
aytib bering. 
4.Yaponiya tadbirkorligida milliylikning mazmuni nimadan iborat? 
5.Yaponcha menejment deganda nimani tushunasiz? 
6.Yaponiya militarizmini Ikkinchi Jahon urushidan keyin demokratik 
kapitalizm bilan almashuvining bozor iqtisodiyoti rivojidagi ahamiyati nimalardan 
iborat? 
7.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”da ilmiy-texnik taraqqiyotning o`rni qanday 
bo`lgan? 
8. Yaponiyaga jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozining ta’sir doirasi qay 
darajada bo`ldi? 
9. Yaponiyaning jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi qo`llayotgan 
choralari xaqida nimalarni bilasiz? 
10. Yaponiyada iqtisodiyotda raqobat va monopoliyalarni tutgan o`rni xaqida 
tushuntiring. 
 
 


248
10-BOB. JANUBIY-SHARQIY OSIYODAGI YANGI INDUSTRIAL 
MAMLAKATLARDA BAZAR TAJRIBASI
10.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari” 
XX – asrning ikkinchi yarmida Sharqiy-Janubiy Osiyoda tez rivojlangan va 
industrial mamlakatlar paydo bo`lib, o`z iqtisodiy salohiyati bo`yicha rivojlangan 
mamlakatlar qatoriga qo`shilgan va yaqinlashayotgan mamlakatlar yuzaga keldi. 
Bulardagi yirik muvaffaqiyatlarni bozor munosabatlariga o`tish va uning 
mexanizmlaridan keng va chuqur foydalanish tufayli yuz berib, davlat iqtisodiy 
siyosatlarining oqilona amalga oshilirishining natijasi, deb tushuntirish mumkin. 
Osiyo “Ajdaholari” qatoriga Janubiy Koreya, Singapur,, Tayvan va Gonkong 
davlatlari kiradi. Janubiy Korea, Tayvan va Gonkong Sharqiy Osiyoda joylashgan 
bo`lsa, Singapur Sharqiy-Janubiy Osiyodadir. Bularda iqtisodiy taraqqiyot darajasi 
yuqori bo`lib, rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi va o`z iqtisodiy salohiyati bilan 
shu mazmunga to`la muvofiq keladi. 
Osiyo “Yo`lbarslariga” Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlari 
kirib, bular asosan Sharqiy-Janubiy Osiyoda joylashgan, iqtisodiy darajasi bo`yicha 
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilishga yaqinlashib qolgandir. 
Bu mamlakatlar Iikkinchi jahon urushidan keyin ham qoloq agrar 
mamlakatlar hisoblanib, boyligi asosan sholi yetishtirish va biroz qazilma 
boyliklariga ega, mahsulot ishlab chiqarish esa past darajada va qoloq xoldagi qishloq 
xo`jaligiga ega bo`lib, agrar mamlakatlardan iborat edi.
Lekin juda qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, qashshoqlikning oldi olinib, 
iqtisodiy ravnaq yo`nalishini qo`llay oldilar. Bunda davlat barcha imkoniyatlarni to`la 
hisobga olgan xolda iqtisodiy ochiqlik, erkin taraqqiyot siyosatini qo`llagan xolda 
oqilona ish yuritib bozor munosabatlariga o`tishni tezlashtirgan tarzda taraqqiyot sari 
intila boshladilar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng va maksimal ravishda 
foydalanilib, ularning yordamlarini ishga solgan xolda, iqtisodiyot harakatini 
erkinlashtirdilar. 
Hozirga kelib bu mamlakatlar tez rivojlanuvchi va xatto AQSH, Yaponiya va 
G`arbiy yevropa mamlakatlarigacha mahsulotlar yetkazib beruvchi hamda yuqori 


249
sifatli va xalqaro standartlarga to`g`ri keluvchi tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar 
qatoriga qo`shilgandir. Bunda ilg`or texnologiyaning keng qo`llanishi, ishlab 
chiqarishning ekologikligi darajasida bo`lishligi rivojlanish darajasiga yanada aniqlik 
kiritadi. 
Birinchi to`rtlik, ya’ni “”Ajdaholar” shu bilan birga, aytganimizdek, 
rivojlangan mamlakatlardan hisoblanib, jahonda eng yirik moliya markazlaridan va 
jahon eksporterlaridandir. Osmon o`par binolar, zamonaviy aeroportlar, sun’iy 
yo`ldoshlar kabilar bularning muvaffaqiyatlaridan dalolat beradi. “Yo`lbarslar” ham 
qolishmaslikka, oldinga intilishmoqda. Dunyoda eng baland, osmon o`par binolar 
Tayvan va Malayziyadadir. 
Albatta haqqoniy savol tug`iladi, qanday qilib bu mamlakatlar shunday 
darajaga erisha olishdi, buning asosiy xususiyatlari nimada? Albatta ilohiy kuchda 
emas, balki asosiy kuch, sabablar yer usti voqe’ligida, odamlar harakatida. 
Hozirgacha dunyoda qoloq mamlakatlar oz emas, ochlik, qashshoqlik muammolari 
ko`pchilikni o`ylatadi va qoloq mamlakatlar ham shular qatoriga qo`shilishni istaydi. 
Demak, bu va bunga o`xshagan oldin yoki keyin rivojlanish yo`liga o`tgan 
mamlakatlar tajribasini o`rganish va ular erishgan darajaga yetish uchun yo`l axtarish 
juda muhim, olamshumul vazifalardandir.
Albatta har bir mamlakatda bozor munosabatlariga va bu asosda iqtisodiy 
taraqqiyotga erishish o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Avvalo bu Sharqiy Osiyo 
mamlakatlari madaniyati bilan bog`liqdir. Milliy madaniyat, urf-odat albatta o`z 
ta’sirini ko`rsatadi, mentalitetning o`rni katta. Bularning ichida insonlarning bir-
biriga hurmati, o`z davlatiga munosabat, davlatga itoatkorlik, uning ko`rsatkichlarini 
gap so`zsiz bajarish, milliy birlik va g`urur kabilarni sanab o`tish mumkin. Bunda 
yana oilaviy munosabatlar, katta yoshdagilar hurmati, ota-ona va bolalar o`rtasidagi 
munosabatlar, ishonchlikka o`xshagan xususiy mentalitetning o`rni bor. Bir-birini 
qo`llash, jamoatchilik xususiyatlari, mehnatsevarlik, boshliqning, kattaning obro`-
e’tiborliligi, oilaviy va qarindosh-urug`chilikka bog`liqlik, oilavyiy va urug`chilik 
asosidagi rejalarning mavjudligi kabilar ham bu sohada kam ahamiyat kasb etmaydi. 


250
Milliy birlikda va mamlakatni ma’lum maqsadga qarata bilishda bu milliy 
xususiyatlardan foydalana bilish albatta g`alabaga erishuvda qo`l keladi.
Bundan tashqari bu mamlakatlarda aholi bilim darajasi juda yuqoridir. Bilim 
standarti bo`yicha olinsa, jahonda eng yuqori o`ringa ega bo`lgan mamlakatlar 
Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiyava Gonkongdir. Ma’lumki, inson resursi hozirgi 
davr taraqqiyotida xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu eng muhim va qudratli “inson 
kapitalidir”.
Hayotdagi topshiriq berish va ijrochilik ruhi kuchliligi, oilaviy qo`llash, 
himoyani sezish kabi xususiyatlar Sharq xalqlarida, ayniqsa bu Sharqiy yangi 
industrial mamlakatlar xalqlarida kuchlidir. 
Qo`shni Yaponiya tajribasi, uning yaponcha, “”iqtisodiy mo`jiza” ta’siri ham 
o`z kuchiga ega bo`lgan va ma’lum darajada turtki vazifasini o`tagan hamda 
to`g`ridan-to`g`ri o`rganish nuqtasi vazifasini bajargan. Ko`p tomondan bevosita 
Yaponiya yordamidan foydalanilgan.
Industriallashtirishning boshlang`ich davrida qoloq to`qimachilik sanoati 
negiz bo`lib hisoblangan. Bu o`tgan asr 50 – yillarga to`g`ri kelib, deyarli past 
bahodagi tovarlar o`z tashqi ko`rinishi bilan o`ziga tortadigan bo`lishligi, keng 
assortimenti bilan jahon bozorida o`ziga yarasha joy topa bilgan. Shu yo`l bilan eng 
boshlang`ich miqdorda valyutaga ega bo`lishlikka muyassar bo`lgan. Eksportdan 
tushgan sarmoya avvalo mavjud qoloq korxonalarning asbob-uskunalarini yangilash, 
imkon darajada yangi texnika kiritish maqsadlarida foydalanilgan. Bunda albatta 
Yaponiya tajribasi qo`l kelgan. 
Industrlashtirishda davlatning roli juda katta bo`lgan va barcha jarayonlar 
davlat ishtiroki, qovushtirish faoliyati tufayli amalga oshgan. Investitsiya uchun keng 
sharoit yaratilib, chet kapitalining kiritilishi uchun rag`batlantirish usullari samarali 
ravishda qo`llanilib borilgan. Bunda albatta arzon ish kuchining serobligi juda qo`l 
kelib, chet kapitali foydasini yuqori darajada bo`lishini ta’minlagan. 
Asta-sekin importning o`rnini bosuvchi tarmoqlarni yaratishga e’tibor 
kuchayib, yangi-yangi sanoat tarmoqlari yuzaga kela boshlaydi. Bunda hukumatning 
oqilona ish tutish, ustuvor tarmoqlarni tanlay bilish, jahon bozori kon’yukturasini 


251
tezda seza bilib ish tutish albatta hukumat harakatiga bog`liqdir. Albatta o`rinli 
darajada proteksionizm siyosatini qo`llay 
bilish, bunda 
mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga qarata bilish, hamda bundagi bog`liqlikni 
ta’minlash juda o`rinlidir. 
Umuman davlat sanoat siyosatining mavjudligi va buni o`z vaqtida tezlik 
bilan amalga oshira olish talab etilgan. Yangi tarmoq va korxonalarning davlat 
tomonidan qo`llab-quvvatlanishi, moliyalashtrishni ta’minlash va bunda zaruriyat 
talabiga ko`ra o`zgaruvchanlikning bo`lishi muhim rol o`ynagan. 
Sanoat tashkiliy tuzumini shakllantira borish ahamiyatli bo`lib, bu jahon 
bozori talabi asosida olib borilgan va bunda mavjud imkoniyatlardan yuqori samarali 
foydalanish talab etilgan. O`tgan asr 50 – yillarida to`qimachilik va shishasozlik 
tarmoqlari rivojlantirilgan bo`lsa, 60 – yillarda 
ц
ement, mineral o`g`itlar, neftni qayta 
ishlash, po`lat quyish, sintetika sanoat tarmoqlari rivojlantirilgan. 70 – yillarga kelib, 
kemasozlik, investision tovarlar, uzoq muddat foydalaniladigan jixoz, avtomobil 
kabilar ishlab chiqarishga ahamiyat kuchayadi. 80 – yillarga kelib esa elektronika, 
telekommunikatsiya, axborot texnika tarmoqlari paydo bo`la boshladi. 90 – yillarda 
asosiy e’tibor yangi materiallar va texnologiya, aerokosmik texnikaga qaratiladi. 
Ko`rinib turibdiki, industrlashtirish oddiydan murakkabga tomon amalga 
oshib, pravardida eng yuqori texnika va texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish 
yaratiladi. Shu bilan bu ketma-ketlik va maxsus sharoitlar yaratilishi asosida 
rivojlanish davom etadi va natijada yuqori cho`qqilarga chiqiladi hamda 
murakkablashib boradi. 
Boj haqi yuqori darajada bo`lib, iqtisodiy siyosatni qo`llashda katta qurol 
bo`lib xizmat qilgan. Boshida maxalliy tovarlar asosan past narxli bo`lib, bozorga 
yo`l ochishni yengillashtirgan. Kreditlar imtiyozli bo`lib, foizlar deyarli past bo`lgan. 
Iqtisodiyotning muntazam rivojlanishini ta’minlash uchun zarur kapitalning 
yetishmovchiligi muammosini xal qilish uchun e’tibor doimiy tusda bo`lgan. Shu 
bilan birga hukumat iqtisodiy siyosatida iqtisodiyotdagi diktatura o`rniga 
dekmokratik usullarni qo`llab borishga to`xtovsiz e’tibor qaratiladi. 


252
Davlatning iqtisodiy siyosatida bevositalik asos bo`lmay, bilvositalik ustunlik 
qilgan. Bunda asosiy urg`u iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishga qaratilgan.
Bu mamlakatlarda hozirgi davr taraqqiyot vazifasi ekstensivlikdan 
intensivlikka o`tishdir. Bu ayniqsa rivojlangan hisoblanuvchi “Ajdaholar” deb 
atalmish to`rtlik mamlakatlariga taalluqlidir. Bundagi yo`nalishlar albatta yangi 
texnologiya, ilmiy sig`imli mahsulot yetishtirish, nomoddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarining ustunlik bilan rivojlanishini ta’minlashdir. Ma’lumki, bu ishlab 
chiqarishda tub o`zgarishlarni amalga oshirish va umuman yuqori darajaga 
ko`tarishni talab etadi. 
Yuqori malakali mehnat asosida ichki bozorning o`sib borishini ta’minlash 
amalga oshiriladi. Aytaylik, Tayvanda kompyuter texnikasi ko`p negiz yaratish va 
samolyot qismlarini tayyorlash uchun Janubiy Korea Respublikasida asos solish 
kabilardir.
Industrlashtirishning yuqorilashuvi, ishlab chiqarishning yuqori darajada 
bo`lishi iqtisodiy o`sishni tezlashtirish natijasida xizmat ko`rsatish sohasining 
rivojlanishiga olib keladi va bu moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan 
o`sib boradi. Bu mamlakatlarda oldin ham xizmat ko`rsatish past darajada bo`lmagan. 
Endi esa buning zamonaviy tarmoqlarini yuzaga keltirgan xolda yuqori texnika 
aosida yangi xil xizmatlar hisobiga tezlik bilan o`sish yuzaga keladi. Ayniqsa axborot 
texnologiyasi, turizm va moliyaviy xizmat ko`rstaish tarmoqlari keng quloch yoza 
boshlaydi.
Bu Osiyo mamlakatlari uchun ITIKI (ilmiy-tadqiqot va ilmiy-konstruktorlik 
ishlari)ning takomillashuvida katta rol o`ynaydi. Ayniqsa 80 – yillardan boshlab 
bunga katta ahamiyat berila boshladi. Qisqa muddat ichida ilmiy-tadqiqot institutlari, 
oliy o`quv yurtlari, amaliy muammolar bo`yicha laboratoriyalarning keng tarmog`i 
yaratilgan edi. Bunda ITIKIning milliy loyixalari amalga oshirilib, bular asosan 
yarim o`tkazgichlar, AESlarga jixozlar tayyorlash (atomelektrostansiyalari), 
kompyuterlar, ishlab chiqarishga qaratilgan loyixalar edi. Ilmiy-texnik siyosatning 
asosiy 
yo`nalishi 
miqroiqtisod, 
sof 
kimyo, 
axborot, 
ishlab 
chiqarishni 


253
avtomatlashtirishlardan iborat edi. ITIKI rivoji uchun qaratilgan xarajatlar yildan-
yilga ko`payib, YAIMdagi ularning hissasi xatto AQSHdan ham yuqori bo`ladi. 
Bu mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining muhim tarkibiy 
qismi hisoblangani radikal agrar islohatlardir. An’anaviy yer munosabatlarining 
o`zgarishi irrigatsiya ishlarini keng xajmda olib borish, bu bilan unumdorlikni 
ko`tarish, qishloq xo`jaligi infratuzilmasini yaxshilash, agrokompleksning qismlarini 
yaxshilash ishlarini olib borish imkonini beradi. Bular esa o`zidan-o`zi iqtisodiy 
o`sish omillariga aylanishi, shuningdek ichki jamg`arilishlarning qo`shimcha 
manbaiga aylanishi va sanoatning ham o`sish manbaiga aylanishini belgilaydi. 
Industrlashtirish uchun qishloq xo`jaligi hisobidan sarmoyalarning jamg`arilishida 
1949-1952 yillardagi Janubiy Korea Respublikasida o`tkazilgan islohatlar, 1949-1953 
yillarda Tayvanda o`tkazilgan agrar islohatlar bilan rag`batlantirilgan edi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish